Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


b) Tezlik va harakat vaqtiga ko„ra masofani topishga doir masalalar



Yüklə 203,66 Kb.
səhifə26/29
tarix31.12.2021
ölçüsü203,66 Kb.
#82412
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari

b) Tezlik va harakat vaqtiga ko„ra masofani topishga doir masalalar. Misol uchun bunday masalaning yechilishini qaraymiz: ―Piyoda kishi soatiga 6 km tezlik bilan 3 soat yo‗lda bo‗ldi. Piyoda kishi qancha masofa o‗tgan?‖

Masala shartini chizma yordamida ham hal qilish mumkin.

Shunga o‗xshash bir qator masalalarni yechish natijasida o‗quvchilar bunday xulosaga kelishadi: agar tezlik va harakat vaqti ma‘lum bo‗lsa, u holda masofani topish mumkin. Masofa tezlik bilan vaqtning ko‗paytmasiga teng.

Ma‘lum tezlik va masofaga ko‗ra harakat vaqtini topishga doir bir qator masalalarni yuqoridagidyek qarab bunday xulosaga keladilar: agar tezlik va masofa ma‘lum bo‗lsa, u holda harakat vaqtini topish mumkin. Vaqt masofaning tezlikka bo‗linganiga teng.



Tezlikning o'lchov birliklarini yozganda avval uzunlik birligi yozilib, so'ng qiya chiziq

«/» (yoki «-») qo'yiladi va qiya chiziq tagiga vaqt yoziladi. Masala yechimini shunday yozish mumkin:

Yechish. 1) 70km/soat • 2 soat =140km. Javob: 140km.

2) 70 km/soat • 3 soat=210 km. Javob: 210 km.

Berilgan tezlik va berilgan vaqtga ko'ra bosib o'tilgan yo'lni topish uchun tezlik va vaqtni o'zaro ko'paytirish kerak. Umuman, soatiga v km yo'l bosayotgan jismning t soatda o'tgan yo'lini S harft bilan belgilasak, bu yo'l S = vt formulaga (qoidaga) ko'ra hisoblanadi.

  1. Gulchehra 1 soatda 4 km yo'l o'tadi. Shunday tezlik bilan 2 soatda necha kilometr yo'l bosadi? 3 soatda-chi? 4 soatda-chi? 30 minutda-chi?

  2. Poyezd 56 km/soat tezlik bilan ketyapti. U a) 2 soatda; b) 5 soatda necha kilometr yo'l o'tadi?

  3. «Neksiya» avtomobili 90 km/soat tezlik bilan yurmoqda. Uning 1 minutda, 10 minutda, 15 minutda, yarim soatda o'tgan yo'lini toping..

Yüklə 203,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə