14
Ayni bir tekshiruv ob’ektiga yo’naltirilgan boshqa tahliliy tadbirlar natijalari;
Tahliliy tadbirlarni bajarishda qo’llanadigan ko’rsatkichlarning tafovut miqdorlari;
Tahliliy tadbirlarni bajarishda nobuxgalterlik ma’lumotlaridan foydalanish.
Auditorning tahliliy tadbirlarning bajarilish natijalari bo’yicha faoliyati
Auditor tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining
gayrioddiy tafovutlarining aniqlanishi tahliliy tadbirlar bajarilishining natijasi hisoblanadi.
Auditor
tomonidan, boshqa manbalardan olingan dalillar bilan tasdiqlanmaydigan
gayrioddiy tafovutlarning aniqlanishi holatlarida, u o’tkazilgan tahliliy tadbirlarning ob’ektivligi
va ishonchliligiga shaxsan ishonch hosil qilish uchun ularni mufassal Tadqiq etishi lozim.
Tadqiq jarayoni xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatini so’rov qilishdan boshlanishi
kerak. Javoblar auditorlik dalillari bilan yoki auditorning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati
to’grisidagi bilimi bilan tasdiqlanishi lozim. Auditor, shuningdek, rahbariyat so’rovi natijalariga
asoslangan boshqa auditorlik tadbirlarini o’tkazish imkoniyatlarini ko’rib chiqishi lozim.
G’ayrioddiy tafovutlar
miqdorini tahlil etishda, auditor, me’yoriy hujjatlarga asoslangan
mezoniy qiymatlardan foydalanadi. Agar gayrioddiy tafovutlar auditor tomonidan maqbul deb
topilgan darajadan oshib ketsa, bu holda tafovut miqdori Tadqiq etilishi kerak.
Bu miqdorni
mutlaq qiymatlarda aks ettirish qiyin bo’lgan hollarda auditor foizlarda aks ettirilgan
miqdorlardan foydalanadi.
G’ayrioddiy tafovutlar tahlili natijalarini, shuningdek,
rejalashtirish va tahliliy
tadbirlarning bajarilishi natijalarini auditor tekshiruv o’tkazish bo’yicha ish hujjatlarida aks
ettirishi lozim.
Tahliliy tadbirlarning natijalarini quyidagi hollarda Qo’llash lozim:
Auditorlik xulosasini tuzishda zarur bo’lgan auditorlik dalillarini olish uchun;
Auditorning iqtisodiy sub’ekt rahbariyatiga auditni o’tkazish natijalari bo’yicha yozma
axborot tayyorlashi uchun.
Ushbu amallarni bajarish muddati qisman olinishi lozim bo’lgan vaqt qulayligiga bog’liq.