Yoshlar fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 1,45 Mb.
səhifə11/16
tarix25.03.2018
ölçüsü1,45 Mb.
#33322
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

Burun bo’shliga. Kichik yoshdagi o’quvchilarning burni ancha kichik bo’ladi. Taxminan bola besh yoshga borganda burun ko’tarmasi yuqolib ketadi. Burun bo’shligini tashkil topishida burun suyaklari tog’aylar qatnashadi.

Burun bo’shlig’ining ichki shilliq yuzasini ko’pchilik qismida ko’p yadroli tukli silindrik epiteliya bilan qoplangan bo’lib, bu qismida shilliq ishlab chikaruvchi bezlar joylashgan bo’ladi. Burun bo’shligida shuningdek hid bilish peseptorlari joylashgan bo’ladi. Burun bo’shligidagi tuklar havo bilan kirgan changlarni ushlab qolib tashqari chiqarib tashlaydi.

Bundan tashqari burun bo’shligi kapilyar qon tomirlari bilan yaxshi ta’minlangan bo’lib, tashqaridagi burun bo’shligi orqali o’pkaga o’tayotgan havo ilib o’tadi.

Xiqildok – bir – briga birikkan xarakatchang tog’aylardan iborat bo’ladi. Bolalarda xiqildok tana uzunligiga nisbatan kattalarga qaraganda uzunroq bo’ladi. Xiqildok bolaning besh yoshida va jinsiy balog’at davrida intensive rivojlanadi. Qizlarning 3 yoshida xiqildok shu yoshdagi o’g’il bolalarga nisbatan kichikroq va torroq bo’la boshlaydi. Ayollar xiqildog’i erkaklarnikiga nisbatan 1\4 qismga xiqilrokdir. Xiqildokning o’sishi odamning 20 – 30 yoshigacha davom etadi. Yosh bolalarda ovoz yorig’i tor, xiqildok va ovoz boylamlari mustaqil ovoz muskillari intensiv ravishda rivojlana boshlaydi. Shuning uchun o’g’il bolalarda ovoz pastok bo’ladi.

Traxeya – buyinning oldingi kismida joylashgan bo’lib, xiqildokning pastga qarab yunalgan davomi hisoblanadi. Uning pastki uchi 5 – 6 ko’krak umurtkasi damiga kelib ikkita bronxga bo’lindi.

Traxeyaning ichki tomonidan nozik shillik parda bilan qoplangan . Uning yo’li shu qadar torki shillik pardasi yallig’laganda yoki traxeya ichiga yot jismlar tushib qolganda nafasning qiyinlashib qolishiga sabab bo’ladi.

Traxeyaning uzunligi yangi tug’ilgan bolalarda 3 – 4 sm., 5 yoshda 5 – 6 sm., 10 yoshda 6,3 sm., 15 yoshda 7,5 sm., kattalarda esa 9 -12 sm. ga to’g’ri keladi. Bolalarda traxeyaning shillik qavati nozik, qon va limfa tomirlari bilan juda yaxshi ta’minlangan. Shuning uchun ba’zida kattalarga nisbatan ong zarrakari mikroblar bola traxeyasining shillik kavatiga tez o’rnashib qoladi.

Bronxlar – traxeya o’ng va chap broxga bo’lanadi. O’ng bronx o’z navbatida 3 bo’lakka bo’linsa, chap bronx esa 2 bo’lakka bo’linadi. Ung tomondagisi go’yo traxeyaning davomini bo’lsa, chap tomondagisi o’tni burchak ostida chiqadi. O’ng bronx ikkinchisidan kattaroq bo’ladi. Yot jismlar ko’pincha o’ng bronxga tushib qoladi.

Kichik yoshdagi o’quvchilarning bronxlari tor, togaylari yumshoq, muskul va elastik tolalari ancha sust rivojlangan bo’ladi. Bronxlarni ko’plab turgan shillik parda qon bilan mo’l – qul ta’minlanadiyu, lekin bir muncha quruk to’radi. Bronxlarning o’sishi kichik maktab davrida sekin boradi va 13 yoshidan keyin ancha tezlashadi.

Bronxlar mayda bronxlarga, o’ndan so’ng esa bronxiollarga bo’linib, xar bir bronx bronx daraxtini hosil qiladi. Bronxiollalar tarmoqlanib, oxiridi o’pka hujayralari alviollalar bilan tugaydi.

O’pka – ko’krak qafasining tegishli yarmida joylashgan bo’lib, o’ng va chap o’pkadan iborat bo’ladi. 0020 ar bir o’pka konussimon bo’lib, o’stki qismi uchi, pastki kismi esa asosi deyiladi. Bolalarning yoshi o’rta boshlashi bilan o’pkaning og’irligi va xajmi ortib boradi. Yangi tug’ilgan bolalarda ikki o’pkaning og’irligi 50 – 57 g, 1 – 2 yoshda 225 g., 5 – 6 yoshda 350 g., 9 – 10 yoshda 395 g., 15 – 16 yoshda 690 – 700 g., kattalarda esa 1000 g. bo’ladi. O’pka xajmi yangi tug’ilgan bolalarda 70 sm3 , 1 yoshda 270 sm3, 8 yoshda 640 sm3, 12 yoshda 680 sm3, katta odamlarda esa 1400 sm3 bo’ladi.

O’pkaning o’sishi asosan alviolla hujayralarining ortib borishi hisobiga bo’ladi. Bu nafasi va gaz almashinuviga ta’sir qiladi.

Alviollalar – devorlari yupqa bo’lishi va ularning qon kopilyarlar to’ri bilan o’ralib to’rishi qon gazlari bilan o’pka gazlari orasida almashinuv jarayonlari yuzaga chiqishida imkon beradi.

Yangi tug’ilgan bolalarda alviollalarning soni katta odamlarnikiga qaraganda 3 marta kam bo’ladi. Alviollalarning intensiv o’sishi ayniqsa bolaning 12 yoshidan boshlanadi. Bu esa o’pkaning yuzasini ancha ortishiga sabab bo’ladi, chunki bolalarda gaz almashinuvi intensiv kechib, bola tez o’sib rivojlanadi.

Yosh bolalarda organizmning kislorodga bo’lgan talabi juda yuqoridir, chunki bolalarda energiya va moddalar almashinuvi juda intensiv ravishda kechadi. Masalan: 1 kg. bola organizmi kislorod bilan normal ta’minlanishi uchun ushkasidan 1 minutda 1400 – 1500 sm3 xavo o’tishi kerak. Katta odamning 1 kg. tirik massasining kislorodga bo’lgan extiyojini qondirish uchun esa 300 – 400 sm 3 xavo o’tishi kerak. Bolalarning tinch holatida va ayniqsa mushkul ishida kattalarga nisbatan tez – tez nafas oladi. Agarda bolalar sistematik ravishda jismoniy mashq bilan, ayniksa qayikda suzish, voleybol, yengil atletika, suzish sporti bilan shugullansa, o’pkaning tiriklik sigimi ortadi. Bunga asosiy sabab jismoniy mashqlanish jarayonida organizmni kislorodga bo’lgan extiyoji ortadi, natijada o’pkaning nafasda ishtiroq etadigan yuzasi ham asta sekin kattalashib boradi. Shu bilan birga tomirlardan vaqt birligi ichida o’pkaga oqib keladigan qon mikdori ham ko’payib boradi, bu esa bolalarda gazlar uchun ancha qulay sharoitlarni yaratadi.

O’pka maxsus parda yoki plerva bilan qoplangan bo’ladi. Plervaning bir ---- ko’krak nafasi bilan diafragmaning ichki tomondan qoplab tursa, ikkinchi varag’i o’pkani o’rab turadi va bu varaqlar o’pka oldi yonida bir – biri bilan bilinmay qo’shilib ketadi. Yopik to’radigan varaklar orasida tirkishsimon bo’shlik – plerva bo’shligi bo’ladi. Unda bir oz mikdorda suyuklik bo’ladi, shu suyuklik varaklarni namlab turadi va bir – biriga ishkalanishga yul quymaydi.

Nafas xarakatlarining boshqarilish uzunchoq miyadagi bir guruh nerv hujayralarning faoliyati nafas muskullarining qiskarishiga sabab bo’ladi. Bu hujayralar nafas markazi deb ataladi. Nafas markazi hujayralari uzunchoq miyaning o’ng va chap yarmida joylashgan va miyaning biror tomonidagi markaz faoliyatining to’xtashi faqat tegishli tomondagi nafas muskullar ishini to’htatishiga sabab bo’ladi. Nafas markazida faqat nafas olishni yoki faqat nafas chiqarishni ta’minlaydigan neyronlar bor. Ammo uzunchoq miya bugunligicha salanib qolsa, uning yuqorida yotgan bosh miya bo’limlari bilan, xususan miya po’stlog’i bilan aloqa buzilsa, nafas ham izdan chiqadi. Nafas xarakatlari reflektor yo’li bilan boshqariladi. Tanamizning boshqa qismlari tasvirlanganda ham nafas reflektor ravishda o’zgaradi. Masalan: Cho’milish vaqtida so’vuqga chopish nafasni kiska vaqt to’htab qolishiga sabab bo’ladi.

Hiqildok nervi uchlarining nafas yullarida chang yoki shilimshik bilan ta’sirlanishi yo’talga sabab bo’ladi. Burun – halqumning chang yoki shilimshik bilan ta’sirlanishi aks o’rishga sabab bo’ladi.

Sog’lom organizmda nafas oraliq miya po’stlogi ishtirokida boshqarilib boradi. Katta yoshli odam va katta yoshli bolalar o’z ixtiyori bilan nafas tezligini va chuqurligini o’zgartirishi mumkin.

Bundan tashqari, nafas tezligi uning emosional xolatiga bog’lik bo’ladi. Bosh miya katta yarim sharlarining peshona bo’laklarini ta’sirlash nafas xarakatlarining o’zgarishiga sabab bo’ladi.

Sportchida start oldidan, o’quvchining ekzamen oldidan, ishchini mexnat jarayoni boshlanishi oldidan nafasini tezlashishi ham shartli refleksdir.

Nafas olish gigienasi deganda to’g’ri nafas olishni ta’minlash tushuniladi. Nafas jarayonida atmosfera xavosi burun bo’shligiga kirib isiydi, namlanadi, ancha changdan tozalanadi. Burun bo’shligida tukchalarning bo’lishi bunga yordam beadi. Demak, burun bilan nafas olish gigienik jixatdan maksadga muvofik hisoblanadi. Ogiz bilan nafas olganda kalla suyagining yuz kismi va ko’krak nafasi rivojlanishida kamchiliklar yuz beradi. Tez – tez shamolash, halqum va traxeyaning shillik qavatining yalliglanishiga olib keladi. Ammo, gapirganda, ashula aytganda og’iz bilan nafas olishga majbur bo’linadi. Shuning uchun ashula darslari o’tkaziladigan xonalar ozoda, havosi esailik bo’lishi kerak.

Bolalarga to’g’ri nafas olishni o’rgatish fizkultura mashqlarini o’tkazish vaqtida pedagoglar bajaradigan ishlardan biridir. Ular yurish, yugirish va boshqa turdagi faoliyat vaqtida, shuningdek o’tirganda to’g’ri nafas olishni bolalarga o’rgatish kerak.

Bizni o’rab turgan havoning tarkibi normal sharoitda ancha doimiy bo’ladi. Kislorod 20,945, karbonat angidrid gazi 0,03% va azot 79,03% bo’ladi.

O’quvchilarni toza havo bilan ta’minlash uchun sinflarda har bir o’quvchiga 16 kubFm dan to 20 kubFm gacha, sanitariya nomalariga muvofik esa 4,5 kubFm dan 5 kubFm tacha ega bo’lishi kerak.

Tekshirish uchun savollar.


  1. Qonning vazifalari.

  2. Qonning fizik va kimyoviy xususiyatlari.

  3. Qonning bolalar va kattalar organizmida miqdori.

  4. Qon plazmasining xususiyatlari.

  5. Qonning shaklli elementlari.

  6. leykositlarning organizmdagi vazifalari.

  7. Immunitet nima?

8. Nafas olish organlarining organizmdagi vazifasi nimadan iborat?

9. Yuqori nafs yo`llariga nimalar kiradi?

10. Bolalrda nafas olish organlarining hususiyatlari nimalardan iborat?


  1. Odam salomatligiga chiniqishning ta`siri.


Tayanch tushuncha .

Qon, limfa, eritrosit, leykosit, trombosit, plazma, gemoglabin, immunitet. O’pka, gazlar almashinuvi, hiqildoq, traxeya, bronxlar, alveola, ventilyatsiya.



8 – Ma’ruza

Mavzu: Ayiruv organlarining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Salomatlik haqida tushuncha.

Reja:

  1. Ayruv organlarining organizm faoliyatida axamiyati.

  2. Buyrakning tuzilishi va funksional axamiyati.

  3. Siydik hosil bo’lish mexanizmi.

  4. Siydik tutaolmaslik ( eniurez ) kasalligi va uni oldini olish.

  5. Salomatlik tushunchasi va organizmni chiniqtirish.

Buyraklar qorin pardasi orqasidagi bo’shliqda umurtqa pog’onasi bel bo’limining ikkala tomonida joylashgan. Chap buyrak o’ng buyrakdan 2-3 sm yuqorida joylashgan. Oldingi tomondan buyraklar qorin pardasi bilan qoplangan, orqadan qorin devori muskullariga taqalib turadi. Har bir buyrak zich fibroz kapsulaga o’ralgan, ustida yana yog’ kapsulasi ham bo’ladi, u boylamlar bilan birga buyrakni chayqalish va siljishdan saqlab turadi.

Har bir buyrak umurtqa pog’onasi tomonidan ichiga botgan oval shaklga ega- bu buyrak darvozalaridir. Buyrakning massasi 120-200 gr atrofida bo’ladi. Buyrakning yuqori qutbida buyrak usti bezlari ichki sekretsiya bezlari joylashgan. Buyrakda to’qimalarning ikki turi qavat-qavat bo’lib joylashadi: yuqoriga yoki tashqi po’stloq va ichki miya qavati. Nefron deb ataladigan tuzilma buyrakning funksional birligi hisoblanadi. U kapsula, koptokcha va naychalardan tuzilgan. Har bir buyrakda u orqali oqadigan qonni filtrlaydigan milionga yaqin nefronlar bo’ladi. Buyraklar orqali bir kecha- kunduzda 1700-1800 litr qon o’tadi.

Qonni koptokcha kapillyarlariga olib keladigan tomirlar diametri chiqaruvchi tomirlar diametridan ikki barobar katta. Shuning hisobiga koptokcha kapillyarlarda oshgan qon bosimi vujudga keladi va plazmaning bir qismi kapsulaga go’yo itarilganday bo’ladi va kanalchaga oqib tushadi. Bunda birlamchi siydik hosil bo’ladi. Birlamchi siydik naychalar bo’ylab o’tayotganda qayta so’riladi (rearbsorbsiyaga uchraydi) va qon kapillyarlarga ko’pgina organik, mineral moddalar suv qaytib keladi.

Qonga 99% gacha birlamchi siydik so’riladi. Siydik naychalaridan qonga qaytmaydigan siydik oxirgi siydik deyiladi.

Tirik organizm ichki muhit barqarorligini saqlash uchun organizmga kirgan ozuqa moddalar, suv, havo va boshqa moddalarning almashinish qoldiqlarini tashqi muhitga chiqarib turishi shart. Chunki moddalar almashinuvi qoldiqlari siydikni, siydik kislota, kreotinin va shunga o’xshash moddalar miqdori qonda ortib ketsa organizm zaharlanadi.

Organizmga dori sifatida yoki boshqa vaziyatda kiritilgan yot moddalar tashqari, organizm ichki muhiti muvozanatini saqlash uchun kerakli moddalari chiqarishi ham shart.

Organizmdan tashqariga ajraluvchi chiqindi moddalarni ekskrentlar ataladi. Ajratuvchi organlarni ekskretor deyiladi. Ekskretor organlarga nafas yo’li, teri, ichak yo’li va buyrak kiradi.

O’pka orqali karbonat angidrid, qisman suv, efir, xloroform va eng uchuvchi gazlar ajraladi.

Teri orqali qisman suv, tuzlar, mikroelementlar, azot almashinishi qoldiqlari va siydikchil moddalar ajraladi.

Hazm yo’li orqali esa hazm bo’lmagan ozuqa moddalar qoldiqlari, og’ir met tuzlari, qisman suv, ba’zi dorilarning va organik bo’yoqlarning qoldiqlari ajraladi.

Buyrak orqali esa organizmdan ortiqcha suv, tuzlar, mineral moddalar to’qima va hujayralarda modda almashinish qoldiqlari, siydik kislota, mochevina, kreotinin va iste’mol qilingan dori qoldiqlari ajraladi.

Buyrak faoliyati faqat qoldiq moddalarni tashqariga chiqarib tashlashdan iborat emas. Bundan tashqari bir necha hayotiy muhim vazifalarni bajarishda ishtirok etadi:



  1. Qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining hajm muvozanatini saqlash.

  2. Bu suyuqliklarni osmatik muvozanatini saqlashda.

  3. Kislota – asos muvozanatini saqlashda.

  4. Qonda mikdori ortib ketgan organik moddalarning ortiqchasini chiqarib tashlashda.

  5. Oqsil, yog’ va uglevodlar almashinuvida.

  6. Qon bosimi, eritrositlarning hosil bo’lishi, qonning ivishi va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi.

Buyrak bolalarda kattalardagiga qaraganda pastroqda turadi, shunda ham o’ng buyrak chap buyrakka qaraganda sal pastroqda joylashgan.

Buyrak tuzilishiga ko’ra loviyaga o’xshaydi. Buyrak kesib ko’riladigan bo’lsa, unda ikki qavat borligi ko’zga tashlanadi: tashqi – po’stoloq qavati va ichki – miya ( mag’iz ) qavati borligi ko’zga tashlanadi. Buyrak strukturasi nefronlar deb ataladigan juda mayda, mikroskop tuzilishiga ega bo’lgan. Siydik hosil bo’lishida mustaqil qatnashuvchi murakkab tuzilmalardan iborat.

Nefron buyrak tuzilishining funksional birligi bo’lib, bir necha qismlardan iborat bo’ladi.

Buyrakning po’st qavatida Shumlyanskiy kapsulasi bo’ladi. Bu kapsula qo’shaloq devorli nihoyatda kichik ( mikroskopik ) kosachadan iborat. Kosacha devorlari bir qavat hujayralardan tuzilgan. Kapsulalardan kanalcha boshlanadi, bu kanalcha buralib – buralib mag’iz qavatiga tushadi. Kanalchaning ana shu qismi birlamcha buralma kanalcha deyiladi. Buyrakning po’st qavatida tug’irlanib, Genli qovuzlog’ini hosil qiladi, so’ngra mag’iz qavatidan yana po’st qavatiga qaytadi. Po’st qavatida yana kanalcha buralib – buralib ikkilamcha burama kanalchani hosil qiladi, bu kanalcha chiqarish yo’liga quyiladi. Chiqarish yo’llari po’st va mag’iz qavatlari orqali o’tib, buyrak jomlariga yig’iladi. Buyrak jomlari esa siydik yo’llariga siydik yo’llari esa qovuqqa quyiladi.

Shumlyanskiy kapsulasiga arterial tomircha kiradi, qon keltiruvchi tomircha deb ataladigan bu tomir kapsula bushlig’ida kapilyarlarga bo’linib, Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Malpigiy koptokchasida bosim ortiqroq bo’ladi. Shuning natijasida, qon tarkibidagi suv, mineral tuzlar, ayrim oqsil birikmalari kapsula devoridan silqib o’tadi. Bu jarayonni filtrlanish jarayoni deyiladi. Filtirlanish natijasida hosil bo’lgan suyuklikni dastlabki siydik deyiladi. Dastlabki siydik tarkibiy kismiga kura qon plazmasiga yakin to’radi. Shuning uchun dastlabki siydik birlamcha va ikkilamcha burama naylardan o’tish jarayonida nay devorlaridagi qon kapilyarlariga organizmga zarur bo’lgan moddalar ( suv, aminokislotalar, mineral to’zlar va boshqa moddalar ) kaytadan so’riladi. Bu jarayonni reabsorbsiya jarayoni ( kayta so’rilish ) deydilar. Shu yul bilan qon osmatik bosimi va tarkibiy kismi muvozanati saklanadi.

Kanalchalarda kayta so’rilish jarayonidan keyin qolgan suyuklik ikkilsmchi siydik yoki oxirgi siydik deyladi. Oxirgi siydik buyrak jomidan siydik yullari, orqali qovukka to’shib yigiladi va ma’lum xajmda yigilgandan sung reflektor ravishda organizmdan jinsiy bezlar siydik yuli orqali tashkariga ajratiladi. Odam bir kunda 1,5 l. siydik ajratadi. Ohirgi siydik 1,5 l. bo’lishi uchun filtirlanadigan birlamchi siydik tahminan 100 l. bo’lishi, shundan 98,5 l. kaytadan qonga so’rilishi kerak. Odam buyraklarining tomirlarining 24 soatda 800 – 900 l. qon o’tadi.

Buyrak faoliyati organizmni moddalar almashinuvi jarayoni chiqindi moddalaridan tozalashni ta’minlab berish bilan cheklanib qolmasdan, balki qondagi osmatik bosimni va reaksiyaning doim bir hilda to’rishini ta’minlab beradi.

Bola o’sib rivojlangan sari buyrak massasi va fiziologik hususiyatlari o’zgarib borsa, lekin bu jarayonlar ayniksa bola hayotining birinchi yilida, 13 – 14 yoshida ( balogatta etilish ) va 20 yoshida sezilarli darajada bo’ladi. Yosh ulgayga sari kovukning xajmi 200 ml. ga teng bo’lsa, 10 yoshli bolalarda 600 ml. ga, 12 yoshli bolalarda esa 1000 ml. ga teng bo’ladi. Birok kovuk butunlay to’lmasdan to’rib siydik chikarilishi mumkin.

Xayotni birinchi yili mobaynida siydik ajralish gayri ixtiyoriy suratda bo’lsa, keyinchalik esa boshqaruvchi nerv mexanizmlari etilib, tarbiya berilgan sayin siydik chiqariah akti ixtiyoriy bo’lib qoladi. Birok tunda siydikni tuta olmaslik odati ba’zi bolalarda saklanib qoladi. Bu xodisa bola xayotining tug’ri tartibga solinmasligiga: uykudan oldin ovqat eyishi, ko’p suyuklik ichish sabab bo’lishi mumkin. Tunda siydik tuta olmaslik ug’il bolalarda qiz bolalardagiga nisbatan ko’prok kuzatiladi va 10 yoshdan keyin yoki balogatga etish davrida barxam toladi. Bolalarda siydik tuta olmaslik kasalini eniurez kasalligi deyiladi.

Eniurez kasalligi tugma yoki xayotda orttirilgan bo’lishi mumkin. Xayotga orttirilganlariga sabab kupincha buyrakni, kovukni va siydik yullarini shamollashi bilan bog’lik bo’ladi. Shuning uchun bolani yurgaklaganda, belaganda tagini hul bo’lib kolmaslik extiyot choralarini ko’rish zarur.

Salomatliik haqidagi fan “Sanologiya” fani bo’lib jamiyat salomatligini, sog’likni saqlash vazifalarini va ularni amalga oshirish yo’llarini o’rgatadi.

Jaxon sog’likni saqlash tashkiloti nizomiga muvofiq Salomatlik- bu insonning ham jismonan, ham ruhan, ham ma’naviy va ijtimoiy jixatdan osoyishtalik holatidir.

Ijtimoiy salomatlik jamiyatni ijtimoiy , iqtisodiy va siyosiy jixatdan xarakatlantiruvchi omil hisoblanadi, shuning uchun jamiyat salomatligining asosiy ko’rsatgichlarini bilish har bir kasb egalari uchun muhimdir.

Avvalo salomatlikni saqlash va asrash ucun har bir kishi sog’lom turmush tarzini talablariga rioya qilishi shart hisoblanadi.

Salomatlik haqida asosiy tushunchalar qo’yidagilar:


        • sog’lik- bu insonning jismonan, ruhan, sosial, aqlan va ma’naviy jixatdan salomatligidir.

        • tinch totuv yashash- sog’likni mustaxkamlash, yaxshilash va tiklashga qaratilgan dinamik harakat.

        • salomatlikni yaxshilash- sog’likni mustaxkamlashga va yaxshilashga yo’naltirilgan ijobiy harakat.

        • birlamchi ogoxlantirish- sog’likni yaxshilash, saqlash va mustaxkamlash uchun har xil kasallik va shikastlanishlardan saqlanish.

        • ikkilamchi ogoxlantirish- kasallik va shikastlanishlarni o’z vaqtida aniqlash va davolash.

        • uchlamchi ogoxlantirish- kasallikni qisqartirish, tarqalishiga yo’l qo’ymaslik va davolash.

Inson salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi omillarga qo’yidagi 3 guruh kiradi:

  • alkogolizm

  • tamaki chekish

  • narkomaniya

Alkogolizm- ashaddiy ichkilikbozlik, ayrim kishilarning o’z salomatligiga va mehnat qobiliyatiga shuningdek jamiyat farovonligiga zarar etkazadigan darajada muntazam ravishda me’yoridan ortiq spirtli ichimliklar ichishdir. Ichkilikbozlik odam organizimidagi hamma tuzilmalar va a’zolarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ichkilikbozlikning zaxarli ta’siri moddalar almashinuvining buzilishi va nerv sisitemasining zararlanishiga olib keladi. Ichkilikbozlik jigarga zararli ta’sir ko’rsatadi va jigar sirrozi kasalligini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Alkogalizm ayniqsa pankreatit, qandli diabet kasalligi, stenokardiya, miokart- infarkti va boshqa kasalliklarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Tamaki chekish- kishi sogligiga jiddiy putur etkazadigan eng zararli odatlardan biridir.Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy, tibbiy sanitariya- gigiyena tadbirlari aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirishga, zararli odatlarni kamayib borishiga, inson salomatligini mustahkamlashga, umrboqiylikga, kasalliklarni kamaytirish va ularning oldini olishga qaratilgan. Ma’lumki jaxon soglikni saqlash tashkiloti har yilning 31 may kunini tamaki chekishga qarshi kun deb belgilagan. Tamaki va uning tutini tarkibida kishi tanasiga zararli ta’sir etuvchi 300 dan ortiq har xil birikmalar bo’lib, ulardan eng zaxarlisi nikotin, is gazi va shularga o’xshash ko’pgina zararli moddalardir. Ular yurak- qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish, asab, ichki sekretsiya bezlari kabi tizimlar a’zolariga zararli ta’sir qilib, miokard infarkti, xafaqon kasalligi, bronxlarni surunkali kasalligi, o’pka emfezemasi, o’pka raki, oshqozonning surunkali kasalliklari, uning yarasi va raki singari ko’pgina xavfli kasalliklarga sabab bo’ladi. Shu boisdan kashandalarda chekmaydiganlarga nisbatan miokard infarkti xavfi 6-8 marta, miyaga qon qo’yilishi xavfi 4-6 marta, oshqozon yarasi kasalligi va raki 25 marta, o’pkaning surunkali yallig’lanishi 10-15 marta, ko’krak bezi va jinsiy a’zolar kasalliklari ko’p uchraydi.

O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida, nikotinning kishini o’ldiradigan miqdiri aniqlandi. U 125 mg bo’lib, 25 dona sigaret tarkibida mavjud. Chekish natijasida tamaki tarkibidagi zararli moddalar yonadi va parchalanadi. Shu moddalarning 50 % atrof muhitga tarqaladi, ya’ni atrofdagi chekmaydigan kishilarni zaxarlaydi, 25 % kashandaning nafas olish yo’llariga, 20 % organizmga tushadi, 5 % esa sigareta chiqitiga qoladi.

Narkomaniya inson hayoti uchun juda halokatli ta’sir ko’rsatadi. Narkomaniya va toksikomaniya bilan zararlangan bemorlar sonining o’sishi, davolanishga nisbatan ularning salbiy munosabatlari hamda ularning majburan dispanser ro’yxatiga olinish tomonlari, bemorlarni davolash uchun turli usul va shakllarni qidirib topish va davolashni uyushtirish murakkabligi tibbiyot xodimlaridan bunday bemorlarga nisbatan alohida, o’ziga xos munosabatda bo’lishni taqozo etadi.Narkomaniya kasalliklari bilan og’rigan bemorlar hech qachon o’z hoxishlari bilan davolanishga kelmaydilar. Sir emaski narkomaniyadan aziyat chekayotgan kishilarga nisbatan salbiy munosabatda bo’lish xollari uchrab turadi. Tibbiyot xodimlarining narkomaniya kasalligi bilan og’rigan bemorlar bilan munosabati uning insoniylik qadr- qiymati asosida olib borilishi shart.

Salomatlikga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi omillar mavjud ular qo’yidagilar.

Inson salomatligiga ta’sir qiladigan ijobiy omillar:



  • bolalar orasidagi masofa 3 yildan kam bo’lmasligi

  • oila shartnomasi

  • irsiyatni tekshirish

  • madaniyatning yuqoriligi

  • turmush quruvchilarning 18-20 yoshdan yuqorililigi

  • ota- onaning bolalar tarbiyasidagi roli

  • oilaga davlatning g’amxo’rligi

  • mahallaning o’rni

  • oilalaning iqtisodiy ta’minlanganligi

  • er- xotinning munosabati

  • sevgi

  • diniy omil

  • informasiyaning ko’pligi

  • monogomiya (bir xotinlik)

  • tibbiyotning rivojlanishi

  • tibbiy ko’rikdan o’tib turish

  • zararsiz va qulay ish joyi yaratib berish

  • xomiladorlik ishini rivojlantirish va yaxshilash

  • tug’ruq yoshidagi ayollarni dispanser nazoratidan o’tkazib turish

  • jamoa o’rtasidagi muloqot

  • insonning jamiyatda tutgan o’rni

  • vaqtida dam olish

  • vaqtida ovqatlanish

Inson salomatligiga ta’sir qiladigan ijobiy omillar:

  • bolalar orasidagi masofa 3 yildan kam bo’lishi

  • qarindosh urug’lar orasidagi nikoh

  • 18 yoshga etmaganlar orasida oila qurish

  • tibbiy madaniyatning yo’qligi

  • er- xotin munosabatini yomonligi

  • chiroyning nomunatosibligi

  • xurofotga berilish

  • poligomiya (ko’p xotinlik)

  • qaynona- kelin munosabati

  • seksopatologlarning yetishmasligi

  • vaqtida tibbiy ko’rikdan o’tib turmaslik

  • ma’naviy buzuqlik

  • alkogolizm

  • narkomaniya

  • tamaki chekish

  • iqtisodiy ta’minlanmaganlik

  • informatsiyaning yo’qligi

  • vaqtida dam olmaslik

  • vaqtida ovqatlanmaslik

  • ekologik nosozlik

  • qulay ish joyi bilan ta’minlanmaganlik

  • xomiladorlik ishi yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi

Kasallikni oldini olish shaxsiy gigiena koidalariga rioya qilishdan iboratdir. Kasalliklarni oldini olish va kamaytirishda organizmni chiniqtirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Organizmni chiniktirishda – tabiat in’omlari xavo, quyosh nuri va suv singari omillaridan keng foydalaniladi.

Chiniktirish natijasida markaziy nerv sistemasida teri tomirlari yulini o’zgargirishi va shu tariqa issiklik ajralishini susaytirish yoki kuchaytirish.



Yüklə 1,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə