6
va bo’lishi mumkin bo’lgan sudlashuvlar; korxonaning mulklari va mas’uliyatlari sug’urta
qilinganligi; korxonaning soliq maqomi (soliqlar bo’yicha imtiyozlar va sh. o’.).
Korxona rahbariyati va bosh mutaxassislardan so’rab-surishtirish yo’li bilan asosiy
muammolarni, xususan, raqobat, soliq masalalari, korxonaning moliyaviy ahvoli, korxonaning
yirik muomalalari,
biznesdagi, rahbariyatdagi, mulkchilik shakllaridagi o’zgarishlar, ichki
nazoratning tashkiliy tuzilmasi va metodlari, rahbariyatning auditor maxsus e’tibor qaratishini
istagan o’ziga xos muammolarini aniqlashi mumkin. Bo’linmalar, ishlab chiqarish o’rinlari va
omborlarga borib, mijozning amalga oshiradigan muomalalari, ishlab chiqarish ko’rilmalari,
tovar-moddiy zaxiralarning mavjudligi haqida tasavvurga ega bo’lishi mumkin.
Shuningdek, korxona faoliyati haqidagi uning hisobotida (buxgalterlik hisobotlari va
analitik yozuvlar;
direktorlar, boshqaruv va aktsiyadorlik kengashining majlis bayonnomalari;
ichki auditorning va taftish komissiyasining hisobotlari, lavozim yo’riqnomalari), tashqi axborot
manbalari (matbuotda chiqqan nashr mahsulotlari, ma’lumotlar bazasi, analitik nashrlar,
qonunchilikka oid va boshqa me’yoriy byulletenlar) keltirilgan ma’lumotlarni tahlil qilishi lozim.
Auditor olingan ma’lumotlarni yozib boradi va korxonaga ta’sir qiluvchi omillar hamda
aniqlangan tahlikali holatlar bayon qilingan holda bo’limlarga bo’lingan maxsus yozuv
ko’rinishida rasmiylashtiradi.
Dostları ilə paylaş: