7
qilinadigan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasida buxgalterlik hisobotining ishonchliligi
to’g’risida ob’ektiv va asoslangan fikr bildirganligi uchun javobgar hisoblanadi.
Auditor xo’jalik faoliyatini tekshirishda quyidagilarni tahlil qilishi lozim:
korxonaning o’z ustav faoliyati va xo’jalik dasturining bajarilishi;
ustav kapitalini tashkil etishning to’g’riligi va uning o’z faoliyati maqsadlariga
muvofiq ishlatilishi;
korxonada mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma
majburiyatlarining
bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi, tayyor mahsulotlar etkazib berish
majburiyatlarining bajarilishini hisobga olgan holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan
tartibga rioya qilinishi;
mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan
yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar);
chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning
bajarilishi; mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib berganlik uchun
ko’rilgan zararlar;
mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik
grafiklar bajarilmasligi
oqibatida ko’rilgan zararlar;
xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlari-dan oqilona foydalanish;
korxona jamoasi maqsadlarning tizimi, har bir xodimga vazifalarning oqilona
taqsimlanishi;
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy maqsadlarga etishishda barcha xodimlar (ishchidan
tortib bosh direktorgacha) iqtisodiy manfaatlarni ta’minlaydigan mehnatga haq to’lash tizimi;
mahsulot chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining buxgalterlik
hisobi va dastlabki hujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi;
mahsulotlar
hisobotiga
hisobot
davrida
tayyorlanib
tugallanmagan
mahsulotlarning kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda chalkashliklarga
yo’l qo’yilmaganligi.
buxgalterlik hisobi va nazoratning tashkil etilishi pul mablag’lari
va material
qiymatliklar kamomadi, etishmovchiligi va noqonuniy sarflanishi va boshqa kamchilik hamda
suiste’mol qilishlarning oldini olishni ta’minlashi, dastlabki hujjatlarni sifatli rasmiylashtirish va
ularning ishonarliligi ustidan puxta nazorat o’rnatish; xo’jalik muomalalarini, pul mablag’lari va
mulklar, material qiymatliklar mavjudligi va saqlanishini davriy inventarizatsiyasi va to’satdan
o’tkazilgan tekshirishlar natijalari va shu kabilar;
tuzilgan davriy va yillik hisobotlar ma’lumotlarining buxgalterlik va statistik
hisobot ma’lumotlariga to’g’ri kelishi.
№ 1 - «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya
hisobi milliy standartiga muvofiq
hisob siyosati
xo’jalik yurituvchi sub’ekt
rahbari tomonidan
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hiso-botni tayyorlash hamda tuzish uchun
foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to’plamini ifodalaydi.
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati korxona rahbari tomonidan №1
BHMS asosida tuzilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektning turli yillar uchun taqdim qi-lingan
moliyaviy hisobotlaridagi ko’rsatkichlar taqqoslanuvchan, hamda boshqa aloqador BHMS lar
asosida shakllantirilgan bo’lishi lozim.
Hisob siyosatini shakllantirish va unga rioya qilinishi masalalari
auditning ahamiyatli
sohalaridan bo’lib, buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir
ko’rsatadi. Shu boisdan hisob siyosati buxgalteriya hisobi va hisobotlarini auditorlik
tekshiruvidan o’tkazishning barcha bosqichlarida - auditni rejalashtirishdan to auditorlik
xulosasini tuzgunga qadar muhim tekshiruv ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotning tashkil etilishini tekshirish chog’ida hisob siyosati
bilan tanishishning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy tamoillarini va
8
tekshiriladigan korxonaning hujjatlar aylanishi grafigini o’rganish hamda baholashdan iborat.
Bunda hisob siyosatini belgilaydigan farmoyish hujjatlarining mavjudligi va tarkibi aniqlanadi.
1-chizma. Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari
1
Hisob siyosatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning maqsadi - «Hisob siyosati va
moliyaviy hisobot» nomli №1 BHMS talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya
hisobotining ishonchliligi to’g’risida xulosa tuzishdan iborat bo’lib, hisob siyosati №1 BHMSga
muvofiq ularni bajarishni ta’minlashi lozim. Shuningdek, buxgalteriya hisobotining ishonchliligi
to’g’risida fikr shakllantirishda quyidagi holatlar ham inobatga olinishi zarur:
korxonalarning mulkiy holisligi;
hisob siyosatini qo’llashning izchilligi;
xo’jalik faoliyati faktlarining aniqligi.
№1 BHMS 56 bandiga muvofiq hisob siyosati kalendar yili davomida o’zgartirilmaydi.
Faqat xo’jalik yurituvchi sub’ektni qayta tashkil etilish (birlashish, bo’linish, qo’shib olish),
mulkdorlar almashishi, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki O’zbekiston Respublikasida
buxgalteriya hisobining o’zgarishi va buxgalteriya hisobining yangi
uslublari ishlab chiqilgan
hollarda hisob siyosati o’zgartirilishi mumkin (№1 BHMS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56)
Hisob siyosati to’g’risidagi buyruqlarni auditorlar tomonidan test sinovidan o’tkazish
amaliyoti shuni ko’rsatmoqda-ki, ayrim xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bu hujjatga hisob
siyosatiga taalluqli bo’lmagan narsalarni ham kiritadilar. Masalan, xodimlarga ish haqi berish
muddatlari, ta’tillar davomiyligi, me’yoridan oshiq xizmat safari xarajatlari va hokazo. Bunday
axborotlar korxonaning boshqa ichki hujjatlarida aks ettiriladi. Ayrim korxonalar buxgalteriya
hisobining barcha mumkin bo’lgan unsurlari bo’yicha buxgalteriya hisobi uslublarini, ular oldin
1
Buxgalteriya hisobining milliy standarti 1-son BHMS(-Toshkent: Norma nashiryoti,2013) ma’lumotlaridan
foydalanib muallif tomonidan chizilgan
Dostları ilə paylaş: