Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Populyasiyalar orasidagi bog‘lanishlar, populyasiyalar dinamikasi



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə2/16
tarix31.10.2018
ölçüsü3,87 Mb.
#77551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Populyasiyalar orasidagi bog‘lanishlar, populyasiyalar dinamikasi
Populyasiyalar orasidagi bog‘lanishlar turli omillarga bo’lik bo’lib, ular barchasi ontogonik bo’lanishda bo’ladi. Populyatsiyaning asosiy o’lcham birligi bo’lib, bu uning soni, qalinliginingn o’zgarib turishi hisoblanadi. Populyatsiya sonining o’zgarishi cheksiz emas, lekin populyatsiya biologic sistema sifatida o’z-o’zini boshqarish qobiliyatiga egadir. Har bir tur vakili sonining ko’payishi qalinlik ortishining yuqori va pastki chegarasi bo’ladi. Muhit omillari o’zgarsa, populyatsianing o’sish tezligi ham o’zgaradi. Populyatsianing o’sishi uning a’zolari sonining o’sishi bilan ham bog’liqdir.
Biotsenoz xaqida ta’limot Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha
O‘xshash sharoitga moslashib olgan va bitta joyning o'zida birga yashaydigan barcha tirik organizmlar yig‘indisi biotsenoz deyiladi. Chunonchi, O'zbekistonning qumli cho'llarida o'sadigan barcha o'simliklar (saksovul, quyonsuyak, singren, shuvoq, qizilcha, qandim, ilak, qo‘ng‘irbosh va hokazolar), yashaydigan hayvonlar (quyonlar, toshbaqalar, ilonlar, kaltakesaklar, echkiemarlar, kiyiklar, bo‘rilar, tulkilar va hasharot- lar), mikroorganizmlar shu mintaqaning biotsenoziga misol bo'la oladi.

Biotsenoz biogeotsenozning tirik qismidir. Biotsenozda yashaydigan o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar doim bir-birlariga ma’lum munosabatda aloqada bo'ladilar. Ularning ana shu munosabatlari hayot kechirish sharoitiga ham ta’sir etib turadi.

Yashash sharoiti bir xil bo'lgan o'tloqlar, o'rmonlar, yaylovlar, bot- qoqlar, sug'oriladigan ekinzorlar va sholipoyalar ham biotsenozga misol bo‘la oladi. Biotsenoz umumiy tabiiy kompleks biogeotsenozning tirik qismidir. Biotsenoz doim rivojlanib boradi va bu rivojlanish jarayoni odatda, uzoq vaqt davom etadi, bunda bir biotsenoz asta-sekin ikkinchi bir biotsenozga almashinadi. Odamning xo'jalik faoliyati biotsenozni o*zi uchun foydali tamonga qarab o‘zgartirishi mumkin.

Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum bir hududni egallagan, bir-biriga o'zaro ta’sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi.

Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hududlarda yashovchi barcha o‘simliklar va hayvonlami o'z ichiga oluvchi tirik organizmlar jamoasini e’tiborga olib, ularda emanlar va shuvoqlar us- tunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalami emanlar yoki shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi.


Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar
Jamoa (biotsenoz) komponentlari o'rtasida o'zaro munosabatlar turli xil shaklda bo'ladi. Ana shunday munosabatlaming bir necha xillari bo‘lib ular quyidagilardan iborat: neytraliim — (0:0), konkurensiya (raqobatlilik), amensalizjm (-.0), parazitizm va yiritqichlik (+,-), kommensaliztik (+,0), protokooperatsiya, kooperatsiya,mutualizm (+,+). Turlar o'rtasidagi munosabatlaming ikki va undan ko‘p tur uchun qulaylik tug'diradigan iilini o'zaro )vrdam deyiladi.

Bir xil o'lja bilan ovqatlanadigan yirtqich hayvonlaming liar xil turlari o'rtasida ham ana shunday raqobat qiladigan o'zaro munosabatlar mavjud. Mikroorganizmlardagi antibioz qarama-qarshi munosabatlaming o'ziga xos shaklidir, chunonchi, penitsill zamburug'i organik oziq moddalar uchun o'zi bilan raqobat qiladigan talaygina bakteriyalarning o'sishi va ko'payishini to'xtatib qo'yadi.


Ekosistemalar ta’limoti. Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi.
Bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo'lgan or- ganizmlarning populatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki bio-geotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, biogeotsenoz — bir- biriga bog’liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylash- gan yer yuzasining bir qismidir. Biogeotsenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil o‘simliklar va kimyosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda geterotrof organizmlar (hay- vonlar, zamburug‘lar, ko'pgina bakteriyalar, viruslar) biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik resurslari, quyosh energiyasi, tuproq va uning suv mineral resursiari esa jonsiz komponentlarga kiradi.

Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo'ladi. Tabiiy ekosistemalarga o'rmonlar, o'tloqlar, tundra mintaqasi, dasht, cho‘l, tog* mintaqalari, ko‘l, dengiz va okean suvlari, daryo, adir, to‘qay ekosistemalari misol bo‘la oladi.

Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali o'tadigan energiya oqimiga bog'liqdir. Quyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki mahsulotlarni hosil qiluvchi biotik komponentlar tomonidan o'zlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar tomonidan organik modda sifatida to'playdigan energiya tezligi biriamchi mahsulot deb ataladi. Bu eng muhim parametr bo'lib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga bog'liq bo'ladi.

Ma’lumki, o'simliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda bo'ladi.



Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari.
Har yili yerda fotosintezlovchi organizmlar 140 mlrd tonnaga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998) Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra sintezlanishi qo'proq bo'lishi natijasida atmosferada CO2 miqdori kamayib 02 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo'lgan.

Produtsentlar avtotrof organizm bo'lib, qumqlikdagi va suvdagi yashil o'simliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalarning bir qismi konsumentlar (o'txo'r hayvonlar) tomonidan iste’mol qilinadi, keyingilari esa o'z navbatida go'shtxo'r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.

Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorga- nizmlardan tashkil topgan. Ulac ishtirokida hayvon va o'simliklarning qoldiqlari (o'lik tanasi) parchalanib organik moddalarga aylanadi, organik moddalarni oddiy anorganik moddalargacha parchalaydi. Organik moddalarning ko'p qismi darhol parchalanmaydi, yog'och, tuproqning organik qismi, suvdagi cho'kmalar sifatida saqlanadi. Keyingi yillarda texnika va sanoatning jadal rivojlanishi natijasida bu jarayonning aksi ro‘y berish xavfi paydo boimoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Biosfera xaqida ta’limot. Biosfera xaqida umumiy tushuncha
Biosfera (yunoncha «bios» — hayot, «sfera» — shar so'zlaridan olin- gan). Biosfera tirik organizmlar yashaydigan va ular ta’sirida o'zgarib turadigan yer sharining bir qismi hisoblanadi. Yerdagi hamma biogeotsenozlaniing yig'indisi biosferani tashkil qiladi. Shunday qilib, biosferaning elementar (eng kichik) birligi beogeotsenozlardir.

Biosferaga juda qadiiniy bakteriyalardan tortib, odamgacha bo'lgan organizmlar kiradi. Biosfera tirik va o*lik tarkibiy qismdan iborat. Sayyoramizda yashaydigan hamma tirik organizmlaming yig'indisi (bakteriyalar, o'simliklar, hayvonlar) biosferaning tirik qismini tashkil etadi. Tirik organizmlar asosan yerning gazsimon (atmosfera), suyuq (gidrosfcra), qattiq (litosfera) qobiqlarida joylashgan. Keyingi malumotlarga qaraganda biosferaning yuqorigi chegarasi dengiz sathidan 22 km balandlikda troposferada va paski chegarasi (litosferaning) 3—5 km Mintaqa biosferasiga sanoatning ta'siri, trasportning ta'siri, qishloq xo’jaligining ta'siri. Mintaqa biosferasiga sanoatning ta'siri. O’zbekiston sanoat markazlarida atmosfera havosining ifloslanish dinamikasi. Mintaqa biosferasiga transportning ta'siri. Mintaqa biosferasiga qishloq xo’jaligining ta'siri. Kimyolashtirish vositalaridan foydalanishning ijtimoiy-ekologik muammolari


Biosferada moddalarning aylanishi
Biosferada tirik organizm eng muhim ahamiyatga ega bo'lib, akade- mik V.I.Vemadskiy ularning quyidagi funksiyalarini bclgilab berdi:

Gaz ahna.shini.shi,konsentratsiyalash funksiyasi, oksidlanish - qaytarilish funksiyasi.biokimyoviy funksiyalari mavjud. Bu funksiya natijasida organizmlarning oziqlanishi, nafas olishi, ko'payishi, oigan organizmlarning parchalanishi, chirishi kabi jarayonlar bo'lib turadi. Biosferaning eng asosiy funksiyalaridan biri kimyoviy elementlarning davriy aylanishini ta’minlashdir. Biosferadagi biotik aylanish yerda yashay- digan hamma tirik organizmlar ishtirokida bo'ladi. Kimyoviy elementlarning bir-birikmadan ikkinchisiga yer qobig'i tarkibidan tirik organizmlarga, keyin esa ularning anorganik birikmalarga va kimyoviy elementlarga par- chalanib yana yer qobig'i tarkibiga o'tishi moddalar va energiyaning davriy aylanishi deyiladi. Bu aylanish uzluksiz davom etadigan jarayondir.
Amaliy ekologiya. Zamonaviy ekologik muammolar.

Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo'lgan va yechimini hal qilishini talab etadigan muammolarga barqaror rivojlanish konsepsiyalari, ekologik muammolarga bag'ishlangan xalqaro shartnomalar va shu kabilar kiradi.

Kelgusi avlod qobiliyatini saqlab qolgan holda inson o'z ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan darajada kuzatiladigan rivojlanishni barqaror rivojlanish deyiladi.

«XXI kun tartibi»da barqaror rivojlanishni kelgusida ta’minlaydigan keng ko'lamdagi masalalar ko'zda tutilgan. Ana shunday masalalarga iqlim o'zgarishining oldini olish, cho'llashishga qarshi kurashish, ekologik ta’limni kuchaytirish, turli xil ekologik uyushmalar ishlari va shu kabilar kiradi. Ana shunday ekologik muammolami hal etishda inson faoliyati bilan bogiiq bo'lgan barcha masalalaming muhimliligini nazarda tutmoq zarur. Bu sanoat va qishloq xo'jaligida ishlatiladigan texnologiya, qashslioqlikka qarshi kurashLsh, ehtiyojlar tizimini o'zgartirish doimiy yashaydigan uyjoylami ko'paytirish, har xil toifadagi aholining rolini ko'paytirish va shu kabilar.

Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan yana iqlim o'zgarishining oldini olish, o'rmonlami asrash, biologik turli-tumanlikni muhofaza qilish bo'yicha ham konsepsiyalar qabul qilindi.

Birlashgan millatlar tashkiloti barqaror rivojlanishni e’lon qilib barcha davlatlardan shu konsepsiyalar asosida o'zlarining milliy barqaror rivojlanish konsepsiyalarini qabul qilishini so'ragan va hozirgi kunda ko'pchilik davlatlar, shu jumladan, bizning respublikamizda ham shunday konsepsi yalar qabul qilingan.


Atmosfera xavosi, tarkibi ahamiyati, va muxofaza qilish yo‘llari
Havo — atmosferadagi gazlaming aralashmasi bo'lib, balandlikning o'zgarishiga qaiab uning tarkibi ham o'zgarib turadi. Havo tarkibidagi gazlar orasida kislorod muhim ahamiyatga ega. U organizmlami hosil qiluvchi oqsil, yog', uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi.

Uglerod (IV) oksidi tabiatda katta ahamiyatga ega bo'lib, u yashil o'simliklarning oziqlanishi uchun zarurdir. Azot elementi havoning tarkibida ko'p bo'lishiga qaramay, uni organizmlar to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtira olmaydi. Organizmlar uni faqatgina azot birikmalari holida o'zlashtirishi mumkin. Havoning tarkibidagi sulfit angidrid, azot oksidlari, galogen vodorodlar, ammiak va boshqalar zararli moddalar hisoblanib, uning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. Havodagi ana shunday zaharli moddalarni yutgan o'simlik barglari, hujayralari o'la boshlaydi. Daraxtlaring suv shimish mexanizmi ishdan chiqadi va barglari to'kiladi. Havo tarkibidagi turli xil gazlar miqdorining ortib ketish hollari dunyoning turli nuqtalarida turli darajadadir.

Ifloslangan atmosfera havosining atrof muhitga va inson salomatligi hamda turmush tarziga ta'siri. Sanoat korxonalari va boshqa xo’jalik chiqindilarining tashqi muhitda aylanib yurishi. Sanoat markazlaridagi zaharli tumanlarning inson salomatligiga salbiy ta'siri. Atmosfera havosidagi chang zarrachalarining inson organizmiga zararli ta'siri. Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigiyenik nuqtai nazardan havfliligii tushunib olishadi.
Ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi. Tuproqning va suv manbalarining muxofazasi. Suv manbalarining ifloslanishi va muxofazasi

Jamiyat va tabiat o’zaro munosabatlarining evolyutsiyasi. Jamiyat tarixining beshta ijtimoiy-iqtisodiy farmatsiyalarga bo’linishi. Fan-texnika inqilobining jamiyat va tabiatning, inson va atrof-muhitning o’zaro munosabatiga ta'siri. Jamiyatning biosferaga salbiy ta'siri darajasiga ko’ra bosqichlarga ajratilishi



  1. suvning ta’mi, rangi, hidi yo‘qligi tufayli boshqa elementlardan farq qiladi;

  2. suv yer sharidagi eng ko‘p issiqlik singdiruvchi jismdir, shu sababli suv havzalari yozda to'plagan quyosh issiqligini qishda nam va iliq havo oqimi sifatida sovuq joylarga olib borib isitadi;

  3. suv kimyoviy formulalariga ko‘ra «toza» hisoblanib, birikmaga kiruvchi vodorodning atom massasi 1 uglerod birligi (u,b) ga, kislorodniki 16 (u,b) ga teng bo'lib, boshqa moddalarda uchramaydi.

Yer yuzining 71 % suv bilan qoplangan. Yer yuzasining umumiy maydoni 510 mln km2 bo'lib, shundan 149 mln km2 quruqlik va qolgan 361 mln km2 ni suvlik ishg'ol etgan. Dunyo okeanlaridagi suvning hajmi 1 mlrd 370 mln km3 o'rtacha chuqurligi 3,7 km. va eng chuqur yeri 11022 metrni tashkil etadi. Kurramizning suv bilan qoplangan yuzasi 4 ta katta okeanga bo'linadi: Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy muz okeanlari. Okeanlaming materik ichkarisiga yorib kirgan qismi dengizlar deyiladi.

Suv manbalari va ularning sanitariya holati. Suv va inson salomatligi: yuqumli va yuqumsiz kasalliklar. Suv manbalari va ularning sanitariya holati. Ochiq yuza suv manbalari. Suv va inson salomatligi. Suv va yuqumli, yuqumsiz kasalliklar. Suv sifatining gigiyenik me'yorlari


Tuproqni floslantiruvchi man’balar. Tuproq muhofazasi.
Tuproqning inson hayotidagi o’rni. Tuproqni ifloslantiruvchi moddalar manbalari. Tuproq tashqi muhitning bir bo’lagidir. Tuproq qoplamasida paydo bo’ladigan o’zgarishlar. Texnika taraqqiyotining yer relefini o’zgartirib yuborishi. Tuproq tarkibidagi tirik organizmlarning ahamiyati. Tuproq yuqumli kasalliklar manbai. Sanoat, korxona chiqindilari tuproqni ifloslantiruvchi manba. Tuproqda o’z-o’zini tozalash jarayoni. Tuproqning muhit sifatidagi ahamiyati. Tuproqning filtratsiya zonasida ketadigan jarayonlar. Tuproqning xossalari. Tuproqning gigiyenik ahamiyati. Tuproqning ifloslanishi. Tuproqni ifloslantiruvchi, kasallik qo’zg’atuvchi mikrofloraning guruhlari. Sanoat korxonalaridan chiquvchi zararli moddalar.
Bio xilmaxillik va uning muxofazasi. Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va muxofazasi
Insoniyat va o’simliklar dunyosi. O’simliklarning insoniyat hayotidagi ahamiyati. O’rmonlarning jahon uzra tobora kamayib borishining sababi. Tibbiyotda qo’llaniladigan o’simliklarning kamayib ketishi. Yashil massivlarning ekologik nuqtai nazaridan tashqi muhitni himoya qiluvchi omildir. Ilmiy tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor o’simliklar. Yovvoyi o’simliklarning ahamiyati. O’simliklar va tuproq. Insoniyat va hayvonot olami. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish haqidagi muhim hujjat bo’lmish “Qizil kitob” ning ahamiyati. “Qizil kitob”da hayvonlarning kamayishi va muhofaza qilishga doir tadbirlar. “Qizil kitob”ga kiritilgan noyob hayvon turlari.
Maxsus qo‘riqlanadigan xududlar
O’zbekistonda maxsus muhofazaga olingan xududlar. “Jayron” ekomarkazi. Ugam-Chotqol milliy bog’i. Davlat qo’riqxonalari. Davlat buyurtmaxonalari. O’simliklar dunyosining ekologik muvozanatini saqlash dolzarb masala.
Ekologik xavfsizlik, uzuluksiz rivojlanish, ta’lim va tarbiya konsepsiyasi

Muhit holatini nazorat qilish monitoringi. Ekologik ekspertiza.
Global tizimidagi monitoringlar bazasini kosmik va hisoblash texnikasi tashkil etadi. Shu narsa ma’lumki , sun’iy yer yo’ldoshlar, uchuchivsiz va uchuvchili boshqarilayotgan yo’ldoshlar Yer biosferasida sodir bo’layotgan jaroyonlar holatini juda muvaffaqiyatli kuzatmoqda, ayni vaqtda bu jarayonlarni yerdan turib kuzatish juda ham qiyindir.

Jamyat manfaatlarini ko’zlab atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiq xo’alik va boshqa ob’ektlarning faoliyatini boshqarishning muhim tomoni hamda yagona ekologik siyosatni yurgizish yo’li Davlat ekologik ekspertizasi hisoblanadi. Davlat ekologik ekspertisasi respublikadagi ma’lum bo’lgan ekspert organlari tizimida alohida o’rin egallaydi. U ob’ektlarni kompleks tarzda baholaydi, ya’ni ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy tomonlaridan baholash bilan birga unig faoliyatini o’zgarish oqibatlari nimalarga olib kelishi, shuningdek davlat ekologik ekspertizasi “tabiyat-jamiyat” tizimidagi barcha o’zaro bog’lanishlar va ziddiyatlarni har tamonlama tahlil qiladi.


Ekoloik xafvsizlik. Ekologik ta’lim tarbiya
Tabiyat va uning asosiy elementlari bo’lmish suv, tuproq va havo zaharlandi. O’simlik va hayvonlar vakillarini qirdi, ularning sonini kamaytirdi. Natijada million-million yillar davomida turgun bo’lgan tabiiy holat buzildi.

Tabiatning ekologik barqarorligi, turg’unligi va uning tabiiy qonunlarining buzilishiga tabiatning kelajakdagi ekologik holati qanday bo’lishini oldindan ko’ra bilmaslik sabab bo’ldi.



Hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri –fan texnika yutuqlari asosida aholi orasida ekologik ta’lim-tarbiya va madaniyatga oid bilimlarni oshirish yo’li bilan tabiat muhofazasini tezlashtirishning turli chora- tadbirlarini ishlab chiqishdir.
Ekologiya fani bo’yicha ma’ruza mashg’ulotlarining kalendar tematik rejasi


t/r

Ma’ruza mavzulari (barcha)


soat

1.

I-Mavzu(bob). Ekologiyaga kirish,Autekologiya va ekologik omillar Hayot muhitlari: suv, er-tuproq, havo va tirik organizm. YAshash muhitlarining o‘ziga xosligi. Moslanish

2

2.

II-Mavzu(bob). Populyasiya xaqida ta’limot Populyasiyaning tuzilishi unda organizmlarning joylashishi

2

3.

III-Mavzu(bob). Biotsenoz va ekosistemalar xaqida ta’limot Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha,Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar

2

4.

IV-Mavzu(bob). Biosfera xaqida ta’limot. Biosfera xaqida umumiy tushuncha

2

5.

V-Mavzu(bob). Amaliy va ijtimoiy ekologiya. Inson ekologiyasi Zamonaviy ekologik muammolarZamonaviy ekologik muammolar

2

6.

VI-Mavzu(bob). Atmosfera xavosi va suv manbalarining ifloslanishi, va muxofaza qilish yo‘llari. Atmosfera havosining ahamiyati, uni iloslantiruvchi manbalar

2

7.

VII-Mavzu(bob). Tuproqni ifloclantiruvchi manbalarining. Tuproq muxofazasi. Tuproqni floslantiruvchi man’balar, zaharli kimyoviy moddalar.

2

8.

VIII-Mavzu(bob). Bio xilmaxillik va uning muxofazasi Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va muxofazasi

2

9.

IX-Mavzu(bob). Ekologik xavfsizlik, uzuluksiz rivojlanish, ta’lim va tarbiya konsepsiyasi. Muhit holatini nazorat qilish monitoringi. Ekologik ekspertiza

2

Jami

18



Laboratoriya mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari
Hayot muhitlari: suv, er-tuproq, havo va tirik organizm. YAshash muhitlarining o‘ziga xosligi. Moslanish. Amaliy mashg‘ulot talabalarda ekologik omillar, ekologiyaning vazifasi va ahamiyati bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malaka hosil qiladilar. Tabiiy ekotizim yoki ekosfera hayotni rivojlanishiga imkon beradigan yerning tavsifi va abiotik jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning barcha atrof-muhitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo’lgan munosabatini bildiradi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, klaster,Vertushka metodi, bumerang, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V6.
Ekologik omillar,ularning organizmga ta’sir etish qonuniyatlari. Ekologik nisha. Ekologik omillarning xilma-xilligi ularni tasniflashni taqozo etadi. Omillarni tasniflashda ularni xilma-xil ta’siri emas, balki kelib chiqish manbaiga qarab ajratish lozim. Omilni aniqlashda uni tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘ziga xos ta’siri muhim ahamiyatga ega.

Muhit keng ma’noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‘rsatuvchi omillar mavjud. Omillarni ta’sir etuvchi va hayot sharoiti uchun zarur guruxlarga ajratish mumkin. Ta’sir etuvchi omillar tirik organizmlar hayotiga kuchli ta’sir etib, ularning xatto irsiy hususiyatlari yoki boshqa ko‘rinishlardagi o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga har-xil mutagen omillarni (nurlanish va boshqalar) ko‘rsatish mumkin.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, Vertushka metodi, bumerang,muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.


Populyasiyaning tuzilishi unda organizmlarning joylashishi. Populyasiya miqdorini boshqaruvchi omillar. Populyasiya - bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhidir. Ular ma’lum joyda uchraydi va ko‘p hayotiy belgilarga ega bo‘ladi va shu belgilar butun guruhning doimiy funksiyalarini aks ettiradi. Populyasiya a’zolarining hayotiy belgilariga: tur vakillarining soni, zichligi, tuzilishi, o‘lishi, yosh bo‘yicha taqsimlanishi, tarqalishi va o‘sishi keradi. Populyasiya genetik xususiyatga ega bo‘lib, bu holat organizmning ekologik moslanishiga, qayta ko‘payishiga olib keladi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster,Vertushka metodi, bumerang, diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.

Populyasiyalar orasidagi bog‘lanishlar, populyasiyalar dinamikasi. Populyasiya - bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhidir. Ular ma’lum joyda uchraydi va ko‘p hayotiy belgilarga ega bo‘ladi va shu belgilar butun guruhning doimiy funksiyalarini aks ettiradi. Populyasiya a’zolarining hayotiy belgilariga: tur vakillarining soni, zichligi, tuzilishi, o‘lishi, yosh bo‘yicha taqsimlanishi, tarqalishi va o‘sishi keradi. Populyasiya genetik xususiyatga ega bo‘lib, bu holat organizmning ekologik moslanishiga, qayta ko‘payishiga olib keladi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster,Vertushka metodi, bumerang, diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.

Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha,Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar. Biotsenozlar-bu o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar populatsiylari guruhidan iborat bo’lib, ma’lum joyda birlikda yashashga moslashgan biologik birlikdir. Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum bir hududni egallagan, bir-biriga o'zaro ta’sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi.

Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hududlarda yashovchi barcha o‘simliklar va hayvonlami o'z ichiga oluvchi tirik organizmlar jamoasini e’tiborga olib, ularda emanlar va shuvoqlar us- tunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalami emanlar yoki shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi.


Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə