Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə12/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
Ba’zi shunday Q hosilaviy kattaliklar borki, ularning aniqlovchi formulalardagi o‘lchamlik ko‘rsatkichlari, mazkur Q kattalik uchun nolga teng. Bu tasdiq shuningdek, bir turkumga mansub bo‘lgan ikkita fizik kattaliklarning o‘zaro nisbatlaridan keltirib chiqariladigan kattaliklar uchun ham to‘g‘ridir. Bunday kattaliklar o‘lchamsiz kattaliklar, yoki, bir o‘lchamli kattaliklar deb qabul qilinadi. O‘lchamsiz kattalikar uchun kogerent hosilaviy o‘lchov birligining koefitsienti doimo 1 ga teng bo‘ladi, chunki, bunday birliklar, aynan bir turkumdagi ikkita fizik kattalikning ikkita bir xil birliklarining o‘zaro nisbatidan iborat bo‘ladi.
Yana shunday kattaliklar mavjudki, ular muayyan fizik kattalik tabiatiga ega, biroq, ularni yettita asosiy kattaliklar orqali ta’riflanishining mutlaqo iloji yo‘q. Misol uchun kvant mexanikasidagi degenerativlik (bir
turdagi energiyaning mustaqil holatlari soni) hamda,
termodinamikadagi tarmoqlanish funksiyasi (erishish mumkin bo‘lgan termmodinamik holatlar soni) kabilarni keltirish mumkin. Bu kabi
kattaliklar odatda o‘lchamsiz kattaliklar yoki, o‘lchov birligi 1 bo‘lgan, bir o‘lchamlikka ega kattaliklar sifatida qaraladi.
1.4 Kogerent hosilaviy birliklar, o‘z maxsus nomiga ega bo‘lgan hosilaviy birliklar va SI ning old qo‘shimchalari.
Hosilaviy birliklar, asosiy birliklardan keltirib chiqariladi. Keltirib chiqarilayotgan birlik va asosiy birlik o‘rtasidagi nisbat 1 ga teng bo‘lsa, bunday birlik kogerent birlik deb yuritiladi. SI ning asosiy va kogerent birliklari, o‘ziga xos kogerent birliklar ketma-ketligini tashkil qiladi. Bu o‘rindagi kogerent so‘zi quyidagicha ma’noda ishlatilmoqda: kogerent birlik qo‘llanilayotganda, kattaliklarning son qiymatlari orasidagi nisbat tenglamalarining shakli, ushbu kattaliklarning bevosita o‘zaro nisbatlaridagi tenglamalarning shakli bilan aynan bir xil bo‘ladi. Shu tufayli ham, kogerent birliklar qo‘llanilganda, birliklar o‘rtasida o‘zaro o‘girish koeffitsiyentlarni ishlatish zarur bo‘lmaydi1.
Hosilaviy kattalikning kogerent birligi uchun ifodani, mazkur
kattalikning o‘lchamligini ifodalovchi nisbatlardagi tegishli belgilarni, har bir o‘lchamlik belgisiga mos keluvchi asosiy birlikning belgilari bilan almashtirish orqali keltirb chiqarish mumkin.
SI da ba’zi hosilaviy birliklar uchun, qo‘llanish oson bo‘lishini maqsad qilgan holda, maxsus nomlar berilgan (2.2.2 bo‘limga qarang). Shuni alohida ta’kidlash kerakki, SI da har qanday fizik kattalik uchun faqat bitta kogerent birlik mavjuddir, garchi u birlik, maxsus nomlar va ramziy belgilarni qo‘llash orqali turli shakllarda ifodalansa ham. Aksincha, SI ga tegishlik biror bir birlikni, o‘zaro farqli turli fizik kattaliklarning qiymatlarini ifodalash uchun qo‘llash noto‘g‘ridir.
Bundan tashqari O‘TXK, SI ning hosilaviy birliklarinining o‘nli karrali
va ulushli qiymatlarini shakllantirishda foydalanish uchun old
qo‘shimchalar tartibini tasdiqlagan (3.1 bo‘limga qarang). Ular, hosilaviy kogerent birlikning aynan o‘zidan ancha kichik va ancha katta bo‘lgan qiymatlarni ifodalashda juda qalaydir. O‘TXQning 1 tavsiyasiga ko‘ra
1 Chunki kogerent birliklarda o‘zaro o‘girish koefitsienti doimo 1 ga teng bo‘ladi (– tarjimon).
Masalan, sindirish
ko‘rsatkichi, yorug‘lik- 17
ning vakuumdagi tezligining ushbu muhitdagisiga nisbati tarzida keltirib chiqariladi va bu bir turdagi ikki fizik kattaliklarning o‘zaro nisbatini ifodalaydi. Shuning uchun ham u o‘lchamsiz kattalikdir. O‘lchamsiz kattalik- larga boshqa misollar sifatida – yassi burchak, massa ulushi, nisbiy dielektrik sing- diruvchanlik, nisbiy magnit singdiruv- chanlik, hamda, Fabre- Pero rezonatori sifati ko‘rsatkichlarini keltirish mumkin.
Misol uchun, asosiy birliklarning
m2 ∙kg∙s2 tarzidagi kombinatsiyasidan keltirib chiqarilgan, aniqlovchi formulasi
J= m2 ∙kg∙s2 bo‘lgan, maxsus Joul birligi va
uning uchun J ramziy ifoda belgisi energiya
uchun qo‘llaniladi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə