Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Tuproqning asosiy xossalari



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə10/16
tarix31.10.2018
ölçüsü3,87 Mb.
#77551
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16

7.2. Tuproqning asosiy xossalari.

Meristimatik xujayralaming o‘sishi rivojlanishi uchun kalsiy zarurdir. Kalsiy yetishmasa ildiz yaxshi rivojlanmaydi. To‘qimalar tarkibida kalsiy ko‘payib ketsa, o‘simliklaming magniy va kaliy elementlarini pasaytiradi.Kalsiyga bo‘lgan talabga ko‘ra o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Kalsiyefillar — kalsiy ko‘p bo‘lgan tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklar

(bo‘takuz, astra, daraxtlardan buk, tilog‘och, oddiy archalar).2. Kalsiyefoblar — kislotali tuproqda o‘suvchi o‘simliklar (torf moxlari,choy, kashtan).Kalsiyga nisbatan indefferent o‘simliklar (befarq o‘simliklar). Bular kislotah tuproqda ham, ohakli tuproqlarda ham o‘saveradi (landish).Magniy. Xlorofil va ribosomalaming tarkibiga kiradi. U o‘simliklarda fosfatlaming aktiv harakatida ishtirok etadi.Natriy. Natriyning ko‘p bo‘lishi ko‘pchilik o‘simliklarga zarar keltirishi mumkin. Chunki u to‘qimalarda to‘planib, kalsiy, magniy va shu kabi boshqa kationlarning o‘zlashtirilishini qiyinlashtiradi. Biroq sho‘rxok joylarda o‘suvchi o‘simliklaming o‘sishini natriy tezlashtiradi (qorasho‘ra, sarsazan).

Temir. Bu tuganak bakteriyalaming erkin azotni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi. Tok, mevali daraxtlarda dekorativ o‘simliklarda temir yetishmasa ularda xloroz kasalligi paydo bo‘ladi. Ya’ni ularning barglari och-sariq yoki pur-pur rangga kirib qoladi.Mikroelementlar. Azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va shu kabi makroelementlardan tashqari o‘simliklarga kam miqdorda kerak bo‘lgan mikroelementlar ham bor. Bularga marganes, bor, kumush, rux, kobalt va boshqalar kiradi. Bu elementlar tuproqda ko‘p miqdorda uchrasa 0‘simliklar uchun zaharli ham bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular o‘simliklarga gektariga grammlar ba’zida kilogramm bilan beriladi.Marganes. Bu nafas olish va fotosintez jarayonlari uchun zarur element. Barg va ninasimon o‘simliklar bargidagi xloroplastlarda marganesning miqdori, ayniqsa, ko‘p bo‘ladi. Nafas olish va fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibida ham marganes ko‘p bo‘ladi. Marganes aminokislotalar, proteinlar, vitaminlar, polepeptidlar va shu kabi boshqa xil birikmalami sintez qiiishda ishtirok etadi (YA.V.Peev, 1974).Bor. Bu oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, polisaxaridlarga o‘xshash biopolemerlar hosil qiiishda ishtirok etadi (E.A.SHerstnev, 1974). Bu biopolimerlar hujayraning muhim komponentlari bo‘lmish hujayra membranalari, ribosomalarning tarkibiy qismiga kiradi. Demak, bor yetishmasa bu strukturalaming hosil bo'lishi buziladi va sekin asta o‘simliklar o‘sish va rivojlanishdan to‘xtab halok bo‘lishadi. Mis. Bu ko‘pchilik fermentlar tarkibiga kirib nafas olishni kuchaytiradi, mis yetislimasa fermentlar va nafas olish aktivligi pasayadi, nuklein kislotalar biosintezi susayadi (Paribak, 1974) va hokazo. Ko‘pchilik begona oktlar madaniy o‘simliklarga qaraganda ko‘proq o‘z to‘qimalarida mis to‘playdi. Shuning uchun ham AQSHda makkajo‘xon ekish uchun yemi tayyorlaganda awal begona o‘tlar o‘stirilib, keyin haydab tashlanadi.Ko‘pincha gektariga 7—10 kg mis berish maqsadga muvofiqdir.

Mis oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibida bo‘ladi. Kobalt — xlorofilga mustahkamlik berib, qorong‘ilikda uni yemirilishidan saqlab turadi. Demak, bu xususiyati bilan fotosintezni va barg aktivligini kuchaytirib turadi. Shuningdek, kobalt karbonsuvlar va azot almashinuvida ham ishtirok etadi.5. Sho'rlangan tuproqda o‘suvchi o‘simlikIarning ekologik xususiyatlari Markaziy Osiyoda sho‘rlangan tuproqlar 23 mln. gektami egallaydi.Shundan 18 mln. gektari Qozog‘iston (Uspanov, 1942), 3 mln. gektari Turkmaniston (Necheva, Nikolyaev, 1962) 2 mln. gektari 0 ‘zbekistonda uchraydi (Salmonov, 1972). Ana shunday sho‘rlangan yerlarda o‘suvchi o‘simliklar galofitlar deyiladi. Galofltlar orasida ko‘pchilik o‘rinni sho‘radoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklar egallaydi. Kuchli sho‘rlangan yerlarda qora sho‘ra (Salikorniya), sarsazan (Naloknemum)1ag o‘sadi. Bulardan tashqari ana shunday sho‘rlangan yerlarda baliqko‘z, seta, xaridondon, donasho‘r, ermon-shuvoq, keyreuk va boshqa shu kabi sho‘raklar kiradi. Ular uchun poya yoki bargining etli bo‘lishi suv jamg‘amvchi to'qimaning yaxshi rivojlanganligi ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar yordamida tashqariga chiqarib turish kabi moslanish xususiyatlari xosdir.

Kuchli sho‘rlangan yerlarda oksuvchi galofitlarning hujayra shirasida tez eriydigan tuzlar ko‘p to'planadi va natijada, hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida galofitlami qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamlilik xususiyatini oshiradi. Galofitlar tanasi etli, ko‘p tuz to‘playdigan va ortiqcha tuzlarni sekin asta ajratib turish xususiyatiga ega. Yirik sho'rxoklar. 0 ‘rta cho‘lda, 0 ‘zbekiston va Qozog'iston chegarasi bo‘ylab ketgan Aydar sho‘rxok (hozir Haydar ko‘li hosil bo‘lgan), Markaziy Qizilqumda, Mingbuloq sho‘rxoklari kabilar pastqam joylarda uchraydi.Tipik sho‘rxok yerlarda o‘simlik deyarli o‘smaydi. Galofltlar quyidagi xususiyatlaiga ega: hamma organlari etli, poyasi bargsiz, ko‘pchiligining bargi yaxshi taraqqiy etmagan, masalan, solaros, qora saksovul va shu kabi boshqa o‘simliklarda barg mutlaqo bo‘lmaydi yoki bo‘lsa ham yaxshi rivojlanmagan. Galofitlarning muhim ekologik xususiyatlaridan yana biri shuki, ular albatta sho‘rxok yerlarda o‘sadilar. Masalan, selitryanka tuproq qatlamida (100 g quruq tuproqda) 7,7 % xlor, 12,73 % sulfat tuzi bor joylarda yaxshi o‘sadi. Galofitlarga qora saksovul, xaridondon, quyonsuyak, pashmaksho‘r, seta, danasho‘r, chogon, keyreuk, erman shuvoq kabi bir yillik chala buta, buta 0‘simliklar kiradi.Tuproqning hozirgi kundagi holati haqida ham biroz to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash lozimki, quruqlikning turli nuqtalarida hamda hamdo‘stlikka a’zo barcha respublikalar hududlarida ekologik ahvol uncha yaxshi emas. Ayniqsa, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan yerlarda tuproqning holati nochordir. Masalan, respublikamizning qishloq xo‘jaligi sohasida 70 xilga yaqin turli kimyoviy moddalar ishlatilib kelingan. 1989-yilda har gektar yerga solingan kimyoviy dorilar 19,5 kg (ayrim viloyatlarda hatto 40—45 kg)ni tashkil etgan. Yiliga har gektar yeiga 400-500 kg gacha mineral o‘g‘itlar solingan. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, fosfor o‘g‘iti bilan biigalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og‘ir metall tuzlari ham o‘tgan.Ammo tuproqni bunday kimyoviy moddalardan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Aksariyat dehqon-fermer xo‘jaliklari va shirkat xo‘jalik rahbarlari va umuman dehqonlarining haligacha yuqori dehqonchilik madaniyatiga ega emasliklari ahvolni yanada murakkablashtirmoqda.

Zararkunanda hasharotlarga va o‘simlik Jcasalliklariga sepiladigan dorilaming atiga 1 %gina foydali ta’sir ko‘rsatadi, qolgan 99 % tuproq,suv, o‘simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga singib ketadi. Natijada,tuproqdagi foydali jonivorlar ko‘plab qiriladi, insonlar salomatligiga katta zarar yetadi. Ana shunday vaziyat yuz berganda yana tabiatni, jumladan, tuproqni muhofaza qilish dolzaib muammolar jumlasiga kiradi. 6. Orografik omillar Bunga relyef va unga bog‘langan dengiz sathi balandliklari kiradi. Bu tuproq va iqlim qayta taqsimlanish natijasida ta’sir etadi. Masalan, Markaziy Osiyoda dengiz sathidan ko‘tarilgan sari iqlimi, tuprog‘i va o‘simliklari ham o‘zgarib boradi va bu mintaqada mutanosib ravishda cho‘l, adir, tog‘, yaylov o‘simliklari uchraydi. Chunki, dengiz sathidan ko‘tarilgan sari harorat pasayib, yog‘iiming miqdori ko‘payib boradi. Shu-ningdek,* tuprog‘i liam o‘zgaradi. Joy balandligining o‘zgarishi bilan o‘zgargan issiqlik, namlik birgina o‘simliklarning o‘sishiga, shakliga ta’sir etibgina qolmasdan, balki ularning meva hosil qilishi tezligini ham o‘zgartiradi. Masalan, G.I.Paplovskayaning (1948) ko‘rsatishicha, pixta daraxti 600 metr balandlikda 4 yildan keyin urug‘ hosil qilsa, 900 metr balandlikda 6 va 1300 metr balandlikda esa 8 yildan keyin urug‘ hosil qiladi. Soylik va tepaliklarning janubiy va shimoliy qismlarida ham keskin farqlar kuzatiladi. Masalan, shimoliy balandliklarda namlik ko‘p harorat nisbatan past bo‘lganligi sababli mezofil o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Aksincha,janubiy balandliklarda issiqlik ko‘proq, namlik kamroq bo‘lganligi sababli kserofll o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Cho‘l zonasida relyefning o‘simliklarga ta’siri ancha kuchli. Cho‘l zonasining balandlik joylarida 0‘simliklar juda siyrak o‘sadi, borlarining bo‘yi ham pakana bo‘ladi. Chuqurlik joylarda esa buning aksi, o‘simliklar soni ko‘p va baland bo‘lib o‘sadi.


7.3. Tuproqning kislotali muhitiga o(simliklammg munosabatlari

Tuproq (kislotali, neytrai, ishqorU) eritmasi tuproqdagi mikroorganizmlar holatiga va miqdoriga va ular orqali yashil 0‘simliklarning oziqlanish rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning kislotali muhiti (erkin odorod ionlarining ko'pligi) aktiv bo‘lishi mumkin, uning aktivligi pH niiig kattaligiga bog‘liq.pH — 7 bo‘lsa bu neytrai reaksiyali muhit bo‘lib bunda vodorod, karbonat angidrid ionlari bir xil bo‘ladi.Kislotali muhitli tuproqlarda pH — 7 dan past va ishqorli muhitli tuproqlarda pH — 7 dan ortiq bo‘ladi.Tuproq eritmasining reaksiya chegarasi katta bo‘lib, u pH — 3—3,5 dan (torfli tuproqlarda) pH — 10—11 gacha borishi mumkin (sho‘rxok yerlarda)tuproq eritmasining reaksiyasi iqlim, o'simliklar, jinslar, sizot suvlari,relyef, o‘g‘itlar va shu kabi boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun tundra va o‘rmon zonasining tuproqlari ko‘pincha kislotali eritmaga ega, chunki bu yerlarda issiqlik yetishmasligi va namlikning ortiqchaligi 0‘simlik qoldiqlari parchalanayotganda ko‘pincha kislotalarning ko‘p ajralib chiqishini ta’minlaydi. Shimoldan janubga borgan sari tuproq eritmasining kislotali muhiti kamayib boradi va issiq dasht va ayniqsa, Markaziy Osiyoning cho‘l zonalarida kislota kamroq hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan kislotalar ham ohak yordamida neytrallashadi, chunki bu tuproqlarda ohak hosil qiluvchi jinslar ko‘p. Shuning uchun ham dasht zonasining tuprog‘i neytrai, cho‘l zonasining tuprog'i esa ishqorli muhitga ega bo‘ladi.Shunday qilib yuqori konsentratsiyali vodorod, aluminiy, marganes ionlari va tuproq eritmasidagi kalsiy miqdorining kamligi tuproqning kislotali muhitini ta’minlaydi. Ana shu kislotali muhitga nisbatan 0‘simliklaming munosabatlari turlicha bo4ladi.

Masalan, torf mohi kislota (pH—3,5) muhitda yaxshi o‘sib rivojlansa, arpa pH—6—7 da yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. pH ning 4 dan 6 gacha- ko‘tarilishini M.S.Avdonina (1965) ma’lumotiga qaraganda uning hosilini 26,4 %ga oshiradi. Vegetatsion idishlarda oUb borilgan tajribalar

shuni ko‘rsatadiki pH ni 4 dan 6,5 ko‘targanda bahorgi bug‘doyning umumiy massasi 70,6 %ga, doni esa 138,6 %ga oshgan.Lavlagi va kartoshka kalsiyli tuproqni talab qilsa, javdar o4simligi kislotali tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tuproq eritmasi muhitiga bo‘lgan munosabatiga ko'ra o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:



1. Atsidofil o'simliklar — kislotali tuproqda o‘suvchi indicator 0‘simliklar. Bu guruh o‘simliklarga botqoqlikda o‘suvchi torf moxi, botqoq bagulnigi (Sedum), botqoq klukvasi (Oxekokus auadripetoxis), o‘tloqlarda 0‘suvchi belaus, rusinka, chernikalar ham kiradi.

2. Neytrai muhitli tuproq o ‘simliklari. Bu guruhga eng muhim yemxashak o'simliklaridan o‘tloq ovsyanitsasi, o‘tloq timofieyevkasi, sebarga, tog* sebargasi, sariq beda (M. falcafa), Sibir borsheviki,’ zira va shu kabilar kiradi.

3. Bazifil o ‘simliklar — ishqorli muhitli tuproq o'simliklari — indikatorlari.Bularga dasht va cho‘l zonasida o‘suvchi 0‘simliklar kiradi. Cho‘l mintaqasining qumli tuproqlarida psammofitlar deb atalgan o‘simliklarning ekologik guruhi tarqalgan bo‘lib, ularga singrenlar, oq saksovul, qandim,quyonsuyak, shuvoqlar, qizilchalar, selinlar, ilaklar misol bo‘la oladi.

Psammofit o'simliklarning baiglari ensiz, qattiq yoki odatda, reduksiyalashgan (saksoviilda), meva va urug‘lari qumda o‘rmalab yoki shamol yordamida tarqaladi va sharsimon ko^inishda bo‘ladi.Tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini ko‘rsatuvchi o‘simliklar — indikator turlar deyiladi. Masalan, plaun aluminiyga boy tuproqlarda,astragal selenli, itqumoq ruxli, shuvoq, oddiy qarag‘ay va makkajo‘xorilar oltinga boy tuproqlarda o‘sadi.4. Indifferen o ‘simliklar. Bularning tipik vakili landish o‘simligi hisoblanadi. Bunday o‘simliklar tuproqning kislotali va ishqorli muhitlarida ham o‘sa oladi.



8-mavzu Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati

Reja:

  1. Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyatiningbog‘liqligi

  2. Xilma-xillik va barqarorlik

  3. Ekotizimning ko‘p yo‘nalishliligi


Tayanch iboralar: bioxilma-xillik,to‘ldiruvchi ta’sir,ekotizim faoliyati, ekotizim jarayonlari, ekotizimda xizmat ko‘rsatish, selektiv ta’siri

8.1.Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyatiningbog‘liqligi

Xozirgi vaqtda sodir bo‘layotgan bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishigaaloqadortaxminlarekologlarni 1990 yillarning boshlarida xarakatga keltirgan edi. Ularni turlarning yo‘qolib ketishi ekotizimga qanchalik salbiy ta’sir ko‘rsatishi xaqidagi savol tashvishga soldi. Ekotizim faoliyati atamasi bu ekotizim faoliyati jarayonlari uchun umumiy atama hisoblanadi, ya’ni biogeokimyoviy energiya oqimi va ekotizmlararova ichkimasalalar (jumladan, birlamchi ishlab chiqarish va oziq-ovqat moddalari aylanmasi). Ushbu mavzuning dastlabki umumiy bosqichidaekotizim jarayonlariga ta’sirlarni o‘lchash uchun turlidarajadagi xilma-xil model guruxlarni yig‘ish orqali shu savolga murojaat qilingan.Izlanishni dastlaki bosqichlaridagi meta-analiz natijalari shuni ko‘rsatadiki, ya’ni bioxilma-xiltrofik guruhlar va ekotizim turlari bilan izchil bog‘lanadigan ekotizim jarayonlariga umuman olganda ijobiy, ammo to‘ldiruvchi ta’sir kщrsatadi. Bu munosabatlar asosiy ta’sirga qaraganda deyarli ikki barobar kuchli to‘ldiruvchi ta’sir va asosiy ta’sir birikmalari oraqali kuzatiladi. SHu bilan birga, turli ekotizimlar kamdan-kam xollarda eng yaxshi yagona turga qaraganda sezilarli darajada yaxshi faoliyat ko‘rsatadi, kamida qisqa muddatga. Uzoq muddat davomida esa bioxilma-xillik moliyaviy investitsiyalarning turli xujjatlaridagi keltirilganxavf tarqalishi afzalliklari kabi sug‘urta qiymatini ta’minlab berishi mumkin. Izlanishning dastlabki bosqichlarida qisqa muddat ichida ko‘plab tadqiqotlar olib borilganligi va bir vaqtning o‘zida barcha muhim ekotizim faoliyatilariga diqqatni qaratmasdan,balki yagona ekotizim jarayonlarini izolyasiya xolatida o‘rganishga e’tibor jalb qilinganligi sababli bioxilma-xillik natijalarining ekotizim faoliyatiga bo‘lgan ta’siriga etarlicha baho berilmagan bo‘lishi mumkin. Tadqiqotning keyingi bosqichining bir qismida bioxilma-xillik afzalliklarining xaqiqiy hayotga tadbiq etilgan tajribalarda aks etganligigae’tibor qaratilgan.

Darvin o‘zining “Turlarning kelib chiqishi” kitobida dastlab shunday taxmin qilgan edi, ya’ni agar nishalartur tanqisligi sezilayotgan guruxlarga qaraganda xar-xil turlarga ega bo‘lgan guruxlarda bilan ta’minlansabioxilma-xillikdagi o‘zgarishlar ekotizim faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin degan edi.

Biz ekotizim faoliyati so‘zini ekotizim doirasida amalga oshiriladigan barcha biogeokimyoviy jarayonlarni qamrab oluvchi umumlashtiruvchi atama sifatida ishlatamiz, masalan, birlamchi ishlab chiqarish. Ma’lum bo‘lishicha, bu atama1990 yil boshlariga qadar unitilgan ko‘rinadi, lekin aynan o‘sha muloxazalar,baliq turlarining xar-xil aralashmasi mexnat unumdorligini yanada oshish kerakligi ko‘zda tutilgan vaqtgacha, ya’ni, to 20 asr o‘rtalarigacha muhokama qilinib kelingan. Taxmin qilinadiki, baliq ishlab chiqarish nishalar soni o‘sishi bilan oshadi....va shubxasiz, nishalar sonining ortishi baliq turlarining ko‘payishi bilan ortadi. Haqiqatdan xam, bu ikkala tadqiqot ushbu bog‘liklikni qo‘llab-quvvatlash uchun xatto ma’lumotlarni xam taqdim etishdi.

1992 yilda Rio shaxrida o‘tkazilgan Er sammitida antropogen xilma-xillikning ta’siri xaqidagi umumiy qiziqishgamunosabat bildirilgan bir paytda, bioxilma-xillik xaqidagi Konvensiya 150 mamlakat raxbarlari imzosi bilan ish boshlagan edi. Barqaror rivojlanishni rag‘batlantirish va bioxilma-xillikni muxofaza qilish uchun mo‘ljallangan ushbu xalqaro shartnoma antropogenik bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi insoniyat uchun jiddiy zararli ta’siri bo‘lishi mumkinligini isbotlovchi siyosiy qabul qilingan dalildir. Rioshaxrida va Konvensiyada ta’kidlab o‘tilgan muammolar bioxilma-xillikdagio‘zgarishlarning ekotizim faoliyatiga bo‘lgan ta’sirini va bunday o‘zgarishlarning insoniyat uchun ahamiyatini anglab etish barobaridaekologlarni yangi ilmiy qiziqishlarga va birgalikdagi xarakat qilishga undaydi. O‘n yildan oshiq muddatda olib borilgan tadqiqotlarhozirgi kunda bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlikka asoslangan mexanizmlarga yuqori darajada e’tiborqaratilgan muxokamani o‘z ichiga olgan xoldanashr qilingan. Natijalarning birinchi dekadasini meta-analiz bo‘yicha taxlil qilish ikkalasini xamaniqlashga yordam beradi: o‘ziga xos hususiyatini va mexanizmini.

8.2.Xilma-xillik va barqarorlik

Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyatining o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganishdagi asosiy yondashuvlardan biri bu laboratoriya va yoki dala sharoitida sintezlashgan model organizmlarni yig‘ish orqali bioxilma-xillikni bevosita boshqarishdir.

Muqobil yondashuv esa tabiiy organizmlar guruhlaridan turlarni ajratib olishdir. Uchinchi, bu boshqaruvsiz yondashuvbo‘lib, bunda bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik xaqida qanday qilib bu ikkala bog‘liqlik o‘simlik va xayvonot olamida o‘zaro munosabatda bo‘lishi mumkinligini kuzatgan xoldaxulosa qilishdir. Bu uchchala yondashuv o‘ziga yarasha afzalliklarga va noqulayliklarga ega. Ushbu bo‘limda biz diqqatimizni turli xilma-xillikdan namuna organizmlarni yig‘ishga qaratamiz. Tadqiqotning birinchi dekadasidagi meta-analiz bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlik (masalan, 2 rasm) bu quruqlikda xam suvda mavjud bo‘lgan trofik guruxlar (avtotrofik organizmlar,o‘txo‘rlar, o‘likxo‘rlar va yirtqichlar) o‘rtasida sezilarli darajada izchil bog‘langannamunadir. SHuningdek, bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik umuman olganda to‘ldiruvchi bo‘lib hisoblanadi, shuningdek, tasodifiy bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishi ekotizim faoliyatibo‘lgan ta’siri dastlab sust bo‘ladi, ammo keyinchalik tezlashadi. Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati ustidagi izlanishning birinchi bosqichida umumiy qonuniyatlarni (bioxilma-xillik o‘zgarishlarning ekotizimga ta’siri bormi yoki yo‘q), shuningdek, tajriba uchun turli darajalarni yaratish maqsadida tasodifiy yig‘ib olingan turlarni aniqlashga e’tibor qaratilgan edi.Bu izlanishning asosiy natijalaridan biri shuni ko‘rsatdiki, ya’ni,turlar va tur guruxlari orasidaularning ekotizim faoliyatiga bo‘lgan ta’siriga ko‘rasezilarli farq borligi aniqlandi. Bu shuni ko‘rsatadiki, ya’ni ekotizim faoliyatidagi bioxilma-xillikning yo‘qolib ketishining sezilarli ta’siri tabiatdaqaysi turlarning yo‘qolib ketishiga bog‘liqdir. Tasodifiy hodisalardan tabiatning real xodislari qarab xarakatlanish tadqiqotning keyingi bosqichining asosiy maqsadi hisoblanadi.

3.Mexanizmlari

Kirish qismida aytib o‘tilganidek, tadqiqotning dastlabki bosqichlaribioxilma-xillikdagi o‘zgarishlarning ekotizimga faoliyatiga,ayniqsa turlarning to‘ldiruvchi darajasiga salbiy ta’siriningbittagina yo‘nalishini aniqlab beradi (asosan,ko‘plab foydalanilmagan va bo‘sh nishalarga salbiy ta’sir qilish orqali). Demak, ko‘plab xilma-xil guruhlar mavjud nishalarningko‘p qismidan foydalanadi. SHu bilan birgalikda, yuqorida aytib o‘tilganidek, bioxilma-xilliknoyob turlarning mavjudligi yoki yo‘qolib ketishi va ularning ekotizim jarayonlariga kuchli ichki ta’siri tufayliekotizimga faoliyatiga salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin (namunalar olish va seleksiyata’sirlari kabi nomlanadigan); aksariyat xilma-xil guruxlar ekotizim faoliyatiga kuchli ta’sir o‘tkazayotgan tur yoki tur majmualarini qamrab olishga moyildir. YUqorida taxlil qilingan ijobiy bog‘likliklarningto‘ldiruvchi yoki seleksiya ta’siri orqali izohlanganligixaqida oxirgi o‘n yil mobaynidakeng miqyosda munozaralar olib borildi. Qo‘shimcha taqsimlash usullari bioxilma-xillikning ekotizimga ta’sirining umumiy natijasin iturlarning va o‘ziga xos turlarning seleksiya natijalariningo‘zaro bog‘liqligidan yuzaga keladigan qo‘shimcha seleksiyanitaqsimlashga imkon beruvchi yondashuvlardan biridir. Meta-analiz taxlili orqali shu ma’lum bo‘ldiki, ya’ni, deyarli barcha tadqiqotlar quyidagi natijalarning majmuasi bo‘lib hisoblanadi, lekin umumiyto‘ldiruvchi ta’sirseleksiyata’siriga qaraganda ikki hissa kuchlidir.



YEr usti maxsulotlari biomassasi

To‘ldiruvchita’sirning seleksiya ta’sirga qaraganda kuchliroq bo‘lishiga qaramasdan monokulturalar ko‘ra yaxshiroqular aralashmalar yaratish uchun etarli darajada kuchli emas (3 Rasm). Xulosa qilib aytganda, bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik ijobiy bo‘lishiga va bu bog‘liqlikni shakllantirishda to‘ldiruvchita’sirningseleksiyata’siridanko‘p xissa qo‘shishiga qaramasdan turli guruxlar umuman olganda alohida turlarga qaraganda yaxshi shakllanmayapti. SHunga qaramasdan, ushbu natija shu kungacha bo‘lgan ko‘plab tajribalarning qisqa vaqtda amalga oshirilganligi va natijasiga bog‘liqdir, chunki bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati o‘rtasidagi bog‘liqlik bir-birini to‘ldirish hususiyati oshishi natijasida kun sayin oshib bormoqda (3 rasm). SHuningdek, turli guruhlar tarkibidagi eng yaxshi turlar majmuasiga ega bo‘la turib kamdan kam xollarda monokulturadan ko‘ra yaxshiroq natijaga erishadi. Bu qisman kuzatiladi, chunki guruxlarda ko‘p xollarda xosildor turlar emas, balki past ko‘rsatkichki ega bo‘lgan turlar xukmronlik qiladi. Aslini olganda, 40 oshiq olib borilgan tadqiqotlar shu ma’lum bo‘ldiki, ya’ni guruxlarda monokulturaning o‘rtacha biomassasidan pastroq bo‘lgan, seleksiyaning salbiy natijasiolib keladigan butun ekotizm samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan turlar dominantlik qilib kelgan. Ushbu meta-analizni kelajakdagi tadqiqotlar uchun asosiy natijalaridan biri shundaki, agar tadqiqotlarning maqsadida bioxilma-xillikning ekotizimga ta’sirini barcha natijalari yoritib berish bo‘lsa, unda izlanishlar uchun uzoqroq muddat talab qilinadi; nima bo‘lganda xam, xozirga paytda amalga oshirilayotgan tajribalar turlarning tasodifiy yo‘qolib ketishining ekotiziga ta’sirini etarlicha baxolab bera olmayapti.


8.3.Ekotizimning ko‘p yo‘nalishliligi

Bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati ustida olib borilayotgan ish bilan birgalikda multitrofik o‘zaro ta’sirlariostidabioxilma-xillikning faoliyat ko‘rsatishiga muxim ahamiyat qaratilayotganligi kuzatiladi. Bu erda asosiy e’tibor xilma-xillikning axoli zichligiga qarab bitta trofik darajaga bo‘lgan ta’sirigaqaratilgan.

Ko‘p xollarda bu yirtqich turlarining xilma-xilligini va o‘ljaning joylashishiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishga undaydi. YAqin orada, bioxilma-xillik va ekotizim faoliyati, shuningdek, yirtqich va o‘lja o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ustida olib borilayotgan ishning asosiy qismlarini bir-biri bilan bog‘lash uchun bir necha sa’y xarakatlar amalga oshirildi.

Yirtqich-o‘lja va bioxilma-xillik-ekotizim faoliyati o‘rtasidagi xayratlanarli farqlardan biri bu ajratilgan turlar orasidagi turlarning o‘zaro ta’sirlariga tegishli nisbiy ma’nodir. Turlarning o‘zaro ta’siri bioxilma-xillik-ekotizim faoliyati ustida olib borilayotgan izlanishlarda batafsil ko‘rib chiqilmaydi, holbuki, yirtqich va o‘lja tushunchalariva ularning o‘zaro bog‘liqligi, shuningdek, bu qanday qilib o‘lja turlarining xajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi xaqidagi bevosita va bilvosita izlanishlar uzoq tarixiga ega. Masalan, turlararo yirtqichlik, bunda bitta yirtqich turiboshqa turlarni ovlasa bu tabiatningumumiy o‘zaro bog‘liqligihisoblanadi va bu yirtqichlar turlari bilandastlabki o‘lja turlari o‘rtasidagi to‘ldiruvchi ta’sirning kamayishiga olib keladi. Yirtqich turlar orasidaxarakatlantiruvchi o‘zaro ta’sir paydo bo‘lsa teskari ta’sir yuzaga kelishi mumkin. Buning tez-tez ta’kidlanadigan misollardan biri bu birinchi yirtqichning ikkinchisiga nisbatan ov qilishdan chekinishi ularni 1 sekundga yirtqichlikka ta’sirchanroq qiladi.

Masalan, o‘simlik bitlari yaproq yirtqichi kelayotganini sezishi bilan o‘simlikdan pastga sakrashadidi lekin bu ularga yirtqichlarning erdagi ozuqasiga bo‘lgan ta’sirchanligini oshiradi, shunday ekan er usti va yaproq yirtqichlarining birgalikdagi faoliyati ularning yakka xoldagi faoliyatidan yaxshiroqdir.

Murakkab turlar orasidagi xarakatlantiruvchi va salbiy o‘zaro bog‘liqlik produtsienlar yoki o‘likxo‘rlar kabi dastlabki asosiy trofik darajalarda yuzaga kelishi mumkin.

Ekologik barqarorlik odatda ekotizimning uchta asosiy hususiyatidan bittasiga tegishli bo‘ladi: ekotizimlarhususiyatidagi vaqtinchalik o‘zgarish (masalan, birlamchi mahsulot) yoki javob (qarshilik) yoki qayta tiklanish (chidamlilik) . Bioxilma-xillikning inson uchun muhim ahamiyatlaridan biri bu uning ekotizim jarayonlarini buferlash barqarorligini oshirish uchun bo‘lgan salohiyatidir, ya’ni, ekologik o‘zgarishlarga qarshi ishlab chiqarish va ularni


Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə