Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə7/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
13
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
Ushbu Konsultativ Konsultativ
hujjatning dastlabki loyiha matni O‘TXQning «Birliklar Qo‘mitasi» tomonidan tayyorlangan, so‘ngra O‘TXK va qo‘mita mas’ul shaxslari tomonidan yakuniy matn o‘zaro
ma’qullangan. Mazkur 8-nashr, 1998 yilda chop etilgan 7-nashrning qayta tahrirlangan, hamda, O‘TXK va O‘TXI larning undan keyin qabul qilgan qaror va rezolyutsiyalari asosida to‘ldirilgan va mukammallashtirlgan nusxasidir.
35 yildan ziyod vaqt davomida bu hujjat ko‘plab mamlakatlarda, ilmiy birlashmalar va tashkilotlarda, birliklar va ulardan foydalanish masalalarida asosiy murojaat manbasi sifatida xizmat qilib kelmoqda. Shuni inobatga olib, hamda, ushbu hujjat tarkibining keng ommaga yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun, O‘TXK 1985 yildagi, 5-nashrdan e’tiboran uning ingliz tilidagi talqinini ham nashr etishni yo‘lga qo‘ydi; shunday 2 tildagi taqdimot keyingi barcha nashrlarda ham davom etdi.
Ingliz tilidagi dastlabki nashrni O‘TXQ va Birlashgan Qirollikning Milliy Fizika Laboratoriyasi (Teddington, Buyuk Britaniya) hamda Qo‘shma
Shtatlarning hozirgi «Standartlash va Texnologiya Milliy Instituti», o‘sha
paytdagi «Milliy Standartlash Idora»lari (Gaytersberg, AQSH) bilan hamkorlikda, farang tilidagi matn asosida tayyorlashdi. Joriy (8-chi) nashrning ingliz va farang tilidagi talqinlari «Birliklar konsultativ qo‘mitasi» hamda O‘TXQning o‘zaro izchil hamkorligida tayyorlandi.
2003 yilda bo‘lib o‘tgan O‘TXK ning 22-konferensiyasida, O‘TXI ning 1997 yildagi «o‘nli kasrdagi marker ramzi matn chizig‘idagi nuqta yoki vergul bo‘lishi lozim» degan qarorini ma’qulladi. Mazkur qarordan so‘ng, farang va ingliz tillaridagi an’analarga binoan, farang tilidagi o‘nli kasrlarni yozilishida ajratuvchi marker – vergul, ingliz tilida esa nuqta bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Bu ikkala farq o‘nli kasrlarning markerlarining bir tildan boshqa tildagi ma’nosi har xil ekanligini anglatmaydi va aksincha ular aynan bitta ma’noni beradi. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash joizki, ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning ba’zilarida imlo qoidalari o‘zaro farq qiladi, masalan: «metre» va «meter» yoki, «litre» va «liter» va ho kazo.
Bunday hollarda esa inglizcha matn, Miqdor va Birliklar - ISO 31 asosidagi xalqaro standartiga ko‘ra ifodalanadi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, sohaga tegishli doimiy rasmiy manba bu – farang tilidagi matn hisoblanadi. Agar ishonchli manba ko‘rsatish talab qilinsa va matn mazmuniga shubha paydo bo‘lsa, doimo farang tilidagi matnga murojaat qilinadi.
Mart, 2006 yil.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə