Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə10/16
tarix25.03.2018
ölçüsü1,45 Mb.
#33322
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16

Yassioyoqlik. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch – harakat sistеmasining rеssori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og`ir yuk kutarganda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi; natijada yassioyoqlik kеlib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog`ining tovon-panja va boldir muskullarida og`rik bo`ladi. Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan bo`ladi. Yassioyoqlilikni tug`ilgandan kеyin yuzaga kеlishi sababalari quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurgizish, uzoq vaqt tik turg`izish, yosh bolaga poshnasi yumshoq poyabzal qiyg`izish, o`quvchilarning kun bo`yi poshnasiz sport poyabzallarida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyish, og`ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni oldini olishga e'tibor bеrish kеrak.




Sinf jixozlariga quyiladigan gigiеnik talabdar.

Ta'lim-tarbiyaning, mеhnat ta'limining samarali bo`lishi sinf xonalari, laboratoriyaning jixozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mеbеllari bolalarning bo`yi, yoshi, tana proportsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bo`lishi kеrak. Sinf xonasining asosiy jixozi o`tirg`ichi va yozuv stoli kabi qismlari bo`ladi. Suyanchik bola umurtqa pog`anasining bеl eg`riligiga mos kеlishi kеrak. Suyanchiq oralig`i gorizantal bo`yicha kursi suyanchig`igacha bo`lgan masofa o`quvchi gavdasining diamеtridan 3 – 5 sm. masofa qolishi kеrak. Masofa musbat, manfiy va nol bo`lishi mumkin. Suyanchiq oralig`i oshib kеtsa, o`quvchi bukilib o`tiradi, kamayib kеtsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi chеti o`tirg`ichdan 3 – 5 sm. o`tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15 – 20 gradus qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko`rishni еngillashtiradi. O`quvchilarni partaga o`tkazishda bo`yini parta raqamiga moslash zarur. Bo`yi eng past bola 110 sm., novchasi 179 – 180 sm. bo`ladi. Barcha o`quvchilar 7 ta bo`y guruhiga bo`linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha A.F. Listov bolani bo`yiga qarab parta nomеrini aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya qiladi, ya'ni bola bo`yining oldingi raqami unligidan 5 ni ayrilsa, shu bola o`tiradigan partaning nomеri kеlib chiqadi. Masalan, bolaning bo`yi 148 sm., 14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi. Dеmak, 148 sm. bo`yli bola 9 nomеrli partada o`tirishi kеrak. Xozirgi vaqtda ko`p maktablarda yangi nomеrli partalar qo`llaniladi. Bular A,B,V,G,D dеb bеlgilanadi. Har bir partaning suyanchig`ida shu partada o`tirishi mumkin bo`lgan bolaning bo`yi, parta nomеri yoki rangli shartli bеlgi qo`yilgan bo`ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli bеlgisi sariq, B – qizil, V – ko`k, G – yashil va D - oq rang bo`ladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsеnti 35 % dan 50 % gacha bo`lgan ranglarda buyash tavsiya etiladi. Parta, stol, stullar och kul rang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga buyash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldingi, balandalari orqaga quyiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70 – 75 sm., ichki dеvor bilan parta qatori orasidagi parta bilan doska orasidagi masofa 7 – 8 m. qilib joylashtiriladi. O`quvchilarni partaga o`tkazishda bo`yidan tashqari sog`ligi, ko`rish va eshitish organlarining xususiyatlari ham e'tiborga olinadi. Yaqindan ko`radigan bola, garchi bo`yi baland bo`lsa ham oldingi partaga o`tkazilishi kеrak.

Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo`lishi kеrak. Uning ulchami sinf sitxiga bog`liq bo`lib, uzunligi 175 sm. dan 300 – 350 sm. gacha, eni 85 sm. yuqori sinflarda 90 sm. baland o`rnatiladi. Doska jigar rang, to`q yashil rangga buyaladi. Doskada bur, latta qo`yish uchun tеpasiga lyuminеstsеntlampa o`rnatiladi. O`quvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o`rtadagi parta oldiga qo`yiladi.
Odam xayot faoliyatini saqlashi, mexnat qilishi, o’sib rivojlanishi uchun tashqi muhitdan ovqat moddalarini qabul qiladi. Ovqat hazm qilish kanalida mehanik maydalanadi, ximik parchalanadi, so’riladi.

Odamning hazm qilish kanali 8-10 m uzunlikda bo’lib, devori uch qavatdan: ichki - shillik, o’rta- muskul, tashki- seroz qavatlaridan tuzilgan . Ovqat xazm qilish kanaliga : ogiz bo’shligi va undagi organlar halqum , qizil o’ngach , oshqozon , ingichka va yug’on ichaklar, yirik bezlardan – jigar , me’da osti bezi kiradi .

Ovqatning tarkibida oksillar , yog’lar , uglevodlar , vitaminlar , mineral tuzlar va suv bo’ladi .

Og’iz bo’shligi , og’iz daxlizi va xaqiqiy og’iz bo’shligidan tashkil topgan bo’lib , bu yerda ovqat tishlar yordamida mexanik maydalanadi , so’lak bezlaridan ishlab chiqarilgan so’lak yordamida qisman ximik parchalanadi , ovqat luqmasi sulak bilan aralashadi . Og’iz bo’shlig’i shilliq parda bilan qoplangan bo’lib , mexank , ximik , temperatura ta’siriga chidamlilik xususiyatiga ega .



Yutish . Yutish murakkab fiziologik prosess bo’lib , nerv markazi uzunchoq miyada joylashgan . Yutish nafas olish bilan bog’lik . Ovqat luqmasi chaynalib , so’lak bilan aralashgandan so’ng , shilliklanib til yordamida yutkumga o’tkaziladi . Yutish vaqtida markazga intiluvchi til tomoq nerv impulslar kelib , ovqat luqmasi yutiladi . Ovqat yutilgandan so’ng qizil o’ngach orqali oshqozonga o’tadi . Ona qornida bolaning 5 oyligidan boshlab sut tishlarining xujayralari vujudga kela boshlaydi . Bolaning 6-8 oyligidan boshlab sut tishlari chiqa boshlaydi . Avval 6 oylikdan kesuvchi so’ng sut tishlari , kichik oziq tishlar chiqadi . Sut tishlari 20 ta bo’ladi : 2 ta kesuvchi , 1 ta qozik , 2 ta kichik oziq tishl

ari. Sut tishlari 6-7 yoshdan boshlab doimiy tishlar bilan o’rin almashiniladi. Bolaning 7 yoshida birinchi katta oziq tishi , 8 yoshida birinchi kichik oziq tishi , 13-16 yoshida katta og’iz tishi , 11-15 yoshida ikkinchi oziq tishlar , 18-30 yoshida uchinchi oziq tishlar chiqadi . Bolalarning sut tishlari doimiy tishlar bilan almashinish davrida tishlarni parvarish qilishni o’rgatish lozim . Uxlashdan avval tishlarni cho’tka va poroshok bilan tozalash , ovqatlangandan so’ng og’izni iliq sovuq suv bilan chaykash zarur . Bolalar juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilishi , tishi bilan qattik narsalarni maydalashi mumkin emas . Bolalarda ovqat chaynashib davomligigi avval uzoqroq bo’sa, so’ng kamaya boradi . Bolalarning 11-12 yoshida ovqat moddalariga bir sutkada 200 sm , ovqatdan tashqari vaqtida 400-600 sm -3 ajraladi . Bu so’lak tarkibida ptalin fermentining konsentrasiasi yuqori bo’ladi . 2 yoshdan 15 yoshgacha so’lakning tarkibida oqsil mikdori ortib boradi .



Ovqatning oshqozonda hazm bo’lishi

Oshqozon ovqat hazm qilish kanalining kenggaygan qismi hisoblanib, katta odamlarda noksimon shaklida bo’ladi . Oshqozonning kirish va chiqish qismlari tubi , katta , kichik aylanalari ajratiladi . Oshqozonning kirish va chiqish qismlari muskullardan tuzilgan bo’lib , sfinter deb yuritiladi . Oshqozon ham boshqa hazm kanallari singari shilliq , muskul , seroz kavatlaridan tuzilgan bo'ladi . Oshqozon shilliq kavatining ostida 14 mln . Oshqozon bezlari joylashgan bo’ladi . Oshqozon muskullari qisqargan vaqtda ovqat aralashadi . Oshqozonning hajmi katta odamlarda o’rta xisobda 2,5-3 dm-3 ga etadi . Ularda bir sutkada 1,5-2 dm-3 oshqozon shirasi ishlab shiqariladi . Oshqozon shirasining 99% suv , 0,3-0,4% organik modda va tuzlardan iborat . Oshqozon shirasi kislotik xususiyatga ega bo’lib , tarkibida 0,3-0,4% xlorid kislota shaklanadi . PH - 2,5 teng . Oshqozon bezlarida shilliq modda ham ishlab chikariladi . Bu modda shillik qavatni turli ximik , mexanik ta’sirlardan saqlaydi . Turli ovqat moddalariga turli mikdorda oshqozon shirasi ajraladi . Oshqozon shirasining ajralishi nerv - go’moral yo’lda ajraladi . Nerv yo’lida shira ajralishi shartli va shartsiz

reflekslar asosida bo’ladi ( Ovqat ko’rmaganda xidiga ham oshqozon shirasining ajralishini ) . Oshqozon shirasining nerv - gumoral yo’lda ajralishida ovqat tarkibidagi moddalar qonga surilgandan so’ng qon orqali oshqozon bezlariga kelib ularning faoliyatini kuchaytiradi . Ovqatlangandan 20 – 30 minutdan so’ng oshqozon tulqinsimon qiskarib ovqat oshqozon shirasi bilan aralashadi . Katta odamlarga aralash ovqat oshqozonda 3- 4 soatdan so’ng 12 barmoqli ichakka o’tadi . Sut va sutli ovqatlar oshqozondan 12 barmokli ichakka tez o’tadi .

Ingichka ichakda ovqatning xazm bo’lishi .

Ingichka ichakning uzunligi katta odamlarda 6 – 7 m , diametri 2,5-3 sm . Ingichka ichak 12 barmoqli ichak - 20 sm , och ichak va yon bosh ichakka bo’linadi . Oshqozon qisman parchalangan ovqat butkasi 12 barmoqli ichakka to’shadi. Bu erda jigardan o’g pufakda ishlab chiqilgan o’g suyukligi va oshqozon osti bezida ishlab chiqilgan oshqozon osti bezining shirasi yordamida va 12 barmokli ichak devorlarida ishlab chiqilgan ichak shirasi tasirida ovqat butkasi parchalanadi.



Jigar.

Jigar organizmdagi eng katta bez bo’lib , og’irligi 1,5 kg, chap qovirg’alar ostida joylashgan. Jigar quyidagi vazifalarni bajaradi: qon yaratilishida ishtirok etadi va embrionda eritrositlarning muhim manbai hisoblanadi, vena qon tomiri ovqatdagi va qondagi zaxarli moddalarni zararsizlantiradi; qon deposi xisoblanadi. Bu yerda 10% qon zapasi saqlanadi; o’lgan eritrositlar jigarda to’planadi, bolalarda esa eritrositlar xosil bo’ladi. Kuper xujayralarida o’t so’yuqligi ishlab chiqariladi. Jigar ortiqcha glyukozani glikogen sifatida zapas saqlab turadi. Jigar tana temperaturasini turg’un saqlashda ishtirok etadi. Jigardan doimiy ravishda ovqatlangandan 20- 30 minutdan so’ng o’t ajralib chiqadi va 12 barmoqli ichakka quyiladi. O’t yo’g’larni emulsiyalaydi, suvda yaxshi erishni tezlashteradi, ovqat xazm qilish kanalini xarakatini yaxshilaydi, ichakdagi mikroblarni o’diradi. Bolaning yoshi ortishi bilan jigarning xajmi og’irligi tuzilishi o’zgarib boradi. Yangi tug’ilgan bola jigarning og’irligi 130 g., 2-3 yoshda 460 g., 6-7 yoshda 675 g., 8-9 yoshda 720 g, 12 yoshda 1130 g., 16 yoshda 1260 g. Bolalar o’t kislotasining konsentrasiyasi va mikdori kam bo’ladi.



Hazm kanalining xarakatlari.

Odam ovqatlangandan 15 minutdan so’ng ichak muskullari qisqarib , ichak harakatlari boshlaydi. U uch xil 1) peristaltik , 2) segmentli, 3) mayatniksimon xarakatlanadi. Ichak xarakatlanganda ovqat massasi qorishadi, to’g’ri ichak tomonga xarakatlanadi . Ichakning reflektor yo’lidan qisqarishi ichak devorini ximik va mexanik ta’sirlanishi tufayli vujudga keladi. Ovqat bo’tqasi bolalarda ingichka ichakda jami 12-30 soat atrofida o’tadi.



So’rilish.

Ovqat moddalari ximik , mexanik ta’sirlar natijasida parchalanib, suvda erigan xolga kelgandan so’ng ichak devorlaridan qon tomirlari va limfaga so’riladi. Oshqozonda suv, alkogol, ba’zi oziqa moddalari, qisman uglevodlar so’rida boshlaydi. Yangi tugilgan bolalarda oshqozon ko’proq ovqat moddalari so’riladi. Yosh ortishi bilan so’rilish kamayadi. Ichkning shillik qavatida juda ko’p mikdorda surg’ichlar bo’ladi ( Xar bir mm2 22-40 ta ). Ichak so’rgichlarining qkisqarishini piyoz, chesnok va qalampir 5 marta tezlashtiradi. So’rg’ichlar qon tomirlariga juda boy. Oqsillar ichak devoridan aminokislotalari xolida, uglevodlar suvda erigan monosaxarislar, yog’lar esa yog’ kislotasi va glisirin xolida qon va limfaga so’riladi. Bolalarda ichakdan juda oz mikdorda oqsillar so’riladi.

Ovqat hazm kanalida hazm bo’lganidan so’ng chikindi moddalar najas bo’lib, yo’g’on ichikka yig’iladi. Defikasiyaning nerv markazi orqa miyaning 3-4 bel segmentida joylashgan. Tashki sfinter ixtiyoriy.

Bolalar orasida oshqozon - ichak kasalliklari 1 shgacha – 40% , 5 yoshgacha - 30% va 5 yoshdan yuqorilarda - 15-20% tashkil etadi. Noto’g’ri ovqatlanish, ovqatlanish gigienasining buzilishi, issiq sharoit og’rik bolalarda ovqat xazm qilish organlarining yomon ishlashiga olib keladi. Bolalar ovqat xazm qilish sistemasining xarakterli belgisi: shilliq qavati nozik, qon va limfa nomirlariga boy, elastikligi sust. Bu esa oshqozon- ichak traktining tez yallig’lanishiga va kasallikning ogir kechishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari ichak devorlari yuqori o’tkazuvchanlik xususiyagiga ega. Bu esa mikroblarning ichak devorlaridan bemalol o’tishini ta’minlaydi. Bolalarda oshqozon shirasida kislotalik kam bo’ladi, fermentlar kam hazm qilish xususiyatiga ega. Buning natijasida ovqat yaxshi parchalanmaydi va zaxarli moddalarning hosil bo’lishiga olib keladi. Jigarning etarli rivojlanmaganligi ham bolalarda oshqozon – ichak kasalliklarini keltirib chiqaradi.



Organizmda moddalar almashinuvi. Odam tashki muxitdan ovqat kabul qilish organizmda uni o’zgarishi, hazm qilishini, xosil bo’lgan qoldiq moddalarning tashqariga chiqarilishi moddalar almashinuvi deyiladi. Moddalar almashinuvi natijasida energiya xosil bo’ladi. Bu energiya hisobiga organlar ish bajaradi, hujayralar ko’paydi, yosh organizm o’sadi va rivojlanadi, tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Moddalar almashinuvchi bir – biriga chambarchas bog’lik bo’lgan ikki jarayon, ya’ni assimilyasiya va diaaimilyasiya oqali o’tadi. Ovqat moddalari tarkibiy qismlarining hujayralarga o’tishi assimilyasiya deyiladi.

Oqsillar almashinuvi. Oqsillar, ya’ni proteinlar odam organizmning sog’lom, normal o’sishi, sog’lig’i va rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Ular organizmda ikki xil fiziologik vazifani bajaradi, ya’ni plastik va energik. Oksillarning plastik axamiyagi shunday iboratki, ular barcha hujayra va tukimalaning tarkibiy kismiga qiradi. Oksillarning energetik vazifasi esa, ular parchalanganda energiya hosil bo’ladi, masalan: 1 g oksil parchalanganda 4,1 kkal. energiya ajratadi. Bu nergiya odam tanasi haroratini birday saqlash, ichki organlari normal ishlashi , odamning xarakatlanishi va boshqa ishlarni bajarish uchun sarflanadi.

Uglevodlar almashinuvi. Uglevodlar organizmda asosiy energiya manbai bo’lib hisoblanadi. 1 g, uglevod parchalanganda 4,2 kkal. energiya ajraladi. Bir sutkslik energiyaning 50% uglevodlar hisobiga xosil bo’ladi.

Yog’lar almashinuvi. Yog’lar hujayralarda bo’lib, oqsillar singari plastik va energetik vazifani bajaradi. 1 g. yog’ parchalanganda 9,3 kkal. energiya ajratadi. Yog’lar ikki hil bo’ladi: hayvon, o’simlik. Hayvon yog’lariga dumba, charvi, saryog , baliq yog’lari qiradi. O’simlik yog’lariga zig’ir, paxta, qungaboqar, kunjut, makkajuhori va zaytun moylari kiradi. Kundalik ovqat tarkibida yog’lar etishmasligi yuqumli kasalliklarga, tashqi muhitning noqulay ta’siri – sovo’kka odamning chidamligi , aqliy va jismoniy ish bajarish qobiliyati pasayadi. Yog’lari ortiqcha iste’mol qilish semirishga olib keladi.

Suv va mineral tuzlar almashinuvi. Odam organizmi uchun mineral tuz va suv ham zarur. Mineral to’zlari odam asosan oziq – ovqat bilan oladi. Bir sutkada odam 10 – 12,5 g. osh tuzi iste’mol qiladi. Mineral to’zlar organizmdagi barcha funksiyyalarning bir Hilda kechishini ta’minlaydi, nerv sistemasi faoliyati, qon ivishi, so’rilish, gaz ajralish, sekresiya va ajratish jarayonlari ham zarur. Organizm uchun kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, marganez, kobalt, mis, ruh, brom, yod, oltingugurt, temir va boshqa mikro va makro elementlar ham juda zarur.

Vitaminlar. Vitaminlar ham yog’lar, oqsillar, uglevodlar, mineral tuzlar, suv kabi organizm uchun zarur bo’lgan oziqa moddalardan hisoblanadi. Rus olimi N. I. Lunin ( 1853 – 1938 ) 1880 yilda organizm uchun zarur bo’lgan moddalardan biri vitaminlar ekanini birinchi bo’lib isbotladi. 1912 yilda K. Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi ( vita – xayot degan ma’noni anglatadi ). Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo’lib, ular organizmning o’sishiga modda almashinuviga immune holatiga, yurak – qon tomir, nerv tiziminish ish faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Agar biror vitamin organizmga mutlaqo kirmasa gvitaminoz, yetishmasa gipovitaminoz, me’yoridan ortib ketsa gipervitaminoz deyiladi. Har bir vitamin turli hil vazifani bajaradi.

A vitamin o’sish vitamini deyiladi. U organizmning o’sish va rivojlanishida, teri ostki qavati xolatini normal saqlashda, ko’z o’tkirligini yaxshi bo’lishini ta’minlashda muhim axamiyatga ega. Bu vitamin yetishmanganda teri quruqlashib, yorilib, nafas yo’llari va oshqozon – ichak qavatigini yallitlanishi kasalliklari yuziga keladi. Vitamin A baliq yog’ida, sariyog’da, tuxum sarig’ida, jigarda, sabzi, qizil qalampir, uruq tarkibida ko’p bo’ladi. B gruppa vitaminlarga B1 ( tiamin ), B2 (riboflamin ), B6, B12, PP (nikotin kislota ) kiradi.


Tekshirish uchun savollar:

  1. Ovqat hazm qilish tizimiga qanday organlar kiradi?

  2. Ovqat hazm qilish tizimini tashqil etuvchi organlar qanday vazifalarni bajaradi?

  3. Modda almashinuvi deb nimaga aytiladi?

  4. Ovqat qanday oziq moddalardan iborat?

  5. Oqsil, yog, uglevodlar organizm uchun qanday ahamiyatga ega?

  6. Bola organizmi uchun suv, mineral tuzlar, vitaminlarning ahamiyati nimadan iborat?

7. Ovqatlanish gigiyenasi deganda siz nimani to’shinisiz?

8. Tayanch – harakat sistеmasi qanday organlardan iborat?

9. Tayanch – harakat sistеmasi qanday vazifalarni bajaradi?

10. Tayanch – harakat sistеmasi qanday yosh xususiyatlarga ega?

11. Muskullarning vazifasi va uning yosh xususiyatlari nimalardan iborat?

12. Sinf jixozlariga qanday gigiеnik talablar qo`yiladi?


Tayanch tushunchalar:

Skеlеt, muskul, umurtqa pog`anasi, skolioz, jismoniy charchash. Sut tishlar, Oshqozon, jigar, so’rilish, moddalar almashinuvi, oqsil, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar.




7-ma’ruza.

Mavzu: Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari. Nafas a’zolarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi.

Reja :

1. Qon tarkibi, vazifasi va qonning ahamiyati.

2. Qonning xususiyatlari va shaklli elementlari..

3. Qon aylanish va yurak - tomir faoliyatining yosh xususiyatlari.

4. Nafas olishning a’zolarining tuzilishi va gazlar almashinuvi mexanizmi.

5.O’pka hujaylari alviollalarda gazlar almashinuvining yosh xususiyatlari.

6.Nafas olishning boshqarilishi, Nafas olish gigiyenasi.

Qon organizmdagi biriktiruvchi toqimaning shakllaridan biri hisoblanadi. U suyuq bo’lib qon tomirlar sistemasida aylanib yuradi. Qonni hajmi tana umumiy vaznining 6- 8% ni tashkil qiladi, katta yoshdagi odamda 4- 5,5 litr qon bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolada tanasining 1kg vazniga nisbatan hisoblaganda katta odamnikidan 3 barobar ko’p bo’ladi.

Qon plazma va shaklli elementlardan tashkil topgan: qizil qon tanachalari (leykositlar), oq qon tanachalari (leykositlar) va qon plastinkalari (trombositlar) dan tashkil topgan. Qonning shaklli elementlari 35- 54 % ni tashkil qiladi.

Qonning olazmasi 46- 65 % tashkil qiladi. U murakkab biologik muhit bo’lib, tarkibida moddalar almashinuvining oraliq va oxirgi mahsulotlari, oqsillar, turli tuzlar, uglevodlar, lipidlar, gormonlar, vitaminlar, erigan gazlar bo’ladi. Plazma organizmning to’qima suyuqliklari bilan o’zaro bog’liq bo’ladi.

Qonning muhim qismi oqsillardir. Bular- nafas olish, gemoglobin, eritrositlar pigmenti, shaklli elementlar hujayrasining oqsillari. Plazma oqsillari- albuminlar, globulinlar va fibrinogenlar hisoblanadi.

Qon to’qimalar va hujayralarning hayot faoliyatini, shuningdek, ularning yaxlit organizmda turli vazifa bajarishini ta’minlaydi.

Qonning vazifalari quyidagilar:

1. transport vazifasi;

2. himoya vazifasi;

3. oziqlantirish vazifasi.


7-9 yoshar bolalarda 80-81% gacha, 10-11 yashar bolalarda 85% katta odamlar qonida 100 gacha yani 100ml qonda 17’3 gr gemoglabin bo’ladi. Gemoglabin 70%gacha yoki 100 ml qonda tushganda organizm kasal bo’ladi.

Gemoglabin o’pkada havo tarkibidagi kislarod bilan birikib oksi gemoglabin hosil qiladiva to;qimalarga borib gemoglabinga va kislarotga ajraladi. Gemoglabin to’qima hujayralarga kislarodni berib to’qima hujayralaridan karbonat angidrid gazini briktirib olib o’pkada ajratadi. Shuning natijasida ichki nafas olish sodir bo’ladi. Eritrositlarning soni yoki gemoglabin miqdorini kamayishi kam qonlik hisoblanadi. Bu esa bolalarning yoshlik vaqtida noto’g’ri ovqatlanishi ovqatni sifat tarkibiga etiborsizlik ochiq havodan yaxshi foydalanmaslik oqibatida darmonsizlik tez charchab qolish va bosh aylanish kasalligiga olib keladi . bolalarda bunday kasallikga uchraganda temir moddasiga boy, vitaminlik va yuqori kaloriyalik ovqatlarni istemol qilish kerak(jigar, hayvon qonidan tayyyorlangan ovqatlar, olma, sabzi, qulupnay va boshqalar).

Eritrositlar cho’kish reaksiyasi. (POE). Agarda qonning ivishdan saqlab, shishadan yasalgan kopilyarda bir necha soatga qoldirsak, qon aralashmasidagi eritrasitlarni kapilyar trupkalar tubiga cho’kib qolganini ko’ramiz.

Eritrositlarni cho’kish tezligi turli yoshdagi kishilarda, ayollarda, bolalarda turlicha bo’ladi. Bundan tashqari turli xil kasalliklar tufayli ham o’zgarishi mumkin.

Masalan: 3-9mm. erkaklarda, ayollarda 7-12mm. soatiga cho’kadi. Organizm holatining o’zgarishlarida eritrositlar cho’kish reaksiyasini o’zgarishi kuzatiladi.

Eritrositlarning ma’lum tezligida cho’kishdan foydalanib tibbiyotda kasalliklarni belgilashda foydalaniladi. Buni tibbiyotda POE deyiladi. Aniqlaydigan asbobni panchenko apparati deyiladi.

Organizm qattiq shamollaganda tuberkiloz kasalligida, xomilador ayollarda, yallig’lanish kasalligi boshlaganda va boshqa o’zgarishlarda eritrositlar cho’kish reaksiyasi tezligi ortadi.

Leykositlar oq qon tanachalari qoning yadroli xujayralari bo’lib aktiv harakatlarning xususiyatiga egadir. Ular har xil shaklda bo’lib, 1kub mm bolalar qonida 8000-11000 gacha bo’ladi, katta odamlarda normal holatda bo’ladi. Uning soni kun mobaynida o’zgarib turishi mumkin. Lekositlar 3 gruppa bo’ladi. 1) donador leykositlar 2)donasiz leykositlar 3) monositlar.

Donador leykositlar o’z navbatida 3 guruhga bo’linadi: neytrofilar eozanofillar va bazofillar.

Leykositlarning ko’rsatilgan miqdoridan ortib ketishi lekositoz deb atalsa miqdordan kamayib ketishi lekopinya deyiladi.

Lekasitlar organizm ichki muhutining posboni hisobl;anadi chunki lekositlar qonga va limfaga tushgan mikroblarni viruslarni organizm ichiga kirishi qatttiq kurashadi. Organizmga tushgan moddalarni neytrallash xususiyatiga ham egadir.

Trombositlar -qon plastinkari, qonning shalkli elemenlar orasida eng maydasidir. Ular komikda hosil bo’ladi. 1mm3 300000 dan 400000 qon plastinkalari bo’ladi uning soni ham yoshga qarab o’zga boradi. Trabbasitlar qonning ivishida muhim rol o’ynaydi. Qon ivishi organizm uchun biologik ahamiyatga ega bo’lib jarohatlanganda qon yo’qotishdan saqlanadi.

Immunitet- organizmning turli yuqumli va yuqumsiz kasalliklarga chalinmasligi. Bunday hodisani 200 yil muqaddam Angliyada provintiyalik Jenner birinchi bo’lib kuzatgan. U chechak kasalligiga qarshi kurash chorasini topib tonni ismli bolada tajriba o’tkazgan. Jenner har bir kasallik tarqatuvchi mikroblar qonga tushganda shu mikroblarga qarshi qon plazmasida antitelolar hosil bo’lishini aniqlagan.

Immunitet tug’ma va ortirilgan, aktiv, passiv bo’lishi mumkin. Odatda odam yuqumli kasallik bilan og’rib o’tgandan keyin organizmda tabbiy immunitet paydo bo’ladi.

Yurak organizmda nasos funksiyasini bajaradi. Yurak va qon aylanish sistemasiga yurak, arteriyalar venalar kapilyar kiradi. Yurakdan qon olib ketuvchi tomirlar arteriyalar yurakga qon olib keluvchi qon tomirlar vena qon tomirlar deyiladi. Qon qon tomirlarida harakatlanar ekan murrakkab yo’lni katta va kichik qon aylanish doiralarini bosib o’tadi. Katta qon aylanish doirasi yurakning chop qorinchasidan boshlanib butun tanani qon bilan taminlab, yurakning o’ng bo’machasiga venoz qon sifatida qo’llanadi.

Kichik qon aylanish doirasi yurakning o’n qorinchasidan o’pka arteriyasi bilan boshlanib o’pkaga boradi, tarmqlanib o’pka hujayralari bilan gaz almashinib yurakning chap bo’machasiga quyiladi.

Ona qornidagi emirion tug’ulguncha kichik qon aylanish doirasi funksiyalanmaydi. Ona qoni homila qoni bilan aralashmaydi. Zomilaga moddalar almashinuvi yo’ldosh orqali sodir bo’ladi. Yurakning har bir bo’lagi ikki kameradan bo’lmacha va qorinchalardan tashkil topgan. Shunday qilib yurak to’rt kameradan iborat.

Nafas olish sistemasi.

Nafas olish organizmning asosiy funksiyalaridan biri bo’lib, organizmga kislorod kirishini, undan oksidlanish- qaytarilish jarayonlarida foydalanish, shuningdek, organizmdan moddalar almashinuvining oxirgi maxsuloti bo’lgan karbonat angidrit gazi va boshqa ba’zi birikmalar chiqarilishini ta’minlaydigan jarayonlar yig’indisidan iborat. Nafas olishning ikki turi mavjud: tashqi va to’qima orqali, nafas olish bo’ladi.

Tashqi nafas olish gazlar almashinuvi uchun moslashgan organlarda amalgam oshadi, ular og’iz bo’shlig’i, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar va o’pkadan tashkil topgan.

Tirik organizm nafas olish jarayoni tufayli, Atrof muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrit gaz va suvi parlarini tashqariga chiqarib turadi.

Odam organizmida sodir bo’ladigan oksidanish jarayonlarining asosiy qismi kislorod ishtirokida yuzaga keladi. Shuning uchun xayotning davomiyligi, organizmga doimo kislorod kirib turishi bilan bog’liqdir. Parchalanish jarayonlarining mahsuloti karbonat angidriddir, u jarayonlarning davom etishi uchun tashqariga chiqib turishi shart. Ana shu jarayonni nafas olish organlari yuzaga keltiradi. Kislorodni o’pkadan tukimalarga, karbonat angidridni tukimalardan o’pkaga qon tashib beradi.

Shunday qilib, organizmda gazlar almashinuvi uchta jarayondan iborat:


  1. Tashki nafas yoki o’pka nafasi – organizm bilan tevarak muxit o’rtasida o’pka orqali gazlar almashinuvi.

  2. Ichki nafas yoki to’kimalar nafasi – ho’jayralarda ro’y beradigan jarayonlarni o’z ichiga oladi.

  3. Qonnig gazlarning tashishi, ya’ni qon orqali o’pkada to’qimalarga kislorod va to’kimalardan o’pkaga karbonat angidrid yetkazib berilish.

Odam nafas olganda havo burunga, so’ngra burun halqumiga, hiqildokga, traxeyaga, bronxlarga, bronxiollalarga va nihoyat alviollarga kiradi.


Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə