Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə8/16
tarix25.03.2018
ölçüsü1,45 Mb.
#33322
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16

Akseleratsiya. Akseleratsiya yosh avlodning ruhan va jismonan tezlashuvidir. Hozirgi davrda keyingi 100-150 yil ichida bolalar va o’smirlar akseliratsiya jarayonlari kuzatilmoqda. Bunday akseleratsiya O’zbekistonda ham ko’zga tashlanmoqda. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarning bo’yi 5-6 smga, kichik va o’rta maktab yoshidagi bolalarning bo’yi 10-15 smga, 8-10 kg ga ortdi. Akseleratsiya ruhiy va jismoniy rivojlanishda kuzatilmqda.

XIX asr oxiri ХХ asr boshlarida ko’p mamlakatlarda bolalarning bo’yiga o’sishi tezlashganligi aniqlangan va bu haqida ma’lumot 1876 yilda matbuotda e’lon qilingan. 1935 yilga kelib nemis olimi E Kox rivojlanishdagi bu tezlashuvni akseleratsiya deb atagan. Akseleratsiya- lotincha so’z bo’lib, acceles –tezlashuv degan ma’noni bildiradi. Akseleratsiya yosh avlodning oldingi tengdoshlariga nisbatan ruhan va jismonan rivojlanishidir, 100 yil ya’ni bir asr ichida yaqqol ko’zga tashlanganligi uchun uni keng ma’noda “sekulyaoniy trend” ya’ni asriy tendensiya deyiladigan bo’ldi. Keyingi 100- 150 yil ichida yer yuzida akselerasiya jarayonlari kuzatilmoqda jumladan O’zbekistonda ham.

Rivojlanishdagi akselerasiya muammosi va butun dunyo biologlar, tibbiyotchilari va sotsiologlari diqqatini jalb qilib kelmoqda. Akselerasiyaning ijtimoiy va biologik turlari o’zaro farq qilinadi.

Biologik akselerasiya deganda, insonning biologik rivojlanishiga ta’luqli barcha o’zgarishlarni tushunish kerak. Bunga odamning morfologik va fuhksional rivojlanishini tavsiflovchi bir qator ko’rsatkichlar kiradi. Ushbu o’zgarishlar ma’lum bir ijtimoiy muhitda sodir bo’ladi va ko’p jixatdan ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi.

Ijtimoiy akselerasiya deganda, bolalar bilimlarining hajmini ulardan 50-100 yil ilgari yashagan tengdoshlarinikiga nisbatan ortganligini tushunish kerak.

ХХ asrning 20- yillaridan boshlab Shvetsiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Yaponiya va boshqa mamlakatlardagi 6-14 yoshdagi bolalar o’z rivojlanishida, ulardan yuz yil ilgari yashagan tengdoshlariga nisbatan ancha o’zib ketganligi to’g’risidagi ma’lumotlar paydo bo’la boshladi. Kichik va o’rta yoshdagi bolalarning bo’yi 10-15 sm, og’irligi esa 8-10 kg ortgani aniqlandi. Ushbu hodisa- bo’y va og’irlikni asriy ortishi degan nom oldi. Keyingi yillarda akseleratsiya yanada yorqin namoyon bo’lganligi kuzatilgan. Bundan 50 yil ilgari odamlar bo’yining maksimal uzunligi 25-26 yoshga to’g’ri kelgan bo’lsa, bizning zamonamizda o’g’il bolalar 18-19 yoshda, qiz bolalar esa 16-17 yoshda to’liq jismoniy balog’atga yetadilar. Yangi tug’ilgan chaqaloqlar tanasining uzunligi 1930-1940 yillardagiga nisbatan o’rtacha 1 sm ko’p.
Organizmning davrlari va ta’rifi.

Odam organizimini rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida inson hayotining barcha davrida davom etadi. Odam hayotining har bir davrida shu davrning xarakterli xususiyatlari, oldingi davrning qoldiqlari va kelgusi davrning kurtaklari paydo bo’ladi. Bu davrlarda organizm ketma- ket morfologik, biokimyoviy va fiziologik o’zgarishlarga uchraydi. Bu o’zgarishlar o’sish va rivojlanish bosqichlarini yuzaga keltiruvchi irsiy faktorlarga bog’langan. Voyaga yetgan davrda organizmning o’sishi to’xtaydi, lekin funksional differensiyalashuvi va reflekter faoliyati takomillashuvi ichki kortikal aloqalarni rivojlanishi va murakkablashuvi hisobiga davom etadi. Qarish jarayoni o’ziga xos bo’lib, bir qator qayta rivojlanish bilan bog’liqdir.



Bolaning rivojlanish davrlari tana va a’zolar og’irligi va kattaligi, skelit suyaklarini qotish darajasi, tishlarni paydo bo’lishi, ichki sekretsiya bezlaridagi birlashtiruvchi to’qimalarni rivojlanishi, kortikal faoliyat tavsifi va boshqa belgilar asosida aniqlanadi. Lekin, hozirgi davrgacha, yoshga oid davrlarni tizimlashtirish uchun asos bo’ladigan universal umumiy biologik funksional va morfologik belgilarning to’liq ro’yxati aniqlanganligi yo’q. Yoshga oid davrlar tizimi N.P.Gundobin tomonidan tavsiya qilingan bo’lib tizimlashtirishda bir tomondan organizmning asosiy rivojlanish qonuniyatlari, ikkinchi tomondan, bolalik va o’smirlik davrida tarbiyalashni tashkil qilish masalalari hisobga olingan. Shuning uchun quyidagi: yasli, bog’cha, boshlang’ich, o’rta va yuqori maktab yosh davrlarini pedagogik davrlar deb ham yuritsa bo’ladi. Bolalik davrining tizimi quyidagicha tavsiya etilgan:

1. Ona qornida rivojlanish davri. Ushbu davr, homilani ovqatlanishi, nafas olishi, harorati va boshqa omillari masalalarida ona organizmi bilan to’liq bog’liqdir. Bu davrda homilaning o’sishi va rivojlanishi tez sodir bo’ladi.

2. Yangi tug’ilgan davri. Bu davr 2-3 haftani tashkil qiladi. Ushbu davr tug’ilish vaqtidan boshlanib,to 2,5- 3,5 haftagacha davom etadi va organizmni tashqi muhit sharoitiga moslashuvi bilan tavsiflanadi. Yangi tug’ilgan bolada ilk bor o’pka orqali nafas olish sodir bo’ladi va o’pkada qon aylanish funksiyasi boshlanadi. Ona organizmi orqali ovqatlanish o’rniga bolaning shaxsiy ovqat hazm qilish trakti fuhksiyasi orqali ovqatlanishi amalga oshadi, analizatorlar ham organizm faoliyatida faol ishtirok etadi. Ushbu davrda homilani oziqlanishini ta’minlaydigan tizimni uzilib tushishi va kindik yarasini tuzalishi sodir bo’ladi, tana og’irligini oldin kamayishi so’ngra esa tiklanishi va ortishi boshlanadi.

3. Chaqaloqlik davri. Bu davr bir yilgacha davom etadi. Ushbu davrda tana uzunligi1,5 barobar kattalashadi va o’rtacha 75 smga yetadi, og’irligi 3 barobar ortadi va 11-12kg atrofida bo’ladi, endokrin bezlar funksiyasi tezlashadi, nutqni harakatlantiruvchi analizatorlari ancha rivojlanib bola gapirishni boshlaydi, lekin so’z boyligi kam bo’ladi, ya’ni atiga 10 tacha so’zni tashkil qiladi.

4. Yasli yosh davri. Bu davrda1yoshdan to 3 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va tana og’irligini ortishi birmuncha pasayadi, lekin bola yurish va so’z nutqi ko’nikmalariga ega bo’lishi oqibatida, ularning atrof muxit bilan muloqot qilish soxasi kengayadi. Bolani o’zini o’zga odamlardan farqlay olish qobiliyati paydo bo’ladi (ismini aytib chaqirganda qaraydi, qo’lini beradi va x.k.). А’zolarning tuzilishi va funksiyalari takomillashadi.

5. Maktabgacha yosh davri. Bu davr 3 yoshdan to 7 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda bilish jarayonlari (xotira, tafakkur, ijodiy fikrlashga harakat) jadal rivojlanadi, skelit suyaklarini qotishi va suyak- mushak tizimini mustahkamlanishi jadal sodir bo’ladi, bolaning harakatlari ancha turli- tuman va kordinatsiyalangan holda sodir bo’ladi, yangi tug’ilgan davrdagiga nisbatan mushaklarning kuchi 4-5 marotaba oshadi va yurak faoliyati sezilarli darajada yaxshilanadi, miyasining og’irligi kattalashadi va 7 yashar bolada 1250 grammni tashkil qiladi, shartli reflektorli aloqalar ko’p sonli bo’ladi, shartli tormozlanish rivojlanadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar bo’yi bir tekisda o’smaydi. Avvaliga yiliga 4-6 sm, 6-7 yoshda 7-10 sm gacha o’sadi va bunga bola bo’yining birinchi fiziologik cho’zilish davri deb ataladi.

Bolalarning vazni ham bir xilda ko’paymaydi. 4 yoshli bolaning og’irligi qariyib 1,6 kg ga ko’payadi, 5 yoshda2 kg ga yaqin, 6 yoshga borib 2,5 kg, ya’ni o’rtacha hisobda yiliga 2 kg ga ko’payadi. 6- 7 yoshga borib, bolaning og’irligi 1 yasharligidagiga nisbatan 2 baravar oshishi kerak. Bu yoshda teri tobora qalinlashadi, elastiklashadi, unda qon- tomirlar soni kamayadi, u mexanik ta’sirlarga ancha chidamli bo’lib qoladi. 6- 7 yoshgacha bo’lgan bolalar terisining sirti 1 kg vaznga nisbatan hisoblanganda kattalarnikiga qaraganda ko’proq bo’ladi, shu sababli ular salga issiqlab ketishi yoki sovuq qotishi mumkin.

6. Kichik maktab yoshi davri. Bu davr 7 yoshdan to 12 yoshgacha davom etadi. Ushbu davrda o’sish va skelet suyaklarini qotishi davom etadi, oyoqlarning o’sishi hisobiga tana proporsiyalari o’zgaradi, mushaklar jadal rivojlanadi, katta yarim sharlar po’stlog’ining integratsiyalovchi roli ortadi, tormozlanish jarayonlari kuchayadi. Jigar, buyraklar o’pka, yurak va boshqa a’zolar hamda to’qimalarning strukturaviy va funksional differensiyalashuvi yakuniga yetadi. Timus bezining qayta rivojlanishi boshlanadi. Qalqonsimonbez va gipofizning fuhksiyasi kuchayadi. Jinsiy bezlarning gormonal ta’siri boshlanadi.

7. Orta maktab yosh davri. Bu davr 12 yoshdan to 15 yoshgacha davom etadi. Bu davr jadal o’sish va tana vaznini ortishi bilan tavsiflanadi. Tana proporsiyalari sekin- asta voyaga yetgan inson ko’rsatkichlariga yaqinlashadi. Jinsiy voyaga yetish (o’g’il bolada 13-14, qiz bolada 11-12 yosh) va jinsiy bezlar gormonlarining ta’sirini ortishi ostida qalqonsimon bezning funksiyalari kuchayadi, timus qayta rivojlanishiga (involyutsiyaga) uchraydi. Bosh miya katta yarim sharlarining qobig’I “ organizmning barcha funksiyalarini bosh boshqaruvchisi va taqsimlovchisi” sifatida faoliyat ko’rsatadi. Qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlari muvozanatlasha boradi, farqlash va umumlashtirish funksiyalari, ayniqsa, ikkinchi signal tizimi rivojlanishi tufayli murakkablashadi.

8. Yuqori maktab yoki o’spirinlik yosh davri. Bu davr qiz bolada 13yoshdan to 18 yoshgacha, o’g’il bolada 15-16 yoshdan to 19-20 yoshgacha davom etadi. Ushbu davr jinsiy bezlar funksiyasini kuchayishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning yakunlanishi bilan tavsiflanadi. Boshqa ichki sekretsiya bezlarining, ayniqsa gipofiz va qalqonsimon bezning funksiyalari ham kuchayadi. Timus bezi bundan mustsno, uning involyutsiyasi davom etadi. Barcha a’zolar va tizimlar funksiyasi, uzluksiz rivojlanish oqibatida, sezilarli darajada takomillashadi.

Iqlim va iqtisodiy sharoitga qarab qizlarda jinsiy yetilish taxminan 12-14 yoshdan boshlanib, 16-18 yoshlarda tugaydi, o’g’il bolalarda 13-15 yoshdan boshlanib, 18-20 yoshgacha davom etadi. Eng avvalo jinsiy belgilar paydo bo’ladi: qovga va qo’ltiqda jun chiqa boshlaydi, qizlarda sut bezlari kattalashadi, o’g’il bolalar ovozi do’rillab qoladi. Jinsiy bezlarning yetilganlik alomati: qizlarda hayz ko’rish, o’g’il bolalarda ixtilom boshlanadi.

Chin tovush boylamlari hayotning birinchi yilida va 14-15 yoshda ayniqsa tez o’sadi. 12 yoshdan boshlab tovush boylamlari o’g’il bolalarda qizlarga nisbatan uzun bo’ladi, o’g’il bolalarning ovozi do’rillashi shu bilan izohlanadi.

O’smirlarda o’pka tez o’sadi, umumiy hajmi kengayadi, 12 yoshga yetganda uning o’pkasi chaqaloqnikiga qaraganda 10 marta kattalashadi.

O’smirlarning turli a’zolarida funksional o’zgarishlar kuzatiladi. Yurak hajmi kattalashadi, “yoshlar yuragi” yoki “o’smir yuragi” hosil bo’ladi, quloq solganda shovqin eshitiladi. Ko’pchilik hollarda qon bosimining oshishi (yoshlar gipertoniyasi) yurak kuchliroq tepadi, tomirning tez urishi kuzatiladi (ba’zan bosim pasayib, puls siyraklashadi), xansirash, chakka sohasi og’rishi mumkin. Ayrimlarda to’satdan qisqa mudda bosh aylanishi, hushdan ketish (ko’pincha qizlarda), me’da ichak yo’llarining har xil bo’limlarida qisilish kuzatiladi. Uzoq vaqt tik turganda qimirlamay o’tirganda bosh aylanishi, yurak va qorin sohalarida noxush sezgi paydo bo’ladi. Majburan uzoq vaqt tik turganda ayrim o’smirlar hushidan ketishi va qusishi mumkin. Ularning rangi oqaradi, qo’l barmoqlari muzdek bo’lib qoladi, ba’zan ko’kimtir ranga kirishi mumkin. Bu hodisalarning barchasi yotgandan so’ng o’tib ketadi. Bunday o’smirlarda juda ko’p terlash, qizil demografizm (teriga tirnoq bilan chizganda qizil yo’l qoladi), bola kayfiyatining darrov o’zgarishi kuzatiladi. Bunday hollarga shu yoshga xos vegetativ asab tizimi va endokrin tizimining beqarorligi ruhiy va jismoniy zo’riqish sabab bo’ladi. Yosh ulg’ayishi bilan bu, odatda o’z-o’zidan o’tib ketadi, ammo shunday hodisalar paydo bo’lganda uning haqiqiy sababini aniqlash uchun, albatta, brachga uchrashishi lozim.

Moskvada yosh fiziologiyasi va jismoniy tarbiya instituti tomonidan 1965 yilda yoshga oid davriylik muammolariga bag’ishlab o’tkazilgan simpozium barcha ilmiy, ta’lim, davolash va boshqa tashkilotlarga qo’yidagi yoshga oid davriylik sxemasidan foydalanishni tavsiya qilgan:

1. Yangi tug’ilgan davr – birinchi 10 kun;

2. go’daklik yoshi davri - 1 yoshgacha;

3. Ilk bolalik davr - 1 – 3 yosh;

4. Birinchi bolalik davr – 4-7 yosh;

5. Ikkinchi bolalik davr – o’g’il bolalar 8 - 12 yosh;

qiz bolalar 8 - 11 yosh;

6. O’spirinlik yosh davri- o’g’il bolalar13 - 16 yosh;

qiz bolalar 12 - 15 yosh;

7. Navqironlik davr yoshi- o’g’il bolalar 17 - 21 yosh;

qiz bolalar 16 – 20 yosh;

8. Yetuklik yoshi- birinchi davr: erkaklik 35 yoshgacha;

ayollar 21- 35 ;

ikkinchi davr: erkaklik 36 - 60 yosh;

ayollar 36 - 55 yosh;

9. Qarilik yoshi -erkaklar 61 - 71 yosh;

ayollar 56 - 74 yosh;

10. Keksalik yoshi- erkaklar va ayollar 90 yoshgacha;

11. Uzoq umr ko’ruvchilar- erkak va ayollar 90 yosh va undan yuqori.


Keyinchalik har bir yoshga oid davrni eksperemental asoslash paytida ushbu davriylikka aniqlik kiritilishi mumkin.
Irsiyat va muhit.

Zamonaviy biologiyaning asosiy muammolaridan biri organizmning rivojlanishini boshqarish yo’llarini bilib olishdir. Irsiyat organizmlarning o’z belgi va xususiyatlarini nasldan -naslga o’tkazish xossasidir. Irsiyat tufayli organizmlarning belgi -xususiyatlari nasldan -naslga o’zgarmagan holda o’tadi.

Organizm belgi - xususiyatlarining bir qancha avlod turg’un saqlanib kelishi irsiyatining bir tomoni bo’lib, ikkinchi tomoni organizmning ontogenezda ma’lum moddalar almashinuvi xarakterini va rivojlanish tipini ta’minlashdir. Bularning hammasi irsiyat tufayli aniqlanadi. Har bir organizmning aniq rivojlanish tartibi uning irsiyati bilan aniqlanadi. Aks holda organizmlar avlodida o’zgarishlar vujudga kelgan bo’lur edi. (M: bug’doydan arpa , tovuqdan o’rdak).

Organizmning ikki xususiyati irsiyat va o’zgaruvchanlikni o’rganadigan fanga Ginetika fani deyiladi.

Zamonaviy ginetikaning vujudga kelgan vaqti 1865- yil hisoblanadi, shu yili chex olimi Gregor Mendel 1 va 2 belgisi jihatidan bir -biridan farq qiladigan no’xat navlarini chatishtirib, belgilarining irsiy yo’l bilan nasldan- naslga o’tish qonuniyatlarini aniqlagan. U qizil gulli sariq no’xatni oq: guli yashil no’xat bilan changlatadi. Qizil va oq : gulli o’simliklar: 3:1 nisbatda vedomimant va resessiv belgi asosida yuzaga chiqadi. Mendelning bu buyuk ishga zamondoshlari munosib baho bera olmadi. O’z tajribalarida xuddi shunday natijalarni olgan golland olimi De Friz unutib yuborilgan Mendel tajribalarini to’la –to’kis tasdiqlanadi.

Shunday qilib, Mendel qonunlari tan olindi va genetika faniga asos solindi. Mendelning 1-qonuni dominantlik va resessiv qonunlari bo’lib, yuzaga chiqmagan belgilar resessiv belgilar deb yurutiladi. 2-qonuni ota –ona belgilari 3:1 nisbatda avloddan - avlodga o’tadi, ya’ni 75 % dominant, 25% resessiv belgilar yuzaga chiqadi. Irsiyatning moddiy negizi bu xujayraning o’z nusxasini qayta vujudga keltira oladigan va bo’linish prosessida qiz xujayralarga maksimallanish xususiyatiga ega bo’lgan barcha elementlari hisoblanadi.

Irsiyat nasldan-naslga o’tishini bilish uchun xujayra haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak. Barcha tirik organizm xujayralardan tashkil topgan. 1665- yilda R.Guk tomonidan sodda mikroskop ixtiro qilinishi xujayra taminotining tug’ilishiga olib keldi. U po’kakdan yupqa kesma tayyorlab, mikroskop ostida kuzatganida mayda katakchalarni ko’radi va ularga hujayra deb nom beriladi. Elektron mikroskop kashf etilishi bilan xujayraning tarkibi va undagi moddalar almashinuvi o’rganila boshlanadi. Har bir hujayra sitoplazmatik membrana, sitoplazma, yadro va xujayra organiodlaridan iborat. Xujayra organiodlariga maxsus tuzilishga ega bo’lgan va ma’lum funksiyani bajaradigan tuzilmalar kiradi. Ular endoplazmatik tur, ribosomalar, Golji apparati, mikrokondriyalar, lizosomalar va sentrosomalar va h.k.z.

Hujayra yadrosining bo’linishida kuzatiladigan va yaxshi qo’llaniladigan tanachalarni 1888 -yilda nemis olimi V.Vladeyner aniqlab, ularni xromosomalar deb atagan. Xromosoma grekcha so’z bo’lib, “xromos” bo’yoq, rang “soma” tanacha degan ma’noni bildiradi. Xromosomalar organizmning o’ziga xos bo’lgan barcha biologik belgilarni irsiy yo’l bilan nasldan- naslga o’tkazadi, u oqsillar va nuklein kislotalarning yirik molekularidan tashkil topgan. Xromosomalar ipsimon va tayoqsimon shaklda bo’lib, uning soni turli o’simlik, hayvon hujayralarida turlicha bo’ladi. Dastlab 1956 -yilda ko’rsatib berilgandek odam hujayralarida 46 tadan xromosoma bo’ladi. Jinsiy xujayralar boshqa hujayralardan farq qilib, 23 tadan xromosoma tutadi. Erkak va ayol hujayralari bir-biri bilan qo’shilganda xromosomalarning soni 46 taga yetadi. Xujayraning bo’linishi xromosomalarning ipsimon 2 ta tuzilmaga ajratilinishidan boshlanadi. Xromosomalarning dezoksiribonukleni (DNK) va riboklein (RNK) kislotalaridan tashkil topganligi aniqlanadi. Hozirgi vaqtda DNK orqali hujayradan - hujayraga, organizmdan - organizmga irsiy axborot o’tkazilishi isbotlangan. DNK molekulasi qo’shaloq spiral strukturasiga ega. Buni 1953-yilda Uotson va kirk ko’rsatib berishdi. Oqsil sintezida 20 amino kislata ishtirok etib, ularning sintezlanishi 1,5 min. davom etadi. Xromosomada genlar ham bor. Gen irsiyat birligidir. Genetika fanining eng katta yutug’i DNK molekulasidan gen ajratib olindi va sintez qilindi. Gen bir-biriga yaqin bo’lsa, ular belgilab beradigan belgilarning naslda namoyon bo’lishi ehtimoli shuncha katta bo’ladi. Odamning jinsiy xujayralarida xromasomalar soni 23 ta bo’lib , diploid soni 46ta, ya’ni 22 juftli autosomani (jinsiz xromasomani) va 2ta jinsiy xromasomani o’z ichiga oladi. Jinsiy xromasomalar urg’ochi xromasomalarda XX, erkaklarda XY deb belgilanadi. Tibbiyotda 1500dan ortiq irsiy kasallik turlari mavjud. Nasl kasalliklari xromosomaning onomal yig’indisi, jiddiy xujayralarning o’zgarishi yoki mutatsiya ta’sirida hosil bo’ladi. Aurtasoma anatomiyasiga daun kasalligi kiradi. Yana Shershevskiy-Terner sindromi ayollarda XX o’ringa XO bo’ladi. Bularda birinchi jinsiy organlar uchramaydi. Modda pigmenti-bilirubin miqdori qonda ortib ketadi va nerv sistemasini zaxarlaydi. Aqliy va jismoniy rivojlanish orqada qoladi. Endokrin sistemada garmonlar miqdorining o’zgarishi tufayli paydo bo’ladi. Masalan: buyrak usti bezi kasallanganda bolalar ovqat yemay, emmaydi, to’xtovsiz qusadi, ozib ketadi, qalqonsimon bez kasalligiga gepoteriod, qandli diabed kasalligi kiradi. Qon kasalligiga gemofeliya, leykoz, nerv sistemasining kasalliklariga nerv muskul sistemasi va miya zararlanishi kasalliklari kiradi. Tashqi faktorning salbiy ta’siri natijasida ham isriy kasallik yuzaga keladi (qarilik, nurlanish-qon raki).

Isriy belgilar tashqi muhit ta’siriga juda chidamli. Organizm yashayotgan muhit sharoitiga qarab, irsiy belgilarning sifati o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish mutatsiya deyiladi. Mutatsiya-lotincha so’z bo’lib, o’zgarish, aylanish degan ma’noni bildiradi.

Mutatsiya-gen apparatida ro’y bergan va nasldan-naslga o’tib boradigan o’zgarishlardir. Vujudga kelgan yangi belgilar nasldan-naslga o’tadi va o’z ajdodlarida boshqacha bo’ladigan yangi nasl paydo bo’ladi. Barcha organizmlar boshqa muhit sharoitiga moslashadi. Har xil organizmlar ma’lum tashqi muhit sharoitga ko’nikma hosil qilgan. Shuning uchun faqat ma’lum sharoitda yashash va rivojlanishi mumkin. Organizm butun rivojlanishi mumkin. Organizm butun rivojlanish prosessida urug’langan tuxum xujayradan to voyaga yetgunga qadar to’xtovsiz genotikning nazoratida va tashqi sharoit ta’sirida bo’ladi. Mutatsiyadan tashqari davinizmning asosiy qonuni tanlash ham irsiyatga ta’sir ko’rsatadi.

Xo’sh, odam o’ziga nimani meros qilib oladi? Odam o’zining butun “ biofondini” meros qilib oldi, organlar shaklini, nerv sistemasini, sezgi organlari va boshqalarni meros qilib oladi. Biroq bola tug’ilganidan boshlab u sotsial muhit shart- sharoitlarda o’sib, rivojlanib boradi. Biologik va sistiol omillarning o’zaro t’asiri natijasida, o’ziga xos bo’gan shaxsi xususiyatlarig ega bo’lgan organizm shakllanadi. Ular fenotipini belgilab beradi.

Demak, irsiyat tashqi muhit ta’sirida o’zgaradi, lekin yo’q bo’lib ketmaydi.



Tekshirish savollari:

  1. O`sish deganda nimani tushunasiz?

  2. Rivojlanish nima?

  3. O`sish va rivojlanishga nimalar ta`sir qiladi?

  4. Aksiliratsiya haqida tushuncha bering?

  5. Bolalarning yoshlik davrlarini sanab bering?

  6. Irsiyat nima?

  7. Irsiy belgilar xujayraning qaysi organoidida joylashgan?

8. Qanday irsiy kasalliklarni bilasiz?

Tayanch iboralar:

Irsiyat, muhim dominantlik, retsessiv, xromosoma, gen, mutastiya, irsiy kasalliklar.



3-ma’ruza: Mavzu: Nerv sistemasining umumiy fiziologiyasi. Markaziy nerv sistemasining yosh xususiyatlari. Oliy nerv faoliyatining yosh xususiyatlari va nerv sistemasining gigiyenasi.
Reja:

  1. Nerv sistemasini tuzilishi.

  2. Refleks tushunchasi.

  3. Nerv sistemasini tashkiliy qismlari.

  4. Олий нерв фаолияти ҳақида тушунча.

5. Nerv sistemasini gigyenasi.
Nerv sistemasi faqat tirik oreganizmlarga xos bo’lib turlicha tuzilgan va murakkablik darajasi ham har xil bo’ladi. Nerv sistemasi hayvonlar organizmining barcha organlarning o’zaro aloqasini va bir butun bo’lib harakat qilishini ta’minlaydi. Uning yordamida turli- tuman ta’sir idrok etiladi va analiz qilinadi, tashqi va ichki muhitdagi o’zgarishlarga ko’ra javob reaksiyalari shakllanadi, ya’ni organizmning o’z- o’zini idora qilishi va moslashuvi jarayonlari boradi.

Nerv sistemasi organlar va to’qimalarga turli moddalar yordamida qon orqali ta’sir qiladigan gumoral sistema bilan o’zaro bog’liq holda ishlaydi. Biroq nerv mexanizmi birmuncha takomillashgan hisoblanadi, chunki taassurot nerv tolalari bo’lib faqat muayyan organlarga katta tezlik bilan tushadi.

Nerv sistemasi asosan tashqi muhitdan, ichki organlardan keladigan turli axborotlarni qabul qiladi va ularni markaziy nerv sistemasiga yetkazib beradi. Nerv sistemasi organizmdagi barcha organlarni bir-biri bilan bog’lab, organizmning bir butunligini ta’minlaydi. Organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi hamda uni tashqi muhitga moslashtiradi. Nerv sistemasi yordamida atrof muhitdan turli signallar qabul qilinadi, ular analiz va sintez qilinib, turli reaksiyalar bilan javob qaytariladi. Nerv sistemasi ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqariladigan turli gormonlarning qon orqali organizmga ko’rsatadigan ta’sirini, moddalar almashinuvini boshqarib turadi, o’sish, rivojlanishga ta’sir etadi. Bundan tashqari nerv sistemasining oliy bo’limlarida ruhiy funksiyalar amalga oshiriladi. Idrok etish, fikrlash va hokazolar oliy nerv faoliyati bilan boshqarilib turiladi.

Nerv sistemasining tuzilishi.

Butun nerv sistemasining tuzilishi jixatidan markaziy va periferik sistemalarga bo’lish mukin. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya, periferik nerv sistemasiga somatik va vegetative nerv sistemasi kiradi. Bosh miya kalla qutisi ichida, orqa miya umurtqa pog’onasining orqa miya kanalida bo’ladi. Periferik nerv sitemasi markaziy nerv sistemasi bilan barcha organlar va to’qimalarda bo’ladigan reseptorlar va effektorlar orqali bog’lanib turadi.

Periferik nerv tizimiga orqa miyadan chiqadigan 31 juft sezuvchi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan 12 juft nervlar, hamda umurtqa pog’onasi atrofida va ichki organlarda joylashgan nerv tugunlari kiradi.

Nerv to’qimasi neyron deb ataladigan hujayralardan tashkil topgan. Ular tanadan va ikkita tarmoq (o’siq)- dentritlar bilan aksonlardan tashkil topgan bo’lib, o’zaro va turli organlarning to’qimalari bilan shular yordamida birikadi. Neyronlar tashqi tomondan maxsus parda- mebrana bilan qoplangan. Nerv hujayralarining tanalari va ularning dentritlari to’planib kulrang moddani uzun o’simta akson esa maxsus miyelin pardasi bilan qoplanib oq moddani hosil qiladi.

Neyronning asosiy funksiyasi axborotni qabul qilish va uni nerv impulslari ko’rinishida uzatishdir. Axborot hujayraga dendritlar orqali keladi. Bu mikroskopik do’mboqchalari bo’lgan ko’p tarmoqlanadigan qisqa o’simtalardir. Dendritlarning umumiy sathi neyron tanasi sathining o’lchamlaridan katta, ulardan ko’p miqdorda boshqa neyronlarning uchi joylashgan bo’ladi.

Akson- uzun o’simta bo’lib u ham tarmoqlanishi mumkin, unda yon va oxirgi o’simtalar hosil bo’ladi. Akson qo’zg’alishni neyron tanasidan boshqa hujayralariga yoki to’qimalarga o’tkazishga moslangan, uzunligi 1m ga yaqin bo’lishi mumkin. Agar akson atrofidagi to’qimalar boshqa nerv tolalarining elektr- kimyoviy ta’siridan himoya qiladigan miyelin parda bilan o’ralgan bo’lsa, nerv impulsini o’tkazish tezligi ortadi. Hamma sezuvchan va harakatlanuvchan nerv tolalari, shuningdek, vegetativ tolalarning bir qismi ham shunday parda bilan o’ralgan. Ko’p sonli aksonlardan nerv tolalari va nerv sistemasining o’tkazuvchi yo’llari shakllanadi. Har bir o’simta sinaps nomini olgan qoplama bilan tugallanadi. U nerv impulsini bir neyrondan ikkinchisiga yoki biror to’qimaga o’tkazishni ta’minlaydigan fiziologik aktiv moddalari bo’lgan pufakchalar- mediatorlar bilan to’lgan bo’ladi. Shunday qilib, nerv sistemasi bo’ylab axborot o’tkazish elektr va kimyoviy tabiatga ega. Agar neyronning tanasi shikastlansa, akson va dentritlar nobud bo’ladi, agar u saqlanib qolsa unda yangi o’simtalar hosil qiladi.

Hayot mobaynida neyron o’simtalari tarmog’ining soni o’zgarishi mumkinligi aniqlangan, shu tufayli bosh miya o’sadi va rivojlanadi. Yetilgan nerv hujayrasi bo’linishga va o’zi singari hujayralar hosil qilishga layoqatsiz bo’ladi. Bola tug’ilishi vaqtida shakllanadigan 10-14 mlrd neyron keyin 1 dona ham ko’paymaydi. Bu tarkibiy qismlar 5-7 yoshli bolada ayniqsa jadal o’sadi. Shunga muvofiq, neyronlarning sinaptik bog’lari soni ham ortadi. Mutaxassislarning kuzatishlariga qaraganda, nerv hujayrasi yuzasining taxminan 80% sinapslar bilan qoplanishi mumkin va ularning miqdori neyron bog’laridan dalolat beradi. Turli nerv hujayralarida ularning soni o’zgarib turadi va neyronlarning funksional ishi miqdorga bog’liq bo’ladi. Masalan, tug’ilishdan boshlab, sog’lom hayvonlar tajriba tariqasida mutlaqo qorong’uda boqilsa, ularda niyronlarning bosh miya ko’rish markazi bilan sinaptik aloqalari rivojlanmaydi, yorug’lik axboroti qabul qilinmaydi va qayta ishlanmaydi. Natijada ko’rish organing barcha struktura elementlari bo’lishiga qaramay, hayvonlarning ko’zi ko’rmagan.

Nerv to’qimasi hujayralarining ayrim o’ziga xos qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik xossalari bor. Qo’zg’aluvchanlik- tashqi muhitdagi o’zgarishlarni qabul qilish va ularga qo’zg’alish reaksiyasi bilan javob berish xususiyati. Nerv hujayralari va boshqa ayrim hujayralar, masalan, muskul hujayralarining qo’zg’aluvchanligi ayniqsa yuksak va ular ta’sirga tez javob berishga moslashgan. Bunga o’tkazuvchanlik xossasi, ya’ni to’qimaning qo’zg’alishini o’tkazish qobiliyati tufayli erishiladi.

Qo’zg’aluvchanlik va o’tkazuvchanlik xossalari membranada va hujayralar ichida bo’ladigan qator biokimyoviy, fizik va elektor hodisalari bilan bog’liq va shular tufayli amalga oshiriladi.

Tasvirlangan nerv strukturasi reflektor yoy deb ataladi. Tashqi yoki ichki muhitdan markaziy nerv sistemasi ishtirokida bo’ladigan ta’sirga organizmning javob reaksiyasi esa refleks deyiladi. Reflektr yoylar ikkita va undan ko’p neyronlardan iborat bo’lishi va ulardagi qo’zg’alish faqat bir yo’nalishda o’tkazilishi mumkin. Buni sxema shaklida qo’yidagicha tasvirlash mumkin:


Reseptor __________ sezuvchi neyron

____________ Markaziy neyron

Effektor ___________ harakatchan neyron

I.M.Sechenovning “Bosh miya reflekslari” kitobida shunday yozilgan: “… Ongli ongsiz hayotning hamma aktlari kelib chiqish mohiyatiga ko’ra reflekslardir”. Bu fikr I.P. Pavlov tomonidan shartli va shartsiz reflekslar haqidagi nazariyada rivojlantirildi. Reflekslarning biologic ahamiyati organizmning funksional bir butunligi saqlanishida, uning ichki dunyosining barqarorligida va shuningdek, tashqi sharoit bilan foydali muloqotda bo’lishida ifodalanadi.

I.P.Pavlov reflekslarni ikkiga: shartli va shartsiz reflakslarga ajratadi. “Shartsiz refleks” atamasi ta’sirlovchining reseptorlarga ta’siridan so’ng shartsiz (muqarrar ravishda) paydo bo’luvchi reflekslarni belgilash uchun kiritilgan. Masalan, og’izga ovqat olinishi bilan so’lak ajralishi, nina sanchilganda barmoqni tortib olish va hokazolar.

Shartsiz reflekslar odam va hayvonlarning o’ziga xos tug’ma hatti harakatini ta’minlaydi, bu esa tug’ilgandan keyingi shartli refleks bilan birgalikda turg’unlashadi. Ular ota- onadan meros qoladiva butun umr davomida saqlanadi. Shartsiz reflekslarga, masalan, ovqat, himoya va mo’ljal olish reflekslari kiradi.

Shartli reflekslarning shakllanishida bosh miya po’stlog’i katta rol o’ynaydi. Agar paydo bo’lgan shartli reflekslardan foydalanish zaruriyati bo’lmasa, ular sekinlashadi va hatto yo’qoladi, yangilari paydo bo’ladi. Shuning uchun ham shartli reflekslarning biologic ahamiyati shartli reflekslarning tez almashinuvi natijasida organizmning yangi sharoitga moslashuvi ko’rinadi. Har bir kishining o’ziga xos hayot tarzida shartli reflekslarning murakkab shakllarini paydo qilishdek aniq ifodalangan qobiliyatni ko’rish mumkin, bu xulq- atborda namoyon bo’ladi.

Shartli reflekslar hosil bo’lishi uchun quyidagi sharoit zarur:

Indeferent (shartli), ya’ni shu javob reaksiyasiga xos bo’lmagan qo’zg’atuvchining mavjudligi.

1. Mustahkamlangan shartli qo’zg’atuvchining bir necha bor qaytarilishi, ya’ni bir vaqtning o’zida shartsiz refleks paydo qiluvchi qo’zg’atuvchi qo’llanilishi kerak.



  1. Boshqa kuchli qo’zg’atuvchilar bo’lmasligi.

Nerv sistemasi shartli ravishda ikkiga bo’linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasiga bo’linadi.

Skelet muskullarini va ba’zi ichki organlarini (til, hiqildoq,halqum va hokazolar) ni ta’minlab turadigan nervlar somatic nervlar deb nomlanadi. Somatik nerv sistemasi, asosan, organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi va skelet muskullari harakatini boshqaradi.

Vegetativ nerv sistemasi ichki organlarni (me’da, ichaklar, nafas olish siydik tanosil organlarni ichki sekretsiya bezlari, teri, yurak va qon tomirlarni) nerv bilan ta’minlaydi.

Nerv sistemasiga quyidagilar kiradi:



  1. Orqa miya

  2. Bosh miya

  3. Uzunchoq miya

  4. O’rta miya

  5. Oraliq miya

  6. Limb sistemasi

  7. Miyacha

  8. Bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’i

Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə