Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro Birliklar Tizimi va uning kattaliklari



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə10/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

1.2 Xalqaro Birliklar Tizimi va uning kattaliklari.
Ushbu risola, SI (farangcha Système International d’Unités so‘zidan) nomi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Xalqaro Birliklar Tizimi haqida tashuncha olish va uni amalda qo‘llash borasida axborot vositasidir. SI, O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi - O‘TXK tomonidan joriy etilgan bo‘lib, bu haqidagi tarixiy ma’lumotlar, quyida, 1.8 bo‘limda bayon qilinadi*.
SI da foydalaniladigan kattaliklar va ularga bog‘liq tenglamalar, amalda barcha olimlar, texnologlar va muhandislarga yaxshi tanish bo‘lgan fizik kattalik va tenglamalardir. Ular ko‘plab darslik va boshqa turdagi manbalarda bayon qilib o‘tilgan, biroq, har qanday shu kabi matnlarda, aslida soni cheksiz bo‘lgan fizik kattalik va tenglamalarning, cheklangan sondagi kichik bir qismini o‘z ichiga oladi xolos. Aksariyat fizik kattaliklar va ular uchun tavsiya etilgan nom, tenglama va ramzlar uchun, Xalqaro Standartlashtirish va Sertifikatlashtirish Tashkilotining 12-chi Texnik Qo‘mitasi ISO/TC 12 tomindan ishlab chiqilgan ISO 31, hamda, Xalqaro Elektrotexnika Hay’atining 25-Texnik Qo‘mitasi IEC/TC 25 tomonidan ishlab chiqilgan IEC 60027 Xalqaro Standartlari va Sertifikatlari amal qiladi. ISO 31 va IEC 60027 standartlari hozirgi vaqtda, har ikkala tashkilot tomonidan o‘zaro hamkorlikda qayta ko‘rib chiqilmoqda. O‘zaro muvofiqlashtirilishi kutilayotgan yangi standart, ISO/IEC 80000 Fizik kattaliklar va birliklar nomi bilan atalishi kutilmoqda va unda SI da qo‘llaniladigan kattaliklar va ularga tegishli tenglamalar, Xalqaro Kattaliklar Tizimi sifatida atalishi taklif qilingan.
SInig asosiy kattaliklari bu – uzunlik (masofa), massa, vaqt, tok kuchi, termodinamik harorat, yorug‘lik kuchi, hamda, modda miqdoridir. Kelishuvga muvofiq, asosiy kattaliklar mustaqildir (yani, ular boshqa fizik kattaliklardan keltirib chiqarilmaydi). Ularga muvofiq asosiy birliklar sifatida O‘TXK metr, kilogramm, amper, kelvin, kandela va molni tasdiqlagan. Asosiy birliklarning ta’riflari, quyidagi 2.1.1 bo‘limda keltirilgan. Asosiy kattaliklardan keltirib chiqarilgan hosilaviy kattaliklarga muvofiq ravishda, algebraik munosabatlar yordamida asosiy birliklardan keltirib chiqarilgan hosilaviy birliklar quyida, 1.4 bo‘limda ko‘rib chiqiladi.
Ba’zi kam uchraydigan hollarda, ayni bir fizik kattalikning turli shakllaridan birini tanlashga to‘g‘ri kelishi mumkin. Muhim misollardan biri
elektromagnitik kattaliklarning ta’riflanishidir. Bunday holda, elektromagniktik kattaliklarning tenglamalari, SI ning 4 ta, ya’ni, uzunlik, massa, tok kuchi va vaqt kattaliklariga asoslangan tarzda ratsionallashtiriladi. Bunday tenglamalarda, elektr doimiysi ε0 hamda magnit doimiysi μ0 uchun o‘lchamlik va qiymat, ε0μ0=1/c02 tenglama bilan ifodalanadi. bu tenglamada c0 – yorug‘likning vakuumdagi tezligi. Kulon
* Ushbu risolada qo‘llanilgan qisqartirmalar (akronimlar) va ularning ma’nolari ro‘yxati ilovada keltirilgan.
Système International d’Unités nomi hamda, SI qiqartirmasi, 1960 yildagi 11-chi O‘TXK
tomonidan joriy etilgan.
SI dagi fizik kattaliklarning o‘zaro bog‘liqligini, kuch F, massa m va tezlanish a ning o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi Nyuton tenglamasi: F=ma hamda, v tezlik bilan harakatlanayotgan zarrachaning kinetik energiyasi T ni
2
ifodalovchi 𝑇 = 𝑚𝑣
2
tenglamalar misolida
ifodalash mumkin.
www.Orbita.Uz kutubxonasi


Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə