Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Nisbatlar usuli bilan yechiladigan birlikka keltirishga doir masalalar



Yüklə 203,66 Kb.
səhifə22/29
tarix31.12.2021
ölçüsü203,66 Kb.
#82412
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari

Nisbatlar usuli bilan yechiladigan birlikka keltirishga doir masalalar. Sodda uchlik qoidaga doir masalalar yechishda nisbatlar usulining mohiyati shundan iboratki, oldin bir son ikkinchisida necha marta borligini (yoki bir son ikkinchisidan necha marta kattaligini) bilish kerak, so‗ngra ikkinchi miqdorning ma‘lum kattaligini shuncha marta orttirish yoki kamaytirish kerak. Shuni ta‘kidlab o‗tamizki, qaralayotgan masalalarni bu usul bilan faqat bitta miqdorning ikkita qiymatini ifodalovchi sonlar bir-biriga karrali bo‗lgandagina yechish mumkin.

Nisbatlar usuli bilan yechiladigan sodda uchlik qoidaga doir masalalarni yechishga o‗quvchilarni tayyorlash uchun ularga taxminan bunday mashqlarni taklif qilish foydali: ―12 l da necha marta 4 l dan bor?‖, ―30 metrda necha marta 5 m dan bor?‖, ―36 soni 12 sonidan necha marta katta?‖ va hokazo.

Tayyorgarlik mashqlarini bajarganlaridan keyin o‗quvchilarga sodda uchlik qoidaga doir bunday masalani taklif qilish mumkin: ―Ikkita bir xil kulcha 200 so`m turadi. Shunday 6 ta kulcha uchun qancha to‗lash kerak?‖ Oldin masala o‗quvchilarga tanish usul - birlikka keltirish usuli bilan yechiladi:

200 : 2 x 6 = 100 x 6 =600 so`m. Shundan keyin o‗qituvchi bolalarga bunday masalalarni yechishning yangi usuli bilan tanishishlarini aytadi. O‗quvchilarni yangi usulni tushunishlarini osonlashtirish uchun ko‗rsatmalilikdan foydalanish kerak. Bolalarning bir miqdorning qiymati qancha marta orttirilsa, ikkinchi miqdorning qiymati shuncha marta orttirilishi kerakligini aniqlashga yordam beradi. Jumladan, qaralayotgan masalada 2 ta kulchaga 200 so`m to‗langani ma‘lum. Demak, 6 ta kulcha uchun 2 ta kulchaga qaraganda 6 soni 2 sonidan necha marta katta bo‗lsa, shuncha marta ortiq to‗lash kerak.

Masalaning yechilishi ushbu ko‗rinishda bo‗ladi:

200 x (6 : 2) = 200 x 3 = 600 so`m

Masala yechishning yangi usuli (munosabatlar usuli) oldin tanish bo‗lgan usul bilan taqqoslanadi va bu usullarning farqi aniqlanadi.



  1. Yüklə 203,66 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə