Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’siri



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə6/16
tarix31.10.2018
ölçüsü3,87 Mb.
#77551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta’siri

Ma’lum sharoitda yashayotgan organizmlarga ekologik omillar turlicha ta’sir etishi mumkin. Ammo ekologik omillar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ularning tirik organizmlarga ta’sir etish xarakteri nuqtai nazardan ular uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar xam mavjud. Organizmning normal rivojlanishi uchun ma’lum darajada qulay ekologik omillar majmui talab etiladi. Xar bir omilning organizmga ta’sir etish kuchi xamda quyi va yuqori ta’sir etish chegaralari bo‘ladi. Omilning kuchli ta’sir etuvchi kuchi optimum zona deb qaraladi yoki optimum deb ataladn. Ekologik omil organizmga xaddan tashqari kuchsiz (minimum) va kuchli (maksimum) ta’sir etishi mumkin. SHunday qilib, xar qanday ekologik omilning optimum, minimum va maksimum ta’siri bo‘lar ekan. Minimum va maksimum chegaralari kritik nuqta deb ataladi. Kritik nuqtalardan ortiq kuch ta’sirida organizm nobud bo‘ladi (2-rasm) .

Omilning kuchli ta’sir etishi, ya’ni optimum qonunning or-ganizmlarga ta’sirini tushunib olish uchun g‘o‘za o‘simligini xavo xaroratiga bo‘lgan munosabati va uning optimum, minimum va maksimum nuqtalari xaqida tuxtab o‘tamiz. Ma’lumki, chigitning unib chiqishi uchun temperatura 14-16°S bo‘lishi zarur. Baxorda xarorat past kelsa, chigitning unib chikishi kechikadi. Bizning sharoitda g‘o‘za nixollari paydo bo‘lgan vaqtda xavo bilan tuproq temperaturasi sekin-asta ko‘tariladi va odatda, normal darajada bo‘ladi. Temperatura 38°S dan yuqori bo‘lganda, ayniqsa, nam kam bo‘lsa, o‘simlik qizib ketadi. Temperatura 1-2°S bo‘lsa, g‘o‘za nixollarini sovuq uradi. Kuzdagi 3-4°S sovuq xam g‘o‘zani nobud qiladi. SHunday qilib, g‘o‘za o‘simligining vegetatsiya davomida minimum nuqtadan xaroratni 1-4°S pasayishi uni nobud bo‘lishiga olib keladi. 14-16°S dan 38°S gacha oraliqdagi temperatura o‘simlik o‘sishi uchun qulay, undan yuqorisi esa, noqulay xisoblanadi. G‘o‘za o‘simligi uchun maksimum nuqta 46-47°S deb qarash mumkin.

Muxitning biror omiliga keng doirada moslashgan ekologik turlarga evri-old qo‘shimchasini qushib, tor doirada moslashganlarga steno-old qo‘shimchasini qo‘shib nomlanadi. Temperaturaga nisbatan evriterm, stenoterm, namlikka nisbatan evrigidrid, stenogidrid, sho‘rlanishga nisbatan evrigal, stenogal. Ekologik omillarniig ta’sir etish kuchi bilan organizmda bo‘ladigan o‘zgarishlarning o‘zaro ta’siri bosimga nisbatan evribat, stenobat ekologik guruxlar ajratiladi.

Tashqi muxitning turli omillarga nisbatan ekologik valentliklar yig‘indisi turning-ekologiya spektrini tashkil etadi. Masalan, cho‘lda o‘suvchi sho‘raklar tuproqning sho‘rligiga, kurg‘okchilik va yuqori tsmperaturaga yaxshi moslashgan. Ushbu omillarga moslanish shuraklarning ekologik spektrini tashkil etadi. Boshqa turlar tuproq sho‘rlanishiga chidamsiz ekanligini ko‘rish mumkin.

Ayrim turlarning ekologik spektri bir-biriga tug‘ri kelmaydi. Xatto bir xil sharoitda yashayotgan va moslashish xususiyati xam o‘xshash bo‘lgan turlar ozmi-ko‘pmi miqdorda o‘zining ekologik imkoniyatiga ega bo‘ladi. Izen va teresken o‘simliklari kurg‘okchil va issiq sharoitga moslashgan turlar xisoblanib, ulardan birinchisi nisbatan kurg‘okchilikka xam, yuqori xaroratga xam biroz kuchliroq moslashishi bilan ajralib turadi.

Ekologik omillar organizmning turli funksiyalariga xam turlicha ta’sir etadi. Sovuq qonli xayvonlar uchun xavo temperaturasiiing 40-45°S bo‘lishi modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ammo ularning faolligi, ya’ni xarakatlanishi susayadi. Bunda xayvonlar tinim xolatiga o‘tadi.

Ayrim individlarning tashqi muxit omillariga chidamlilik darajasi, kritik nuqtalari, optimal zonasi xam tug‘ri kelmaydi. Ushbu individning irsiy, jinsiy, yosh yoki fiziologik xususiyatlari bilan bog‘lik, bo‘lishi mumkin. Don maxsulotlari va unda yashovchi mita kapalagining g‘umbagn uchun kritik temperatura - 7°S ni tashkil etsa, katta yoshdagilari uchun 22°S, tuxumlari uchun esa - 27°S. -10°S, temperatura g‘umbakni nobud qiladi, ammo ularning davri va tuxumlariga ta’sir etmaydi.

Muxitning ayrim ekologik omillari organizmga bir vaqtda ta’sir etadi. Ushbu omillarning ta’siri boshqa omillarning mikdoriga bog‘liq bo‘ladi. Buni omillarning uzaro ta’sir etish qonuniyati deyiladi.

Organizmning normal xayoti uchun ma’lum darajada sharoit talab etiladi. Agar barcha shart-sharoitlar qulay bo‘lib, ulardan biri etarli miqdorda bo‘lmasa, uni cheklovchi omil deb ataladi. CHeklovchi omil organizmni ushbu sharoitda yashashi yoki yashay olmasligini belgilab beradi.

Turlarning shimolga tomon siljishiga temperatura omilining etishmasligi ta’sir etsa, kurgokchil rayonlarda esa namlik yoki yukori temperaturaning ta’siri cheklovchi xisoblanadi. CHsklovchi omillar fakatgina abiotik omillar bulib kolmay, balki biotik omillar xdm bulishi mumkin. Gulli usimliklar turlarini biror joyga iklimlashtirishda ularni changlatuvchn xdsharotlar cheklovchi omil buladi. CHsklovchi omillarnn anikdash amaliy jixatdan muxim axamiyatga ega.

Organizmning yaxshi o‘sishi, rivojlanishi abiotik omillarning optimal (zona) sharoiti ta’sirida bo‘lsa, ularning yomon xolati .... (nobud bo‘lishi) minimal sharoitda, ya’ni abiotik omillarning salbiy ta’siri natijasida yuzaga keladi



Abiotik omillar

Eng muxim ekologik omil, xayot omillaridan biri - bu yorug‘lik xisoblanadi. Ultrabinafsha nurlar orasida er yuzasiga etib keladigan faqat uzun to‘lqin uzunlikdagilar (to‘lqin uzunligi 290-3 80nm) xisoblanadi. Qisqa to‘lkin uzunlikdagi nurlar esa tiriklikni xalok qiluvchi xisoblanib, 20-25 km balandlikda O3 molekulasidan tashkil topgan ozon ekrani tomonidan to‘liq yutiladi. To‘lqin uzunligi uzun bo‘lgan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy faollikga ega. Uning katta miqdori organizmlar uchun zarar bo‘lib, kamroq miqdordagisi esa kupchilik turlar uchun zarur xdsoblanadi.

Demak, yoruglik manbai quyosh radiatsiyasi xisoblanadi. Butun tushayotgan quyosh radiatsiyasining 42 foizi atmosfera orqali qaytariladi, 15 foizi atmosferani isitishga ketadi, faqatgina 43 foizi er yuziga kelib tushadi. O‘simliklar tomonidan yil bo‘yi qabul qilinadigan yorug‘lik - faqatgina yorug‘lik tezligiga bog‘lik, bo‘lib qolmasdan, u kunning uzunligiga xam bog‘liq buladi (jadval-2).

Kunning uzunligi ekvatordan qutblarga tomon oshib boradi. O‘simliklar qoplami uchun butun yil bo‘yi qabul qilinadigan radiatsiya yig‘indisi emas, balki yil davomida o‘simliklar o‘sish mavsumidagi yorug‘lik miqdori axamiyatga egadir.

O‘simliklar faqat o‘ziga bevosita tug‘ri tushadigan yorug‘likdan emas, balki tarqoq xolda tushadigan yorug‘likdan xam foydalanadi.

Tug‘ri tushadigan quyosh nurlari ko‘pincha o‘simliklar uchun xavfli bo‘ladi. CHunki nurning ta’siri natijasida o‘simliklar sitoplazmasi va xlorofillari nobud bo‘ladi. Tarqoq xolda tushadigan yorug‘lik o‘simliklar tomonidan to‘la o‘zlashtiriladi. U foydaliroq bo‘lib, uning 50-60% fotosintez jarayoni uchun muxim bo‘lgan zangori-qizil nurlardan iboratdir. Tug‘ri tushadigan yorug‘likda bu xildagi nurlar mikdori 30-35% dan oshmaydi.

YOrug‘lik sezuvchi o‘simliklardan barglar asosan kunning eng xavfli soatlarida radiatsiyani kam qabul qilishga moslashgan. Barglar gorizontal tekislikka nisbatan katta burchak bilan joylashadi, barglarning bunday joylanishini daraxtlardan evkalipt, mimozada xamda juda kup o‘tchil o‘simliklarda ko‘rishimiz mumkin. Masalan, yovvoyi lagun o‘simligida xamma barglari shimoldan janubga tomon qaratilgan. Buning natijasida tush paytlaridagi kuchli quyosh nurlari oz mikdorda qabul qilinadi. Bunday o‘simliklarga kompas o‘simliklar deyiladi. Quyosh yorug‘ligi - turli xil to‘lqin uzunligidagi, turli xil rangli nurlardan tashkil topadi. Masalan, qizil, sariq, xavorang, ko‘k, zangori binafsha rang. O‘simliklar uchun yorug‘lik spektrining zangori-kizil, ko‘k-binafsha nurlari muximdir. Sariq-yashil nurlar, xammasidan xam kam yutiladi. Infraqizil nurlar deyarli yutilmaydi. YUqori xarorat sharoitida infrakizil nurlar o‘simlikka salbiy ta’sir qiladi. Sababi, bu nurlar barg pigmentlari tomonidan yutilmasdan, balki to‘qimalardagi suv tomonidan yutiladi, bu esa o‘simliklarning qizib ketishini vujudga keltiradi.

2-mavzu: Populyatsia xaqida ta’limot.

Reja:

1.Populatsiyaning asosiy xususiyatlari

2.Populyatsiyalarning klassifikatsiyasi

3. Populyatsiyaning miqdori va zichligiga ta'sir qiluvchi tabiiy omillar



Tayanch iboralar: populatsiya, populatsiyaning tuzilishi, modifikatsiya omillar, elementar populatsiya , ekologik populatsiya, geografik populatsiya

2.1.Populatsiyaning asosiy xususiyatlari
POPULYATSIYA (lotincha populations; so’zidan olingan bo’lib - guruh, aholi, xalq degan ma’nolarnibildiradi. Bu atama 18 asrning oxiridan boshlab, to 20asrning 40-50 yillariga qadarbiologiya fanida xar qanday individlar yigindisi sifatida qo‘llanib kelindi.

Ekologik nuqtai nazardan esa populyasiya deb-- uzoq muddat davomida muayyan bir hududda yashaydigan yoki o’sadigan bir turga mansub individlar yig’indisidir.

Bir populyasiyaga mansub individlar shu turning boshqa populyasiya individlariga nisbatan bir-biri bilan erkin va oson chatishadi.

Populatsiyaning biologik xususiyatlaridan biri – bir populatsiyaga oid individlar boshqa populatsiya individlariga qaraganda erkin chatisha oladilar. Zarafshon archasi deganda o‘rmonda uchraydigan zarfshon archasi turiga mansub barcha individlar yig‘indisi etiborga olinadi yoki o‘tloqlarda qoqio‘ti populyasiyasi,

Demak populatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir. O‘zbekistonning shuvoq barra o‘tli yaylovlaridagi shuvoqlar populyasiyasi, qumli cho‘llardagi oq saksovullar, izenlar, qandimlar populyasiyalari, qo‘llardagi baliqlar populyasiyalazenlar, qandimlar populyasiyalari, qo‘llardagi baliqlar populyasiyalari, dalalardagi chigirtkalar populyasiyalari, kishi organizmidagi tif yoki sil kasalliklarini tugdiruvchi bakteriyalar populyasiyasi yoki shag‘arda odamlar populyasiyasi ana shu tushunchaga misol bo‘la oladi. Xonaki xayvonlarning aloxida guruxlari (zotlar, podalar) va o‘simliklarning madaniy guruxlari (navlari, linyalari, klonlari va boshqalar) xam populyasiya atamasi bilan ifodalanadi.

Gistologiya va meditsina va mikrobiologiyada ko‘p xujayrali organizmlar to‘qimasidagi bir xil tuzilishga ega bo‘lgan xujayralar populyasiyasi deb aytiladi. Etnograflar populyasiya deganda o‘z ichida qiz olish berish qiladiganodamlar jamoasini tushunadilar.

Shuningdek populatsiya individlariga genetik getrogenlik ham xos bo’lib, bu xususiyat ularning har xil sharoitiga moslanishlarini belgilaydi va evolutsiya uchun juda muhim bo’lgan irsiy o’zgaruvchanlik imkoniyatini yuzaga keltiradi. Populyatsiyadagi genetik o`zgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi o`simlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqalar asosini tashkil qiladi.

«Populyatsiya» terminini 1903 yilda daniyalik genetik V. Iogansen bir turga mansub, genetik bir xil xususiyatga ega bo’lmagan individlar yig’indisini tushuntirishda keltirgan edi. Demak populatsiya deganda bir turga oid bir-birlari bilan doimo bog’langan organizmlar yig’indisi e’tiborga olinadi.

Xar bir populyasiyadagi organizmlar miqdori bir meyorda bo‘lib, tashqi muxit sharoiti keskin o‘zgarmaguncha u shu miqdorda saqlanib qolishi mumkin. Tashqi muxining o‘zgarishi populyasiyadagi organizmlar sonining o‘zgarishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etib turadi.

Populyatsiya a'zolarining hayotiy belgilari Populyatsiya - bu bir turning yoki bir necha tur vakillarining guruhidir. Ular ma'lum joyda uchraydi va ko’p hayotiy belgilarga ega bo’ladi va shu belgilar butun guruhning doimiy funksiyalarini aks ettiradi. Populyatsiya a'zolarining hayotiy belgilari:

-tur vakillarining qalinligi, -tug’ilishi,

-o’lishi, -yosh bo’yicha taqsimlanishi, -ma’lum hududda tarqalishi,

-organizmning biotik potensiali

Populyatsiya belgilarini aniqlash ekologik tadqiqot orqali amalga oshiriladi va umumiy ekologiya uchun katta ahamiyatga ega.

Populyatsiyaning belgilari umumiy genetik xususiyatlari bilan ham xarakterlanadi. Populyatsiya o’ziga xos ma’lum biologik tashkiliy tuzilishlarga ega. Laboratoriya yoki tajriba sharoitlarida populyatsiyaning guruhlik belgilari va sonlarini aniqlash mumkin, tabiiy sharoitda ancha murakkab bo’ladi.

Populyatsiyalar bir-birlari bilan asosan eklogik aloqalar orqali bog’lanib turadi. Populyatsiya ichidagi asosiy qonun bu muhitdagi juda oz, chegaralangan resurslardan foydalanib, kelajakda avlod qoldirishdan iboratdir. Bunday holat populyatsiya a'zolarining miqdor o’zgarishi, tur vakillarining o’z sonini boshqarib turishi orqali amalga oshiriladi.



Populatsiyaning asosiy xususiyatlari:

  • Populatsiya genetik xususiyatlariga–organizmlarning to’g’ridan to’g’ri ekologik moslashishi, qayta ko’payishi va turg’unligi bo’lib, populatsiyning turg’unligi uzoq vaqt nasl qoldirish qobiliyatini saqlab qolishidir.

  • Populatsiya biologik xususiyatlariga–populatsiya a’zolarining hayot sikli, o’sishga qobiliyati, farqlanishi va o’zining son sifatini ushlab tirish xususiyatlari kirib, ular populatsiyni hosil qiluchi organizmlarga taaluqlidir.

  • Populatsiya guruhlik xususiyatlari Tur vakllarinig ma’lum hududdagi umumiy soni;

  • Ma’lum maydon uchun tur vakillarining o’rtacha soni, populatsiya qalinligi va makonda populatsyia a’zolarinig massasi;

  • Tug’ilish-ma’lum vaqt ichida tur vakllaridan hosil bo’lgan yangi vakllar soni;

  • O’lish-ma’lum vaqt ichida populatsiya ichidagi o’lgan a’zolar darajasi;

  • Populatsiylarning o’sish, tug’ilish va o’lisho’rtasidagi farq;

  • O’sish tezligi-ma’lum vaqt ichida populatsiya a’zolari sonining o’rtacha o’sish tezligi.


2.2.Populyatsiyalarning klassifikatsiyasi
Populyatsiyalarning klassifikatsiyasi

Populyatsiyani klassifikatsiyalashda bir necha prinsiplarga amal qilinadi, populyatsiyaning makonda tarqalishini professor N.P.Naumov (1963) quyidagicha bo’ladi: elementar (boshlang’ich, sodda), ekologik va geografik populyatsiyalar.



    • Elementar populyatsiya – bu uncha katta bo’lmagan, bir xil joyda uchraydigan tur vakillarining yig’indisi. Agar biogeotsenoz ichida yashash sharoiti har xil bo’lsa, populyatsiyalarning soni ko’p bo’ladi, tur ko’p sonli populyatsiyalar hosil qiladi.

    • Ekologik populyatsiya – sodda elementar populyatsiyalar yig’indisidan hosil bo’ladi. Ular ma'lum biogeotsenozda tur ichidagi guruhlardan yuzaga keladi.

    • Geografik populyatsiya – ekologik populyatsiyalarni o’z ichiga oladi va bir hil geografik sharoitda, xududda uchraydi. Lekin geografik populyatsiyalar etarli darajada bir – biridan chegaralangan bo’lib, katta-kichikligi, ko’payishi, ekologik moslanishlari, fiziologik va xulqiy xususiyatlari bilan farq qiladi.


2.3.Populyatsiyaning miqdori va zichligiga ta'sir qiluvchi tabiiy omillar

Populyatsiyaning miqdori va zichligiga ko’p tabiiy omillar ta'sir qiladilar. Ular modifikatsiya va boshqaruvchi guruhlarga bo’linadi.



  • Modifikatsiya (yoki turlanuvchi) omillarga hamma abiotik omillar kirib, ular populyatsiyaning soni, sifati, zichligi, tuzilishi, ozuqa resurlariga faol ta'sir qiladi, ularning o’zgarishiga sabab bo’ladi, ammo o’zlari o’zgarmay qoladi. Organizm abiotik omillar ta'sirini sezadi, ular qulay bo’lganda populyatsiya a'zolari haddan ziyod ko’payib ketadi.

  • Boshqaruvchi omillar - popuyatsiya a'zolarining miqdorini o’zgartiradi, o’zgarishni tezlashtiradi, optimal holatdan chetlashtiradi. Bunday boshqaruvchi omillarga organizmlarning bir-birlari orasidagi biotik munosabatlar kiradi. Organizmlar bir-birlari bilan aoqada yashaydi, guruhlar hosil qiladi, bir-birlari sonini boshqarib turadi.

Populyatsiya biologik birliklar - biotsenozlar ichida o’rganiladi. Ular faqat laboratoriya sharoitida yoki alohida o’ralgan, chegaralangan joylardagina yakka-yakka o’rganilishi mumkin.

Tabiatda populyatsiyaning turli hil tiplari uchraydi:

  • yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi);

  • panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi);

  • mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, ko`payish va boshqa xususiyatlari bir xil bo`lgan individlar majmui);

  • izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan o`xshash, ya`ni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) bo`yicha ko`pchilik hollarda gomozigota bo`lgan individlar guruhi;

  • muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar o`rtasidagi muvozanatga asoslanib o`zgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga ko`ra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinasiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga mos keladi.

Fanda mavjud bo`lgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda xisobga olinadi. Masalan, zog`ora baliq yirik ko`llarda 2 ta populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirg`ok, yaqinida yashab, mayda xayvonlar bilan oziqlanadi va sekin o`sadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliqlar bilan oziqlanadi va tez o`sadi; g`o`zaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari populyatsiyasi harorat, yorug`lik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan turlicha reaksiyalar bilan xarakterlanadigan juda ko`p guruhlardan tashkil topgan.

Populatsiyaning tuzilishi



  • Populatsiya a’zolarining jins yosh bo’yicha, morfologik ko’rinishi, fiziologik jarayoni, xulqiy xolatlari, genetik xususiyatlari va xududlar bo’yicha taqsimlanishi populatsiyaning tuzilishini aks ettiradi.

Populatsiyalar quyidagicha tuzilishda bo’ladi;

  • Populatsiyalarning yoshiga qarab tuzilishi; Populatsiyaning yosh boyicha tuzilishi uning muhim belgisi bo’lib, populatsiyaning tug’ilishi va o’lishiga ta’sir qiladi.tezkor ko’payayotgan populatsiyalarning asosiy qismini yosh vakllar tashkil qiladi.

  • Populatsiyaning jins boyicha tuzilishi; populatsiya a’zolarining yosh boyicha va jins bo’yicha tarkibi doim bir-birlari bilan bog’liq bo’ladi. Populatsiya vakllarinig hayoti uning yosh bo’yicha tuzilishiga qaramdir.

  • Populatsiyaning makonda tuzilishi; populatsiyani hosil qiladigan tur vakllari har xil makonda turlicha tarqalish imkoniyatiga egadir. Bu bilan ular o’zlari yashaydigan joy va ozuqa bilan ta’minlanadi hamda o’sish, ko’payish va rivojlanish, nasl qoldirish uchun muhitning abiotik va biotik omillari bilan aloqada bo’ladi.

  • Populatsiyaning etiologik tuzilishi- uning a’zolari ortasidagi qonuniy aloqalar bo’lib, uning asosida hayvonlar xulqlarini o’rganadigan ish yotadi.

3-mavzu: Biotsenoz xaqida ta’limot. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha. Organizmlar orasidagi munosabat tiplari, turlararo munosabatlar
Reja:

1. Biotsenoz xaqida ta’limot

2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha.

3. Antibioz, simbioz, neytralizm munosabatlar



Tayanch iboralar: biotsenoz, fitosenoz, zootsenoz, mikrosenoz, trofik aloqalar, forik munosabatlar, fabrik munosabatlarda, neytraliim, konkurensiya, amensalizjm, mutualizm

    1. Biotsenoz xaqida ta’limot.


Biotsenozlar tushunchasi, ta’rifi va asosiy belgilari, biotsenoz ichidagi munosabatlar Tabiyatda har xil turlar populatsiyalari birlashib, yuqori tuzilish va xususiyatlarga ega bo’lgan biologik birliklar yoki biotzenozlarni hosil qiladi. Biotsenozlar-bu o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar populatsiylari guruhidan iborat bo’lib, ma’lum joyda birlikda yashashga moslashgan biologik birlikdir. «Biotsenoz» atamasini 1877-yili nemis zoolog olim Myobius fanga kiritgan. Membius biosenozni quyidagicha ta'riflaydi, ya'ni:

1.Biosenozga ma'lum joyda uchraydigan mikro va makroskopik formalar, o'simlik va hayvonlarning hamma massasi kiradi;

2.Biosenozni hosil qiluvchi turlar bir-birlari bilan bog'langan va bir-birlariga qaramdir;

3.Biosenoz tashqi muhit omillari ta'siri ostida bo'ladi;

Quruqlikdagi biotsenoz bir xil yashash joyi, muhiti hududini egallasa, suv muhitidagi biotsenozlar suv havzalarining qismlari bo'yicha bo'linadi, har qanday biotsenoz va biotop (biologik organizmlar yashaydiganjoy) bilan dialektik birlik, yuqori darajada tuzilgan biogeosenozni hosil qiladi.

Biogeotsenoz turli katta-kichik ekosistemalarda bo'ladi va ko'p xil murakkabligi bilan farqlanadi. Masalan, o'rmon, tundra, dasht, cho'l biogeotsenozlari bir-birlaridan keskin farqlanadi.

Biotsenoz o'z navbatida quyidagi komponentlarga bo'linadi: fitosenoz — o'simliklar, zootsenoz — hayvonlar, mikrosenoz — mikroorganizmlar guruhlari.

Biotsenoz va uning komponentlarini bir-biridan ajratib bo'lmaydi, ularni har xil tur hamda darajadagi bir biologik uyushma deb qarash kerak.


Biotsenozda ekologik nisha tushunchasi

  • Turning umumiy biologik sistema ichidagi biotik munosabatlar va uning abiotik omillarga bo’lgan talabi, turning ekologik darajasi, yashash uchun ozuqa joyi-nishasi deb aytiladi.

  • Ekologik joy-nisha tushunchasi ancha keng, ya’ni makondagi nisha yoki makondagi ma’lum joy nisha; trofik nisha; ko’p gomerli yoki giper hajimli nisha kabilar tushuniladi

  • BiBiotsenoz ichida uchraydigan u yoki bu tur o'rtasidagi ko'p biotik munosabatlar — ozuqa va yangi yashash joyni egallash ularning biosenoz ichidagi hayotiy o'rnini aniqlaydi.

  • Professor V.N.Beklemishev tadqiqotlari bo'yicha biotsenozda turlararo bevosita va bilvosita munosabatlar quyidagi 4 turga bo'linadi, ya'ni: trofik, topik, forik va fabrik munosabatlar.

  • Ular quyidagicha ta'riflanadi:

  • 1) Trofik aloqalar, munosabatlar biosenozdagi bir turning ikkinchi tur bilan, uning tirik vakillari yoki o'lik qoldiqlari, mah-sulotlari bilan oziqlanish jarayonidan kelib chiqadi. Masalan, ninachilarning hasharotlar bilan oziqlanishi, qo'ng'izlarning molok go'ng arilar changi, yo'lbarslar turli o'ljalar, ularning qoldiqlari bilan oziqlanishi misol bo'ladi.

  • osenozda turlararo munosabatlar tarifi.

  • ) Tropik aloqalar, munosabatlar, bir tur hayot-faoliyati natijasida ikkinchi turning yashash muhiti, fizikaviy va kimyoviy sharoiti o'zgaradi, ya'ni bir tur ikkinchi tur uchun yashash mu-hitini yaratadi. Masalan, tirik organizmlar ichida uchraydigan ichki parazitlar yashashi uchun ot, sigir, odam tanasi muhit hisoblanadi.

  • 3) Forik munosabatlarda biosenozdagi bir tur ikkinchi turning tarqalishiga yordam beradi. Bu holatda tashuvchi vazifasini ko'pchilik hayvonlar o'taydi (zooxoriya); hayvonlar juni, tanasiga o'simlik urug'lari ilinib, yopishib bir joydan ikkinchi joyga tushadi.

  • 4)Fabrik munosabatlarda biosenoz ichidagi bir tur o'zining yashash joyi uchun ikkinchi tur qoldig'i, o'lik yoki tirik qismlaridan foydalanadi. Masalan, qushlar uya qurish uchun o'simlik bargi, poyasi, butalar shoxi, boshqa qushlar patlari, hayvonlar junlari, paxta va lattalardan ham foydalanadi. Daryolardagi toshlar ustida uchraydigan qurtlar loyqa, o'simliklar shoxi, poyasi, bargidan foydalanadi.

  • Biosenoz ichidagi har bir aniq tur o'zi uchun qulay fizikaviy muhitda yaxshi o'sadi, ko'payadi va rivojlanadi. Tur tarqalishida fiziologik va sinekologik optimumlar farqlanadi.

  • Fiziologik optimum — bu biotsenoz ichidagi turning o'sish, ko'payish va rivojlanishi uchun hamma abiotik omillarning qulay bo'lishidir.

  • Sinekologik optimum — bu biotsenoz ichidagi biotik aloqalar bo'lib, shu yerdagi tur boshqa turlar ta'siri (raqobati, yirtqichlar, parazitlar)dan holi sharoit turning yaxshi rivojlanishiga imkon beradi. Jumladan, don ekinlarining kushandasi gessen pashsha-sining ko'payib ketishiga, uning ashaddiy dushmani parazit pardaqanotli hasharotning kam bo'lishidir.

4.Biosenoz vaqt bo'yicha doim turg'un va bir xil holatda bo'ladigan guruhlardan iborat bo'ladi;

5.Biosenozni hosil qiluvchi vakillar o'z joylarida, biosenoz ichida ko'payish xususiyatlariga egadir.

Hozirgi vaqtda Membius ko'rsatib o'tgan biosenozning shu belgilari o'zining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolgan.

3.2. Biotsenozlar (jamoalar) haqida tushuncha.



Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‘lib, ma’lum bir hududni egallagan, bir-biriga o'zaro ta’sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi.

Masalan, emanlar jamoasi yoki shuvoqlar jamoasi deganda ana shu hududlarda yashovchi barcha o‘simliklar va hayvonlami o'z ichiga oluvchi tirik organizmlar jamoasini e’tiborga olib, ularda emanlar va shuvoqlar us- tunlik qiladi. Shu sababli bu jamoalami emanlar yoki shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi.

Ba’zi bir jamoalami aniqlash qiyinlik tug'diradi, chunki bu jamoaga kimvchi bir-birlari bilan o'zaro munosabatda bo'lgan komponentlar o'z chegarasidan tashqariga chiqib ketgan bo'lishi mumkin. Jamoa bu dinamik harakatda bo'lgan birlik bo'lib, unda har xil tropik darajada bo'lgan organizmlar hayot kechiradi, jamoa orqali energiyalar oqimi hamda ozuqa moddalaming uzluksiz almashinuvi bo'lib turadi.

Jamoaning tizimi ma’lum vaqt ichida asta-sekinlik bilan shakllanadi. Bunga m iso I qilib, vulqonlar ta’sirida hosil bo'lgan yalong'och tog' jinslarida asta-sekinlik bilan jamoaning hosil bo'lish jarayonini model qilib olish mumkin. Bunday jinslarda tuproq hali hosil bo'lmaganligi sababli ularda daraxtsimon o'simliklar o'sa olmaydi. Biroq, har xil yo'llar bilan bu verlarga kelib qolgan suvutlari va lishayniklar o'sib joylashib oladilar va jamoaning dastlabki tizimini shakllantiradilan Sekin-asta halok bo'lgan va parchalangan suvo'tlari va lishayiiiklaming qoldiqlari bu yerlarda tuproq qatlamining hosil bo'lishiga olib keladi, natijada, bunday joylarda moxsi- monlar va paporotniklarning o'sishi va rivojlanishi uchun imkoniyat vu- judga keladi. Pirovardida ulardan so'ng yuqori taraqqiy etgan urug'li o'simliklaniing o'tsimon, bo'tasimon va hattoki daraxtsimon vakillari paydo bo'la boshlaydi. Ana shu yuqorida aytilgan sxemalardagidek ma’lum davr ichida bir turlarning ikkinchi bir turlar bilan almashinishi ekologik sulcsessiya deyiladi. Shunday jamoalarning hayvonlar dunyosida ham bir turning ikkinchi tur bilan almashinib turishi kuzatiladi. Bunday almashinib turishga turlarning almashinishi yoki qo'shni jamoalardan turlarning mi- gratsiyasi (kirib kelishi) sabab bo'ladi.

Tog' jinslaridagi dastlabki paydo bo'lgan suksessiyalar birlamchi sukses- siyalar deyiladi. Birlamchi suksessiyadan farq qilib ikkilamchi suksessiya deb ilgari tirik organizmlar yashagan qoldiqlari bo'lgan, biroq hozirgi kunda o'simliklari juda kam rivojlangan joylarda boshlanayotgan suksessiyaga ayti- ladi. Ana shunday ikkilamchi suksessilarga misol qilib, kesilgan o'rmonlarni, qishloq xo'jaligida foydalanib keliiigan, biroq kuygan va tashlab qo‘yilgan yerlarni olish mumkin. Ana shunday joylarda o'simliklarning sporalari, uaig'lari, vegetativ ko‘payish organlari (Udizpoyalar, piyozboshlar) saqlanib qolib, suksessiyaning shakllanisliiga ta’sir ko'rsatadilar. Birlamchi va ikkilamchi suksessiyalarda ham uni o‘rab turgan flora va fauna hal qiluvchi rolni o‘ynaydi, ana shular ishtirokida suksessiyalar bo‘lib turadi.


Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə