Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги тошкент молия институти


)  nazoratlash - yozuvlar, xujjatlar va moddiy aktivlarni tekshirish;  b) kuzatish



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix13.12.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#148982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
auditorlik tekshiruvida tahlilij amallarni qollash


nazoratlash - yozuvlar, xujjatlar va moddiy aktivlarni tekshirish
b) kuzatish
 
- boshka shaxslar tomonidan bajariladigan jarayon va ishlarni o’rganish. 
Masalan, auditorlik tashkilotining xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshiriladigan 
tovar-moddiy zaxiralarning inventarizatsiyasini kuzatish; 
v) so’rov - xo’jalik yurituvchi sub’ekt va undan tashqaridagi shaxslardan ma’lumot 
yig’ish; 
g) xisoblash - boshlang’ich xujjatlar va buxgalteriya yozuvlaridagi arifmetik xisob-
kitoblarning aniqligini tekshirish; 
d) analitik amallar - auditorlik tashkiloti tomonidan olingan ma’lumotni taxlil qilish va 
baxolash, buxgalteriya xisobida xo’jalik faoliyatidagi g’ayrikonuniy va noto’g’ri aks ettirilgan 
xolatlarni aniqlash maksadida xo’jalik yurituvchi sub’ektning muxim moliyaviy va iqtisodiy 
ko’rsatkichlarini tekshirish, shuningdek, xato va kamchiliklar sabablarini surishtirish. Ilmiy 
izlanishlar davomida ushbu xususiyatlarga urg’u berish auditorlik dalillarni olishda samadorlikni 
ta’minlashi kelib chiqdi. 
4. Auditorlik dalillarni to’plashning o’ziga xos jixatlariga ilmiy yondashish tadqiqot 
davrida o’z samarasini topdi. Auditorlik dalillarni to’plash ketma – ketligini quyidagicha amalga 
oshirish lozim: 
- auditorlik dalillarini to’plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning umumiy audit 
rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog’liq. Shartnomadan kelib 
chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil etishning samaradorligini 
baholash, to’lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin; 
- tanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga muvofiq 
auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko’rsatilishi lozim. Bunda auditorlik 
amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan tekshirishlar) va qaysi 
uchastkalarda qo’llash maqsadga muvofiqligini aniqlash zarur; 
- auditorlik dalillarini olish usullarini aniqlash; 
- auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to’plash;
- auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish
- to’plangan dalillarni baholash. 


21 
5. Auditorlik dalillarini olish usullarining amaliy axamiyatini o’rganib chiqish mobaynida 
auditorlik dalillarini xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini testdan o’tkazish va 
moxiyati bo’yicha tekshirish amallarini o’tkazish yo’llari bilan olish maqsadga muvofiqdir. 
Shu orqali auditrolik tashkilotlari faoliyatini barqarorlashtirishga erishishga xissa qo’shish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Audit o’tkazish bosqichlari va ularda qo’llanaladigan amallar yanada rivojlantirish 
bo’yicha ilmiy asoslangan tavsiya va takliflar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Bular quyidagilarda o’z ifodasini topgan: 
1)
respublikamizda auditorlik faoliyatini amalga oshirishning maqsadi, vazifalari va 
o’ziga xos bo’lgan amallarlar mavjudligi asoslab berish ;
2)
auditorlik faoliyatining ob’ekti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati, shu 
faoliyatdagi aniq jarayonlar tushuniladi. Korxona qaysi faoliyat bilan shug’illanmasin uning 
asosida mablag’, birinchi galda pul, ulardan samarali foydalanish masalasi yotadi. Xar bir 
korxona o’z oldida turgan maqsad va vazifalarga qarab faoliyat yuritadi. Ushbu faoliyat 
davomida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslardan oqilona foydalaniladi. Natijada korxona 
daromad (foyda) oladi. Ushbu natijaga erishish mijozlarning ham manfaatlari e’tiborga olingan 
xolda amaldagi qonun talablari asosida erishiladi. Auditorlik faoliyatining amallari va usullari 
korxonava xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi mavjud resurslardan samarali foydalanishga, 
xuquqiy-me’yoriy normalar asosida ekanligiga qaratilgan bo’lishi kerak.
3)
Global moliyaviy inqiroz sharoitida auditorlik faoliyatini takomillashtirish yanada 
kuchayadi. Ko’proq sifatli xizmatlar ko’rsatish, tashkilot faoliyatini qaytadan yangilash, 
zamonaviy jixozlar bilan ta’minlashga bog’liq bo’ladi. Bu o’z navbatida takomillashtirish 
jarayoni uni hisobga olinish tartibini ilmiy jihatdan to’liq asoslash, ya’ni uning kontseptsiyasini 
ishlab chiqishni taqozo qiladi. 


22 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə