Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə5/16
tarix31.10.2018
ölçüsü3,87 Mb.
#77551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Iv.НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАР



1-mavzu: Ekologiyaga kirish. Autekologiya va ekologik omillar

Reja:

  1. Ekologiyaga kirish

  2. Autekologiya tushunchasi

  3. Ekologik omillar ularning bo’linishi


Tayanch iboralar: ekologiya, autekologiya, omillar, ekologik nisha, ekologik muhit, muhitning abiotik omillari, optimum qonuni, adaptatsiya.


    1. Ekologiyaga kirish

1. Bu atama nems biologi Ernest Gekkel (1834-1919) tomonidan 1866-1869 yillarda fanga olib kirilgan. Ekologiya XX asrning boshlariga kelib fanning mustaqil sohasi sifatida shakillandi. “Ekologiya” so‘zi grekcha oikis -“uy”, “turar joy” degan ma’noni anglatadi. Milliy amaliyotga ekologiya tushunchasi sekinlik bilan kirib kelgan. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida ingliz fiziologi I.Berdonsanderson, amerikalik olimlar S.Forbe va K.SHreter ekologiya to‘g‘risida yozdilar. Ekologiya xususida AQSHda 1913 yilda CH.Edamsning “Hayvonlar ekologiyasiga oid qo‘llanma”, ingiliz zoologi Ch.Eltonning “Hayvonlar ekologiyasi”, o‘zbek ekologiya maktabining asoschilaridan zoolog olim D.N.Qashqarovning “Hayvonlar ekologiyasi asoslari” kitoblari xozir ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q.

Tegishli texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy etish. Qishloq, o‘rmon va boshqa xo‘jalik tarmoqlaridagi tabiiy jarayonlarning keskin buzilishiga olib keladigan barcha zaxarli kimyoviy moddalarni qo‘llash ustidan qattiq nazorat o‘rnatish. Havo va suv muhitini insonning hayotiy faoliyati uchun zararli yoki salbiy ta’sir etadigan moddalar bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik. Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, kollektor – zovur suvlarini daryolar, hamda suv omborlariga tashlashni tartibga solish oqava suvlarni chiqarib yuborishni batamom to‘xtatish zarur. Sanoat korxonalarida atmasferaga, suv xavzalariga va tuproqqa ifloslantiruvchi yoki zararli moddalarni tashlamaslik, ularda zamonaviy, samarali tozalash qurilmalari tizimini joriy etish kerak. Boshlang‘iya hom-ashyodan tayyor, provard maxsulot olgunga qadar komples foydalanishga imkon beradigan yangi, zamonaviy, ekologik jixatdan samarali uskunalarni o‘rnatishdan iboratdir.

2. Biosferadagi kechayotgan jarayonlarni o‘rganish, boshqarish, bashorat qilish, inson yashaydigan muhitni saqlash.

3. Respublikaning foydali qazilmalaridan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muxofaza qilish foydali qazilmalarni olish va qayta ishlash chog‘ida katta iflosgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, tog‘-kon sanoatining chiqindilarini o‘zlashtirishni yanada kengaytirish hamda buzilgan erlarni qayta yaroqli xoga keltirish muhim axamiyatga ega bo‘ladi.

4. Katta-katta xududlarda tabiiy sharoitlarni tabiiy zaxiralardan samarali va komples foydalanshni ta’minlaydigan darajada aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy asosangan tarzda o‘zlashtirish, biotsenozlar hosil qilish, tuproq umumdorligini oshirish, tabiat va jamiyat orasidagi muvozanatnining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

5. Tabiatda oz uchraydigan va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va xavonlarni muxofaza qilish, ko‘paytirish yo‘llarini ishlab chiqish lozim.

6. Ekologshik kulfatlar chegara bilmasligini nazarda tutgan xolda jaxon jamiatchiligi e’tiborini mintaqaning ekologik muammolariga qaratish lozim. Orol muammosi bugungi kunda chinakam keng ko‘lamli, butun sayyoramizga daxldor muammo bo‘lib qolganligini, uning ta’siri xozirning o‘zidayoq biologik muvozanatni buzayotganligini, bepoyon xududlarda aholining genofondiga xalokatli ta’sir ko‘rsatayotganligini nazarda tutish lozim. Xalqaro tuzilmalarning zaxiralari, imkoniyatlari va investitsiyalarini ana shu muammolarni xal qilishga jalb etish – birinchi darajali vazifadir.

7. Ekologik ong, ekologik ma’naviyat, ekologik ta’lim va tarbiya tizimlarini shakillantirish va bu soxada ommaviy axborot vositalari ishini fasillashtirish lozim bo‘ladi.

Atrof-muhitni muxofaza qilish borasidagi yuqorida qayd etilgan ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish yaqin vaqt ichidayoq olingi tizimdan yosh respublikaga mos bo‘lib qolgan ekologiya soxasidagi ko‘pgina illatlar, kamchiliklar va xolatlarni bartaraf etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. SHuningdek, keng ko‘lamdagi ekologik tenglik taxdidini barxam toptirish, respublika axolisi uchun zarur shart-sharoitlar hamda ekologik jixatdan musaffo hayotiy muhit yaratish imkonini beradi.



Ekologiya fanining qisqacha rivojlanish tarixi

Rossiyada ekologiyaning rivojlanishida K.F.Rule asarlari katta rol o‘ynagan. Uning asarlarida xayvonlarni boshqa ornanizmlar va obiotikmuxit bilan o‘zaro bog‘liq xolda o‘rganish zarurligi ta’kidlangan. XIX asr o‘rtalarida agrokimyo fani katta yutiqlarga erishdi. Ekologiyaning mustaqil fan sifatida shkaillanishaga CH.Darvinning “Turlarning kelib chiqishi...” (1859) asari katta ta’sir ko‘rsatdi.

XX asr boshlarida o‘simlik va xayvonlarning abiotik muxit bilan birgalikda o‘zaro ta’sirini tekshirish masalasi qo‘yildi. Bu masala xao etilgach, ichki suv xavzalarini o‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Suvli muxitdagi xar xil formali xayot to‘g‘risidagi fan gidrobiologiya deb ataldi. Gidrobiologlar tabiatdagi moddalar aylanishi va energiya trasfarmatsiyasida organizmlarning rolini birinchi bo‘lib o‘rgana boshladilar. Ular ekologiyaning rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan biomassa (nkmis olimi R.Demol) va biotsenoz mahsuloti (R.Demol va nemis olimi A.Tineman) tushunchalarini ta’riflab berdilar.

Quruqlikda moddalar aylanishini miqdoriy jixatdan o‘rganish ishlari keyinroq (XX asrning 30-50-yillaridan) boshlandi. Bu ishlarning rivoj topishiga Rossiyada tuproqshunoslikning paydo bo‘lishi, xususan, XIX asr oxirida V.V.Dokuchaevning tuproq muxitning abiotik va biotik tarkiblari o‘zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan maxsus jisimlar deb talqin etgan tasavvuri asos bo‘ldi. XX asr boshlarida quruqlikdagi ekologik tadqiqot ishlarini botaniklar va zoologlar aolhida-aloxida olib bordilar. O‘simlik guruxlariga katta e’tibor berildi. O‘simlik guruxlarining tuzilish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fitosotsiologiya (keyinroq fitotsenoloiya) fani paydo bo‘ldi. SHu davrda guruhlarning almashinish protsessi qonuniyati – suksessiya jadal tadqiq etildi. O‘simlik guruxlarini o‘rganishda G.F.Morozovning “O‘rmon to‘g‘risida ta’limot” (1912) va V.N.Sukachyovning “O‘simlik guruxlari xaqidagi ta’limotiga kirish” (1915) asarlari muhim rol o‘ynadi. Nazariy ekologiyaning rivojlanishiga ingliz olimi CH.Eltonning “Xayvonlar ekologiyasi” (1927) kitobi xam katta ta’sir ko‘rsatdi.

20-30-yillarda akademik V.I.Vernadskiy biosfera to‘g‘risidagi ta’limotini yaratdi. V.I.Vernadskiyning g‘oyalari butun jaxogna ekologik tafakkurga katta ta’sir ko‘rsatdi. Rus olimi G.F.Gauzening eng sodda xayvonlar va mikroorganizmlar to‘g‘risidagi olib borgan eksperimental ishlari butun jahonga mashhur bo‘ldi.

Ekologik g‘oyalarni rivojlantirishda va kadr tayyorlashda D.N.Kashkarovning “O‘simliklar guruhi va muxit” (1933) hamda “Xayvonlar ekologiyasi asoslari” (1938) asarlari muhim rol o‘ynadi va hozirgi kungacha o‘z axamiyatini yo‘qotmagan. Rus botaniklari V.N.Sukachyov boshlagan fitotsenologiyadagi eksperimental yo‘nalishni ishlab chiqdilar, bu yo‘nalishning asosiy vazifasi turlar ichidagi va turlar aro raqobatni tekshirishdir.

Ekologiyani rivojlantirish uchun ekosistema va biogeotsenoz tushunchalarning shakillanishi katta axamiyatga ega bo‘ldi. Ingliz olimi A.Tensli (1935) birgalikda yashaydigan organizmlar (avtotroflar va geterotroflar)ning xar qanday to‘dasini va ular xayoti uchun zarur abiotik muxitni ekosistema deb tushunadi. Biogeotsenozaning V.N.Sukachyov asoslab bergan juda aniq tushunchasi er yuzining muayyan teritoriyasida yashaydigan o‘simliklar, xayvon va mikroorganizmlarning shu territoriya landshafti, iqlim, tuproq xamda gidrolik sharoitlari bilan birligini anglatadi. Bu tushunchalarning kiritilishi ekologiyaning xar xil bo‘limlarini bir-biriga yaqinlashtirish imkonini beradi va ekosistema doirasida moddalar aylanishi va energiya oqimini o‘rganish singari umumekologik muammolarni qo‘yishga olib keladi.

Undan tashqari rus olimlaridan B.A.Keller, V.V.Alexin, V.G.Ramenskiy, chet el olimlaridan F.Klements, K.Raunkier, I.Baraun-Blake, G.Odum, YU.Odum va boshqalarning fitotsenologiya xamda umumiy ekologiya asoslari soxasidagi ishlari umumiy biotsenologiyaning rivojlanishiga katta xissa qo‘shdi.

Xozirgi zamon ekologiyasining xarakterli xususiyati butun biosferani qamrab oluvchi protseslarni tadqiq etishdir. Odam va biosfera o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv sinchiklab o‘rganilmoqda. Xalqaro biologik pragramma doirasida o‘tkaziladigin ishlar 1964 yilda boshlandi, uning asosiy maqsadi – er sharining xar xil joylaridagi ekosistemalarning maxsuldorligini o‘rganish. Ekologiyaning asosiy vazifasi odam yaratgan va tabiiy sistemalarning strukturalari xamda funksiya bajarish asoslarini miqdoriy uslublar yordamida batafsil o‘rganishdan iborat. Individlarning joylashishi, populyasiyaning yoshi, jinsiy va ekologik strukturasini o‘rganish xam ekologiyasiga kiradi. Asosiy turlar: qishloq xo‘jalik va o‘rmon xo‘jaligi zararkurandalari, kasallik qo‘zg‘atuvchi va tarqatuvchilar populyasiyalari soning o‘zgarishiga alohida e’tibor beriladi.

Populyasion ekologiya genetika, fiziologiya, etologiya, biogeografiya, sistematika, demografiya bilan biogeotsenologiya - biokimyo tuproqshunoslik, gidrologiya, gidrokimyoviy iqlimshunoslik va boshqa fanlar bilan bog‘liq. Falsafa, fizika, matematika yutuqlari ekologiyaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Kishilik jamiyatning xozirgi rvojlanish bosqichida odamning biosferaga ta’siri ortdi. Ekologiyaning amaliy axamiyati o‘sdi. Ekologiya tabiat resurslarini qo‘riqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘dgan hamma tadbirlar usun ilmiy baza bo‘lib xizmat qilishi kerak.


1.2.Autekologiya tushunchasi

O‘z vaqtida E.Gekkel qayd qilib o‘tganidek, ekologiya faqat o‘simlik va xayvonarni emas, balki bubun tirik organizmlarni, ularning o‘lib ketgan ajdodlarini bir xil darajada o‘rganadi.

Ekologiya bo‘limlarning umumiy vazifalari va yo‘nalishlari birlashgan. Lekin o‘simliklar, sanoat yoki insonlar ekologiyasi kabi yo‘nalishlarning xar birini o‘ziga xos tadqiqot usullari bor. Masalan, o‘simlikning ekologiyasi abiotik omillarning ayrim o‘simlik turlariga yoki tur vakillariga ta’sirini aniqlaydi. O‘simlikning va ular birikmalarining bir-birlari bilan munosabatlarini fitotsenologiya o‘rgansa, xayvonlar va o‘simliklar guruxlari ichidagi aloqalarini biotsenologiya o‘rganadi.

O‘simliklar tabiiy muxit va xar xil turlarning birligi darajasida o‘rganiladi. Sun’iy senozlarni (bug‘doyzor, sholipoya, paxtazor, jo‘xorizor va xokazo) muxitda, aslosan bir tur vakillari xosil qiladi. Ularning populyasiyalari bir, ko‘p va xar xil guruxlarni xosil qiluvchi o‘simliklar asosida chuqur o‘rganiladi.

Xayvonlar ekologiyasi - tashqi muxit omillarining ayrim individiumlariga va ularning populyasiyalariga ta’sirini o‘rganadi. SHuning uchun ham populyasiya xavonlar misolida yaxshi ishlab chiqilgan.

O‘simlik va xayvonlar xaqidagi ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, tirik organizmlarning bir-birlari va muxit bilan aloqalari, murakkab xar xil va o‘ziga xosligini ekologiyaning o‘simliklar va xayvonlar ekologiyasiga bo‘linishiga sabab bo‘ladi, ya’ni tabiatning xar bir ob’ekti mustaqil fanlar tomonidan o‘rganilsa-da, ular o‘rtasidagi aloqa juda kuchlidir.

Ayrim xollarda ekologiyaning bu ikki mustaqil bo‘limini birlashtirmoqchi xam bo‘lganlar (YU.Odum, L.G.Ramenskiy, B.G.Ioganze, G.A.Novinkov, S.S.SHvars). V.N.Sukachev tomonidan ishlab chiqilgan biogeotsenoz, keyinchalik biogeotsenologiya ta’limoti - o‘simliklar va xavonlar birikmalarini to‘plam xolida o‘rganish nazariyasi katta axamiyatga ega bo‘ladi. YU.Odum ekologiyani turlar populyasiya ekologiyasi, senozlar ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi kab qisimlarga bo‘ladi.

Xozirda ekologiyaning bo‘limlari, ularning ma’nosi, vazifalari va o‘rganish ob’ektlari quyidagicha:

1. Auekologiya (yunoncha autos - o‘zim, logiya - ta’lim) - tur vakillarining yashash sharoiti, bir-birlari xamda ularni o‘rab turgan atorf-muxit balan munosabatlarini o‘rganadi, shuningdek turning turg‘unligini, uning turli ekologik ommillar ta’sirida moslashnshini, muxitning organizmning morfologik, fiziologik va xulqiy o‘zgarishlariga sabab bulishini aniqlaydi.

Autekologiya o‘zining rivojlanishida ekologik taqqoslash, ekologo-morfologik, fiziologik usullardan keng foydalaniladi. Organizmning atrof-muxit ta’siriga reaksiyasi va o‘zgarishiga oid ilmiy materiallarni solishtiradi. Natijada organizmlarning fasllar, yil va kup yillar davomida bo‘lib o‘tadigan o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlaydi, organizmga ta’sir qiladigan tabiiy va sun’iy (antropogen) omillarning salbiy va ijobiy moxiyatini o‘rgatadigan ilmiy materiallarni tasnif kilish natijasida qator ekologik qonunlarni ochadi (Libixning minimum qonuni, SHelfordning ekologik tolerantlik qonuni, Lundogard-Poletaev qonunlari).

2. Demekologiya (yunoncha demos - xalk,) - tur vakillari xosil qiladigan

tabiiy populyasiyalarning xosil bo‘lish shartlarini, ularning guruxlari ichki tuzilishini, son va sifatini, bir-birlari va muxit o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganadi. Fransuz ekologi R. Dajo demekologiyani populyasiya dinamikasi nomi bilan ishlatadi.

3. Eydekologiya - turlar ekologiyasi - turni ekologik jixatdan chuqur o‘rganadi, uni jonli tabiatning tashkil bo‘lishidagi yuqori rivojlanish darajasi va biologik mikrosistemalarni tashkil kiluvchi deb qaraydi.

Ekologiyaning rivojlanish jarayonida ilm tadqiqotchilari tur vakillari - populyasiyani o‘rganish asosida biosferani o‘rganishga o‘tdilar. Ekologiyaning bu bo‘limida tur ekologiyasini o‘rganish shartdir.

Tirik organizmlarning tabiiy integratsion birlashuvi asosida: tur vakillari — vakillar guruxi — populyasiya — populyasiyalar guruxi — tur — turlar guruxi — senozlar — biotsenozlar — byogeonozlar (ekosistemalar) biosferalar yotadi.

Tirik tabiatning ob’ektiv integratsion tuzilishi ikki tizimda ya’ni 1) turlar xosil qiluvchi tizim va 2) biogeotsenotik tizim asosida bo‘lishi kerak. CHunki, xar qanday tur vakili (organizm) va uning populyasiyasi ob’ektiv turning aniq vakili bo‘lib, u yoki bu biotsenozalar tarkibiga kiradi va ularning xosil bo‘lishida qatnashadi.

4. Sinekologiya (grekcha syn - birlikda) - turli organizmlar xosil qiladigan birlik ekologiyasi, turli organizmlar, turli mikroorganizmlar, o‘simliklar, xayvonlar assotsiatsiyalari, biotsenozlar, ularning xosil bo‘lishi, rivojlanishi, tuzilishi, o‘zgarashi va maxsuldorligini o‘rganadi.

K.SHryoterning fikricha, sinekologiya xar xil guruxlar xosil qiluvchi xilma xil tur vakillarining bir-birlari va muxit o‘rtasidagi munosabatlarini o‘rganadi. Agar aut-dem - va eydekologiyalar asosida tur vakillarini va ma’lum tirik organizmlar guruxiga kiruvchi turlar o‘rganilsa, sinekologiya, o‘z navbatida aut -, dem - va eydekologiyaga asoslangan xolda murakkab kup turlardan tashkil topgan tabiiy komplekslarni, ularning ichki tuzilishlarini, rivojlanishini, son va sifat o‘zgarishlarini to‘la xolda, ichidagi katta va kichik birliklarini bir-birlari xamda muxit o‘rtasidagi munosabatlarini o‘rganish bilan bu bo‘lim ekologiyaning umumiy biologik xarakteriga ega bo‘lib koladi.

Sinekologiya statistik yullar bilan ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradi. Sinekologiya dinamik jixatdan (doimiy xarakatda, o‘zgarishda) -turli katta va kichik biologik guruxlarni o‘zgarib, almashib turishini, ular ichidagi farkni, ekosistemalar ichidagi ozuqaviy bog‘liqliklarni, sonlar piramidasini, organizmlar xosil qiladigan biomassa, maxsuldorlik va energiya oqimlarini o‘rganadi.

Ayrim xollarda xususiy ekologiya yunalishi xam yuzaga chiqib qoladi. Xususiy ekologiya - umumiy ekologik qonunlarni ayrim taksonomik birliklar darajasida, ekosistema ichidagi kenja sistemalarning yashash joylarini, doimiy xarakati va o‘zgarishini, yashash sharoitlarining xillarini (suv, xavo, er) - biotoplarni, ekosistemadagi ularning komponentlari moxiyatini o‘rganadi.

SHunday qilib ekologiya - tabiatda xosil bo‘lgan bir butun biologik birliklarni o‘rganadi, shu birliklarning guruxlariga, a’zolariga o‘ziga xos maxsus usullar bilan yondoshadi. CHunki tabiatdagi xar xil tabiiy voqelik, xolat maxsus yondoshishlarni, yangi ekologik usullarni talab kiladi. Tabiatning ekologik xolati ustida tajriba o‘tkazib bo‘lmaydi, chunki bunday xol juda xam kuzatilmagan va boshqarib bulmaydigan sanoqsiz ofatlarga olib kelishi mumkin (masalan: atom bombalarining Semipalatinskdagi sinovlari, atom bombasini Xirosima, Nagasakida qo‘llash, CHernobil AES ining portlashi).

Ekologiya va uning yaqin bo‘limlaridan turli biologik va boshqa fanlarning yutuqlaridan, materiallaridan extiyotkorlik bilan foydalanish kerak, aks xolda xaqiqiy ekologik voqeliklar, xolatlar buzilib, ekologiyada “begona” fikrlar chalkashib yurishi mumkin.

Ekologiyaning maqsadi - ma’lum vaqtda va ma’lum joyda qancha organizm yashaydi, ularni qachon va qaysi erda va nima uchun uchratish, topish mumkin degan savolga javob berishdan iborat. Bu esa insonning biologik tayanchi bo‘lib, u yashab turgan muhitni saqlash chora tadbirlarini ishlab chiqishga asos bo‘ladi. SHuning uchun ham ekologik ta’limsiz va mustahkam ekologik bilimga ega bo‘lmasdan turib, atrof-muhit muhofazasi muammolarini hal qilib bo‘lmaydi.
1.3.Ekologik omillar ularning bo’linishi
Muhit tushunchasi fanda turli ma’nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik, falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Ekologiyada muxit deb tirik organizmni o‘rab turgan fizik qurshovni e’tiborga olinadi. Muxit tevarak-atrofdagi o‘zaro bog‘lanishlardagi shart-sharoitlar va ta’sirlar majmuidir.

Odatda tabiiy va sun’iy muxitlar ajratiladi. Tabiiy muxitni suv, quyosh, shamol, xavo, er, o‘simlik va xayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muxit inson tomonidan yaratilgan bo‘lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muxitlar bir-biri bilan chambarchas bog‘lik. Ularning bog‘liqligini ekologik muxit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muxit tabiiy va sun’iy atrof-muxit bo‘lib, tirik mavjudotlar sub’ekt va ob’ekt ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar soni esa tevarak atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muxit muayyan ekologik tizim xisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.

Tabiiy ekotizim yoki ekosfera xayotni rivojlanishiga imkon beradigan erning tavsifi va abiotik jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning barcha atrof-muxitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‘lgan munosabatini bildiradi.

Ekologik muxit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan xolatlarda bo‘ladi. Tirik organizmlarning xayoti o‘zgarmagan shart-sharoitlar va ta’sirlar barqaror xolatida muvozanat o‘zgarmaydi, aksincha, muxitning shart-sharoitlari va ta’sirlar buzilganda muvozanatsiz xolat kelib chiqadi.

Ekologik muxitning buzilishi atmosferaning yer ostki suvlarining ifloslanishi, qattiq chiqindi moddalarning to‘planishi va ozuqaning zaxarlanishi, shovqinlarning ko‘payishi, radioaktiv moddalar va boshqalarning ta’sirini ortib borishida ko‘rinadi. Inson tabiat qonunlarini chuqurroq o‘rganish o‘rniga xayot muxitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira boshladi. (Tirik organizmlar - to‘rtta asosiy muxitlarda tarqaladi. Ulardan ikkitasi, ya’ni suv va xavo muxitlari o‘lik, tuproq muxiti oraliq va organizm (muxit sifatida) tirik xususiyatga ega. Xar bir xayot muxiti o‘z navbatida organizmlar yashashi uchun xar xil yashash joylaridan iborat. Masalan suv muxiti quyidagi xolatda uchrashi mumkin, chunki va sho‘r suv, ko‘lmak va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq va sovuq va xokazolar. Xavo va tuproq xam nixoyatda xilma-xil yashash joylarini tashkil etadi. Tirik organizmlar (o‘simliklar, zamburug‘lar, xayvonlar) xam parazit va simbiontlar uchun muxit sifatida o‘ziga xosdir.

Moslashish

Sayyoramizda tirik organizmlar bir-birlaridan keskin farq qiluvchi o‘ziga xos to‘rtta muxitda tarqalgan ekan, ulardan biri xisoblangan suv muxitida dastlab xayot kelib chiqqan. Keyinchalik tirik organizmlar quruqlikka chiqib, tuprok xosil bo‘lishida qatnashadilar va uni egallaydilar. SHuningdek, xavo va boshqa bir tirik organizmni ichida yoki sirtida xam tarqalganlar. Demak, bizga ma’lum bo‘lgan tirik tabiat va uning tarkibiy qismlari xisoblangan uvoqlilar, zamburug‘lar, o‘simliklar va xayvonlar ana shu muxitlarda yashashga moslashganlar. Xush moslashishni o‘zini qanday tushunish kerak? Moslashish yoki adaptatsiya ayrim individlar, populyasiyalar tur yoki jamoalarning morfofiziologik xulqiy va axborot biotsenotik xususiyatlarining majmuidan iborat bo‘lib, boshqa individlar, populyasiyalar, tur yoki jamoalar bilan yashash uchun kurashda g‘olib chiqishga sababchi bo‘ladigan, shuningdek abiotik muxit omillarining ta’siriga chidamliligini ifodalaydi. Moslashish turli darajalarda va ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan xarorat omiliga moslashish molekulyar darajadan boshlab to biotsenotik darajagacha kuzatilishi mumkin. Kupchilik o‘simliklar ortiqcha kizib ketishdan saqlanish uchun boshqa o‘simlik turining soyasida o‘sadi. Bu erda moslashish biotsenotik darajada namoyon bo‘lmokda. Asalarilarning uyalarini xaddan tashqari qizib ketganda qanotlarini qoqib uyani sovutishi jamoa darajasidagi moslashishga misol bo‘ladi. Xayvonlarning ter bezlari orqali tanasini sovutishi yoki o‘simliklarni transpiratsiya orqali barg yuzasini sovutishi kabilar organizm darajasidagi moslanishlardir. Kuchli yorug‘lik ta’sirida xloroplastlarning xujayra devori ostida ma’lum bir tartibda joy olishi xujayra darajasidagi, termofil mikroorganizmlaring oqsillarini yuqori xarorat ta’siriga chidamliligi esa molekulyar darajadagi moslashish xisoblanadi.



Ekologik omillar va ularning tasnifi

Muxit organizmning fizik qobig‘i xisoblanib, xar qanday muxit fizik, kimyoviy va boshqa omillarning majmui bilan namoyon bo‘ladi. Omil tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi muxitning ayrim bir tarkibiy qismidir. SHunday qilib, ekologik omilni tirik organizmlar moslashish reaksiyalari orqali javob beradigan xar qanday muxitning shart-sharoiti deb qarash kerak.

Ekologik omillar juda xilma-xil. SHuning uchun ularni tasniflash zarur buladi. Ekologiyaning tarixidan ma’lumki, omillarning tasnifi ancha murakkab masalalardan biri xisoblanadi. Tabiatda omillar tirik organizmlarga bir butun yoki birgalikda ta’sir etadi. Ular ekologik, fiziologik, genetik va xokazolar tarzida ta’sir etadi. Omillarni tasniflashda ularning xilma-xil ta’sir etishi emas, balki kelib chiqish manbaiga qarab ajratish lozim. Omilni aniqlashda uni tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va o‘ziga xos ta’siri muxim axamiyatga ega.

Ekologik omillarni tasniflashda uning tabiati, xarorat, nurlanish, bosim muxitning reakyiyasi va boshqalar doimo o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. D.N. Kashkarov (1933) omillarni uch guruxga ajratadi: iqlim, edafik va biotik. V.V.Alexin (1950) iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy omillarga ajratadi.

Ta’rifga binoan omil muxitning ayrim elementi xisoblanib, organizmga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. Ammo tarixiy, orografik kabi omillar tirik organizmlarga xech qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmaydi. SHubxasiz, ma’lum bir joyning dengiz satxidan absolyut balandligi, tog‘liklarning qiyalik burchagi darajasi yoki suv xavzasining chuqurligi kabilar xam ana shunday xususiyatga ega. Ular tirik organizmlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etmay, balki bevosita ta’sir etgan xolda boshqa omillar, ya’ni xarorat, bosim va xokazolarni ta’rif etish xususiyatini o‘zgartiradi.

Muxit keng ma’noda qaralib, uning tarkibida faollik ko‘rsatuvchi omillar mavjud. Omillarni ta’sir etuvchi va xayot sharoiti uchun zarur guruxlarga ajratish mumkin. Ta’sir etuvchi omillar tirik organizmlar xayotiga kuchli ta’sir etib, ularning xatto irsiy xususiyatlari yoki boiqa ko‘rinishlardagi o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bularga xar xil mutagen omillarni (nurlanish va boshqalar) ko‘rsatish mumkin.

Xayot sharoiti uchun zarur bo‘lgan omillar o‘z navbatida tirik organizmlarning yashashi uchun zarur bo‘lgan xayoti va o‘sishini ta’minlovchi omillar va rivojlanish sharoiti (ontogenszni ta’minlovchi) omillariga bo‘linadi.

YAshil o‘simliklarning xayoti uchun zarur bo‘lgan omillar kosmik (yorug‘lik, xarorat) va Erdagi suv va ozuqa omillarga ajratiladi. Ushbu omillar mavqei jixatdan bir-biri bilan barobar, shuningdek, boshqa omil bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ilmiy-texnik taraksiet tufayli inson yashil o‘simliklar uchun, zarur bo‘lgan kosmik omillarni boshqara olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

SHunday qilib, xozirgi vaqtda ekologik omillar kelib chiqishiga vaqt bo‘yicha, muxitga, xarakteriga, ob’ektga ta’sir etishiga va boshqa tomonlarini xisobga olib tasniflanadi.

Ekologik omillarni abiotik (o‘lik tabiatning ta’siri), biotik (tirik organizmlar bilan bog‘liq bo‘lgan ta’sir) va antropogen (insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan ta’sir) omillarga bo‘lib o‘rganiladi.

Abiotik omillarga kuyidagilar kiradi:

1. Iqlim, yorug‘lik, xarorat, xavo, namlik (xar xil shakllardagi yog‘ingarchiliklar, tuproq va xavoning namligi, qor qoplami);

2. Edafik (yoki tuprok. gurunt) — tuproqning mexanik va kimyoviy tarkibi, uning fizik xossalari va boshkalar.

3. Topografik (yoki orografik) - relef sharoiti.

Biotik omillarga quyidagilar kiradi: 1. Fitogen - birgalikda yashayotgap o‘simliklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri (mexanik ta’sirlar, simbioz, parazitlik, epifitlarnnng yashashi) va bilvosita (tirik organizmlar yashayotgan muxitni o‘zgartirishi) kabi ta’sirlari; 2. Zoogen - xayvonlarning (oziqlanishi, payxon qilishi va boshqa mexanik ta’sirlar, changlatish, meva va urug‘larni tarqatishi, muxitga ta’sir etishi kabi ta’sirlar; 3. Mikrobiogen va mikogen-mikroorganizmlar va zamburug‘larning (parazitlilik, taщqi muxitni o‘zgartirish) ta’siri.

Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlar yashash muxitining o‘zgarishi o‘z navbatida ekotizimlarning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz tutishiga (cho‘llarni o‘zlashtirish, o‘rmonlarni kesib yuborish, pichan o‘rish va mol boqish, suv, tuproq va xavoni sanoat chiqindilari, zararli kimyoviy moddalar, maishiy chiqindilar bilan ifloslantirish va zaxarlashga olib keladi. Ba’zi xollarda biotsenozlarning butunlay yuq bo‘lib ketishiga sababchi bo‘ladi (1-jadval) .



Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə