Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi. Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari



Yüklə 3,87 Mb.
səhifə3/16
tarix31.10.2018
ölçüsü3,87 Mb.
#77551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi. Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari. Ekosistemalar turlari. Tabiatdagi barcha organizmlarning o‘zaro va tashqi muhit bilan bo‘lgan barcha bog‘lanishlari ekotizimni tashkil qiladi. Barcha jonivorlarni va ularni o‘z ichiga olgan funkitsional tizim ekologik tizim deb ataladi. Ekotizimlar organizmlarning oziqlanish darajasiga qarab tabaqalanadi. Talabalar ekologiyada ekotizimni keng funksional birlik sifatida tasavvur qilishlari va bilimlarini shakllantirishlari lozim.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster,Vertushka metodi, bumerang, diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Biosfera xaqida ta’limot. Biosfera xaqida umumiy tushuncha. Dars davomida biosferaning asosiy tarkibiy qismlari; V.I.Vernadskiy bo‘yicha tirik modda va uning xususiyatlari; biosferaning eng yuqori va eng quyi chegarasi; biosferaning kosmik roli; biosferada moddaning katta va kichik doirada aylanishi; suvning tabiatda aylanishi; uglerod elementining tabiatda aylanishi; azot elementining tabiatda aylanishi; mintaqa biosferasiga bo‘lgan antropogen ta’sir dinamikasi va boshqalar haqida tushuncha hosil qilishdir.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, klaster,Vertushka metodi, bumerang, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Biosferada moddalarning aylanishi. Yer sharining har qanday nuqtalarida kichik doirada moddalar aylanishi biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. Kichik doiradagi aylanishlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq va katta doiraning ta’sirida bo‘ladi. Katta doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan moddalarning daryo va havo oqimlari bilan okeanga kelib tushishidan iborat bo‘lib, dengiz yotqiziqlarining quruqlikka qaytib chiqishi esa okean tubining ko‘tarilishi va uning natijasida quruqlik ayrim joylarining cho‘kishi bilan sodir bo‘ladi. Erda moddalar aylanishi ayrim kimyoviy moddalarning aylanishidan tashkil topadi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster,Vertushka metodi, bumerang, diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Zamonaviy ekologik muammolar. Ekologik muammo deganda insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan bog‘liq holda tabiatning insonga aks ta’siri, ya’ni uning iqtisodiyotda, xo‘jalik ahamiyatiga molik bo‘lgan jarayonlar, tabiiy xodisalar bilan bog‘liq (stixiyali talofotlar, iqlimning o‘zgarishi, hayvonlarning yalpi ko‘chib ketishi va. h.k.) har qanday hodisa tushuniladi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, klaster,Vertushka metodi, bumerang, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi va demografiyasi. Inson ekologiyasi –bu kompleks fanlararo ilmiy yo‘nalish bo‘lib, u inson populyasiyasining atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir etish qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. U tabiat bilan inson populyasiyasining o‘zaro ta’siri jarayonida aholi rivojini, undagi muammolarni maqsadli boshqarish va uning natijasida aholi sihat-salomatligini saqlash hamda Homo sapiens turini takomillashtirish chora- tadbirlarini ishlab chiqadi. SHu nuqtai nazardan inson ekologiyasi ijtimoiy ekologiyaning bir qismi bo‘lib, u inson populyasiyasining atrof- muhit hamda ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir etish qonuniyatlarini, boshqacha qilib aytganda, bu ilmiy yo‘nalish antropoekotizim ichidagi ijtimoiy biologik munosabatlarni o‘rganadi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, klaster,Vertushka metodi, bumerang, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Atmosfera havosining ahamiyati, uni iloslantiruvchi manbalar. Kimyo sanoati atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba; Kimyo sanoatidagi ammiak ishlab chiqarish jarayonida, azot kislotasini ishlab chiqarish jarayonida; plastik material olish zaharli moddalar haqida; Issiqlik elektrostantsiyalarining atmosfera havosini ifloslantiruvchi moddalari; Atmosfera havosidagi zararli omillarning yer sirtiga tarqalish qonuniyatlari haqidagi talabalarning bilimini shakllantirish.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, muammoli ta’lim, klaster,Vertushka metodi, bumerang, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Suv manbalarining ifloslanishi, va muxofazasi, suv sifatini yaxshilash. Yer kurrasida suvlar turlicha joylashgan. Yer osti suvlari kamida uchta chuqurlik er qavatida joylashgan bo’lib, er ustida esa ochik yuza suvlar mavjuddir Fan-texnika nixoyatda taraqqiy etgan hozirgi davrda turli iqlim sharoitlarida yashayotgan qishlok va shaxar axolisi ehtiyojlari uchun er osti va yuza suvlardan keng foydalanilmoqda.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: klaster,Vertushka metodi, bumerang, diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Tuproqni floslantiruvchi man’balar, zaharli kimyoviy moddalar. Tuproqni ifloslantiruvchi moddalar man’balari. Tuproq ifloslanishi – inson hayot jarayonining oqibatida xo‘jalik va sanoat chiqindilarining kelib chiqishi natijasidir. SHaharlarda, ishchi posyolkalarda, aholi turar joylarida juda ko‘p miqdorda har xil ifloslantiruvchi chiqindi moddalarining tuproqda yig‘ilishi natijasida ular kasallik tarqatuvchi manbalarga aylanib qoladi. Ifloslantiruvchi moddalar ochiq suv havzalarini, er osti suvlarini zararlaydi, qishloq xo‘jalik ekinlariga tushib, ular orqali hayvon, odam organizmiga o‘tadi. Qolaversa, tuproqni ifloslanishi oqibatida tashqi muhit ifloslanadi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, klaster,Vertushka metodi, bumerang, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Tuproq o’z-o’zini tozalash jarayonining ahamiyati, tuproq muhofazasi. Xar kuni, xar soatda tuproqqa tushadigan ko‘p mikdordagi chiqindi axlatlarning tarkibida mikroblar, viruslar, gijja tuxumlari, organik moddalarning chirishi inson xayotining allaqachonlar tugatishi yoki chidab bo‘lmaydigan axvolga solib qo‘yishi mumkin edi. Faqat tuproqda bo‘ladigan juda kuchli o‘z-o‘zini tozalash biologik jarayon tufayli falokatni, xavfli xolatning oldi olinadi. Uning ustiga odamlarning o‘zlari xam zararli chiqindilarni zararsiz xolatga keltirishni borgan sari takomillashtirmoqdalar, ko‘p chiqindilardan chiqadigan xalq xo‘jaligida foydalanish mumkinligi isbotlamoqdalar.

Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va muxofazasi. O‘smliklarning inson hayotdagi o‘rni; tibbiyotda qo‘llanilayotgan o‘simliklarning ahamiyati; o‘simliklarning ekologik guruhlarga bo‘linishi; respublikada o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va antropogen omillar ta’sirida yo‘qolib borayotgan o‘simliklar turlarini tiklash; qizil kitobga kiritilgan o‘smliklarni o‘rganish masalalari bilan talabalarni tanishtiriladi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, klaster,Vertushka metodi, bumerang, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Maxsus qo‘riqlanadigan hududlar.Alohida muhofaza etiladigan hududlar deganda erlar va suv kengliklari (akvatoriyalar)ning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlari tushuniladi. Alohida muhofaza etiladigan hududlar deb atalashining asosiy sababi shundaki, bu hududlar noyob o‘simlik va hayvonot dunyosini, mineral suvlar hamda tabiat yodgorliklarini saqlash uchun o‘ta ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya sog‘lomlashtirish ahamiyatiga egadir. Alohida muhofaza etiladigan hududlar erlari deganda esa davlatning tegishli organlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratib berilgan er maydonlari tushuniladi.

Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish va muhofaza etish maqsadlari davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar, botanika bog‘lari, kurortlar, zakazniklar va boshqalarning Nizomlarida belgilangan bo‘ladi. SHundan kelib chiqqan holda alohida muhofaza etiladigan hududlar erlarining huquqiy holatidagi o‘ziga xos xususiyatlarni quyidagilarda ko‘rish mumkin.


Muhit holatini nazorat qilish monitoringi. Ekologik ekspertiza. Ekologik monitoring atrof-muhitni yaxshilash va biosferani musaffo saqlash bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish, uning ob’ekti tabiat, antropogen yoki tabiat antropogen tuzilmalari holatini nazorat qilish va oldini olish, yagona ekologik siyosat yurgizishda, davlat ekologik ekspertizasi muhim rol o‘ynaydi. Ekologik ekspertiza tabiat va jamiyat tizimidagi barcha o‘zaro bog‘lanishlar va ziddiyatlarni har tomonlama tahlil qiladi va shu kabi tushunchalar haqida ma’lumotlar beriladi.

Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:diologik yondashuv, klaster,Vertushka metodi, bumerang, muammoli ta’lim, nilifar guli, venn diagrammasi, blits,T-sxemasi, o’z-o’zini nazorat.

Adabiyotlar: A1; A2; A3; A4;V1; V2; V4; V5.
Ekoloik xafvsizlik. Ekologik ta’lim tarbiya

Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash jarayonida yuzaga keladigan murakkab ekologik-huquqiy munosabatlarni hal etish maqsadida o‘tgan davr mobaynida «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida», «Er osti boyliklari to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida», «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida», «CHiqindilar to‘g‘risida»gi kabi qonunlar hamda Er kodeksi, shuningdek, aholi salomatligini himoya qilishga oid «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida», «Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida», «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida», «Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida», «Yod etishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida»gi qator qonunlar qabul qilindi.



Bulardan tashqari, Fuqarolik, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi, Jinoyat va Soliq kodekslari, qolaversa, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohaga oid yuzlab normativ hujjatlarda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi salomatligini himoyalash hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy me’yorlari aks ettirildi.


t/r

Laboratoria mashg’ulotlar mavzulari (barcha)

soat




1

Hayot muhitlari: suv, er-tuproq, havo va tirik organizm. YAshash muhitlarining o‘ziga xosligi. Moslanish

3

2.

Ekologik omillar,ularning organizmga ta’sir etish qonuniyatlari. Ekologik nisha.

3

3.

Populyasiyaning tuzilishi unda organizmlarning joylashishi

3

4.

Populyasiyalar orasidagi bog‘lanishlar, populyasiyalar dinamikasi

3

5.

Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha,Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar

3

6.

Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi. Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari.

3

7.

Biosfera xaqida umumiy tushuncha

3

8.

Biosferada moddalarning aylanishi

3

9.

Zamonaviy ekologik muammolar

3

10.

Ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi va demografiyasi.

3

11

Atmosfera havosining ahamiyati, uni iloslantiruvchi manbalar

3

12

Suv manbalarining ifloslanishi, va muxofazasi, suv sifatini yaxshilash

3

13

Tuproqni floslantiruvchi man’balar, zaharli kimyoviy moddalar

3

14

Tuproq o’z-o’zini tozalash jarayonining ahamiyati, tuproq muhofazasi.

3

15

Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va muxofazasi

3

16

Maxsus qo‘riqlanadigan xududlar

3

17

Muhit holatini nazorat qilish monitoringi. Ekologik ekspertiza

3

18

Ekoloik xafvsizlik. Ekologik ta’lim tarbiya

3

Jami

54


Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‘yicha

ko‘rsatmalar
Ekologiya fanida va sanitariya amaliyotida havo, suv, tuproq, oziq-ovqat maxsulotlari va boshqa tashqi muhit omillari fizikaviy, kimyoviy jihatdan tadbiq qilinadi. Tajriba usulini qo‘llash yo‘li bilan turli-tuman, kimyoviy, fizikaviy omillarning zararlanish darajasini o‘rganish va uni sanitariya-texnik asboblar hamda qurilmalar yordamida laboratoriya sharoitida baholash.

Laboratoriya ishlarining tavsiya etiladigan mavzulari:



  1. Atmosfera havosining ifloslanish darajasini o’rganish.

  2. Tuproqning fizik-mexanik tarkibini o’rganish

  3. Tuproqdagi pestitsidlar miqdori o’rganish o’rganish

  4. O’simliklarning issiqqa chidamliligini aniqlash

  5. Havodagi mikroorganizmlarni aniqlash usuli

  6. Tuproqdagi mikroorganizmlarning miqdorini aniqlash

  7. Suvni zararsizlantirish usullari.


Kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Fan bo’yicha kurs ishi namunaviy o’quv rejasida rejalashtirilmagan
Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabaning mustaqil ishi o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlar yig‘ish. Uy vazifasini bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni toppish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlardan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy ilmiy izlanishlar olib boorish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish, olingan ma’lumotlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish bo‘lib, uning turlari va shakllari referat, slayd, tahlil natijalarining jadvallari, mavzular bo‘yicha informatsion vositalardan olingan adabiyotlar ro‘yxati, me’yoriy texnik hujjatlarning nusxalari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Mustaqil ishga mo‘ljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo‘llanmalarda keng



Mustaqil ta’lim mavzulari

Berilgan topshiriqlar

Bajarish muddati

Hajmi

(soatda)


1.

Ecological Speciation: Natural Selection and the Formation of New Species

Turlarning paydo bo’lishi: tabiiy tanlanish va yangi turlarning shakllanishi



Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

1-2 hafta

6

2

Population Ecology

Populyatsiyalar ekologiyasi



Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

2-3 hafta

6

3

Biodiversity and Ecosystem

Functioning

Bioxilmaxillik va ekosistemalarning funktsiyalari


Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

3-4 hafta

6

4

Ecosystems to Global Changes

Ecosistemalardagi global o’zgarishlar



Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

4-5 hafta

5

5

Biosphere–Atmosphere Interactions

in Landscapes

Lanshaftlarda biosfera-atmosferaning bog’liqligi


Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

5-6 hafta

5

6

Marine Ecosystem Services

Dengiz ekosistemasi. Xizmatlari



Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

6-7 hafta

5

7

Communities and Ecosystems

Hamjamiyat va ekosistema



Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

7-8 hafta

5

8

Causes and Consequences of Species Extinctions

Turlar yoqolishining sabablari va oqibatlari



Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

8-9 hafta

5

9

Human-Dominated Systems: Agroecosystems

Inson hukmronligi ostidagi tizmlar. Agroekosistemalar



Adabiyotlardan konspekt qilish, filimlar, slaydlar, multimediya tayorlash.

9-10 hafta

6

Jami

49

yoritilgan.
Talabalar mustaqil ta’limining mazmuni va hajmi
Dasturning informatsion-uslubiy ta’minoti
Ekologiya fanini o‘zlashtirishda ajratilgan soatlar uchun amaliy mashg‘ulotlari va ma’ruza darslari ta’limning zamonaviy (xususan interfaol) metodlari, pedagogik va axborot – kommunikatsiya (media ta’lim, amaliy dastur paketlari, prezentatsion, elektron – didaktik) texnologiyalarini qo‘llash orqali olib boriladi.

Amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazish vaqtida pedagogik va axborot texnologiyalarining usullaridan keng foydalaniladi. “Aqliy xujum”, “Bumerang”, “Munozarali klaster”, “Test” usullaridan keng foydalaniladi.

Quyidagi mavzularda ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi:


  • inson - jamiyat - tabiat. Jamiyat va tabiatning o‘zaro ta’sir evolyusiyasi.

  • ifloslangan atmosfera xavosining atrof muxitga va inson salomatligi hamda turmush tarziga ta’siri.

  • Kimyoviy moddalarning organizmga ta’sir qilish mexanizmi.

  • Amaliy mashg‘ulotlari o‘tkazish vaqtida pedagogik va axborot texnologiyalarining usullaridan keng foydalaniladi.

  • ekologik omillar, ularning bo‘linishi; ekologik omillarning organizmga ta’sir etish qonuniyatlari mavzularida o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlarida “Bumerang”, “Aqliy xujum” pedagogik texnologiyalaridan.

  • Suv manbalari va ularning sanitariya xolati mavzularida o‘tkaziladigan laboratoriya mashg‘ulotlarida “Blits o‘yin” va Kichik guruhlar musobaqalari pedagogik texnologiyalaridan foydalaniladi.


Ekologiya fanidan talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash mezonlari

Mazkur mezon O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010 yil 26 avgustda 1981-son bilan davlat ro’yhatidan qayta o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta'lim vazirligini «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi nizomga o’zgartirish va qo’shimchilar kiritish haqida» 2010 yil 25 avgustdagi 333-son buyrug’i asosida tuzildi.

Fan bo’yicha talabalarning bilim saviyasi va o’lashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidaginazorat turlari o’tkaziladi:


  • joriy asosida nazorat (JN)-talabaningfan mavzulari bo’yicha bilim amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy baholash fanning hususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollekvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;

  • oraliq nazorat (ON)-semestr davomida o’quv dasturining tegishli(fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugalangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli (yozma, og’zaki, test va ko’hokazo) o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • yakuniy nazorat (YN)- semester yakunida ekologiya fani bo’ichanazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “yozma ish, test” shaklida o’tkaziladi.

ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi.

Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YAN qayta o‘tkaziladi.

Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi.

«Ekologiya» fani bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi.

Ushbu 100 ball baholash turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

YA.N.-30 ball, qolgan 70 ball esa J.N.-35 ball va O.N.-35 ball qilib taqsimlanadi.




Ball

Baho

Talabalarning bilim darajasi

86-100

A’lo


Xulosa va qaror qabul qilish. Ijodiy fikrlay olish. Mustaqil mushohada yurita olish. Olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish. Tasavvurga ega bo‘lish.

71-85


YAxshi

Mustaqil mushohada qilish. Olgan bilimlarini amalda

qo‘llay olish. Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish.

Tasavvurga ega bo‘lish.


55-70

Qoniqarli

Mohiyatini tushuntirish. Bilish, aytib berish

Tasavvurga ega bo‘lish.



0-54

Qoniqarsiz

Aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik. Bilmaslik.

  • Fan bo‘yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.

  • Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi.

V•O’

  • Talabaning fan bo‘yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi: R=---------

100

bu erda: V- semestrda fanga ajratilgan umumiy o‘quv yuklamasi (soatlarda);



O‘ -fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi (ballarda).

  • Fan bo‘yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ballning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball to‘plagan talabayakuniy nazoratga kiritilmaydi.

  • Joriy JNva oraliq ON turlari bo‘yicha 55bal va undan yuqori balni to‘plagan talaba fanni o‘zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo‘l qo‘yiladi.

  • Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali har bir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.

  • ONvaYAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanat tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YAN semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o‘tkaziladi.

  • JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrli sabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.

  • Talabaning semestrda JN va ON turlari bo‘yicha to‘plagan ballari shbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakuniy joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 55 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, fan bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyasiya komissiyasi tashkil etiladi.

  • Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra muduri, o‘quv-uslubiy boshqarma hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.


Talabalar ON dan to‘playdigan ballarning namunaviy mezonlari

#

Ko’rsatkichlar

ON ballari

maks


1-ON


2-ON


1.

Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma’ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va to‘liqligi.

15


0-7


0-8


2

Talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi va o‘zlashtirish.

10


0-5


0-5


3

Og‘zaki savol-javoblar, kollokvium va boshqa nazorat turlari natijalari bo‘yicha

10

0-5

0-5

Jami ON ballari

35

0-17

0-18



Talabalar JN dan to‘playdigan ballarning namunaviy mezonlari



Ko’rsatkichlar

ON ballari

maks


1-JN


2-JN


1.

Darslarga qatnashganlik darajasi. Ma’ruza darslaridagi faolligi, konspekt daftarlarining yuritilishi va holati.

15


0-7


0-8


2

Talabalarning mustaqil ta’lim topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi. Mavzular bo‘yicha uy vazifalarini bajarilish va o‘zlashtirishi darajasi.

10


0-5


0-5


3

Yozma nazorat ishi yoki test savollariga berilgan javoblar.

10

0-5

0-5

Jami JN ballari

35

0-17

0-18

YAkuniy nazorat “YOzma ish” shaklida belgilangan bo‘lsa, u holda yakuniy nazorat 30 ballik “YOzma ish” variantlari asosida o‘tkaziladi.

Agar yakuniy nazorat markazlashgan test asosida tashkil etilgan bo‘lib fan bo‘yicha yakuniy nazorat “YOzma ish” shaklida belgilangan bo‘lsa, u holda yakuniy nazorat quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.




Ko’rsatkichlar

YAN ballari

maks

O’zlashtirish oralig’i

1.

Fan bo‘yicha yakuniy yozma ish nazorati

6

0-6

2

Fan bo‘yicha yakuniy test nazorati

24

0-24

Jami

30

0-30





YAkuniy nazoratda “YOzma ish”larni baholash mezoni

YAkuniy nazorat “YOzma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 2 ta nazariy savol va 4 ta amaliy topshiriqdan iborat. Nazariy savollar fan bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning barcha mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan.

Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-3 ball oralig‘ida baholanadi. Amaliy topshiriq esa 0-6 ball oralig‘ida baholanadi. Talaba maksimal 30 ball to‘plashi mumkin.

YOzma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi

.

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Simon A. Levin editor 2009 by Princeton University Press Published by Princeton University Press, 41 New Jersey 08540 William Street

2. Ergashev A. Umumiy ekologiya. T., "O’zbekiston", 2003 y.

3. Egamberdiev R., Eshchanov R. “Ekologiya asoslari”, T.,“Zar qalam”, 2004 y.

4. Qosimova S.T. va boshqalar. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar iqlimshunosligi (o’quv qo’llanma)” T., Istiqlol, 2005 y.

5. ErgashevA. Ekologiya, biosferavatabiatnimuhofazaqilish. T., “Yangi asr avlodi” 2005 y.

6.S. Mustafoev, S. O’roqov, P. Suvunov. Umumiy ekologiya. T., O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006 y.

7. Ergashev A., Yulchieva M., Ahmedov O’., Abzalov A., Ekologiya, Toshkent, 2010 y.

8. Yulchieva M., Ahmedov O’., Ergashev A., Nurmuxamedov A., Ekologiya (o’quv-uslubiy qo’llanma) T., 2011 y.

9.Shodimetov Y., Ijtimoiy ekologiyaga kirish. T., "O’qituvchi", 1994 y.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1. Otaboev Sh.T., Shomaxmudov A.L. Pestitsidlar gigienasi va toksikologiyasi. T.,

“O’zbekiston”, 1979 y.

2. TurdikulovE.A.Ekologicheskoe obrazovanie i vospitanie uchaщixsya. T.,

"O‘qituvchi",1991 g.

3. To’xtaevA. Ekologiya.T., "O’qituvchi", 1998 y.

4. ZiyomuxamedovB. Ekologiyavama'naviyat. T., “Mehnat”, 1997 y.

5. O’zbekistonning ekologik sharxi. Indikatorlarga asoslangan.Toshkent.2008 y.
Internet va ziyonet saytlari
1.www.wikipedia.com

2.www.pharmapractice.ru

3.www.remedium.ru

4.www.pharmvestnik.ru

1.«Ekologiya » fanining

2016/2017 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan

SILLABUSI


Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Toshkent farmatsevtika instituti

Mirobod tumani Oybek ko‘chasi, 45

Kafedra:

Ekologiya va mikrobiologiya

“Sanoat farmatsiya” fakulteti tarkibida

Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:

510000 – Sog‘likni saqlash ta’lim sohasi

Farmatsiya (turlari bo‘yicha)


Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:

dots. Abzalov A.A.

dots. Nurmuxamedov A.A.

kat.o‘qit.Dusmuratova F.M.



e-mail:

Akmal pharm@u.mail.uz

Feruzapharm @u.mail.uz




Darsmashg`ulotlarini vaqti va joyi:

1-bino 126- 128 auditoriya

Kursning davomiyligi:

02.09.2016-20.01.2017

Individual grafik asosida professor-o`qituvchining talabalar bilan ishlash vaqti:

dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma va shanba kunlari 8 30 dan-15 00 gacha

Fanga ajratilgan o`quv soatlarining o`quv turlari bo`yicha taqsimoti

Auditoriya soatlari

Mustaqil ta’lim:

49

Ma’ruza:

118

Laborato-riya

554







Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi (prerekvizitlari):

“Biologiya”, “Ximiya”, “Fiziologiya” “Gigiena”,

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Fanni o‘qitishdan maqsad talabalarni farmatsiya, kasb ta’limi, sanoat farmatsiyasi va biotexnologiya mutaxassisliklari bo`yicha o`quv reja asosida bo`lajak mutaxasislarnining ekologik bilimi madaniyati va tarbiya sifatini yaxshilashga qaratilgan. Dastur I, III, IV semestrlarga mo`ljallangan.

Fanning vazifasi - talabalarga ekologiya va jonli organizmlarning o‘zaro munosabatlarning va ularning atrof muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvi, hozirgi zamon ekologiyasi tabiatdan samarali foydalanishning ilmiy uslublarini, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning strategiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etishini o’rganish buning uchun jamiyatdagi har bir inson ekologik qonuniyatlarni bilishi kerak.

“Ekologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:

-“Ekologiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: Fanning ilmiy asoslari; tabiat-inson-jamiyat munosabatlarini uyg‘unlashtirish zarurati, ekologiya fanining ilmiy-nazariy asoslarini, rivojlanish bosqichlarini, ekologiyani fanlar o‘rtasida tutgan o‘rni, ekologik fanlar tizimi, fanlararo aloqadorlik va uzviylik tamomillarini ochib berishni bilishi;

- o`quv va turli ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyotlar bilan mustaqil ishlay olish,

- ekotizimlar va ularni tasniflanishini, ekologik muammolar, ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanishning ekologik jihatlarini, ekologiya metodologiyasi va zamonaviy tadqiqot metodalarini, davlatning ekologik boshqaruv, ekologik baholash, xavf, bashoratlash yo‘llarini, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiiy majmualarni qayta tiklash tizimli va majmuali yondoshuv qoidalarini, ekologik ta’lim-tarbiya qoidalarini, umumbashariy fundamental va milliy ekologik qadriyatlarni bilishi va ko‘nikmalariga;

- atrof tabiiy muhitga nisbatan ehtiyotkorona va ma’suliyatli yondashuv, egallagan tayanch bilimlarini ekologik bilimlar bilan integratsiyalash, turdosh fanlardan olingan bilimlarni ekologik bilimlar bilan muvofiqlashtirish, kundalik faoliyat jarayonida ekologik bilimlarni qo‘llay bilishi, tabiatga nisbatan tizimli va kompleks yondashuvi;atrof-muhitni muhofaza qilish; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklashga oid mustaqil qaror qabul qilish; jamoa o‘rtasida ekologik bilim va ko‘nikmalarini etkaza bilish; ekologik ma’naviyat va ma’rifat borasida etakchilik qilish; atrof muhitni muhofazasiga oid ilg‘or g‘oyalarni to‘g‘ri targ‘ibot va tashviqot qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.




Talabalar uchun talablar


Institutning odob-ahloq kodeksi talablarigi qat’iy rioya qilish, shuningdek:

-professor-o‘qituvchi auditoriga kirganida o‘tirgan joydan turib “Assalomu alaykum” deb kutib olish;

- uyali aloqa vositalarini o‘chirib qo‘yish;

- professor-o‘qituvchidan so‘ng dars mashg‘ulotiga kech kelgan talaba auditoriyaga kiritilmaydi;

- professor-o‘qituvchi va guruhdoshlarga qo‘pollik qilmaslik, so‘z talashmaslik, hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;

-kiyinish talablari (madaniyati) ga rioya qilish;

-mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqmaslik (umuman dars jarayonida auditoriyadan sababsiz chiqishga ruxsat berilmaydi);

- uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

- ko‘chirmachilik (plagiat) qilmaslik, qat’iyan man etiladi;

- darslarga qatnashish majburiy, sababsiz 3 (uch) va undan ortiq dars qoldirgan talaba keyingi mashg‘ulotlarga fakultet dekani ruxsati bilan kiritiladi;

- sababli dars qoldirilgan taqdirda, professor-o‘qituvchiga ma’lumotnoma (spravka) taqdim etish;

- har qanday holatlarda ham qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;

- ma’ruza va amaliyot darslariga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;

- qo‘shimcha ravishda bajarilgan taqdimot, mustaqil ish, esse, referat, kreativ fikrlash darajasi, turli xil tadbirlar va ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etish;

- talabaga o‘z vaqtida bajarilmagan mustaqil ish, uy vazifasi, tartib – intizomi bo‘yicha choralar ko`rish;

- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa fan bo‘yicha nazorat turlari e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat qiladi va apellyasiya komissiyasi shu kunning o‘zida talabaning arizasini ko‘rib chiqib xulosa chiqaradi.


Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi


Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, lekin oraliq, joriy va yakuniy baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha.


Fan mavzulari va unga ajratilgan saotlar taqsimoti:




Mavzular

Ma’ruza

Laboratoriya


Mustaqil ish

1.

Ekologiyaga kirish,Autekologiya va ekologik omillarHayot muhitlari: suv, er-tuproq, havo va tirik organizm. Yashash muhitlarining o‘ziga xosligi. Moslanish

2

3

6

2.

Ekologik omillar,ularning organizmga ta’sir etish qonuniyatlari. Ekologik nisha.

-

3

6

3.

Populyasiya xaqida ta’limot Populyasiyaning tuzilishi unda organizmlarning joylashishi

2

3

6

4.

Populyasiyalar orasidagi bog‘lanishlar, populyasiyalar dinamikasi

-

3

5

5.

Biotsenoz va ekosistemalar xaqida ta’limot

Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha,Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar



2

3

5

6.

Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi. Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari.

-

3

5

7.

Biosfera xaqida ta’limot

Biosfera xaqida umumiy tushuncha



2

3

5

8.

Biosferada moddalarning aylanishi

-

3

5

9.

Amaliy va ijtimoiy ekologiya. Inson ekologiyasi Zamonaviy ekologik muammolarZamonaviy ekologik muammolar

2

3

6

10.

Ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi va demografiyasi.

-

3




11

Atmosfera xavosi va suv manbalarining ifloslanishi, va muxofaza qilish yo‘llari.

Atmosfera havosining ahamiyati, uni iloslantiruvchi manbalar



2

3




12

Suv manbalarining ifloslanishi, va muxofazasi, suv sifatini yaxshilash

-

3




13

Tuproqni ifloslanishi manbalar. Tuproq muxofazasi.

Tuproqni floslantiruvchi man’balar, zaharli kimyoviy moddalar



2

3




14

Tuproq o’z-o’zini tozalash jarayonining ahamiyati, tuproq muhofazasi.

-

3




15

Bio xilmaxillik va uning muxofazasi

Biologik zaxiralar, ularning ahamiyati va muxofazasi



2

3




16

Maxsus qo‘riqlanadigan xududlar

-

3




17

Ekologik xavfsizlik, uzuluksiz rivojlanish, ta’lim va tarbiya konsepsiyasi

Muhit holatini nazorat qilish monitoringi. Ekologik ekspertiza



2

3




18

Ekoloik xafvsizlik. Ekologik ta’lim tarbiya

-

3










18

54

49







Talabalar bilimini baholash tizimi:


t/r

Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi

Maksimal yig‘ish mumkin bo‘lgan ball

JN va ON ballar taqsimoti

  1. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti

50 ball






Ma’ruza mashg‘ulotlarda

11.

Talabaning ma’ruza mashg‘ulotlarda faolligi, muntazam ravishda konspekt yuritishi uchun

-







22.

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi (keys-stadilar, esse, referat, taqdimot va boshqa turdagi mustaqil ta’lim topshiriqlari)

5







Laboratoriya mashg‘ulotlarda

1.

Talabaning mashg‘ulotlarda faolligi, savollarga to‘g‘ri javob berganligi, amaliy topshiriq (masala, misol) larni bajarganligi uchun

45







II. Oraliq nazorat

20 ball













Birinchi oraliq nazorat (laboratoriya mashg‘uloti o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi)

20

Semestrning

10-11 haftalar oralig‘ida



III. YAkuniy nazorat

30 ball

Semestrning oxirgi haftasida

Jami:


100 ball




Izoh: yakka tartibda va guruh bo‘yicha topshiriqlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: BBB, taqdimot, esse, vaziyatli masalalar, variantlar asosida savol-javob.
Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichining namunaviy mezonlari:


T/r

Talabaning fanni o‘zlashtirish darajasi (bilim, malaka va ko‘nikma darajasi)

Ballar

A)

xulosa va qarorlar qabul qilish

86-100 ball




ijodiy fikrlay olish




mustaqil mushohada yurita olish




olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish




mohiyatini tushunish




bilish, aytib berish




tasavvurga ega bo‘lish

B)

mustaqil mushohada yurita olish

71-85 ball




olgan bilimlarini amalda qo‘llay olish




mohiyatini tushunish




bilish, aytib berish




tasavvurga ega bo‘lish

V)

mohiyatini tushunish

55-70 ball




bilish, aytib berish




tasavvurga ega bo‘lish

G)

aniq tasavvurga ega bo‘lmaslik

0-54 ball




bilmaslik




Asosiy adabiyotlar:

1.Simon A.Levin «Ekology»

2. Ergashev A. Umumiy ekologiya. T., "O’zbekiston", 2003 y.

3. Egamberdiev R., Eshchanov R. “Ekologiya asoslari”, T.,“Zar qalam”, 2004 y.

4. Qosimova S.T. va boshqalar. “Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar iqlimshunosligi (o’quv qo’llanma)” T., Istiqlol, 2005 y.

5. ErgashevA. Ekologiya, biosferavatabiatnimuhofazaqilish. T., “Yangi asr avlodi” 2005 y.

6. S. Mustafoev, S. O’roqov, P. Suvunov. Umumiy ekologiya. T., O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006 y.

7.Ergashev A., Yulchieva M., Ahmedov O’., Abzalov A., Ekologiya, Toshkent, 2010 y.

8. Yulchieva M., Ahmedov O’., Ergashev A., Nurmuxamedov A., Ekologiya (o’quv-uslubiy qo’llanma) T., 2011 y.




Qo‘shimcha adabiyotlar:


1. Otaboev Sh.T., Shomaxmudov A.L. Pestitsidlar gigienasi va toksikologiyasi. T.,

“O’zbekiston”, 1979 y.

2. TurdikulovE.A.Ekologicheskoe obrazovanie i vospitanie uchaщixsya. T.,

"O‘qituvchi",1991 g.

3. To’xtaev A. Ekologiya. T., "O’qituvchi", 1998 y.

4. Ziyomuxamedov B. Ekologiya va ma'naviyat. T., “Mehnat”, 1997 y.

5. O’zbekistonning ekologik sharxi. Indikatorlarga asoslangan. Toshkent. 2008 y.


Yüklə 3,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə