Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi


- ma’ruza: Kirish. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani va vazifalari



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə7/16
tarix25.03.2018
ölçüsü1,45 Mb.
#33322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16

1- ma’ruza: Kirish. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani va vazifalari.


Reja:

1. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fani.

2. Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining ahamiyati.

3. Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi

4. Yosh fiziologiya va gigiyena fanining qisqacha tarixi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani tibbiyot fanlari bo’lmish odam anatomiyasi, fiziologiyasi va umumiy gigiyena fanlarining asosiy tarmog’i hisoblanadi.

Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo’lib, organism, undagi a’zolar, to’qimalar, hujayralar va hujayra strukturasi elementlarining funksiyalarini tashqi muhitga bog’lab, har tomonlama chuqur o’rganadi.

Fiziologiya so’zi grekcha so’z bo’lib, “tabiat” va “bilim” degan ma’noni anglatadi. Fiziologiya anatomiya fani bilan chambarchas bog’liqdir, chunki anatomiya a’zolarning tuzilishini ularning vazifasiga bog’liq holda shakllanib borishini o’rgansa, fiziologiya fani organlar va organism hayoti jarayonlarini o’rganish bilan shug’ullanadi.

Fiziologiya fani hamisha fizika, kimyo qonunlariga tayanadi, organism va har bir hujayra faoliyati fizik va kimyoviy jarayonlar asosida sodir bo’ladi. Fiziologiya ko’p tarmoqli fan bo’lib, mehnat fiziologiyasi, jismoniy tarbiya fiziologiyasi, ovqatlanish fiziologiyasi, yosh fiziologiyasi va boshqa sohalarni o’z ichiga oladi.

Yosh fiziologiyasi turli yoshdagi organizmlarning rivojlanish jarayonida organlar tizimi va butun organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni o’ziga xos yosh xususiyatlarini o’rganadi. Bola organizmi katta odam organizmidan tubdan farq qiladi. Demak, bola organizmi faqat katta odam qolipi bo’lmay, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga moslashishi bilan farq qiladi. Bolalar va o’smirlar fiziologiyasining asosiy o’rganadigan ob’ekti bolalardir.

Binobarin, pedagoglar ta’lim tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi ma’lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Maktab, litsiy va kasb- hunar kollejlarida jismoniy tarbiya, mehnat darslarida, ijtimoiy- foydali mehnatda, sog’lomlashtirish ishlarida bolalar va o’smirlarning anatomo- fiziologik xususiyatlari albatta hisobga olinishi kerak.

O’sib, rivojlanib kelayotgan organism salomatligini, jismoniy va aqliy qobiliyatini baholash, sog’lom hayot kechirish asoslarini aniqlash yosh fiziologiyasi ilmi yutuqlariga bog’liq. Shuning uchun yosh fiziologiyasi ilmi ijtimoiy ahamiyatga egadir.

Gigiyena fani grekcha so’z bo’lib, foydali degan ma’noni dildiradi. U tashqi muhit omillarining (kimyoviy, fizikaviy, ijtimoiy va xokazo) inson salomatligiga ta’sirini o’rganadigan va olingan ma’lumotlarga tayangan holda tashqi muhitni sog’lomlashtirish, inson sog’ligini mustahkamlashning me’yor va qoidalarini ishlab chiqadigan, ayniqsa yuqumli kasalliklarning oldini oladigan, ishlash qobiliyatini oshiradigan, umrni uzaytirish tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir. Gigiyena inson bilan atrof muhitning uzviyligini ta’minlaydi. Muhit sog’lom bo’lmay turib, tan- sog’liqni ta’minlash qiyin. Shu ma’noda gigiyena tabiiy ijtimoiy muhit- borliqning odam organizmiga ijobiy, salbiy ta’sirini ham o’rganadi, tavsiyalar beradi.

Buyuk fiziolog olim I.P.Pavlov: “Zamonaviy tibbiyot kasalliklarning hamma sabablarini bilib olgandagina kelajak tibbiyotga, ya’ni keng ma’nodagi gigiyenaga aylanadi” deb bejiz aytmagan. Gigiyena fani quyidagilarni o’z ichiga oladi:


  1. bolalar va o’smirlar gigiyenasi;

  2. kommunal gigiyena;

  3. ovqatlanish gigiyenasi;

  4. mehnat gigiyenasi va gigiyenaga oid boshqa fanlarni o’z ichiga oladi.

Maktab gigiyenasi bolalar va o’smirlar organizmi bilan tashqi muhit o’rtasidagi qonuniyatlarni o’rganadi. Ularni to’g’ri o’sib rivojlanishi uchun zarur gigiyena asoslarini ishlab chiqadi .

Maktab gigiyenasining asosiy maqsadi-bola aqliy mexnat qobilyatning funksional imkoniyatlari ortib borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o’ta charchash, asab va boshqa turli kasalliklarning 0oldini olish uchun chora tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek bolalar muassalarida-sanitariya –gigiyena xolatini yaxshilash, ta’lim tarbiya jarayoning giginik asoslari, maktablarni to’g’ri ko’rish va obodonlashtirish va shunday boshqa masalalar bilan shug’illanadi .

Sanitariya- odam salomatligini taminlaydigan gigiyena talablarini xayotga tadbiq etadi. Sanitariya so’zi gigiyenik malumotlarini amaliyotda tadbiq qilish ma’nosini bildiradi. Giogiyena fanida tibbiy ekisperiment usuli asosiy usul bo’lib , u organizmga tashqi muhitning har tomonlama tasirini o’rganadi. Tabbiy gigiyenik eksperiment usullarida bola uchun tabbiy yashash sharoitda: (dars soatlari, jismoniy mashqlar va boshqalar ) organizmbilan tashqi muhit o’rtasidagi o’zaro bog’liq, tabbiy omillarning bola organizmiga tasirini kuzatib shu yoshdagi bolalarga, uning antomo- fiziologik imkoniyatlariga qarab tegishli normalar belgilanadi.

Bolalar va o’smirlar gigiyenasi gigiyena fani sohalaridan biri bo’lib, tashqi muhit omillarining bola organizmiga, uning hayot faoliyati, ta’lim tarbiyasiga ta’sirini o’rganadi va o’sayotgan avlodning sog’lig’ini mustahkamlash hamda jismoniy va ma’naviy jihatdan bekamuko’st rivojlanishi uchun zarur bo’lgan chora- tadbirlarni ishlab chiqadi.

Ish jarayonida bolalar va o’smirlar gigiyenasi, umumiy gigiyena, mikrobiologiya, epidimiologiya, fiziologiya, biokimyo fanlarining tavsiyalari va yutuqlariga tayanadi. Bu fan 1954- yilda mustaqil fan sifatida umumiy gigiyena tarkibidan ajralib chiqgan.

O’zbekiston mustaqillikga erishgandan so’ng o’zining asosiy masalalaridan biri deb sog’lom avlodni tarbiyalashni belgilab oldi. “Sog’lom avlodni tarbiyalash- buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurishdir”, deydi prezidentimiz I.A.Karimov.

Shu munosabat bilan 29 aprel 1993- yilda “Sog’lom avlod” jamg’armasi tuzildi. 3- dekabr 1993- yilda Vazirlar maxkamasining 589- qarori bilan o’sib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish chora- tadbirlari haqidagi kompleks dastur qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yo’nalishi qo’yidagilardan iborat:


  1. Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi;

  2. Har bir xalq ma’orifi xodimi ta’lim- tarbiyaning gigiyenik me’yorlarini bilishlari;

  3. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish;

  4. Yosh avlodga gigiyenik tarbiya berish;

  5. “Sog’lom avlod uchun” dasturini keng targ’ib qilish;

Mamlakatimizning birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun” ordeni bo’lib, u 4- mart 1999- yil ta’sis qilingan.

Yosh fiziologiyasining vazifasi o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organism, uning tizimlari, organlari, to’qimalari va hujayralarini ishlahs xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlashdir. O’sib rivojlanib kelayotgan bola organizmining turli davrlarida, har xil organ va tizimlarning faoliyati bir qator o’ziga xos xususiyatlar bilan xarakterlanadi.



Bolalar va o’smirlar gigiyenasini asosiy vazifalari.

Bolalar va o’smirlar gigiyenasini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Bolalar va o’smirlar sog’lig’ini saqlash. Bu masalani hal qilish biologik va ijtimoiy omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o’smirlar organizmiga ta’sirini aniqlash imkonini beradi;

Har bir yoshga oid davrga xos kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa kasallikning oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi va hayotga tadbiq etish imkoniyatini yaratadi. O’sib kelayotgan avlodning sog’liq darajasi joriy etilgan sog’lomlashtirish gigiyena tadbirlarining natijasi o’laroq, kelgusida yana qanday qo’shimcha gigiyenik tadbirlar ko’rish kerakligini ham belgilab beradi;

Bolalar va o’smirlar faoliyati gigiyenasi. Olib boriladigan ishlar bolalarning sog’ligini saqlagan holda ish faoliyatini oshirish hamda charchashning oldini olish tadbirlarini ko’rish asosiy masala hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida yasli, bog’cha va maktab yoshidagi bolalarga muvofiq keladigan kun tartibining to’g’ri tuzilishiga xizmat qiladi;

Tashqi muhit gigiyenasi. Mo’ljallangan ishning bu qismida bolalar va o’smirlar muassasalarini loyihalash va qurishda bir qator gigiyenik tadbirlarni joriy etish, jumladan ularni alohida yashaydigan joylarga qurish, xonalarni yetarli darajada yoritish, toza havo va issiqlik, ichimlik suvi bilan bolalar uchun mo’ljallangan jixozlar bilan ta’minlash ko’zda tutiladi;

Bolalar va o’smirlar gigiyenasi. Bunda ovqat maxsulotlarini ahamiyati, ovqatlanish tartibi o’rganiladi va o’sish davrida energiya sarfi me’yori ishlab chiqiladi;

Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatish. Ishning bu qismida tibbiy xizmat ko’rsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar ko’rish;

Psixogigiyena. Bunda bolalar va o’smirlarni ruhiy salomatligini saqlash, asab kasalliklarini oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish.

Yosh fiziologiya va gigiyena fanining ahamiyati.

Inson sog’ligini muxofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko’tarish haqida g’amxo’rlik qilish muhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni hal etishda, jumladan kasalliklarning oldini olish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish tibbiyot xodimlari bilan bir qatorda pedagoglar ham katta kuch bo’lib xizmat qiladilar.

Zamonaviy bilim berish uchun avvalo murabbiy o’sib rivojlanib kelayotgan avlodning turli davrlardagi o’zgarishlarini , tashqi muhit sharoitlarining bola organizmiga ta’sirining gigiyenik ahamiyatini bilib olgandagina o’quv- tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil eta oladi.

O’qituvchi bolalar va o’smirlarning anatomik- fiziologik xususiyatlarini o’rganar ekan ayrim tizim va organlarning (suyak, muskul, nafas olish, qon aylanishi, nerv sistemasi, sezgi organlari, oshqozon- ichak trakti, ichki sekretsiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari hamda ular faoliyatlari gigiyenasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy mehnatni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, o’quv yuklamalarni bolalarning yoshiga mos ravishda belgilash uchun nerv sistemasining o’ziga xos yosh xususiyatlarini bilish juda muhimdir. Organizmdagi har bir sistemaning fiziologiya va gigiyenasini aniq tadbirlarni boshqarishni, masalan: suyak- muskul sistemasini gigiyenasi- harakat rejimini, partada to’g’ri o’tirish, ishlash jarayonida gavdani to’g’ri tutish, yozayotganda qo’l barmoqlarini ishlatilishini me’yorga solish va xokazolarni talab etadi. Bu tadbir choralarini yo’lga qo’yish ularga rioya qilish, o’sib rivojlanib kelatotgan bolalarni salomatligini mustahkamlashga, uni muhofaza qilishga va turli kasalliklarni oldini olishga imkon beradi.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani talabalarga, bo’lajak muallimlarga rivojlanayotgan organizm organ va sistemalarning o’ziga xos xususiyatlari, uning tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligi, bolalarda uchraydigan turli kasalliklar va ularni oldini olish yo’llarini o’rgatishda, bilimga ega qilishda katta ahamiyatga ega.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenaning boshqa fanlar bilan aloqasi.

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani anatomiya, gistologiya, sitologiya va boshqa barcha tibbiyot va pedagogika fanlariga yaqindan bog’liq. Ish jarayonida yosh fiziologiyasi va gigiyena, umumiy gigiyena, umumiy fiziologiya, mikrobiologiya, epidemiologiya, biokimyo, bolalar klinikasi, ruhiyati, pedagogika tavsiyalari hamda yutuqlaridan foydalanadi.

Yosh fiziologiya va gigiyenasi pedagogikaga oid qonun- qoidalarini bilish unga amal qilish bolalar va o’smirlarning o’quv mehnat va ishlab chiqarish faoliyatlarini me’yorlash bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qilish uchun zarurdir.

Oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limot esa psixologiya va pedagogikaning tibbiy ilmiy asosi hisoblanadi.

Pedagoglar ta’lim tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi va gigiyena ma’lumotlarga asoslangan holda olib borishlari ham muhim ahamiyatga egadir. Pedagog bilib olishi shart bo’lgan birinchi narsa bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola tanasining anatomiyasi, fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Busiz yaxshi pedagog bo’lish, bolani to’g’ri tarbiyalash mumkin emas. Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan, yoshga aloqador xususiyatlarini nazar- e’tiborga olmasdan turib ta’lim tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin emas.
Yosh fiziologiya va gigiyenasining rivojlanish tarixi.
Odamning hayot faoliyatini o’rganinish eramizdan avval yashab, ijod etgan olimlar tomonidan o’rganilgan.

Bunday olimlardan Buqrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel), Galen va boshqalarni eslash mumkin.



Gippokrat (milloddan avvalgi 460-375) tashqi muhit omillari (iqlim, tuproq, suv)ni jismoniy va ruhiy shakillanishga ta’siri to’g’risida fikr yuritgan. U odamning xulq- atvori, xis- tuyg’usi turlicha bo’lishini o’rganib temperament (mijoz) haqida asar yozgan va odamlarni 4 xil mijozga bo’lgan.

Galen (miloddan avvalgi 134-211) maymunlarda tajribalar o’tkazib, anatomiya, fiziologiyaga katta hissa qo’shgan.

Markaziy Osiyo xalqlarining tibbiyotga oid yozma ma’lumotlari IX-X asrlarga (bizning eramizgacha) tegishli. Bunday ma’lumotlar Eron va Markaziy Osiyo xalqlarining ilohiy kitobi bo’lgan “Avesto” da hamda loydan yasalgan jadvalda o’z ifodasini topgan. Avesto Markaziy Osiyo xalqlari tibbiyotiga oid yozilgan birinchi ma’lumot bo’lib hisoblanadi. O’rta asrlar davomida sharq mamlakatklarida ilm va fan juda rivojlandi. Shu davrda jaxonga tanilgan ko’pgina olimlar yashab ijod qilganlar.



Abu Bakr ibn Axaviy Buxoriy o’zining “Hidoyat” (tibbiyotni o’rganuvchilarga qo’llanma) kitobida kattalar va bolalarga uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda qo’llaniladigan dorilar haqida ma’lumotlar bergan.

Abu Nosir Muhammad Al- Forobiy (873- yilda Sirdaryo bo’yida tug’ilgan) tibbiyotga ko’p yangiliklar kiritgan. U nervlarni sezuvchi va harakatlanuvchi nervlar boshqaradi deb tahmin qilgan.

Ismoil Jurjoniy (1080 – 1141) mohir tabib sifatida tanilgan. Uning kasallikni aniqlash usullari “Tibbiyot usullari” kabi kitoblari ma’lum va mashhur bo’lgan. U odam sog’ligini saqlash uchun zararli ta’sir etuvchi barcha narsalarni yo’qotish lozim deb yozadi.

Abu Bakr ar- Roziy (865-925) “Organlar funksiyalarinomli kitobida odam tanasidagi barcha organlarni bayon etadi. Uning fikricha, odamning kasallanishiga asosiy sabab havo, muhit, turmush sharoiti, yil fasllarning o’zgarishi sabab bo’ladi. Ar- Roziy birinchi bo’lib tashxis qo’yishni taklif etdi. U birinchi bo’lib chechakni oldini olish uchun emlash kerakligini to’liq ko’rsatib bergan.

Jaxon ilmiy tafakkuri rivojiga ulkan xissa qo’shgan buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino (980 – 1037) juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o’zidan oldin o’tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o’rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy- ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat kabilarni asarlarini qunt bilan o’rgandi. Ibn Sinoning “Kitob al- qonun fittib” (Tib qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo’lib, 1956- va 1962 yillarda ruz va o’zbek tillarda qayta nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiya va gigiyenasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga ta’luqli bilimlar bayon etilgan. Bu kitob 600 yil davomida butun jaxondagi shifokorlar uchun asosiy qo’llanma bo’lib keladi. U 36 marta qayta nashr etilgan.


Tekshirish savollari:

  1. Yosh fiziologiya fani nimani o’rganadi?

  2. Gigiyena faninig vazifalari nimalardan iborat?

  3. Davlatimiz yosh avlodni tarbiyalash himoya qilish yilida qanday ishlar olib bormoqda?

  4. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini rivojiga xissa qo’shgan olimlardan kimlarni bilasiz?


2- ma’ruza: Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonunlari.

Irsiyat va muhit.

Reja:

1. O’sish va riuvojlanishning umumiy qonunitatlari.

2. Jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari.

3. Akseleratsiya-o’sish va rivojlanishning tezlashuvi.

4. Organizmning davrlari va ta’rifi.

5. Irsiyat va muhit.


Bolalar va o’spirinlar o’sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Bolalarni to’g’ri tarbiyalash uchun ular organizmining o’sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O’sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir.Organizmning har tomonlama o’sishi va rivojlanishi uning paydo bo’lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir- biriga bog’langandir.

Osish deganda tana hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm o’lchamlarining ortishi, ya’ni bo’yning cho’zilishi, og’irlikning ortishi tushuniladi. Bola ma’lum yoshgacha to’xtovsiz, ammo o’sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o’sishi (bosh, oyoq, qo’l suyaklari, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to’qima va hujayralarda ya’ni organlarda o’sish bir vaqtda ayollarda o’rtacha 18-19 yoshgacha, erkaklarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.

O’sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir.

Rivojlanish deganda o’sayotgan organism to’qima, hujayra va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o’smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo’lishiga aytiladi.

Bunga voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi. Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizmlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillanishida namoyon bo’ladi, masalan, markaziy asab tizimining reflector faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak- qon tomir, ovqat hazm qilish, tayanch sistemasini harakatlanishi va boshqa tizimlarning murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi.

Organizmni o’sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o’smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o’tadi. O’sish bu organizmning miqdor ko’rsatkichi, rivojlanish esa sifat ko’rsatkichi bo’lib, bu ikki jarayon notekislik ya’ni geteroxroniya, uzluksiz va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.

Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal xolatida o’sish va rivojlanish bir- biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo’lsa ham, ular bir vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo’lmaydi, chunki biron- bir a’zo massasining kattalashishi uni bir vaqtda funksional jixatdan takomillashuvini bildirmaydi.

Jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari.

Yangi tug’ilgan go’dak nisbatan kalta qo’l- oyoqlari, tanasi va boshining kattaligi bilan farqlanadi. Uning kallasining uzunligi tanasi uzunligining- 1/4qismini, ikki yashar bolada- 1/5 qismini, olti yashar bolada- 1/6 qismini, o’n ikki yashar bolada- 1/7 qismini, voyaga yetgan odamda- 1/8 qismini tashkil etadi.

Yosh kattalashgan sari kallaning o’sishi sekinlashadi, oyoq- qo’llarning o’sishi esa kuchayadi. Jinsiy yetilish davrining boshlanishiga qadar tana proporsiyalaridagi farq bo’lmaydi va ular pubertat davrida yuzaga chiqadi.

Tananing bo’yi va eni o’rtasidagi proporsiyalarni turlicha bo’lishini uchta bosqichini ajratish mumkin:

-4 yoshdan 6 yoshgacha;

-6 yoshdan 15 yoshgacha;

-15 yoshdan to voyaga yetguncha qadar

Tananing bo’yiga o’sishining notekisligi quyidagicha namoyon bo’ladi:

- yangi tug’ilgan bolaning bo’yi 48-52 sm bo’ladi;

- bola hayotining birinchi yilida uning bo’yi 25 sm o’sadi va 75 sm ni tashkil etadi;

- ikkinchi yilida 10 sm o’sadi;

- kichik maktab yoshida bola bo’yi 6-10 sm;

- bola 8-10 yoshga yetganda 3-5 smga o’sadi.

Tana o’sishining eng ko’p ortishi qiz bolalarda 12 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa 15 yoshda kuzatiladi. Bo’yning o’sishi asosan qiz bolalarda 19 yoshga kelib, o’g’il bolalarda esa 20 yoshga kelib tugallanadi. Yangi tug’ilgan davrdan to voyaga yetgunga qadar insonning bo’yi- 3 marotoba, tanasi- 3,5 marotoba, qo’llari- 4, oyoqlari- 5 marotoba uzunlashadi.

Tana vazni yoshga qarab quyidagicha o’zgaradi:

- yangi tug’ilgan qiz bolalarning o’rtacha vazni 3,0 kg, o’g’il bolalarniki esa 3,4 kg bo’ladi;

- bolaning vazni tug’ilgandan keyin birinchi oyda 600 gr, ikkinchi oyda 800 gr ortadi;

- bir yashar bolaning vazni tug’ilganidagi vaznidan 3 marta ortib 9-10 kg ga yetadi;

- 2 yoshli bolaning vazniga 2,5-3,5 kg qo’shiladi;

- 4,5,6 yoshli bola vazniga har yili 1,5-2,0 kg vazn qo’shilib boradi.

7 yoshdan boshlab ularning vazni tez ortib boradi. 10 yoshgacha o’g’il bolalar bilan qiz bolalar vazni bir xil o’zgaradi. Jinsiy yetilish boshlanishi bilan qizlarning vazni 4,5-5,0 kg dan 14-15 yoshda har yili 5- 8 kg ortadi. O’g’il bolalarda esa 13-14 yoshdan vazni 7-8 kg ortadi, 15 yoshdan boshlab esa ularning vazni qizlarning vaznidan ortib ketadi.

Rivojlanishning uzluksizligi. O’sish va rivojlanish jarayonlari uzluksiz sodir bo’lishi aniqlangan va u organizmning o’zgarishlarida, ya’ni uning aniqlanishida, yangi hujayralarning paydo bo’lishida, funksiyalarning va faoliyat turlarining murakkablashishida hamda takomillashishida namoyon bo’ladi. Yurishning boshlanishi va motorikaning keyingi rivojlanishi, birinchi so’zlar va nutq funkisiyasining keyinchalik rivojlanishi, jinsiy balog’atga yetish davrida bolani o’spiringa aylanishi, markaziy asab tizimini va birinchi galda bosh miya po’stlog’ini uzluksiz rivojlanishi hamda reflektor faoliyatini murakkablashuvi-rivojlanishning bu bosqichlari organizmdagi ko’p qirrali va turli xildagi uzluksiz o’zgarishlarning bir qisminigina tashkil qiladi. Bunda barcha a’zolar va to’qimalarning rivojlanishi va ularning funksional jihatdan takomillashuvi bilan bir vaqtda sodir bo’ladi.

Uzluksiz rivojlanish qarilik chog’ida ham kuzatiladi va u involyutsion tavsifga ega. Qarilik chog’ida organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlar juda murakkab va ushbu muammo buyuk allomalarni juda qadimdan o’ziga jalb qilganligiga qaramasdan hali yetarlicha o’rganilgani yo’q.



Rivojlanishning individualligini bolaning aqliy rivojlanishi misolida ko’rish mumkin. Bunga ayrim hollarda bolaning aqliy jihatdan orqaga qolishi bo’lsa, boshqa hollarda shaxsning nisbatan tez o’sib ketishi sabab bo’ladi. Birinchi holda bu xususiyatning ustunligi kichik maktab bolalariga xos bo’lsa, boshqa holatda o’qituvchining dars berish mahoratiga ham bog’liqdir. Ikkinchi holatda o’quvchi o’z sinfdoshlaridan o’zib ketgan holda, u mustaqil bo’lshga va o’zbilarmonlikka berilib o’qituvchiga ham bo’ysunmay qoladi. Shuning uchun ham bolalarni nisbatan o’zib ketishiga nisbiy munosabatda bo’lish kerak. Bolalarni individual o’sish va rivojlanishini e’tiborga olmasdan turib ta’lim- tarbiya ishlarini amalga oshirish mumkin emas. Bolalarning yoshlariga nisbatan aqliy kamol topishi ularning shaxsiy qobiliyatiga va atrof- muhit sharoitiga ham bog’liqdir. Ularning aqliy va psixologik rivojlanishi bolalarni o’rab turgan muhitga va o’quv- tarbiyaviy ishlarga ham bog’liqdir. Shuni yodda tutish kerakki, bollarni nisbatan bir necha yil bir xil sharoitda yashashi ularning shaxsiy o’sish tempiga ta’sir etadi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi bolalar o’rtasida o’ta qobiliyatlilari ham uchrab turadi. Bularni vunderkindlar ( nemis tilida sexrli bolalar) deyiladi. Ko’pgina atoqli kishilarning yoshligidanoq katta qobiliyatga ega bo’lganliklari bizga ma’lum. Jumladan, buyuk allomalarimizdan Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy va Abu Ali ibn Sinolarni misol keltirishimiz mumkin. Abu Ali ibn Sino 16 – 17 yoshidanoq mashhur tabib hakim bo’lib tanilgan. Dunyoning birinchi vunderkindi deb italiya yozuvchisi Torkvato Tasso e’lon qilingan. U 13 yoshida Balon universiteti talabasi bo’lgan. Viktor Gyugo esa 12 yoshida Fransiya Akademiyasining rag’batnomasini olgan. Yana buyuk kompozitor Motsartni misol qilishimiz mumkin. U 4 yoshida musiqa yozgan. Hozirgi davrda bunday bolalarga katta e’tibor berilmoqda. Ular uchun maxsus litsey va gimnaziyalar tashkil etilgan.

Bolalarning jismoniy, aqliy va jinsiy jihatdan rivojlanishida yuqorida aytib o’tilganidek, irsiy faktorlar bilan bir qatorda turmush sharoiti, maktabdagi mehnat faoliyati, jismoniy mashqlar, kasalliklar bilan og’rigani muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, ob- havo sharoiti, iqlim sharoiti, quyosh radiatsiyasi ham ularning o’sishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bolalr yoz faslida (iyul- avgust) xususan tez o’sadi. Agar bola kichikligidan muntazam ravishda jismoniy mashqlar va sport bilan shug’ullansa u sog’- salomat o’sadi, uning porganlari uyg’un rivojlanadi. (Masalan, nafas organlarining takomillashuvi yurak- qon tomir tiziminig rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.


Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə