3
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida biznesni muvafaqqiyatli rivojlantirishga
yordam beradigan, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy hisobotlarining ishonchligi
to’g’risida xulosa beradigan hamda hisobotni yaxshilash maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq
va boshqa turlardagi amaliy yordam ko’rsatadigan professional xizmatning yangi shakli –
auditorlik faoliyatiga ehtiyoj kuchaymoqda. Bu haqda Prezident I.Karimov
fikr yuritar ekan
shunday deydi: Hech mubolag’asiz aytish mumkinki, 2014 yil sanoat sohasida yuksak
texnologiyalarga asoslangan va zamonaviy muhim ob’ektlar va quvvatlarni ishga tushirish,
investitsiyalarni oshirish va takomillashtirish yili bo’ladi.
Moliyalashning barcha manbalari bo’yicha kapital qo’yilmalarning umumiy hajmi 14
milliard 300 million dollarni tashkil etadi va bu ko’rsatkichning o’tgan yilga nisbatan 10,1 foizga
o’sishi ta’minlanadi, asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmi
yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 2013 yilgi 23 foiz darajasida saqlab qolinadi.
Barcha investitsiyalarning 73 foizdan ortig’i ishlab chiqarish ob’ektlarini barpo etishga,
kapital qo’yilmalarning qariyb 40 foizi mashina va uskunalar sotib olishga yo’naltiriladi.
Joriy yilda 3 milliard 900 million dollardan ziyod xorijiy investitsiya va kreditlarni
o’zlashtirish, ularning hajmi o’tgan yilga nisbatan 29 foizga o’sishini ta’minlash
mo’ljallanmoqda.
Xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar qariyb 69
foizni tashkil etishi va ularning hajmi 2014 yilda 22,4 foizga ortishi alohida e’tiborga loyiq.
1
Iqtisodiy isloxotlarni liberallashtirish va chuqurlashtirish natijasida xususiy sektorni
kengaytirish,
kichik biznes, fermer xo’jaliklari va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tub
burilishga erishildi.
Bu esa o’z navbatida auditorlik tashkilotlari oldiga bir kancha masalalarni dolzarb qilib
qo’yadi, jumladan: xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti va boshqa moliyaviy
axboroti to’g’riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida
auditorlik tekshiruvini
o’tkazish hamda boshqa malakali xizmatlar ko’rsatish.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi
natijasida turli mulkchilik shaklidagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini
samarali tashkil etish va ularga professional auditorlik xizmatlar ko’rsatishni takomillashtirish
bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Avvalo auditorlik faoliyatini tartibga
soladigan huquqiy-me’yoriy tizimni iqtisodiy islohotlar talablariga mos ravishda rivojlantirishga
bog’liq.
Shu nuqtai-nazardan, auditorlik xizmatlarni va auditorlik faoliyatini samarali amalga
oshirish ko’p jihatdan me’yoriy-huquqiy asoslarga bog’liq bo’lib hisoblanadi.
Iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish natijasida
korxonalar moliyaviy-iqtisodiy faoliyati samarali tashkil etish uchun auditorlik tekshiruvidan
o’tkazish, hamda o’zaro hisob-kitobni yaxshilash
maqsadida ularga maslahat, yo’l-yo’riq,
huquqiy va boshqa turlardagi yordam ko’rsatadigan malakali xizmat ko’rsatadigan auditorlarga
ehtiyoj yanada kuchaymoqda.
Hozirgi kunda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining moliyaviy
hisobotlarda aks ettirilgan natijalarni baholash masalalariga yangicha, zamonaviy yondashuv
uslublari juda ham zarur. Bu mavjud nazariy, tashkiliy – huquqiy asoslari va amaliy muammolar
bo’yicha auditorlik faoliyatining
sifatini oshirish, hamda respublikamizda tashqi va ichki audit
tekshiruvlarini zamonaviy darajada tashkil qilish va uni rivojantirish borasida chuqur tadqiqotlar
o’tqazishni taqozo etmoqda. Bir tomondan, auditorlik faoliyatining xalqaro tajribalariga tizimli
1
Karimov I.A. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2014 yildga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi”Toshkent-“O’zbekiston”2014-23-24 bet.
4
yondashish, ularni chuqur tahlil qilish, boshqa tomondan bozor
iqtisodiyotining jahon ham
jamiyatida e’tirof etilgan o’zbek modelining xususiyatlari to’g’risidagi bilimlarimizdan
maksimal foydalangan holda, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy hisobot
axborotlaridan foydalanuvchilar uchun nazoratning maxsus tashkiliy shakli –
auditni istiqbolli
rivojlantirish zarurligi ayon bo’lmoqda. Bular o’z navbatida mavzuning dolzarbligini belgilaydi.