9
qo’llanganligi va keyinchalik qo’llanishi zarurligiga qaramasdan buyruqqa kiritishlari oqibatida
xato-kamchiliklarga yo’l qo’yadilar.
Boshqa
tomondan, auditor buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va uning korxonadagi
haqiqiy ahvoliga mos kelishi haqida fikr-mulohazalar bildirishi zarur. Hisob siyosati aks
ettirilishining ishonchliligi to’g’risida auditorning fikri korxona kontragentlari
xulosalari va
hatti-harakatlarining asosi hisoblanadi.
Auditor yuqorida keltirilgan masalalar qanchalik ishonchli va to’liq ochib berilganligini,
shuningdek, faoliyat predmeti taqozo etadigan, daromad yoki operatsion daromad sifatida
turkumlangan daromadlarni tan olish to’g’risidagi qarorlar nima bilan
izohlanishini aniqlashi
lozim. Bunda auditor korxonada hisob siyosatini qabul qilish chog’ida «faoliyat predmeti»
to’g’risidagi masalani hal etishda qabul qilingan omillarni (muhimlik, muntazamlik va shunga
o’xshash) e’tiborga oladi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi
hisob siyosati to’g’ri-sidagi axborotlarga ham bir xilda taalluqli bo’lishi lozim.
Buxgalteriya
hisobotiga berilgan tushuntirishlarning korxonadagi haqiqatan foydalanilayotgan buxgalteriya
hisobini yuritish usullariga nomuvofiqligi aniqlanganida auditorlik hisobotining xotima qismida
maxsus izohlar berilishi zarur.
Ichki nazorat tizimini o’rganish
Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda unga tayanish
mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni o’rganadi. Nazorat tizimining
ishonchliligi, uning hisob yuritishda muayyan shaxslar qasddan qilishi mumkin bo’lgan,
shuningdek tasodifiy yo’l qo’yiladigan xatolarning oldini olish va aniqlash layoqatidan iborat.
Agar, ichki nazorat tizimi ishonchli va sezilarli darajada izdan chiqmasdan ishlayotganligini
aniqlansa, u bunday tizimdagi buxgalterlik ma’lumotlarida ham katta xatolar yo’q
deb taxmin
qilishga haqlidir. Agar, mabodo ichki nazorat tizimi samarasiz bo’lsa, auditor uning
kamchiliklaridan kelib chiqadigan xatarli vaziyatlarni bartaraf qilish uchun testlar soni va uni
tanlash hajmini ko’paytirishi lozim.
2 -chizma Auditor ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash
jarayonini
3
Dostları ilə paylaş: