Xalqaro birliklar tizimi – si


Soniya – Seziy-133 atomining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir-



Yüklə 5,01 Mb.
səhifə19/125
tarix22.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#112127
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125
6. Xalqaro birliklar tizimi SI

Soniya – Seziy-133 atomining ikkita o‘ta nozik sathlari orasidagi bir-
biriga o‘tishiga muvofiq keladigan yorug‘lik nurlanishining
9 192 631 770 davriga teng.
Bundan kelib chiqadiki, Seziy-133 atomining standart holatdagi o‘ta nozik parchalanishi aniq 9 192 631 770 Gersga teng. v(hfs Cs)=9 192 631 770 Gers.
c0 belgisi (ba’zan c ning o‘zi) yorug‘lik tezligining belgisidir.
m(K) belgisi Xalqaro kilogramm etaloni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
v(hfs Cs) belgisi tinch holatdagi Seziy atomining o‘ta nozik
sathlari orasidagi
bir-biriga o‘tish davriga muvofiq keladigan nurla- nishni ifodalash
uchun ishlatiladi.
www.Orbita.Uz kutubxonasi
Xalqaro birliklar tizimi – SI
25
w w w . O r b i t a . U z : I l m i y – o m m a b o p a d a b i y o t l a r t u r k u m i d a n .
1997 yildagi O‘TXI yig‘ilishida quyidagi tasdiqlandi:
Ushbu ta’rif Seziy-133 atomining tinch holati va 0°K sharoit uchun.
Bu izoh, SI tizimiga ko‘ra, soniyaning ta’rifi, Seziy-133 atomining tinch holati, ya’ni tashqi radiatsion ta’sirlarga uchramagan, hamda, mutlaq qora jism tomonidan qo‘zg‘atilmagan va 0° Kelvin termodinamik haroratdagi holatiga asoslanganligini ta’kidlash maqsadida qo‘shib qo‘yildi. Shunga ko‘ra, Vaqt va Chastota konsultativ qo‘mitasining 1999 yildagi bayonotiga asosan, Chastotaga asoslangan barcha asosiy chastotaviy standartlar, tashqi radiatsiya ta’sirini inobatga olgan holda o‘zaro muofiqlashtiriladi.
        • Elektr toki kuchi birligi – Amper.

        • Tok kuchi va qarshilik uchun «Xalqaro birliklar» deb atalgan birliklar 1893 yilda Chikagoda o‘tkazilgan Xalqaro Elektr Kongressida tasdiqlangan va
          «Xalqaro amper» va «Xalqaro om»larning ta’riflari 1908 yildagi London kongressida qabul qilingan edi.
          Garchi 8-O‘TXK da ham elektr sohasiga tegishli «Xalqaro birliklar» ning
          «Mutlaq birliklar» bilan almashtirilishi yakdillik ma’qullangan bo‘lsa hamki, bu faqat 9-O‘TXK (1948) da O‘TXI taklif etgan quyidagi ko‘rinishda qabul qilindi (1946, 2 -Rezolyutsiya; PV, 20, 129-137):
          Amper – vakuumda bir-biridan 1 metr masofa uzoqlikda joylashgan cheksiz uzun va o‘ta kichik ko‘ndalang kesimga ega ikki parallel o‘tkazgichdan o‘tganda, o‘tkazgichning har 1 metr uzunligida 2∙10−7 Nyuton o‘zaro ta’sir kuchi hosil qiladigan o‘zgarmas tok kuchiga teng.
          Bundan kelib chiqadiki, tarqalish muhitining magnit singdiruvchanligi nomi bilan ham ataladigan, magnit doimiysi - μ0 ning qiymati μ0=4π∙10−7 Genri taqsim metrga aniq teng. μ0=4π∙10−7 Gn/m (H/m).
          1946 yildagi asosiy matnda ko‘rsatilgan «MKS kuch birligi» so‘zi bu joyda,
          9-O‘TXQ tomonidan tasdiqlangan «nyuton» so‘zi bilan almashtirildi. (1948, 7- Rezolyutsiya; CR, 70).
        • Termodinamik harorat birligi – Kelvin.

        • Termodinamik haroratning ta’rifi 10-O‘TXK (1954 yil, Rezolyutsiya 3; CR 79) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, fundamental qiymat sifatida suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratining 1/273.16 qismiga teng deb aniqlangan. 13-O‘TXK (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43) «Kelvin gradusi» atamasi va °K belgisi o‘rniga, Kelvin va K belgisidan foydalanishni joriy etdi va Termodinamik harorat ta’rifini quyidagicha qilib

belgiladi. (1967/68, Rezolyutsiya 3; CR 104 va Metrologia 1968, 4, 43).

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə