Xalqaro birliklar tizimi – si


Xalqaro birliklar tizimi – SI



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə17/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Xalqaro birliklar tizimi – SI
  • O‘TXI tomonidan 1948 yildan boshlab o‘tkazilgan xalqaro

tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 1954 yildagi 10-O‘TXK tok kuchi,
harorat va yorug‘lik kuchi kattaliklari uchun mos ravishda, amper, kelvin va kandela birliklarini asosiy birliklar sifatida joriy etilishini ma’qulladi. Xalqaro Birliklar Tizimi nomi va SI qisqartmasi, 1960 yildagi 11-O‘TXK tomonidan berilgan. Fiziklar va kimyogarlar o‘rtasida uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, 1971 yildagi 14- O‘TXK tomonidan, modda miqdori uchun mol o‘lchov birligini asosiy birlik sifatida kiritildi va shu tarzda asosiy birliklar soni yettitaga yetkazildi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi

2. SI birliklari.


Xalqaro birliklar tizimi – SI
23
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
    • SIning asosiy birliklari.

    • SI ning barcha asosiy birliklarining ta’riflari O‘TXK tomonidan rasman tasdiqlangan. Dastlabki ikkita ta’rif 1889 yilda, eng so‘nggisi esa 1983 yilda qabul qilingan. Bularning barchasi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi chunki fan doimiy ravishda rivojlanmoqda.
      • Ta’riflar

      • SI ning barcha asosiy birliklarining rasmiy ta’riflari O‘TXQning rasmiy axborotnomasi – Copmtes Rendus (CR) orqali belgilangan. Ta’rif yaqinidagi kichik o‘lchamli shriftli matn, ta’rifning tarkibiy qismi hisoblanmaydi, lekin unga izoh berib o‘tadi. Qavslar ichidagi matn ham ta’rifning o‘ziga tegishli emas va u mazkur ta’rifning tarixiy kelib chiqishi va qabul qilinishiga oid ma’lumotlarni beradi. Birlikning rasmiy ta’rifi matndan yaqqol ajratilgan qalin shriftda keltirilgan. Ta’rifning hamda, o‘lchov birligining amaliy keltirib chiqarish usullari haqida O‘TXQning rasmiy saytidagi quyidagi manzildan ma’lumot olishingiz mumkin:
        www.bipm.org/si/si_brochure/appendix2/.
        Kogerent hosilaviy birliklarning o‘lchamliklari, SI ning asosiy birliklari orqali keltirib chiqarilishiga ko‘ra bir-birini takrorlamaydi. Masalan, SI dagi kogerent hosilaviy birlik bo‘lmish qarshilik birligi om, elektr qarshilikning fizik kattaligidan kelib chiqsak, asosiy birliklarning o‘lchamiklariga ko‘ra, Ω=m2∙kg∙s‒3∙A‒2 tenglama orqali ifodalanadi. Shunga qaramay, SI ning istalgan birligini amalda keltirib chiqarish uchun, fizika qonunlari doirasidagi har qanday usuldan foydalanish mumkin. Masalan, qarshilik birligi om uchun, O‘TXI ning tavsiyasiga ko‘ra, Hall kavnt effektini qo‘llash va fon Klitsing doimiysidan foydalanish orqali yuqori darajadagi aniqlik bilan amaliy keltirib chiqarilishi mumkin (1-ilovaga qarang).
        Shuni doimo e’tiborga olish kerakki, garchi asosiy fizik kattaliklar – uzunlik, massa, vaqt, tok kuchi, harorat, modda miqdori va yorug‘lik kuchi, shuningdek, ularning o‘lchov birliklari – metr, kilogramm, soniya, amper, kelvin, mol, hamda, kandelalar – kelishuvga ko‘ra, amalda bir-biridan o‘zaro mustaqil deb qaralsa hamki, aslida ular o‘zaro chambarchas bog‘liqlikka egadirlar. Xususan, metrning o‘lchami soniya orqali keltirib chiqariladi; amperning o‘lchami metr, kilogramm va soniya orqali; mol esa kilogramm orqali; hamda, kandela metr, kilogramm va soniya orqali keltirib chiqariladi.
        • Uzunlik va Masofa birligi - Metr.

        • 1889 yildan boshlab metr ta’rifi Platina-Irridiy asosidagi xalqaro etalonga asoslangan edi. Lekin uni, 1960 yilda 11 – O‘TXK, Kripton-86 atomining vakuumdagi nurlanishining to‘lqin uzunligiga muvofiq keluvchi ta’rifi bilan almashtirdi. Bu o‘zgarish metrni aniqlashni takomillashtirish, natijaning aniqligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lib, u Kripton-86 atomining 2P10 va 5d5 sathlariaro o‘tishiga muvofiq keladigan vakuumdagi nurlanishning 1650763,73 to‘lqin uzunligiga teng ekanligi belgilangan edi. Bu ta’rif ham

www.Orbita.Uz kutubxonasi

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə