Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Biogen igratsiyada qatnashuvchi asosiy guruxlarni – produtsentlar, konsumentlar, redutsentlarni



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə8/16
tarix31.10.2018
ölçüsü3,87 Mb.
#77551
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16

3.Biogen igratsiyada qatnashuvchi asosiy guruxlarni – produtsentlar, konsumentlar, redutsentlarni.
Biosferaning eng asosiy funksiyalaridan biri kimyoviy elementlarning davriy aylanishini tahminlashdir. Biosferadagi biotik aylanish Erda hayot kechiradigan hamma tirik organizmlar ishtirokida kechadi. Kimyoviy elementlarning bir birikmadan ikkinchisiga, er qobig‘i tarkibidan tirik organizmlarga, keyin esa ularning anorganik birikmalarga va kimyoviy elementlarga parchalanib, yana er qobig‘i tarkibiga o‘tishi moddolar va energiyaning davriy aylanishi deyiladi. Bu aylanish tinmay davom etadigan jarayondir. Biotik aylanish natijasida kimyoviy elementlarning miqdori cheklangan bo‘lishiga qaramay, hayotning mavjudligi va uzoq yillar davomida rivojlanishi tahminlanadi. Haqiqitan ham Erdagi organizmlar uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar miqdori cheksiz emas. Agar bu elemenglar faqat istehmol qilinganda ertami-kechmi ular tugab, hayot to‘xtab qolishi mumkin edi. Akademik V. R. Vilg‘yamsning tahbiri bilan aytganda, kam miqdorning cheksizligini tahminlovchi birdan-bir usul uni yopiq halqa buylab aylanishga majbur etishdir. Hayot xuddi usha usulni tanlab olgandir. YAshil o‘simliklar quyosh energiyasidan foydalanib, anorganik moddalardan organik moddalarni barpo etadi. Boshqa tirik organizmlar istehmol qiluvchi geterotroflar, parchalovchilar esa bu moddalarni parchalaydi. Organik moddalar parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan mineral moddalardan esa yangi o‘simliklar yangi organik moddalarni sintezlaydi. Erdagi moddalarning davriy aylanishini tahminlovchi birdan-bir manba quyosh energiyasidir. Bir yil davomida erga tushadigan quyosh energiyasi 10,5X1020 kJ ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 foizi Erdan koinotga qaytadi, 58 foizi esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, buning 20 foizini er o‘zidan qaytarib turadi. Erga yutilgan, quyosh energiyasining 10 foizi suv va tuproqdan suvni buglantirish uchun sarflanadi. Har bir minutda 1 milliard tonnaga yaqin suv er yuzasidan bug‘lanib turadi. Suv havzalari bilan quruqlik o‘rtasida suvning tinmasdan aylanib turishi Erdagi hayotni tahminlovchi hamda o‘simlik va hayvonlarning jonsiz tabiat va munosabatini tahminlovchi asosiy omillardan biridir. Erga etib keladigan quyosh energiyasining 0,1—0,2 foizidan yashil o‘simliklar fotosintez jarayonini amalga oshirishda foydalanadi. Bu energiya suvni bug‘lantirish va er yuzasini isitishga sarf bo‘ladigan energiyaga nisbatan juda kam bo‘lsa ham kimyoviy elementlarning aylanishini tahminlashda juda katta rol uynaydi.

Atomlarning biogen migratsiyasi. Moddalarning doimiy davriy ayla-nishi, yahni atomlar biogen migratsiyasi va energiya oqimi tirik orga-nizmlarning oziqlanishi, nafas olishi, ko‘payishi, organik moddalarni sintezlashi, to‘plashi va parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Moddalar davriy almashinishida tirik organizmlar tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar uglerod, vodorod, azot, kislorod, fosfor va boshqalar qatnashadi. Kimyoviy elementlarning izotoplari juda ko‘p bulishiga, tirik organizmlar tarkibiga faqat mahlum izotoplargina o‘tishi mumkin. Masalan, vodorodning 1N, 2N, 3N izotoplaridan eng faoli 1N bo‘lib, faqat shu izotopgina organizmlarga xosdir. Organik moddalar tarkibiga 12S izotopi, anorganik kimyoviy birikmalar tarkibiga esa 13S izotopi kiradi. Kislorodning 16O, 17O, 18O izotoplarining ichida 16O izotopigina suv va karbonat angidrid gazi tarkibiga kirib, yuksak biologik faollikka egadir.

Kimyoviy elementlar doimiy ravishda bir organizmdan ikkinchisiga tuproqdan, atmosferadan, gidrosferadan tirik organizmlarga, ulardan esa yana atrof-muhitga o‘tib, biosferaning jonsiz moddalari tarkibini to‘ldiradi. Bu jarayonlar tinimsiz, cheksiz davom etib turadi. Masalan, atmosfera kislorodining hammasi 2000 yil davomida, karbonat angidrid gazi 200-300 yil, biosferadagi borliq suv esa 2 million yil davomida tirik modda orqali o‘tadi. Tirik organizmlar faqat tabiatda keng tarqalgan kimyoviy elementlarnigina to‘plamay, juda ham kam miqdorda uchraydigan elementlarni ham to‘play olish xususiyatiga ega. Ko‘p kimyoviy elemevtlarning konsentratsiyasi o‘simlik va hayvonlarda tashqi muhitdagiga nisbatan ancha yuqori bo‘ladi. O‘simliklarda uglerodning konsentratsiyasi er po‘stlog‘idagiga nisbatan 200 marta, azotniki esa 30 marta yuqoridir. Biogen migratsiya natijasida tirik organizmlar tahsirida ayrim kimyoviy elementlarning valentligi o‘zgaradi. Natijada yangi kimyoviy birikmalar hosil bo‘ladi. Bizga mahlum bo‘lgan kimyoviy elementlarning 40 taga yaqini biogen migratsiyada faol ishtirok etadi.

Avtotrof organizmlar quyosh energiyasini yutib anorganik moddalardan organik moddalarning birlamchi o‘simlik moddalarini hosil qiladi. Geterotroflar esa o‘simliklar bilan oziqdanib o‘simlik mahsulotlarini ikkilamchi hayvon mahsulotlariga aylantiradi. Bakteriyalar va zamburug‘lar esa o‘simlik va hayvonlar organik mahsulotlarini mineral tuzlargacha, avtotrof o‘simliklar istehmol qila oladigan darajagacha parchalaydi. Biogen migratsiyasining ikki turi mavjud: birinchi turini mikroorganizmlar, ikkinchisini esa ko‘p hujayrali organizmlar amalga oshiradi. Birinchi turdagi migratsiya ikkinchi turdagisiga qaraganda ustunroq keladi. Hozirgi vaqtda atomlar biogen migratsiyasida insoniyatning roli ham tobora ortib bormoqda. Quyida bahzi biogen elementlarning davriy aylanishi bilan to‘likroq tanishib chiqamiz. Karbonat angidrid o‘simliklar tomonidan yutilib fotosintez jarayonida uglevodlarga, lipidlarga, oqsillarga va boshqa organik moddalarga aylanadi. Bu moddalar. boshqa hayvonlar tomonidan istehmol qilinadi. Hamma tirik organizmlar nafas olish jarayonida, atmosferada karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi. O‘lik o‘simlik va hayvonlar, ularning chiqindilari mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi, minerallashadi. Minerallashishning oxirgi mahsuloti karbonat angidrid bo‘lib, u tuproqdan va suv havzalaridan atmosferaga ajratib chiqariladi. Uglerodning bir qismi esa tuproqda organik birikmalar sifatida saqlanib qoladi. Dengiz suvida uglerod ko‘mir kislota va uning suvda eriydigan tuzlari sifatida yoki SaSO3 bo‘r, ohaktoshlar, korallar shaklida to‘planadi. Uglerodning bir qismi dengiz tubida cho‘kindi, ohaktoshlar sifatida to‘planib, uzoq vaqt davomida biogen migratsiyada qatnashmaydi. Vaqt o‘tishi bilan tog‘ hosil bo‘lishi jarayonlari natijasida, cho‘kma jinslar yana yuqoriga ko‘tariladi, kimyoviy o‘zgarishlar natijasida yana davriy aylanishga qo‘shiladi. Uglerod atmosferaga avtomashinalardan, zavod va fabrikalardan ajraladigan tutunlardan ham o‘tadi. Biosferadagi uglerod aylanishi natijasida energiya resurslari — neftg‘, toshko‘mir, yoqilgi gazlari, torf, eg‘och hosil bo‘lib, ular insonning amaliy faoliyatida keng foydalaniladi. YUqorida keltirilgan hamma moddalar fotosintezlovchi o‘simliklarning mahsulotlari hisoblanadi. YOg‘och va torf o‘rnini to‘ldirsa bo‘ladigan, neftg‘, gaz va toshko‘mir esa o‘r-nini to‘ldirib bo‘lmaydigan tabiiy boyliklar hisoblanadi. Organik yoqilgilarning cheklanganligi va o‘rnini to‘ldirib bo‘lmasligi insoniyat oldida energiyaning yangi manbalaridan — er qahridagi issiqlik energiyasi, okean va dengiz to‘lqinlari, quyosh energiyasidan foydalanish kabi murakkab muammolarni qo‘yadi.



Azot eng muhim elementlardan biridir. U oqsillar va nuklein kislotalarning tarkibiga kiradi. Azot atmosferadan yashin paytida azot va kislorodning birikib azot IV oksid hosil qilishi natijasida o‘zlash-tiriladi. Ammo azotning asosiy massasi suvga va tuproqqa tirik orga-nizmlarning havo tarkibidagi azotni fiksatsiyalashi natijasida o‘tadi (173-raem).

Suvda va tuproqda azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar va suv o‘tlari yashaydi. Bu bakteriya va suv o‘tlari o‘lib minerallashishi natijasida ular tuproqni azot bilan boyitadi. SHuning natijasida har bir gektar tuproqda bir yilda 25 kg ga yaqin azot o‘tadi. Azotni eng samarali fiksatsiyalovchilarga dukkakli o‘simliklar ildizlarida hayot kechiruvchi tugunak bakteriyalari hisoblanadi. Azot o‘simliklar ildiziga har xil manbalardan, poya va barglarga o‘tadi va shu joylarda oqsil biosintezlanadi. O‘simlik oqsillari hayvonlar uchun asosiy azot manbai hisoblanadi. Organizmlar o‘lgandan keyin bakteriya va zamburug‘lar tahsirida oqsillar parchalanib, ammiak ajralib chiqadi. Ajralgan ammiak qisman o‘simliklar, qisman esa bakteriyalar tomonidan o‘zlashtiriladi. Ayrim bakteriyalar faoliyati natijasida ammiak nitratlarga aylanadi. Nitratlar ammoniyli tuzlar kabi o‘simlik va mikroorganizmlar tomonidan istehmol qilinadi. Nitratlarning bir qismi esa ayrim bakteriyalar tomonidan elementar azotgacha qaytarilib atmosferaga chiqariladi. Bu jarayoni denitrifikatsiya deyiladi. SHutarzda azotning tabiatda davriy almashinishi davom etaveradi. SHunday qilib, jonli (biotik) va jonsiz (abiotik) tabiatning o‘zaro munosabati natijasida anorganik materiya tirik organizmlarga o‘tib, o‘zgarib yana qaytadan abiotik holatga qaytadi.

Boigen migratsiyada qatnashuvchi organizmlarni uchta katta guruhga ajratish mumkin.

1. Produtsentlar – o‘lik moddalardan tirik moddalarni hosil qiluvchilar. Bular, asosan fotosintezlovchi murakkab va tuban yashil o‘simliklardir.

2. Konsumetlar yoki istehmol qiluvchilar. Produtsentlar hosil qilgan organik moddalarni istehmol qiladi. Ularga hayvonlar, parazit o‘simlmk va mikroorganizmlar kiradi.

3. Redutsentlar – organik moddalarni minerallashtiruvchilar, avvalgi holatiga qaytaruvchilar. Ularga bakteriyalar, zamburug‘lar, saprofit usimliklar kiradi. Ifodali kilib aytganda xayot estafetasini yashil o‘simliklar boshlab hayvonlarga uzatadi, uni bakteriyalar marraga olib boradi, yana qaytadan yashil o‘simliklarga uzatadi. YAngi halqa boshlanib bu estafeta tinmasdan davom etaveradi.

Biosferaning evolyusiyasini 3 ta asosiy bosqichga ajratish mumkin.

1. Biotik bosqich aylanishga ega bo‘lgan birlamchi biosferaning ho-sil bo‘lishi. Bu bosqich taxminan 3 milliard yillar oldin boshlanib, paleozoy erasining kembriy davrida tugallanadi.

2. 2-bosqichda ko‘p hujayrali organizmlar paydo bo‘lib rivojlanadi va biosferaning evolyusiyasi yanada davom etadi. Bu davr 0,5 milliard yillar oldin kembriy davridan boshlanib, hozirgi zamon odamlari paydo bo‘lishi bilan tugallanadi.

3. 3-bosqichda biosfera hozirgi zamon odamlari tahsirida rivojlanadi, bundan 40-50 ming yillar oldin boshlanib, hozirgi davrgacha davom etmoqda. Biosferaning tarixining asosiy kismida u ikki xil omilning tahsirida rivojlanadi: 1. Sayyorada tabiiy geologik, iqlim o‘zgarishlari. 2. Biologik evolyusiya natijasida tirik organizmlar turlarining soni va miqdorining o‘zgarishi o‘sha asosiy omillar hisoblanadi. Hozirgi bosqichda esa biosferaning evolyusiyasiga uchinchi omil, inson faoliyati katta tahsir ko‘rsatmoqda. Biosferaning birinchi va ikkinchi bosqichlari evolyusiyasi faqat biologik qonuniyatlar asosida kechadi, shuning uchun ham bu ikkala davr biogenez davri deb ataladi. Bu davrda haet paydo bo‘ldi va rivojlandi. Uchinchi davr kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Biogenez davri bilan tanishib chiqamiz.

Biogenez bosqichi. Erda biosfera birinchi tirik organizmlar bilan bir vaqtda paydo bo‘ldi. SHu vaqdan boshlab tirik organizmlar evolyusiyasi bilan birga biosfera ham o‘zgara boradi. Birinchi paydo bo‘lgan tirik organizmlar bir hujayrali geterotrof, anaeroblar edi. Ular taxminan 3 milliard yil avval paydo bo‘lgan, energiyani bijg‘ish jarayonlaridan olgan. Ular abiogen usulda hosil bo‘lgan tayyor organik moddalar bilan oziqlanib biomassani to‘plab borgan. Endigina paydo bo‘lgan biosferada organik moddalar etishmas, birlamchi organizmlar tez kupaya olmas edi. Tabiiy tanlash natijasida anorganik moddalardan organik moddalarni mustaqil sintezlay oladigan avtotrof organizmlar kelib chiqqan. Birinchi xemosintezlovchi bakteriyalar, fotosintezlovchi va ko‘k yashil suv o‘tlari paydo bo‘lgan. Birinchi fotosintezlovchi organizmlar karbonat angidridni yutib, kislorod ajratib chiqarib atmosferaning tarkibini o‘zgartirgan. Natijada atmosferada karbonat angidrid miqdori kamayib kislorodning miqdori tobora ko‘paya borgan. Atmosferaning yuqori qatlamida kislorod ozon ekranini o‘osil qilgan. Ozon ekrani esa er yuzidagi tirik organizmlarni quyoshning ulg‘trabinafsha nurlari va kosmik nurlarning xalokatli tahsiridan himoya qilgan. Bunday sharoitda dengiz yuzasida tirik organizmlar yanada ko‘paya borgan. Atmosferada erkin kislorodning mavjudligi Er yuzasida aerob tipida kislorod bilan nafas oluvchi organizmlarning va ko‘p hujayralilarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ozon ekrani tirik organizmlarning suvdan quruqlikka chiqib tarqalishiga imkon yaratgan. Birinchi ko‘p xujayrali-lar atmosferada kislorodning konsentratsiyasi taxminan 3 foizga etganda, kembriy davrining boshida 500 million yillar avval kelib chiqqan, deb taxmin qilinadi. Dengizda yashovchi fotosintezlovchi organizmlar keragidan ortiqcha kislorod hosil qilgan. Bu esa aerob yul bilan nafas oluvchi organizmlar sonining ko‘payishiga olib kelgan. Aerob nafas olish jarayonida moddalar parchalanishi tufayli ko‘p energiya ajralgan. Kup energiyaga ega organizmlarda morfologik va funksional tuzilish tobora murakkablashib borgan.

Ular qisqa vaqtning ichida har xil yashash muhitlariga o‘tib keng tarqalgan. Paleozoy erasida haet faqat suvdagina keng tarkalib qolmay, balki quruqlikka ham chiqqan. YAshil o‘simliklarning keng rivoj-lanishi atmosferaning kislorod bilan yanada boyitdi, bu esa organizmlar tuzilishini yanada takomillashishiga imkon yaratdi. Paleozoyning o‘rtalarida kislorodning hosil bo‘lishi va sarflanishi o‘rtasida muvo-zanat paydo buldi, atmosferada kislorod miqdori taxminan 20 foizgacha etdi va bu muvozanat hozirgacha saqdanib kelmoqda.

Noogenez bosqichi. Insoniyat jamiyatining paydo bo‘lishi bilan biosferaning noogenez davri boshlanadi. Bu davrda biosferaning evo-lyusiyasi insonning ongli mehnat faoliyati tahsirida davom etadi. Noosfera tushunchasi 1927 yilda fransuz olimi E. Lerua tomonidan kiritilgan (yunoncha «noos» — aql, «sfera» — shar so‘zlaridan olingan). V. I. Vernadskiyning tahbiriga ko‘ra noosfera — inson mehnati va ilmiy faoliyati tahsirida o‘zgargan biosferadir.

Odamning paydo bo‘lishi biosferaning kuchli o‘zgarishlariga sabab bo‘ldi. Fanning, texnikaning va sanoatning juda tez rivojlanishi ele-mentlarning biogen migratsiyasini tezlashtirib yubordi. Butun tarix davomida insoniyat o‘z mehnat faoliyati bilan atrof-muhitdan iloji boricha ko‘proq; va tez fonda olishga harakat qilib kelgan. U tabiat hodisalariga insonning aralashishi keyinchalik qanday natijalarga olib kelishi haqida o‘ylab ham ko‘rmagan. Inson o‘z mavjudligining eng dastlabki bosqichlaridan boshlaboq hayvonlar ayrim turlarining yuqolib ketishiga (oziqlanish uchun keragidan ham ortiqcha miqdorda) sabab bo‘lgan. Tosh asrida yashagan odamlar mamontlar kabi yirik sut emizuvchilarning yo‘qolib ketishiga sababchi bo‘lgan. Inson ham biosferaning tarkibiy qismidir. O‘zi uchun kerak bo‘lgan narsalarning hammasini inson biosferadan oladi, biosferaga esa faqat sanoat chiqindilarini ajratib chiqaradi. Uzoq vaqtlar davomida odam faoliyati biosfera muvozanatining buzilishiga olib kelmagan, chunki inson tomonidan olingan tabiiy mahsulotlar yana biosferaga qaytariladi. Ammo keyingi asrda insonning biosferaga kursatadigan tahsiri juda kuchayib ketdi va o‘tkir muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Tabiiy resurslar tobora kamayib ketmoqda. Ko‘plab o‘simlik va hayvonlarning turlari yo‘qolib ketdi. Muhit, sanoat, turmush chiqindilari, zaharli kimyoviy moddalar tomonidan ifloslanmoqda va zaharlanmoqda. Tabiiy ekosistemalar, ko‘llar, o‘rmonlar buzilmoksa. Biosferadagi bunday noqulay o‘zgarishlar o‘simliklar va hayvonot olamiga, insonning o‘ziga ham kuchli tahsir ko‘rsatmoqda.

Biosferaning o‘zgarishi qonuniyatlarini insonning yaxshi tushunib etmasligi tashqi muhitning juda ayanchi o‘zgarishlariga olib kelishi mumkin.

Insonning gidrosferaga va atmosferaga tahsirining tobora kuchayib borishi biosfera doirasida iqlimning o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda atmosferada karbonat angidridning miqdori tobora ortib bormokda. Organik yoqilg‘ilardan foydalanish kislorodning yonib kamayishiga, karbonat angidridning esa ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Atmosferada karbonat angidridning ko‘payishi esa «parnik effektiga» olib kelmokda, bu esa Er yuzasi haroratining ko‘tarilishiga sabab bo‘lmoqda. Keyingi 100 yil davomida Er yuzasining harorati o‘rtacha 0,6°S gacha ko‘tarilganligi aniqlangan. Iqlim o‘zgarishi esa cho‘l-dashtlar maydonining tobora ortib borishiga, tog‘lardagi muzliklarning erishiga, okean va dengiz suvlari sathining kamaya borishiga olib keladi. YUqorida aytib o‘tganimizdek atmosferada ozon katlami bo‘lib, uning maksimal konsentratsiyasi Er yuzasidan 20-25 km baland-likdadir. Atmosferaga azot II oksid va freonning o‘tishi natijasyda bir necha yillar davomida .ozon qatlami yupqalashib bormoqda. Freon lak va buyoqlarni purkovchi sifatida, sovitgichlar va konditsionerda sovutgich modda sifatida keng qo‘llanib kelinmoqda. So‘nggi yillarda Antraktida atmosferasida ozonning juda kamayib ketishi natijasyda «ozon teshiklari» hosil bo‘lishi kabi ayanchli, xavfli hodisalar kuzatilmoqda. Bu hodisaning va ozon qatlami buzilishining oldini olish maqsadida 1987 yilda Kanadaning Monreal shahrida 50 mamlakat vakillari freonlar ishlab chiqarishni o‘rtacha 50 foizga kamaytirish tug‘risidagi xalqaro bitimga qo‘l qo‘ydilar. Atmosferaning ifloslanishi tinmasdan davom etib, yildan-yilga ortib bormoqda. Atmosferaning ifloslanishi sanoat korxonalarining chiqindilari, transport vosita-lari ajratib chiqaradigan birikmalar, ayniqsa N2S uglerod va og‘ir metallardan qurg‘oshin, mis, kadmiy, nikel va boshqa metallar zarrachalari hisobiga tobora ortib bormoqda. Atmosferaga har yili yuz mil-lionlab tonna ifloslanuvchi moddalar ajratiladi. Havoda N2S ning ortib borishi kislotali yomg‘irlarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda mevali daraxtlar hosildorligining kamayishi, uzumzorlarning kasallanib yildan-yilgacha kam hosil bulishining asosiy sabablaridan biri ham kislotali yomg‘irlarning ko‘payib borishidir.



Tojikistonning M. Tursunzoda shahri atrofida kurilgan alyuminiy zavodi chiqindilari ham Surxondaryo viloyatidagi mashhur anorzorlar hosilining keskin kamayishiga, mevalarining maydalashib ketishiga, hayvonlar va odamlar orasida kasalliklarning ko‘payishiga olib keldi. Navoiy shahridagi kimyo zavoddari chiqindilari ham atrof-muhitni za-rarlashda katta rolg‘ o‘ynamokda. Sug‘orish va sanoat korxonalari uchun suvdan isrofgarchilik bilan foydalanish kichik daryolarning qurib qo-lishiga, yirik daryolar suvining keskin kamayib ketishiga olib kelmoqda. Bunday ayanchli hodisalarning tipik misoli Orol dengizi muammosidir. Sug‘oriladigan paxta maydonlarini haddan tashqari ko‘paytirish bu dengizning qurib qolishi xavfini tug‘dirmoqda. Suvni nazoratsiz, ksragilan ortiqcha ishlatish natijasida Amudaryo va Sirdaryo kabi buyuk daryolar Orol dengiziga etib bor olmayapti. Bu esa Orol atrofidagi tabiiy ekologik sistemalarining buzilishiga, shu regionda yashovchi odamlar sog‘ligining tobor yomonlashib borishiga sabab bulmoqda. Mineral o‘g‘itlarning, chorvachilik chiqindilari va kanalizatsiyaning suv havzalariga qo‘shilishi, suvda azot va fosforning ortib ketishiga, suv o‘tlarining ko‘payib ketishiga, kislorod zaxirasi kamayishi natijasida suvdagi hayvonlar, ayniqsa baliqlar qirilib ketishiga olib bormoqda. Keyingi paytlarda o‘rmonlarining kesilib, kamayib ketishi juda ayanchli natijalarga olib kelmoqda. Lichosfsraning, suv havzalarining, tuproqning tobora iflosnishi natijasida o‘rmonlardagi daraxtlar kaslanib qurib qolmoqda. O‘rmonlarning yo‘qolishi iqlimning keskin o‘zgarishiga, suv boyliklarining kamayishiga, tuprok, holatining yomonlashishiga olib kelmoqda. Hozirgi vaqtda xo‘jalikni energiya bilan tahminlash uchun ko‘plab kssiqliq, suv va atom elektr stansiyalari qurilmoqda. Issiqliq elektr stansiyalari tabiiy yoqilg‘ilardan foyda-langanligi uchun atmosferlni ifloslantirmoqda, suv eyaektr stansiyalari katta-katga suv omborlarinining qurilishini talab etadi, buning natijasida serhosil erlar, tuproqlar suv ostida qolib ketmoqda. Ilgari ekologik jihatdan eng toza va xavfsiz deb xisoblangan atom elektr standiyalari ham katta xavf tug‘dirishi mahlum bo‘lib qoldi. Ukrainadagi CHernobil AESning falokati juda katga hududda ekologik inqiroz holatiga olib keldi, o‘simliklar va hayvonot olamiga katta zarar etkaz-di. Aholining o‘rtasida har xil kasalliklarning ko‘laynb ketishiga sabab bo‘ldi. SHunday qilib, odamning ekologik sistemalarga kuchli tahsiri kutilmagan ayanchli hodisalarga olib kelishi mumkin. Natijada ekologik o‘zgarnshlar zanjiri vujudta keladi. Hozirgi vaqtda insoniyat ekologik inqiroz xavfi ostida turibli. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, biosferaning ko‘p joylari hayog uchun yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. Tabiatni muhofaea qilish, hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biriga aylanmoqda

5-mavzu: Amaliy va ijtimoiy ekologiya. Inson ekologiyasi. Zamonaviy ekologik muammolar
Reja:
1. Amaliy va ijtimoiy ekologiya.

2. Inson ekologiyasi.

3. Zamonaviy ekologik muammolar

.
Tayanch iboralar: amaliy ekologiya, ijtimoiy ekologiya, inson ekologiyasi,global, regional, local.



5.1. Amaliy va ijtimoiy ekologiya.

Bugungi kunda tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarda mutanosiblik yo‘qolgani, insoniyat tabiatdan foydalanishda tabiat qonunlariga emas, aksincha, shaxsiy manfaatlariga asoslanib faoliyat ko‘rsatishi oqibatida tabiatdagi muvozanatning sezilarli darajada buzilgani, ya’ni dunyoning turli burchaklarida: suv toshqinlari, zilzilalar, o‘rmon yong‘inlari va boshqa shu kabi tabiiy ofatlar ro‘y berayotgani hech kimga sir emas. Inson tabiiy muhitga ta’sir etar ekan, uning o‘zi ham “aks ta’sir”ga duch kelmoqda. Bularning barchasi endilikda insonning o‘ziga va uning sog‘lom tabiiy muhitda yashashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Tabiat boyliklaridan ekologik omillar hisobga olinmagan holda foydalanish tufayli atrof-muhitni ifloslantiruvchi sanoat va maishiy chiqindilarning hajmi keskin ortib borishi bilan insonning tabiatga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri kuchaymoqda.

XX asrning oxiri va XXI asr boshlarida fan-texnika taraqqiyotining jadal sur’atlarda rivojlanishi, aholi sonining keskin oshishi tabiiy zaxiralardan keng foydalangan holda oziq-ovqat, yoqilg‘i, kiyim-kechak va boshqa mahsulotlarni yanada ko‘p ishlab chiqarishni talab etmoqda.

Ma’lumki, so‘nggi 50 yil ichida er yuzi aholisi deyarli uch marotaba ko‘paygan, ro‘yxatga olingan transport vositalarining soni 10 marotaba, elektr stansiyalari quvvati 21 martaga, neft mahsulotlaridan foydalanish 7 marotaba, toshko‘mirdan foydalanish - 3,6 marotaba, gaz ishlatish – 15 marotaba ortgan, bug‘doy ishlab chiqarish 4 baravardan ko‘proqqa, yog‘och iste’moli 14 marotaba, alyuminiy ishlab chiqarish 15 baravarga, qog‘ozga bo‘lgan talab 5 baravarga hamda so‘nggi 40 yil davomida baliq ovlash yiliga 18 mln. tonnadan 100 mln. tonnaga oshdi.

SHuni qayd etish kerakki, er yuzida 2 mlrd.dan ziyod aholi toshko‘mirdan foydalanadi. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining 80 %i an’anaviy uglevodorod xom ashyosi asosida ishlab chiqariladi. Tabiiy boyliklarning 80% i 20 % aholi tomonidan iste’mol qilinadi.

Hozirgi davrga kelib, tabiiy zaxiralardan foydalanishning keskin ko‘payishi hamda insoniyatning tabiat qonuniyatlariga bo‘ysunmasdan unga ta’sir ko‘rsatishi oqibatida ekologik muammolarning dolzarbligi oshib bormoqda.

Ma’lumki, bugungi kunda sayyoramiz aholisining har oltinchisi ekologik nomaqbul hududda yashaydi. Achinarlisi, baliq zahiralarining 75%i yo‘qolib ketdi yoki yo‘qolish arafasida. Ta’kidlash lozimki, er yuzida yashovchi insonlarning har beshinchisi ovqatlanish ratsioniga baliq kiradi.

Butun sayyora bo‘ylab har o‘ninchi katta daryo bir necha oy mobaynida dengizga etib bormaydi. 1 mlrd. aholi sanitar normalariga javob beradigan xavfsiz ichimlik suviga ega emas. Har kuni dunyoda 5000 kishi ifloslangan ichimlik suvidan foydalanish oqibatida olamdan barvaqt ko‘z yumadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 2025 yilga kelib, suv tanqisligidan 2 mlrd. aholi aziyat chekish ehtimoli bor.

Ekologik xavfsizlikning eng nozik va eng murakkab qirralaridan biri toza ichimlik suvi muammosi bugun dunyo aholisini jiddiy tashvishga solmoqda. CHunki ayni paytda jahon aholisining 40 foizi toza ichimlik suvi etishmaydigan joylarda yashamoqda. Bu holat 2025 yilga borib yanada murakkablashib, har o‘n odamdan 6 nafari yoki 5,5 milliard aholi toza ichimlik suvi tanqis bo‘lgan hududlarda yashash ehtimoli borligi bashorat qilinmoqda. Yiliga er yuzidan 13 mln. ga. o‘rmonzor yo‘qolib ketadi. amazoniya o‘rmonlari oxirgi 40 yilda 20%ga qisqargan. 2050 yilga kelib, hayvonot turlarinig 25%i yo‘qolib ketish xavfi ostida qolishi mumkin, har to‘rttadan bitta sut emizuvchi, har 8 tadan 1 ta qush, har 3 tadan 1 ta quruqlik va suvda yashovchi hayvon turlari. Biologik turlar tabiiy sur’atlardan 100 marotaba tezroq tugab bitishi xavfi bor.

Iqlim geografiyasi o‘zgarmoqda. So‘nggi 15 yil davomida o‘rtacha harorat eng yuqori ko‘rsatkichga etdi.

Iqlimiy o‘zgarishlarning ta’siri qutblarda, ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Suv isishi jarayoni tezlashib bormoqda. Er shari qutb qopqog‘ining qalinligi so‘nggi 40 yilda 40% ga kamaygan. O‘rtacha harorat oshib borishi natijasida ichimlik suvi zaxiralarining 20 % ini tashkil etadigan Grenlandiya muzliklari erisa, suv sathi 7 metrga ko‘tariladi. Harorat oshishi sababli XX asrning o‘zidayoq dengiz sathi 20 sm.ga ko‘tarilgan.

Bu muammolar aynan bizning mintaqamiz uchun ham o‘ta dolzarbdir. Prezidentimiz “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida ta’kidlaganlaridek, “Ekologiya muammosi Er yuzining hamma burchaklarida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir”.

5.2. Inson ekologiyasi.

Mintaqamizda joylashgan Orol dengizining qurishi insoniyat tarixidagi eng yirik ekologik fojealardan biridir.

Orol dengizi – sayyoramizdagi eng qadimiy yopiq suv havzalaridan biri va u yirikligi jihatidan dunyoda to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan, boy tabiiy zahiralari bilan mashhur edi. Orolbo‘yi mintaqasi esa biologik jihatdan boy tabiiy muhit hisoblanardi. 1960 yilga qadar Orol dengizi maydoni 68,9 ming kv. km ga teng edi, suv hajmi 1083 kub. km ni tashkil etardi. Orol va Orolbo‘yi suv havzalarida 38 turdagi baliq bo‘lib, yiliga 30 ming tonnagacha baliq ovlangan. Orolbo‘yining keng hududlarida bir qator hayvon turlari – Buxoro kiyigi, jayron, Ustyurt tog‘ echkisi va sayg‘oqlarning ko‘p sonli populyasiyasi mavjud edi.

Bir paytlar Amudaryo deltasi florasi tarkibida 638 turdagi turli o‘simliklar mavjudligi ham ushbu mintaqaning naqadar boy bioxilma-xillikka ega bo‘lganidan yorqin dalolatdir.

Bugun Orol dengizining hajmi 13 barobarga, maydoni 7 barobarga qisqardi. Suv sathi 26m ga pasaydi, suv chegarasi yuzlab kilometrga chekindi. Suvning sho‘rlanishi, ya’ni minerallashuvi g‘arbiy qismida 120 g/l ga, sharqiy qismida 280 g/l gacha etdi.

Ekologik halokat oqibatlari Orol dengizi havzasida yashovchi millionlab odamlarning turmush tarziga salbiy ta’sir o‘tkazdi. Bugun xalqaro miqyosdagi ekologik muammolarning murakkab majmui Orol fojiasida o‘z aksini topdi. Ochig‘i, mintaqadagi barcha jarayon va holatlar global iqlim o‘zgarishi sharoitida yanada keskin, shiddatli va murakkablikda namoyon bo‘lmoqda.

O‘zbekistonda mavsumiy qurg‘ochilikning kuchayish tendensiyasi sezilarli ko‘lam kasb etgan. Bu esa Orolning qurish jarayoni mintaqa iqlim sharoiti o‘zgarishiga salbiy ta’sir o‘tkazayotganidan dalolat beradi. Orol fojiasi iqlim kontinentalligini keskinlashtirdi, natijada, yoz kunlari qurg‘oqchilik kuchayib, qishning sovuq kunlari esa aksincha uzaydi. Orolbo‘yida harorat 40°S dan yuqori bo‘ladigan kunlar soni 2 martaga ko‘paydi.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlari aholisining suvga bo‘lgan talabi transchegaraviy daryolar - Amudaryo va Sirdaryo hisobiga qondiriladi. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, iqlim o‘zgarishi, global haroratning oshishi tufayli Amudaryo va Sirdaryoning suv zahirasi manbai bo‘lgan muzliklar 2015 yilga borib 15-20% ga kamayishi kutilmoqda. Bu esa hududimizda suv ta’minotining 20% gacha qisqarishiga olib kelishi mumkin. Tog‘ muzliklarining hajmi hozir yiliga 0,2 dan – 1 foizgacha kamayib borayotgani fikrimiz isbotidir.

Orol dengizining qurigan qismida maydoni taxminan 5,5 mln. ga bo‘lgan yangi cho‘l – Orolqum, oppoq tuz bilan qoplangan keng hududlar paydo bo‘ldi. Undan yuzlab kilometrga millionlab tonna tuz, chang va qumlarni tarqatuvchi dovullar ko‘tariladi.

Tuz shleyflari 400 km dan oshadi, qumli va tuzli buxronlarning ta’sir doirasi - 300 km gacha etmoqda. Har yili bu erdan atmosferaga 100 mln. tonnagacha qum aralash tuzli changlar ko‘tariladi. O‘tgan asrning 80-yillari boshidan boshlab bunday dovullar yiliga 90 kundan ortiq vaqt davomida tez-tez sodir bo‘lmoqda.

Orolbo‘yi cho‘llanishi er resurslarining degradatsiyasiga, tabiiy yaylovlar va pichanzorlar sifatining yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda, tuproqning sho‘rlanishi faollashib, u yil sayin yangidan-yangi maydonlarni qamrab olmoqda. Antropogen cho‘llanish natijasida Orolbo‘yining biologik unumdorligi 10 barobarga qisqardi. Ko‘pgina joylarda er va erosti suvlarida shu qadar ko‘p tuz to‘planganki, bu qishloq xo‘jaligi ekinlari etishtirishni qariyb imkonsiz qilib qo‘ymoqda.

Bugun shuni afsus bilan ta’kidlash kerakki, Orolbo‘yi o‘simlik va hayvonot dunyosi genofondining yarmidan ko‘p yo‘q bo‘lib ketdi.

Ayni paytda, Janubiy Orolbo‘yida ko‘plab kichik ko‘llar sayozlashdi yoki qurib qoldi. Bu esa, o‘z navbatida, 800 ming gektar maydondagi mavjud butazor va to‘qayzorlarning 90%i, ular bilan birga, bu erda qo‘nim topgan jonivorlarning yo‘qolishiga olib keldi. Suv tanqisligi tufayli daryo bo‘yidagi o‘rmonlar, deltadagi yuzlab ko‘llar qurib qoldi.
5.3. Zamonaviy ekologik muammolar

Inson faoliyati ta’sirida biosferaning o‘zgarishi juda tezlik bilan boryapti. Er kurrasining qiyofasini o‘zgartirishda katta geologik kuch sifatida vujudga kelganini V. I. Vernadskiy tomonidan ta’kidlab o‘tilgan edi. Insonning geologik va geokimyoviy faoliyatini sarxisob qiladigan bo‘lsak nixoyatda katta.

Insonning tabiiy jarayonlarga ana shunday munosabatda bo‘lishi natijasida XX asrning o‘rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi.

1. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘lik xolda tabiatning insonga aks ta’siri ya’ni uning iqtisodiyotida, xayotida xo‘jalik axamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofotlar, iqlimning o‘zgarishi, xayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va b.) xar qanday xodisa tushiniladi.

Ekologik muammolarni uch guruxga ajratish mumkin: 1. Umumbashariy (global). 2. Mintaqaviy (regional). 3. Maxalliy (lokal). Dunyo bo‘yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy antropogen yoki sof antropogen xodisalar -umumbashariy muammolar deb qaraladi. Ana shunday muammolarga ba’zi bir misollar keltiramiz.



2. Atmosferaning dimqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi SO2 miqdori ortib borayotganligi ma’lum bo‘lib qoldi. Natijada Er yuzasining xarorati 100 yil ichida 0,5 - 1,0°S ortdi. Iqlimning keng ko‘lamda o‘zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotransportlardan chiqayotgan gazlar bilan bog‘lik. Er yuzasining global isishi, ya’ni “atmosferaning dimiqishi” SO2 ning xavo tarkibida ortib ketishi, o‘rmonlarni kesilishi, toshko‘mir va benzin kabi yoqilgilarni yonishidan atmosferada to‘planadigan SO2 gazi tufaylidir. Ana shunday zaylda axvol o‘zgarmasa XXI asrga kelib Er yuzasining xarorati 1,5 - 4,5°S ga ortishi mumkin. Natijada: 1. Iqlimning o‘zgarishi ayniqsa, cho‘llanish jarayonining kuchayishi. 2. YOg‘ingarchilikning o‘zgarishi. 3. Geografik zonalarning siljishi. 4. Dengiz va okeanlar satxining ortishi. 5. Muzliklarning erishi va kamayishi, xamda, boshqa xodisalar kuzatiladi.

3. Ozon qatlamining siyraklanishi. Ozonosfera atmosferaning muxim tarkibiy qismi xisoblanib, u iqlimga va Er yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi ozonning eng muxim xususiyati uning doimo xosil bo‘lib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta’sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida xosil bo‘ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarini yutib qolib Er yuzidagi tirik organizmlarni ximoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta’sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Xozirgi davrda xlorftormetanlar (freonlar) dan keng foydalanish tufayli xamda azotli ug‘itlar, aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmasferv etarli miqdorda azon to‘planishiga imkon beradi. SHuning uchun mayishiy turmushda sovutgichlarda ishlatiladigan freondan foydalanishna qisqartirish va 2000 yilga borib butunlay ishlab chiqarishni to‘xtatish ko‘zda tutilgan.

4. CHuchuk suv muammosi. Quruqlikda chuchuk suv va uning biosferadagi roli nixoyatda katta. Gidrosferada chuchuk suv miqdori juda oz (2-2,5 %). CHuchuk suv zaxirasi asosan qutublardagi muzliklardir. Jamiyatning rivojlanishi bilan axolining chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Bizning asrimizda chuchuk suvdan foydalanish 7 marta ortgan. Yiliga 3-3,5 ming km2 suv saflanadi. Asrimizning oxirida ushbu ko‘rsatkich 1,5-2 marta ortsa kerak. Daryolarning umumiy yillik oqimi er yuzi bo‘yicha 50000 km2. Ammo bunday foydalanishda chuchuk suv etishmasligi aniq.

Qurg‘oqchil zonalarda daryolardan to‘zliq foydalanilganda xatto ularning suvi etmay qoladi. 1980 yillar boshlarida bunday xolat, Afrika, Avstraliya, Italiya, Ispaniya, Meksika, Nil, Sirdaryo, Amudaryo va ba’zi bir boshqa daryolarda kuzatila boshlandi. Daryolarning sanoat va maishiy zaxarli moddalar bilan zaxarlanishi (ifloslanishi) o‘sib bormoqda. Sanoat yiliga 160 km3 sanoat oqova suvlarini daryoga tashlaydi. Bu kursatkich daryolarning umumiy suv miqdorining 10% ni, ba’zi rivojlangan davlatlarda 30% ni tashkil etadi. Daryolardagi toza suvlarda yildan-yilga xar xil erigan moddalar va bakteriyalarning miqdori ortib bormokda.



5. Pestitsidlardan foydalanish muammosi. Ushbu zaxarli kimyoviy moddalar guruxi begona o‘tlar, zararkunanda xashorotlar va boshqa xayvonlar, o‘simliklarda kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashda foydalaniladi. Pestitsidlardni qishloq xo‘jaligida, o‘rmonchilikda aviatsiya yordamida sepish keng ko‘lamda atrof-muxitni ifloslanishiga olib keladi. Pestitsidlar atmosferada, uzoq masofalarga tarqalishi shuningdek suv orqali dala, daryo, ko‘llardan o‘tib dunyo okeanlarida to‘planadi. Eng xavfli joyi shundaki ular ekologik oziq zanjiriga qo‘shilib, tuprokdan va suvdan o‘simliklarga, undan xayvonlarga va qushlarga, nixoyat oziq va suv bilan odam organizmiga o‘tadi. Xar bir bug‘inda pestitsidlar zararli va ziyon keltiradi. Pestitsidlarning tirik tabiatga va odamga ko‘rsatadigan zararli va jiddiy, shu bilan birga ular tashqi muxit omillariga nisbatan barqaror moddalar xisoblanadi. Pestitsidlarning zaxarli ta’sirini oldini olish uchun quyidagi tadbirlani o‘tkazish lozim:

1. Kukun xolda tayyorlashdan ko‘ra donador xolatda tayyorlash;

2. Xayvonlar va odamlarga ta’sirini susaytirish;

3. Tuproq va suvlarda to‘planishning oldini olish;

4. Pestitsidlardan foydalanishni iloji boricha cheklash;

5. Tez parchalanuvchi va beqaror pestitsidlardan sintez qilish;

6. Agrotexnik, seleksion xo‘jalik va tashkiliy ishlarni qo‘llash;

7. O‘simliklarni biologik ximoya qilish.

Tirik tabiaidagi o‘simlik va xayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. O‘simliklar dunyosi, ayniqsa Er yuzidagi xayotni ta’minlashda o‘rmonlarning axamiyati juda katta. Xozirgi vaqtda quruqlikning 30%, ya’ni 3,8 mlrd. Gektar er o‘rmonlar bilan qoplangan. Ular shimoliy yarim sharda va tropik zonalarda tarqalgan. O‘rmonlarning tabiatda va insonning xo‘jalik faoliyatidagi axamiyati ko‘pchilik uchun ma’lum.

Yirik shaxarlarning vujudga kelishi, axoli sonining va sanoat markazlarining ortishi bilan kishilarning tabiat quchog‘ida dam olishga extiyojlari xam ortib bormoqda. Ayniqsa o‘rmonlar ana shunday dam olish maskanlariga aylanib bormokda. Dunyo bo‘yicha o‘rmonlarning xolati yaxshi emas. Xar yili 3 mlrd. m2 xajmda o‘rmonlar qirqilmoqda. FAO ma’lumotlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2000 - yilga borib 1,5 martaga ortadi. Ynsoniyatni, ayniqsa tropik va subtropik o‘rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U erlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo‘lgan o‘rmonlarning yarmidan ko‘pi kesib tashlanmoqda. 160 mln. gektar maydaon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi “Qizil kitob” yaratilishiga sabab buladi. Axoli sonining ortishi, xo‘jalik faoliyatining kengayishi tufayli tabiatning inson qo‘li tegmagan joyi qolyapti. Xayvonlarning asosiy ko‘payish xududlari, migratsiya qiluvchi yo‘llari, dam olish joylari, tuyoqli xayvonlarning oziqlanuvchi maydonlari sun’iy qoplamlarga aylangan, suvlar bosib mol boqib yoki xaydab yuborilgan. Ayniqsa nam tropiqlarda ko‘pchilik xayvon turlarining qirilib ketishi ko‘zatilmovda.

O‘simlik va xayvon turlarini davlat muxrfazasiga olish qonunlar orqali ovchilikni tug‘ri yulga quyish shuningdek qo‘riqxonalar zakazniklar, milliy bog‘lar, botanika bog‘lari va “Kizil kitob” lar o‘simlik va xayvon turlarini saqlashda katta rol uynaydi.

Mintaqaviy ekologik muammolar. Er yuzasining muayyan mintaqasi o‘ziga xos tabiiy - iqlim, ijtimoiy ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat bilan inson o‘rtasidagi o‘zaro aloqa munosabatlari xarakterni belgilab beradi. Mintaqaviy ekologik muammolarga baxam berishning me’zoni xavo va suvning ifloslanishi, belgilangan miqdordan oshib ketishi, o‘rmonlarda daraxtlarni kesish va boshqalar xisoblanadi.

Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muximi Orol va Orol bo‘yi ekologik muammosidir. Orol dengizi yaqin vaqtlargacha dunyodagi eng yirik dengizlardan biri xisoblangan. U msxim baliqchilik, ovchilik, transport va reaksion axamiyatga ega edi. Sug‘oriladigan dexqonchilikning rivojlanishi natijasida, shuningdek qurg‘okchilik natijasida, shuningdek qurg‘okchilik yillari Amudaryo va Sirdaryolar suv quyishi 1970 yilga kelib 37,8 km , 1980 yilda esa 11,1 km3 ga kemayib ketdi. 80 yillarning boshlarida ushbu daryolarning dengizga quyilishi butunlay tuxtadi.

Suvning sho‘rlanish darajasi 9-10 g/l dan 34-37g/l gacha ortdi. Xozirgi kunda dengiz satxining yillik o‘rtacha pasayishi 80-110-sm Orolning qurigan tubi yirik chang-tuzon makoniga aylandi. Axoli ichadigan suv pestitsidlar bilan ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o‘lish ikki marta ortgan. Bolalar o‘limi 1000 kishi xisobiga 45-90 taga to‘g‘ri keladi. Ayollarning 80% dan ortig‘i kamqonlik xastaligiga mubtalo bo‘lgan. Bolalarning 90% zida siydigida tuzlar miqdori ortib ketgan. YUqumli kasalliklar tez-tez takrorlanib turadi.

Orol va Orol bo‘yida murakkab ekologik muammolar majmui shakllanib bo‘lib, kelib chiqishi va oqibati darajasi jixatidan davlatlararo xarakterga ega.

Kelajakda ushbu mintaqaviy muammoni xal etilishi Markaziy Osiyoni ijtimoiy ekologik va iqtisodiy axvoli, shuningdek demografik xolat, sug‘oriladigan erlarni meliorativ xolati va maxsuldorligini oshirish, axolini ichimlik suv bilan ta’minlish kabilar bilan bog‘lik.

Uzbekistondagi ekologik muammolar. Bugungi kunda Mustaqil O‘zbekistan yirik sanoat va agrar mintaqa bo‘lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovkat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmovda. Xolbuki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy ekotizimlarning xolatiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikada keskin bo‘lib turgan ekologik va tabiatni muxrfaza qilishga oid muammolar quyidagilar:

1. Yirik xududiy-sanoat majmuilari joylashgan rayonlarda (Angren - Olmalikq - CHirchik, Fargona - Margilon, Navoiy va xokazo) tabiatni muxofaza qilish muammolari.

2. Orol va Orol bo‘yi muammolari, suv resurslarini muxofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish.

3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.

4. Tabiatdagi suvlvrning sanoat yaiqindilari, pestitstdlar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishi.

5. O‘simlik va xayvonot dunyosini mux’ofaza va qayta tiklash muammolari, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar tarmog‘ini kengaytirish.

YUqorida keltirilgan muammolarni e’tiborga olib, Respublikada noqulay ekologik vaziyat yuzaga kelgan tuman va xududlarni aniqlab ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

3. Ekologik muammolarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar. Ma’lumki, har qanday davlatning rivoji, aholi turmush farovonligining oshirib borishida uch tamoyilga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi: iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy himoya va nihoyat, ekologik xavfsizlikdir.

Bu borada mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq kuchli, uzoqni ko‘zlovchi siyosat amalga oshirilayotganligini bugun nafaqat o‘zbekistonliklar, balki jahondagi rivojlangan davlatlar, xalqaro tashkilotlar ham ochiq e’tirof etmoqda. YUqoridagi uch tamoyil O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojiga asos qilib olingan desak, xato qilmaymiz. Kengroq fikr yuritadigan bo‘lsak, Prezidentimizning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobiga yana bir bor murojaat etamiz. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida chop etilgan ushbu kitobda O‘zbekistonning ekologik xavfsizligi masalasiga alohida o‘rin berilgan. Umuman, O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikka, bu xavfsizlikka tahdid solayotgan va endilikda global muammoga aylanib qolgan Orol va Orolbo‘yi ekologik fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, transchegaraviy daryolar suvidan oqilona foydalanish masalalariga faqat bugun e’tibor qaratilayotgani yo‘q. Bu masalalar YUrtboshimiz tomonidan o‘tgan asrning 80- yillari oxirida ham ko‘tarilgan va mustaqillikka erishilgandan keyin yanada rivojlantirilgan edi.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Orol ekologik fojiasini to‘xtatish va yumshatish yo‘lida keng ko‘lamdagi mislsiz ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari bilan Orolbo‘yi genofondini muhofaza qilish hayriya jamoat fondi tashkil etildi.

Xalqaro donorlarni Orol va Orolbo‘yi muammolarini yumshatish borasidagi harakatlarga jalb qilish maqsadida 2008 yilning 11-12 martida Toshkent shahrida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda “Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshirish uchun xalqaro donorlarga taklif etilayotgan majmuaviy harakat dasturi” qabul qilindi.

Orol va Orolbo‘yi muammosini hal qilishda O‘rta Osiyo davlatlari hamkorligi 1993 yili Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining (OQXJ) tashkil etilishida namoyon bo‘ldi. Uning doirasida “Orol dengizi havzasi Dasturi” hayotga tatbiq etildi.

2009 yil aprelida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo davlatlar rahbarlari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov jahon hamjamiyatini Orol dengizi havzasi muammolarini hal etishga yanada kengroq jalb qilishga qaratilgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo mamlakatlarning 2011-2015 yillardagi faoliyati Dasturi konsepsiyasini taklif etdi.

Mintaqada ekologik muvozanatning buzilishi oqibatlarini yumshatish maqsadida Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini yaratish, to‘qayzorlarni saqlab qolish, Orolbo‘yining olis aholi yashash joylarida quyosh energiyasidan foydalanishga qaratilgan bir qator xalqaro va davlatlararo loyihalar amalga oshirilmoqda.

To‘qayzorlar, qamishzor o‘simliklari, tabiiy yaylovlar maydonining hamda noyob turdagi jonivorlar va qushlar sonining qisqarishi yoki ularning butunlay yo‘qolishi natijasida etkaziladigan umumiy ziyon eng kamida yuzlab million AQSH dollariga baholanmoqda. Ammo flora va faunadagi haqiqiy qayta tiklab bo‘lmaydigan yo‘qotishlarni moliyaviy jihatdan o‘lchab bo‘lmaydi.

Bu sohada mavjud vazifalar ko‘lamining kengligi, murakkabligi hamda miqyosi mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash muammolarini kompleks ravishda hal etishda nafaqat davlat organlarining, balki jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishni talab etadi. SHu bois O‘zbekistonda bu ishga keng jamoatchilikni jalb qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat, jamiyat va har bir fuqaroning ishiga aylanishi yo‘lida jiddiy qadamlar tashlanib, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

SHu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurlardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam, yaxlit qonunchilik bazasi yaratildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (1992 y.), “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi (1993 y.), “Veterinariya to‘g‘risida”gi (1993 y.), “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi (1994 y.), “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi (1995 y.), “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (1996 y.), “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (1997 y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (1997 y.), “O‘rmon to‘g‘risida”gi (1999 y.), “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi (2000 y.), “CHiqindilar to‘g‘risida”gi (2002 y.), “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi (2004 y.) qonunlari atrof-muhitni, tabiiy resurslarni huquqiy jihatdan muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, 54-moddasida, “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”, 55-moddasida esa “Er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deya alohida ta’kidlangan. Qonunchilikdagi yangiliklar, ayniqsa, atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalariga doir qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodga etkazish yoshlarning ekologik bilim va ko‘nikmalarining oshishida, ekologik tafakkur va ongining yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

6-mavzu: Atmosfera havosi va suv manbalarning ifloslanishi va muxofaza qilish yo’llari
Reja:
1. Atmosferani havosini ifloslantiruvchi manbalar

2. Suv manbalarning ifloslanishi.

3. Atmosferaga va suv chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari
Tayanch iboralar: Atmosfera, troposfera, stratosfera, mezosfera, termosfera.
6.1. Atmosferani havosini ifloslantiruvchi manbalar

Atmosfera Yerning gazsimon qatlami bo’lib, yerdagi tirik organizmlar hayotida katta rol o’ynaydi. Atmosfera yer po’stiga fizikaviy, kimyoviy va biologik ta’sir ko’rsatib,yer yuzasida issiqlik va namlikni tartibga solib turadi. Atmosfera Yerning himoya qobig’i hisoblanib,yerdagi tirik organizmlarni turli ultrabinafsha va infraqizil nurlar va kosmosdan tushadigan meteroitlarning zarralari ta’siridan himoya qiladi. Atmosfera qatlami yer yuzasini kunduzi +100 ºC qizib ketishdan, kechasi esa -100º C sovub ketishdan saqlaydi.

Yer yuzasining o’rtacha harorati +14ºC ga teng bo’lib,atmosfera quyosh issiqligini yerga o’tkazib,undagi issiqlikni saqlaydi. Atmosfera qatlami biosferada moddalar va issiqlik almashnuvida asosiy rol o’ynaydi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi hamda 1996- yil 27 dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonunlari asosida atrof muhitning tabiiy holati va hududlar ekologik muvozanatining buzilishi ko’p jihatdan atmosfera havosining tarkibi buzilishiga hamda uning turli ishlab chiqarish ta’siridagi salbiy o’zgarishlarga bevosita bog’liq.

Respublikada havoni bulg’ayotgan 3500 doimiy manba bo’lib, ularning yarmiga yaqini chang va turli xil zararli gazlarni tutib qoluvchi va tozalovchi moslama ega. Bu moslamalarning 4,1 qismi samaradorligi juda past. Atrof- muhitning me’yoridan ortiqcha ifloslanishi, ayniqsa, yirik shaharlarga xos. O’zbekiston Respublikasida Olmaliq, Farg’ona, Bekobod, Andijon, Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosferasi eng ko’p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi.

Keyingi yillarda atmosfera havosining tozaligi ustidan nazoratining kuchaytirilishi, havo tozalagich moslamalardan ko’plab foydalanilishi, ekologik ongnimg oshishi, mutaxassislar mas’ulyatining oshishi, “Ekosan” Xalqaro ekologik va salomatlik jamg’armasining faol sa’y-harakati natijasida O’zbekiston Respublikasida bir qancha ijobiy siljishlar ro’y bermoqda.

Atmosferani ifloslantiruvchi

Atmosfera havosini ifloslantirishga asosiy sababchi bo'lgan sanoat obyektlari Toshkent (42,7%), Qashqadaryo (14,6%), Buxoro (10.9%), Navoiy (8,1%), Farg'ona (6,8%) viloyatlarida jamiangan. Sanoat salo-hiyati energetika, (jolra va rangli metallurgiya, kimyo va neftkimyo sanoati (asosan, o'g'itlar ishlab chiqarish), gaz sanoati, neftni qayta ishlash zavodlari, sement va -boshqa qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonaJar obyektlaridan iborat.

1999—2010-yillar ifloslantiruvchi modda tashlamalarining o'rtacha 5,5% ga kamayishi bilan tavsiflanadi. Respubiikada statsionar (turg'un) manbalardan tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar tendentsiyasi 9-rasmda keltirilgan.

Davlat statistik hisoboti ma'lumotlariga ko'ra, yiliga yirik kor-xonalardan (IES va IEM) 200 ming tonnadan ortiq ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga chiqariladi. Asosiy ifloslantiruvchi moddalar — qattiq chang zarralari, oltin-gugurt dioksidi, azot oksidlari, uglerod oksidi, vannadiy besh oksidi va benzapiren hisoblanadi. Shu qatorda, IES va IEM lar tomo-nidan, eng ko'p rniqdorda ya'ni, tarmoq bo'yicha — 57,6%ni, res-pubJika bo'yicha esa — 44, 16%ni tashkil etuvchi, 121,38 ming ton-na oltingugurt dioksidi atmosferaga chiqariladi.

IES qozonlarida yoqilg'ining yonishi natijasida, ifloslantiruvchi modda tashlamalari qatorida, respublika bo'yicha 50% atrofida, bug'I effektni yuzaga keltiruvchi uglerod ikki oksidi ham atmosferaga tashlanadi. Uglerod dioksid tashlamasining hosil bo'lish miqdori, yon-diriladigan yoqilg'i massasida qancha bo'lish miqdori, yondiriladigan yoqilg'i massasida qancha uglerod saqlashi va ishlatilishiga bog'liq. 2003-yil.dagi 240 ming tonnaga nisbatan 2004-yilda uglerod dioksidi oshib, 2964 ming tonnani tashkil etdi.

Neft va gaz sanoati: O'zbekistonning neft-gaz sanoati og'ir sanoatning ulkan tarmoqlaridan biri hisoblanib, respublika energetikasini birlamchi yonilg'i resurslari bilan 93% ga ta'minlaydi.

Mustaqillik davrida suyuq uglevodorodlarni qazib olish deyarli 3 barobarga ortdi, bu neftni import qilishdan to'la voz kechishni va res-publikada yoqilg'i mustaqilligini ta'minladi.

Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida neft va gaz qazib olish amalga oshirilyapti, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi Ustyurtda gaz konlarini o'zlashtirish olib borilmoqda.

Neft tarkibida oltingugurt birikmalarining miqdori ko'pligi (2,7% gacha) va tabiiy gaz va neftda toksik hamda zanglash-agressiv oltingugurt vodorodining aralashmalari mavjudligi respublikamiz konlarini ajratib turuvchi tabiiy xususiyat hisoblanadi, .bu dastlabki xomashyoni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.



Metallurgiya: Metallurgiya sanoati tashlamalariga barcha turg'un manba-lardan atmosferaga tashlanadigan tashlamalar umumiy miqdorining taxminan 15%i to'g'ri keladi.

Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha o'tkazilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, «OTMK» OAJ respublikada atmosfera havosini ifloslantiruvchi yirik manba bo'lib qolmoqda. Respublika bo'yicha barcha turg'un manbalar tomonidan chiqarilayotgan chiqindilarning 12% va oltingugurt dioksidining 26%i ushbu tashkilot hisobiga to'g'ri keladi. 2004-yilda atmosferaga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarish hajmi 106,2 tonnani tashkil etdi.

Ba'zi yillarda, Olmaliq shahrida atmosfera havosini oltingugurt dioksidi bilan ifloslantirish darajasi sanitariya-gigienik me'yorlardan 5 barobar oshgan.

Kimyoviy ifloslantiruvchilar

Kimyoviy ishlab chiqarish va texnika taraqqiyoti davrida atmosfera havosining ifloslanishi Respublikaning Olmaliq, Chirchiq, Farg’ona va Navoiy viloyatlarida ayniqsa sezilarli darajada ortganligi hech kimga sir emas. Birgina Navoiy viloyatida atmosfera havosining yuqori darajada ifloslanganligini kuzatish mumkin. Ikki yuz mingga yaqin aholisi bo’lgan Navoiy shahrida havoni ifloslantiruvchi ko’plab sanoat korxonalari faoliyat ko’rsatadi . Ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarida har yili 637,6 ming tonna zararli moddalar hosil bo’lib, shundan 97,2% i ushlab qolinadi

Atmosferaga tashlanadigan zararli moddalar miqdori 51,7 ming tonnani tashkil qilib, tozalash uskunalarining ishlash samaradorligi 92,9% ga tehgdir. Tashlanadigan zararli moddalarning asosiy miqdori (94%) yirik sanoat korxonalariga to’g’ri kelib, bu ko’rsatkich o’tgan yillardagiga nisbatan 1,9% ga oshgan.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi korxonalarida gaz yoqishda hosil bo’ladigan azot oksidlarini tozalash inshootlarini loyihalash ko’zda tutilgan, ammo ushbu moddalarning me’yoridan yuqoriligi saqlanib qolmoqda. Viloyatda sanoat va maishiy chiqindilarning yillik hajmi 2,5 million tonnadan oshiq bo’lib, jami 43,5 million tonna chiqindilar to’planib qolgan. Shundan yiliga 62 ming sanoat chiqindisi, 46 ming tonna maishiy chiqindilar qayta ishlanmoqda. Shuningdek, viloyatda 24,7 ming gektar yerning ustki qatlam strukturasi buzilgan bo’lib, shundan 5,7 ming gektar yer rekultivatsiyani talab qiladi. Hozirgacha 2,1 ming gektar (37%) yer rekultivatsiya qilingan.



Qurilish sanoati: Ohangaron, Navoiy, Bekobod, Buxorodagi qurilish va sement ish-lab chiqarish, sanoati — asosiy chang chiqaruvchi manbalar hisobla-nadi. Atmosfera havosini chang bilan ifloslanish darajasi sanitariya -gigienik me'yorlardan oshadi.

Kimyo sanoati: Olmaliq, Andijon, Qo'qon, Navoiy, Farg'ona, Chirchiq va Samarqandda kimyo sanoati ob’yektlarining tashlamalari, turg'un manbalardan tashlanayotgan tashlamalar umumiy hajmining bor-yo'g'i 3% ni tashkil etadi.

Asosiy ifloslantiruvchi moddalar — ammiak, ftorli vodorod, azot dioksidi va fenol bo’lib, quyida Andijon, Farg'ona, Navoiy shaharlarida atmosfera havosini ammiak va fenoi bilan ifloslanish darajasi dinamikasi keltirilgan. Oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari esa havoni yuqori bo'lmagan darajada ifloslantiradi.

Sanoat obyektlarida atmosfera havosini yuqori darajada ifloslanti-rishga asosiy sabab, ifloslantirishni karnaytiruvchi texnologiyalarining eskirib qolganligini va samarasizligi yoki umuman qo'llartmasligidir. Bundan tashqari, ishlab chiqarish texnologiyalari zamonaviy talablarga javob bermaydi va modernizatsiyalashtirish yoki almashtirishga muhtoj.

Ko'chma manbalarning atmosfera havosini ifloslantirishi: Respublikaning atmosfera havosini ifloslantirishda ko'chma manbalarning tashlamalari asosiy manba bo'lib qolmoqda. 2010-yilda ko'chma manbalar tashla-malar miqdori umumiy hajmidagi ifloslantiruvchi moddalarda tashlamalarning 67% ini yoki 1310,9 ming tonnani tashkil etdi. Ko'chma manba tashlamalari bilan ko'proq, ya'ni 80%dan ortiqroq iflos-langan shaharlarga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona kiradi. 1996-yildan 2001-yilgacha bo'lgan davr ichida ifloslan-tiruvchi modda tash-lamalarining 1316 ming tonnadan 1593 ming tonnaga ortishi kuzatildi, bu shaxsiy avtomobil transporti sonining o'sishi bilan bog'iiq bo'lgan. 2001-yildan boshlab, avtotransportdan ifloslantiruvchi modda tashlamalarning har yili o'rtacha 3—5% ga pasayishi kuzatilmoqda.

Avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishini kuzatish: Hozirgi kunda avtotransportlar havo atmosferasini eng ifloslantiruv-chi manbalardan biri hisoblanadi. Atmosferaga tashlanadigan zaharli moddalar miqdori avtorriobiilar soni, ko'cha harakatining tuzilishiga, avtomobil magistral yo'llarining joylashiga, ular foydalanadigan yoqilg'i turlari va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.

Benzin bilan yuradigan avtomobillar havo issiq paytlarda uglevodorod bug'larini tashlaydi. Mana shu zaharli bug'larning oldini olish uchun uzluksiz mashina dvigatellarining zaharli gaz tashlanmasi tekshi-rilib turadi. Tekshirishlar natijasi havoga tashlanayotgan toksik gazlar miqdori yuqori ekanligini ko'rsatsa o'sha mashinani ishlatishga ruxsat berilmaydi.

Kuzatishlar bir haftada soat 6 dan 13 gacha va 14 dan 21 gacha olib boriladi, asosiy kuzatishlar avtomobillar ko'p yuradigan vaqtlarda olib boriladi, kechalari 1—2 marta o'tkaziladi.

Kuzatish nuqtasi qiiib shahar ko'chalarining har joyidan eng: ser-qatnov uchastkaiari olinadi. Ko'chalar kesishgan joyda va ko'priklar tagida zararli moddalar juda ko'p bo'ladi.

O'lchov asboblari odam yuradigan yo'laklarga joylashtiriladi, yo'lning bir tomonidagi harakat o'lchanadi.

Idoralarga tegishli avtotransportiar, gazoanalitik va diagnostik usku-nalar bilan yetarlicha jihozlanmaganligi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shug'ullanuvchi xodimlaniing bilim darajasi pastligi, atrof-muhitni muhofaza qilish muammoiariga yagona yondashuv yo'qligi sababli, ekoiogik jihatdan noqulay vaziyat yuzaga kelmoqda. Bunday ekoiogik vaziyat, kechiktirmay hal etishni talab etuvchi ko'plab muammplar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir.



6.2. Suv manbalarning ifloslanishi.

Suv manba’lari. Sanitariya holati.

Gidrosfera biosferani muhim elementi hisoblanib, tabiatda kechadigan jarayonlar va kishi hayotini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Gidrosferani hajmi 1389 mln. kub. kilometrni tashkil etadi. Okean va dengizlar er shari yuzasining 70 % ko‘prog‘ini egallagan. Botqoqliklar erning 6 mln. km2 qismini egallagan. Bularning hammasi planetamizda suv zahiralarni ko‘pligini isbotlasa ham, chuchuk suv bor yo‘g‘i 2 % ni tashkil etadi. Uning ham katta qismi Grelandiya va Antarktida muzliklariga to‘g‘ri keladi.

Suv yerdagi tirik organizmlarni yashashi va ularni hayot faoliyatinig rivojlanishini ta’minlaydi.

Demak, suv planetamizga jon ato etuvchi «hayot eliksiri», planetamizga shakl beruvchi «buyuk skulptor», iqlim va ob-havoni «harakatlantiruvchi g‘ildiraqdir».

Suv tabiatda doimiy harakatda bo‘ladi. Quyoshdan kelayotgan issiqlik natijasida u okean, dengiz, daryo va ko‘llar yuzasidan bug‘lanadi, so‘ngra yana yomg‘ir bo‘lib erga qaytadi.

Har qanday xom-aщyoni boshqa turdagi mahsulot bilan almashtirsa bo‘ladi, lekin suvni o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Suv ta’minoti inson hayoti va taraqqiyotida o‘ta muhim muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislarni fikricha planetamizda daryo va er osti suvlari tobora kamayib bormoqda.

Amerikalik mutaxassislarni fikricha AQSHda tabiat in’om etgan chuchuk suv 2020 yilgacha etar ekan xolos. Amerikada eng qimmatbaho mahsulot bu suvdir, ba’zi bir shaharlarda suv etishmaganligi uchun haftada bir kun «suvsiz kun» deb e’lon qilinar ekan. SHu kuni maishiy ehtiyojlar uchun suvdan foydalanilmas ekan, hamma sohalarda suvni istemol qilish ustidan nazorat o‘rnatilar ekan.

Industriyalashtirish, qishloq xo‘jaligini rivojlanishi, yangi shahar va qishloqlarni qurilishi bilan turli ifloslikdagi oqova suvlar yuzaga kelmoqda.



O‘zbekiston Respublikasining ekologik xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan qaragandan eng dolzarb muammo suv resurslarining (er usti va er osti) tanqisligi va ifloslanganligidir. Respublikaning daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto er osti suvlari turli antropogen ta’sirlar ostiga tushib qolgan.

O‘tgan asrning oltmishinchi yillaridan boshlab yangi erlarni keng ko‘lamda o‘zlashtirish, sanoatning, chorvachilikning ekstensiv rivojlanishi, urbanizatsiya,

kollektor-drenaj sistemalarining qurilishi va daryo suvlarining sug‘orish uchun

olinishi munosabati bilan daryo havzalaridagi suvning sifati intensiv ravishda

yomonlasha bordi. Bu holat ekologik-gigienik va sanitariya-epidemiologik vaziyatni, ayniqsa daryo o‘zanlaridagi ahvolni yomonlashtiradi.

Daryo ekosistemalariga antropogen bosimning o‘sib borishi suvlarning tarkibi

va tuzilishidagi chuqur o‘zgarishlarga olib kelmoqda.

Er usti suv sifati

Er usti suvining ifloslanishi keng tarqalgan bo‘lib er osti, jumladan quduq suvining sezilarli darajada ifloslanishiga olib keladi. Suvning ifloslanishi kasallik (buyrak kasalliklari, onkologiya va o‘tkir infeksiyali kasalliklar) ko‘rsatkichi o‘sib borishida muhim rol o‘ynayapti.

Ichki suv havzalarini sanoat va maishiy oqova suvlari bilan ifloslanishi oxirgi paytda ortib bormoqda.

Er osti ichimlik suvi

Ichimlik suvi ta’minotining katta qismini er osti suvi beradi. Er osti chuchuk suvi zaxiralari notekis joylashgani tufayli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro viloyatlari, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarining g‘arbiy hududlarida ichimlik suvi taqchil. Davlatning maqsadi markazlashgan suv ta’minoti tizimi orqali butun aholiga sifati yaxshi

ichimlik suvi etkazib berish va shahar va posyolkalarda suvga bo‘lgan kommunal talabni qondirishdan iborat.

Maydoni 330 km2, aholisi 2,3 million bo‘lgan va 99 foiz qamrab olingan Toshkentda ichimlik suvi ta’minoti uch asosiy manbadan iborat, ulardan ikkitasi er osti suvi zaxirasi va bir er usti manba bo‘lib 3.500 km tarmoq orqali kuniga 2,3 million m3 suv etkazib beriladi. Garchi xom suv tiniq keladigan davrlar

bo‘lsa-da, milliy va xalqaro standartlarga javob berish uchun suvni filtrlash va xlorlash orqali tozalash zarur. Ichimlik suvini sanoatda ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi, kichik korxonalar uchun ba’zi istisnolar bor.

Yer osti suvi zaxiralari aholiga etkaziladigan ichimlik suvining 80 foizini ta’minlab beradi. Umuman, mavjud er osti chuchuk suv zaxiralari aholining ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondiradi.

Yer osti suvi ko‘rsatilgandek asosan uylarga suv berish va ichimlik suvi (173,5 m3/s), sug‘orish va suv zaxirasini rivojlantirish (70,5 m3/s) va sanoat va texnik suv ta’minoti uchun (29,6m3/s), foydalaniladi.

Biroq, shuni aytish lozimki, oxirgi bir necha yil davomida er osti suvining sifati yomonlashib bormoqda, oqibatda ichimlik suvi manbai sifatida foydalanib bo‘ladigan er osti suvi zaxirasi kamayib bormoqda.

CHuchuk er osti suvi asosan Farg‘ona vodiysida (34,5 foiz) va Toshkent

(25,7 foiz), Samarqand (18 foiz), Surxondaryo (9 foiz) va Qashqadaryo (5,5 foiz) viloyatlarida jamlangan, qolgani esa sho‘rtang yoki sho‘r bo‘lib ularni ishlatish imkoniyati kam. Qolgan hududlardagi chuchuk suv jami 7 foizni tashkil qiladi.



Er osti suvi sifati

Mamlakatning g‘arbiy qismida (Zarafshonning quyi oqimi va Qashqadaryo, Sirdaryo, Amudaryo va Markaziy Qizilqum basseyni)da er osti suvi yuqori darajada minerallashgan va qattiqdir. Yirik daryolar (Amudaryo va sug‘orish kanallari) oqimi bo‘lab hosil bo‘lgan, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichimlik suvi etkazib berish uchun ishlatilayotgan er osti chuchuk suv linzalarining suvi oxirgi 10-15 yil mobaynida minerallashuv va qattiqligi ortib borganligi

(sug‘orish ta’siri) tufayli milliy standartlar talabiga javob bermaydi.

Suv omborlari O‘zbekiston suv resurslari tizimini boshqarishni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlamoq maqsadga muvofiq. Mamlakatda suvning kamayishi va ko‘payishi (gidrologik ekstremum) hamda suv resurslarining hajmi doimiy nazorat ostiga olingan. Ayni paytda mamlakatda ko‘p suv omborlari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi uchun jami ajratilgan suvning 92,5%i qishloq xo‘jaligiga, 5,2%i maishiy xizmat sohasiga, 1,4 %i sanoat sohasiga, 0,7 %i baliqchilikka va qolgan 0,2%i energetika sohalariga ishlatiladi. Demak, respublikamizningdehqonchilik qilinadigan erning 98 foizi yoki 4,3 mln. gektari sug‘oriladigan maydonlar bo‘lib, jami ajratilgan suvning 92,5 foizi sug‘orishga ishlatiladi va sug‘orish natijasida paxta, don, makka, meva va sabzavot, kartoshka, uzum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiriladi.


6.3. Atmosferaga va suvga chiqadigan chiqindilarni tozalash muammolari

Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə