Yodgorliklarini



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/83
tarix13.10.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#127759
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
08bf922751e8b9a7e4b207b88db5c4c7 ARXITEKTURA YODGORLIKLARINI TA’MIRLASH

Moslashtirish loyihasi.
Endi m e’moriy yodgorlikni zamonaviy 
xizmat turlariga moslashtirish loyihasi bilan qisqacha tanishib 
chiqamiz. Tarixiy obidani am aliy foydalanishga moslashtirish lo­
yihasi asosan chizm a va hujjatlardan binoning m e ’m oriy-rejaviy 
yechimi (tarhi, tarzi, ichki ko ‘rinishi, qirqim i, qurilm alari, tex- 
nologik sxem asi, jih o zlari, bezaklari, m ebelirovkasi, s u n ’iy


yorugiantirilish chizm alari ko‘rsatilgan b o iad i); yodgorlik hudu- 
dini obodonlashtirish loyihasi (bosh reja, m uhandislik tarm oq- 
lari va jih o zlari, m o ‘jaz m e’m oriy shakllar, k o ‘kalam zorlash- 
tirish) sm eta-m oliya hisoblari va binoni moslashtirish jarayoni- 
dagi ishlarni tashkillashtirishdan iborat b o ia d i.
O bidani foydalanishga moslashtirish loyihasini boshlashdan 
oldin quyidagi holatlar aniqlanib olinadi. Biz yuqorida m e’moriy 
yodgorliklami am alda foydalanishga moslashtirish tasnifini keltir- 
gan edik. M azkur yodgorlik o ‘sha tasnifning qaysi guruhida kirishi 
belgilab olinadi. Bu esa ushbu yodgorlikni qaysi xizmat sohasiga 
moslashtirishni to Lg‘ri aniqlashga yordam beradi. So‘ngra yodgor­
lik haqidagi tarixiy-m e’m oriy m a’lum otlar obdon o ‘rganib chi­
qiladi. Agar obida haqidagi m a ’lum otlar yetarlicha aniqlanmagan 
b o isa , obidaning ustida m e’moriy-arxeologik o ic h a s h ishlari ba- 
jarilib, yodgorlikning tarixiy-m e’moriy “taijimayi h o i” i tuzib chi­
qiladi. Bu, o ‘z navbatida, obidaning shakllanish tarixi, dastlabki 
funksiyasi, uning rejaviy-kom pozitsion va konstruktiv xusu- 
siyatlari, shakllanishidagi b o sh lan g ich va so ‘nggi o'zgarishlar va 
nihoyat, uning badiiy m ohiyati ham da boshqa tegishli m a iu - 
m otlarni o ‘z ichiga oladi. U shbu m a'lum otlar ham da yangi xiz­
m at turiga b o ig a n ijtimoiy zaruriyatni e’tiborga olgan holda obi­
da u ch u n yangi funksiya tanlanib boiin g ach , un i foydalanishga 
m oslashtirish loyihasi odatdagi tartibda, ya’ni:
- bosh reja, hududni obodonlashtirish loyihasi;
- yodgorlikning m e’moriy-rejaviy yechimi;
- binoning ichki ko‘rinishlari ishlab chiqiladi.
Bosh reja va yodgorlik hududini obodonlashtirish loyihasini 
ishlab chiqishda ushbu binoning hajm tuzilishi (silueti), yodgor­
likning a tro f-m u h it bilan aloqadorligi, atrof-m uhitdagi b in o ­
lar orasidagi m asofa, yodgorlikni qo'riqlash va to m osha qilish 
hudu d larin in g o ic h a m la ri e ’tiborga olinadi. H u d u d n i o b o d o n ­
lash tirish va k o ‘kalam zo rlash tirish , m u h an d islik jih o zlarin i 
o £rn a tish va joylashtirish, yodgorlikni kechki y o ru g ia n tirish
m asalalari h al qilinadi.
Y odgorlikni yangi funksiyaga moslashtirishning m e’moriy- 
rejaviy yechim i, odatda, zam onaviy xizmat turlarini tashkil qi-


lishdagi hozirgi qurilish m e'yorlari va qoidalarini e'tiborga olgan 
holda olib borilsa-da, asosiy m e’zon yodgorlikdagi mavjud re- 
javiy va konstruktiv tuzilishni saqlab qolishga qaratilishi kerak.
Yodgorlikdagi yangi funksiyaga m oslashtirilayotgan xonalar­
ning ichki ko‘rinishlari-interyerlarini ishlab chiqish alohida m u - 
him vazifa hisoblanib, bunda tanlangan uslub yodgorlikning tarixiy 
va badiiy jihatlarini o ‘zida m ujassam lashtirishi lozim. Shu bo - 
isdan yodgorlik xonalarining ichki ko'rinishlarini loyihalash q u ­
yidagi uslublarda olib borish maqsadga muvofiq:
a) aynati tarixiy tiklash, bu uslub yodgorlik bunyod etilgan 
davrga xos barcha buyum va uskunalar yoki ularning nusxalarini 
interyerda qo'llash, joylashtirish va an'anaviy jihozlash tartibiga 
am al qilishdan iborat. Bunda tegishli adabiyot bilan tanishish, 
muzeyda ishlash, arxiv manbalariga murojaat qilishga to ‘g‘ri keladi;
b) keskin farq qilish kontrast uslubi, bunda yodgorlikdagi 
mavjud interyer shakllari 
0
‘rganib chiqilib, xona mebellari va 
jihozlari butunlay yangi tartiblarda. qadimiyat va yangilik orasidagi 
uyg‘unlik m unosabatlarini, yangilik yoki eskilik shakllarini 
b o ‘rttirish tartibidan kelib chiqiladi;
v) nozik farqlash nyuans yoki yaqinlashtirish uslubi, bu us­
lub ham yodgorlik xonalari va ularning kom pozitsion buzilishini 
o ‘rganish, yodgorlikdagi mavjud ilg'or an 'an alarn i rivojlanti- 
rishga asoslanadi, ushbu a n ’analarni talqin qilish, mebel va xona 
jihozlarini ilg‘or an'anaviy shakllarda yangi funksiyalarga mos 
tartibda qo‘llashdan iborat.
H ar bir m e’moriy obida o ‘ziga xos qaytarilmas shakllarda quril­
gan. Shuning uchun ham, yodgorliklarning interyerlarini ishlashda 
m a’lum bir qolip-shablongabo'ysunish mumkin emas, chunki 
xonalami har safar muayyan funksiyalarga moslashtirish talab qi- 
linadiki, barcha ishlar shu funksiya mazmunidan kelib chiqiladi. Shu 
boisdan muayyan bir yodgorlikni m a lu m bir xizmat sohasiga mos- 
lashtirilar ekan, demak bu m uhim ishga muayyan, xususiy yon- 
dashuv talab qilinadi. Ammo bu ishda yuqorida biz bayon qilgan 
umumiy qoida va tartibotlardan kelib chiqish maqsadga muvofiq.
M e'm orchilik obidalarini q o ‘riqlash ularni jonsiz ko‘rgazma 
sifatida saqlab qolishdangina iborat emas, balki xalqimizning ilgkor


an'analarini davom ettirib, obidalarning inson uchun yaratil- 
ganligini unutm asligim iz va ularni yangi hayotga qaytarishimiz, 
elimiz xizmatiga chorlashim iz zarur.
0 ‘zbekiston tabiiy boyliklari, to g ‘u-toshlar, qiru-adirlar, 
b o g ‘-ro g ‘lar, daryo-yu soylar, yerosti xazinalari on a tabiat 
m o ‘jizasi bo ‘lsa4 yurtimizdagi tarixiy obidalar, m e'm oriy yodgor­
liklar shu m o ‘jizani yanada boyitgan, undagi bo'shliqni to ‘ldir- 
gan bebaho gavhardir. Shunday ekan, bu hayratom uz go ‘zallik 
tim sollarini ko‘z qorachigkidek asrashimiz kerak, toki ularning 
cheksiz joziba kuchidan kelgusi avlodlar ham bahra olsin.
4 . 2 . 1 - r a s m . Xiva. M u h a m m a d A m in x o n m adrasasini m e h m o n x o n a g a
m oslashtirish. T a ’m irla s hd a n oldingi va keyingi holatlari.
4 . 2 . 2 - r a s m . M u h a m m a d A m in x o n m a d ra sa si hovlisi. 0 ‘ rtada ya n g i
ch o y x o n a .


4 . 2 . 3 - r a s m . M u h a m m a d A m in x o n m a d ra sa si qirqim i.
4 . 2 . 4 - r a s m , M e h m o n x o n a g a m o s la s htirilg a n M u h a m m a d A m in x o n
m a d ra s a s i tarhi.


. 2 . 5 - r a s m . M e h m o n x o n a g a m oslashtirilgan M u h a m m a d A m in xo n
m a d ra sa si hujralari. Q irq im , 1 -v a 2 -q a v a t tarhlari.
6 - r a s m . Xiva. O llo q u lix o n k a rvo n saroyini s a v d o rastasiga m osiash ti-
rish. T a rh .


4 .3 . M e ’moriy yodgorliklar muhofaza hududini tashkil 
etishning qonun-qoidalari
Arxitektura yodgorliklari, binolarning uyg‘un birligi (ansambl- 
lar), m ajm ua (kom pleks)lar, tarixiy m ark azlar, m aydonlar, 
ko‘chalar, dahalar, guzarlar, arxeologiya yodgorliklari, shahar 
hamda boshqa kentlarning qadimiy tarhlari va tarixiy yodgorliklar- 
ning q o ld iq lari; tu rarjo y , x o n a q o h , m asjid va m a d ra sa la r 
m e’m orchiligi, xalq uysozligi inshootlari h am da shular bilan 
b o g iiq amaliy naqqoshlik, bog‘lar va sayilgohlami bezash san’ati, 
tabiiy m uhit — bularning barchasi shaharsozlik yodgorliklari ju m - 
lasiga kiradi.
Q o'riqxonalam i tashkil qilish mavzusidagi loyihaning asosiy 
vazifasi — CVzbekistondagi tarixiy shahar m arkazlarining tuzi- 
lishi, ularning qiyofasi va arxitektura jihatidan o ‘ziga xosligini saq­
lab qolishdan va yangi qurilishlar bilan shaharning tarixan shakl- 
langan m uhitning uzviy bogiiqligini vujudga keltirishdan iborat.
H ar bir tarixiy yodgorliklar, im oratlar ansam bli (m ajm uasi)ni 
saqlab qolish, tevarak-atrof ham da shaharning zam onaviy an- 
sam bllar bilan rejalashtirilishi va m azm un jih atid an bogiiqligini 
m ustahkam lash zarur. Buning u ch u n ilm iy-tadqiqot ishlarini


olib borishga alohida va yakka tartibda yondashish kerak, chunki 
atrof hududni obodonlashtirish va tartibga solishda loyiha taJdiflari- 
ning barcha xususiyatlarini hisobga olgan holda qo ‘riqxonalam i 
vujudga keltirish yo'llarini o'rganish talab etiladi.
Q o ‘riq x o n a loyihasini y aratish d a arxitektura yodgorliklari, 
ular atrofidagi ko‘cha yoki boshi berk ko‘chalar tarkibi (tar- 
mog‘i)ni saqlash bilan bog‘liq bir qator m urakkab masalalar 
hal etilishi kerak. Shuningdek, turli xil shaharsozlik tuzilm alari, 
ularni qayta qurish, obodonlashtirish va sayyohlik maqsadlarida 
q o ‘llanishni o ‘z ichiga olm og‘i lozim. Bu g‘oyat dolzarb masala- 
larni hal etishda m utaxassisdan loyiha ishlarini bajarishdan oldin 
ilmiv-tadqiqot ishlari va loyiha yechimlarini amalga oshirish uchun 
chuqur bilim talab etiladi.

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə