Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 203,66 Kb.
səhifə23/29
tarix31.12.2021
ölçüsü203,66 Kb.
#82412
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari

Proporsional bo„lishga doir masalalar. O‗quvchilarning proporsional bo‗lishga doir masalalarning yechilish usullari haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida bundan keyin ikki xil masalaning yechilishini taqqoslash kerak. Shu maqsadda mustaqil yechish uchun qo‗yidagi masalalarni berish mumkin:

  1. Ikki maktabga bir xil bahoda yozuvchilar portretlari olindi. Bir maktabga 6 ta portret, ikkinchi maktabga 8 ta portret olindi. Hamma portret uchun 70000 so‗m to‗landi. Har qaysi maktab qancha pul to‗lashi kerak?

  2. Ikki maktabga bir xil bahoda 14 ta yozuvchilar portreti olindi: Bir maktab 30 000so‗m, ikkinchi maktab 40 000 so‗m to‗ladi. Har qaysi maktabga nechta portret olingan?

z) Ikki ayirmaga ko„ra noma‟lumni topishga doir masalalar. Bu masalalarni muvaffaqiyatli yechish ko‗p jihatdan o‗quvchilarning masaladagi mavjud muhim xususiyatlarni chuqur tushunishlariga bog‗liq. Bu xususiyatlar shundan iboratki, masalada ma‘lum bo‗lgan bir miqdorning qiymatlari ayirmasi ikkinchi miqdorning qiymatlari ayirmasiga to‗g‗ri kelishi kerak, keyingi ayirma masalada oshkor holda berilmaydi, bu ayirmani topish bundan keyingi yechimni izlashni ancha yengillashtiradi.

Noma‘lum ikki ayirma bo‗yicha topishga doir masalalarni yechishga kirishishdan oldin tayyorlash mashqlarini, masalan, bunday masalalarni berish mumkin: bir to‗pdagi gazmol ikkinchi to‗pdagidan 4 m ortiq bo‗lib, undan 24000 so‗m ortiq turadi. 1 metr gazmol qancha turadi?

Bunday savol qo‗yiladi: nega birinchi to‗p gazmol ikkinchi to‗p gazmoldan qimmat? Jami pulidagi 24000 so‗m farq uzunliklardagi 4 m farqqa to‗g‗ri keladi, demak, 4 m gazmol 24000 so‗m turadi, deb xulosa qilinadi. Bundan masalaning yechilishi ham kelib chiqadi: 24000:4=6000 (so‗m).

Javob: 1 m gazmol 6 so‗m turadi.



II BOB 4-sinfda harakatga doir masalalar ustida ishlash

metodikasi

    1. Yüklə 203,66 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə