Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Murakab masalalar bilan birinchi tanishuv



Yüklə 203,66 Kb.
səhifə17/29
tarix31.12.2021
ölçüsü203,66 Kb.
#82412
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari

Murakab masalalar bilan birinchi tanishuv.


Murakkab masalalarning ba‘zi xillarini yechish. O‗quvchilar sodda masalalar shartini analiz qilish va shu asosda amal tanlash malakasini egallab olganlaridan keyingi murakkab masalalarni yechishga o‗tish mumkin.

Masala shartini analiz qilish malakasini tarkib toptirishning bir qator imkoniyatlari mavjud.



Shulardan ba‘zilarini qarab chiqamiz. Misollar keltiramiz:

  1. O‗quvchilar bir tup pomidordan 2 kg, ikkinchisidan birinchisiga qaraganda 1 kg ortiq pomidor terishdi. O‗quvchilar ikkinchi tupdan qancha pomidor terishgan?.

  2. O‗quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan esa birinchisiga qaraganda 1 kg kam pomidor terishdi. O‗quvchilar ikkinchi tupdan qancha pomidor terishgan?.

  3. O‗quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchi tupdan qaraganda 1 kg pomidor terishdi. O‗quvchilar ikkala tupdan qancha pomidor terishgan?.

  4. O‗quvchilar bir tupdan 2 kg, ikkinchisidan 1 kg... pomidor terishdi. O‗quvchilar birinchi tupdan ikkinchisiga qaraganda necha kg pomidor ortiq terishgan?.

O‗qituvchi o‗quvchilarga bir qator shunday masalalarni berib, ulardan qo‗shish (ayirish) amali bilan yechiladigan masalalarni ko‗rsatishni talab qiladi. Masala shartining to‗la analizini bolalarda shakllantirish kerak, bunda shunday vaziyat topish kerakki, masala savoliga e‘tibor berish shart bo‗lsin. Misollar keltiramiz.

  1. Olimning qancha puli bo‗lgan?. Uning o‗zida 50 so‗m bo‗lgan va yana onasi 20 so‗m bergan.

  2. a) Bahromda 3 ta olma, Valida 5 ta olma bor. Ularning buvisida qancha olma bor?

v) Hovlida 4 ta o‗g‗il bola o‗ynayotgan edi., ularga yana 3 ta qiz kelib qo‗shildi. Hovlida nechta qiz bola o‗ynay boshladi?. Birinchi masalada bolalar uchun nima berilganini va nimani topish kerakligini aniqlash qiyin, chunki masalaning berilganlari bilan savoli o‗rin almashib qolgan. Keyingi ikkita masala hazil masaladir. Bunda bolalaning butun e‘tibori masala savoliga qaratilishi kerak.

Murakkab masalalarni qarashga o‗tishda birinchi qadam-dan boshlaboq bolalar o‗z oldilariga qo‗yilgan masalaning yangiligi nimadan iborat ekanini ― payqash‖ imkonini berish kerak.

Murakkab masalalar bilan tanishtirishni aynan qaysi xil masaladan boshlashga nisbatan ikki xil nuqtai nazar mavjud. Birinchi nuqtayi nazarga ko‗ra ishni sonni bir necha birlik kamaytirishga doir va yig‗indi topishga doir sodda masalalarni o‗z ichiga olgan murakkab masalalardan boshlash ma‘qul. Masalan: ―Qo‗g‗irchoq tyeatriga bir maktabdan 6 ta o‗g‗il bola, ulardan 2 ta kam qiz bola keldi. Qo‗g‗irchoq tyeatriga qancha bola kelgan?. Ikkinchi nuqtai nazarga ko‗ra ishni yig‗indi va qoldiqni topishga oid sodda masalalarni o‗z ichiga olgan murakkab masalalardan boshlash kerak. Birinchi sinf (shuningdek, ikkinchi uchunchi sinf) darsligida sonni bir necha birlik orttirish (kamaytirishga) doir sodda masalalarni olgan murakkab masalalar ko‗plab berilgan. Masalan: ―Naima 23 ta yong‗oq, Qumri undan 6 ta ortiq, Ozoda esa Qumridan 9 ta kam yong‗oq topdi. Ozoda nechta yong‗oq topgan?‖ Masala shartini qisqacha bunday yozish mumkin:

N. – 23 ta yong‗oq

Q. – ?, N. dan 6 ta ortiq.

O. – ?, Q. Dan 9 ta kam.

Yechilishi : ( 23+6) – 9 = 29 – 9 = 20 ( yong‗oq). Javob: 20 ta yong‗oq.

Qaralayotgan mavzuda qo‗shish va ayirish amallari xossalarini qo‗llanishga doir masalalar katta o‗rin oladi.



Yüklə 203,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə