Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти


Auditor ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash jarayonini o’tkazish hamda



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#148982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
auditorlik tekshiruvida tahlilij amallarni qollash

Auditor ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash jarayonini o’tkazish hamda 
hujjatlashtirishning namunaviy shakllari 
Maxsus ishlab chiqilgan testlar 
Rahbar xodimlar va buxgalteriya xodimlarining fikrlarini aniqlash 
uchun namunaviy savollar ro’yxati
Maxsus blankalar va tekshiruv varaqalari, bloksxemalar va grafiklar
Kamchiliklar ro’yxati, bayonnomalar yoki dalolatnomalar 


10 
To’g’ri yo’lga qo’yilgan ichki nazorat tizimi xatolar vujudga kelishini bartaraf etib, 
natijada, noto’g’ri, befoyda qarorlar qabul qilish hamda zararlar vujudga kelishini imkon qadar 
kamaytiradi. Bu ko’zda tutilmagan xatolarga ham, ataylab qilinganlariga ham, to’lig’icha 
taalluqlidir. Buning ustiga ichki nazorat yaxshi yo’lga qo’yilganda tasodifiy xatolar oson 
aniqlanadi, ataylab qasddan qilingan xatolar esa faqat puxta o’ylangan doimiy tekshiruv va 
mas’uliyatlarni taqsimlash tizimi yordamida bartaraf qilinishi mumkin.


11 
2. Tahliliy amallarning turlari va ularni qo’llash tartibi 
Iqtisodiyot barqarorligini ta’minlovchi asosiy vosita auditorlik faoliyati ekanligi bejiz 
emas. Chunki, “bozor mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biri tadbirkorlik faoliyatini 
yurituvchi sub’ektlar o’rtasida ularning iqtisodiy javobgarligi va to’liq iqtisodiy mustaqilligi 
asosida qonun va shartnomalar intizomiga qat’iy rioya qilish xisoblanadi”.
Ana shu jixatlar xar 
doim xam to’g’ri yo’lga qo’yilayotgani yo’q. Buning oldini olish uchun esa bevosita auditorlik 
faoliyatining faolligi yani taxliliy amallarni bajarilishi talab qilinadi. Tadqiqotning dastlaki bobi 
orqali ushbu jixatlarga ilmiy yondashilganligidan kelib chiqib, auditorlik amallari va auditorlik 
dalillarni to’plashning o’ziga hos jixatlariga aloxida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir. 
Auditorlik taxliliy amallari va auditorlik dalilni etarli darajada to’play olishda auditorlik mezon 
va standartlariga asosan keng tadbiq qilish lozim.
Auditorlik tashkiloti tomonidan tahliliy tadbirlarning bajarilishida qo’llanadigan 
me’yorlarning belgilanishi standartning maqsadi bo’lib hisoblanadi. 
. Standartning vazifalari: 
. tahliliy tadbirlarni o’tkazish maqsadlarini belgilash. 
. tahliliy tadbirlar turlarining tavsifi. 
. tahliliy tadbirlarni bajarish tartibi va usullarini belgilash. 
.tahliliy tadbirlar natijalari olinganidan keyin auditorlik tashkilotining harakatlarini 
tartibga solish. 
Mazkur standartning talablari barcha auditorlik tashkilotlari uchun rasmiy auditorlik 
xulosasini tayyorlashni ko’zda tutuvchi auditning amalga oshirilishi chogida (ular tavsiyanoma 
tusiga ega ekanligi to’gridan-to’gri ko’rsatilgan qoidalari bundan mustasno), majburiy bo’lib 
hisoblanadi. 
. Mazkur standart talablari, uning natijalari bo’yicha rasmiy auditorlik xulosasi 
tayyorlashni ko’zda tutmaydigan auditning amalga oshirilishi chogida, shuningdek, auditga 
turdosh xizmatlar (konsalting xizmatlari) ko’rsatilishi chogida tavsiyanoma tusida bo’ladi. Aniq 
topshiriq bajarilishi chogida mazkur standartning majburiy talablaridan chetga chiqilgan hollarda 
auditorlik tashkiloti buni o’zining ish hujjatlarida va audit hamda (yoki) unga turdosh 
xizmatlarga buyurtma bergan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga beriladigan yozma 
hisobotda majburiy tartibda keltirib o’tishi lozim.

Tahliliy tadbir o’z ichiga quyidagilarni oladi: 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisobotlari ko’rsatkichlarini uning rejadagi 
ko’rsatkichlari bilan solishtirish. 
Moliyaviy hisobotlarning amaldagi ko’rsatkichlarini auditorlik tashkiloti tomonidan 
belgilangan prognoz ko’rsatkichlari bilan solishtirish. 
Moliyaviy hisobotko’rsatkichlarini amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar yoki 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning o’zi tomonidan belgilanadigan me’yoriy hujjatlar bilan 
solishtirish. 
Moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarini moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan 
ko’rsatkichlar bilan solishtirish. 
Moliyavi hisobot ko’rsatkichlarini tarmoqning o’rtacha ma’lumotlari bilan solishtirish. 
Moliyaviy hisobotko’rsatkichlarining vaqt o’tishi davomida o’zgarishlari va ular bilan 
bogliq bo’lgan nisbiy koeffitsientlar tahlili. 
Tahliliy tadbirlarning turi ularni o’tkazish maqsadi, ularni o’tkazish uchun zarur bo’lgan 
axborotga erishish imkoniyati va unga moslikka, xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat turiga 
bogliq bo’ladi. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini u tomonidan 
belgilangan reja bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti: 


12 
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qo’llaniladigan rejalashtirish uslubiyatini 
baholashi; 
Reja ko’rsatkichlariga binoan hisobotdavri moliyaviy ko’rsatkichlari mijoz tomonidan 
o’zgartirilmaganligiga ishonch hosil qilishi kerak. 
Moliyaviy hisobotning fakt ko’rsatkichlarini mustaqil belgilangan prognoz ko’rsatkichlar 
bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti o’z taxminlarini shakllangan tamoyillar asosida 
belgilaydi. 
Hisobot va me’yoriy ko’rsatkichlar negizida har xil turdagi koeffitsientlar va foizli 
nisbatlar hisob-kitobi samarali hisoblanadi. Koeffitsientlarni tanlash, ularning hisob-kitoblari 
usullarini va hisob-kitob vaqti davrlarini tanlash me’yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda amalga 
oshiriladi. Ehtimoliy tavakkalchiliklar sohalarini aniqlash usullari: 
Joriy davr nisbiy ko’rsatkichlarining tahlili; 
Turli davrlarda xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun hisoblab qo’yilgan nisbiy ko’rsatkichlar 
o’zgarishining tahlili; 
Nisbiy ko’rsatkichlar bir necha turining o’zgarishlarini solishtirish. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti fakt ko’rsatkichlarini tarmoqning 
o’rtacha ko’rsatkichlari bilan solishtirganda, auditor shu xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini 
tahlil qiladi. Bunda auditor shularni hisobga olishi kerakki, tarmoq ko’rsatkichlari mazkur 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt ko’rsatkichlari bilan mutanosib bo’lmasligi mumkin, shuningdek 
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar turli hisob siyosatidan foydalanishi ham mumkin. 
Auditor tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti ma’lumotlarini 
moliyaviy hisobot tarkibiga kirmaydigan ma’lumotlar (nobuxgalterlik ma’lumotlari) bilan 
solishtirish usuli qo’llangan taqdirda, auditor foydalanilayotgan nobuxgalterlik ma’lumotlarining 
aniqligiga ishonch hosil qilishi lozim. 
Hisobotning fakt ko’rsatkichlarini avvalgi davrlar ma’lumotlari bilan solishtirish 
jarayonida auditorlik tashkiloti auditni rejalashtirish bosqichidayoq ehtimolli tavakkalchiliklar 
sohalarini belgilab oladi. Ehtimolli tavakkalchiliklar sohalarini aniqlashning keng tarqalgan 
usullari quyidagilardir: 
Buxgalteriya balansi moddalarini solishtirish va ulardagi jiddiy o’zgarishlar tahlili; 
Moddalardagi o’zgarishlarni boshqa moddalardan o’zgarishlar bilan solishtirganda 
o’zgarishlarni tahlil qilish. Mazkur holda ehtimolli tavakkalchilik sohasi, bir ko’rsatkichdagi 
o’zgarish iqtisodiy tabiatiga ko’ra boshqa ko’rsatkichdagi o’zgarishga muvofiq kelmaganida 
aniqlanadi 
Moliyaviy xisobotning fakt kursatkichlarini mustakil belgilangan prognoz kursatkichlar 
bilan solishtirishda auditorlik tashkiloti o’z taxminlarini shakllangan tamoyillar asosida 
belgilaydi. 
Eng muhim ko’rsatkichlar sifatida quyidagilarni olish va ularga nisbatan qo’llaniladigan 
foizlarni tavsiya sifatida belgilash mumkin
Tahliliy tadbirlarni qo’llash maqsadlari 
Tahliliy tadbirlarni Qo’llash tahlil etilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi sababiy-oqibat 
aloqasining mavjudligiga asoslanadi. 
Tahliliy tadbirlarning maqsadlari: 
Xo’jalik faoliyatining ehtimolli tavakkalchiliklar sohasini belgilovchi gayrioddiy yoki 
noto’gri aks ettirilgan faktlari va natijalarining mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini o’rganish; 
Xulosa qilib aytganda, jiddiylik va tavakkalchilik darajasini baholash auditorlik 
tekshiruvini muhim bosqichlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Uning malakali amalga oshirilishi 
nafaqat sifatli auditorlik hisoboti va xulosasi tuzish, balki auditorlik tashkiloti kabi, mijoz-
tashkilotning ham barqaror rivojlanishiga zamin yaratadi.

Moliyaviy hisobotbuzilishi faktlarini aniqlash


13 
Mufassal auditorlik tadbirlari sonini qisqartirish; 
Yuzaga kelgan savollarga javob olish maqsadida testdan o’tkazishni ta’minlash. 
 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə