Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети Инглиз тили 3-факультети



Yüklə 278,59 Kb.
səhifə10/10
tarix19.10.2023
ölçüsü278,59 Kb.
#128180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turli yosh davrlarida o’quv motivlarini to’g’ri shakllantirish-fayllar.org

O‘nga kirding — songa kirding



10 yoshdagi holat


O‘qituvchining har bir qarashidan ma’no uqadi. Chin do‘stlari bo‘ladi. Muvaffaqiyatlarga bilim orqali erishish mumkinligini tushunib yetadi. Yanada mustaqil fikrlaydi, qobiliyati nimalarga qodirligini atrofdagilar e’tiboriga havola etgisi keladi. Faol o‘quvchilik pozitsiyasi shakllanadi, maqsadlari aniqlashadi.
  • 10 yoshli o‗quvchi mustaqilligi, berilgan mavzuni anglashi, fikrini bayon etish uchun material to‗plashi, ulardan asosiysini ajratishi, materialni ma‘lum ketma- ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasi shakllangani bilan ajralib turadi, — deydi Farg‗ona viloyati Toshloq tumanidagi 4- maktabning boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi Zilola Asqarova. — Mazmunga mos so‗zlar bilan jumla tuzadi, tinish belgilariga ko‗ra ifodali o‗qiydi, xatolarini tuzata oladi. Soatlab yolg‗iz holda


sevimli mashg‗uloti bilan shug‗ullanishi mumkin va shu asosda mehnatsevarlik va


mustaqillik fazilatlari shakllanadi. Bu esa ixtiyoriy diqqat turg‗unlashganidan dalolat. Mehnati mahsulidan zavqlanadi. Liderlik qobiliyatini namoyon etadi.
Xulosa qilib aytganda, har qanday holatda ham anglashga bo‗lgan faol qiziqish faoliyat manbaiga aylanadi, natijani baholash yangi mazmun-mohiyatga ega motivlar shakllanishi hamda yangi maqsadlar qo‗yilishiga asos bo‗ladi. Shaxs voyaga yetgani sayin motivlari tuzilmasi murakkablashib, takomillashib, tartibga tushadi hamda o‗zaro bog‗liq shakli hosil bo‗ladi. Bolaning, umuman aytganda, o‘quvchilarning salohiyati turlicha. O‗z imkoniga mos talab qo‗yilsa,zo‗riqmasdan, qobiliyatlari sekin-asta kurtak ocha boshlaydi. Agar o‗quvchida yoshiga munosib ko‗nikmalar shakllanmagan bo‗lsa, ular bilan ishlashda yanada ziyraklik, izchillik va sabot ko‗rsatishga to‗g‗ri keladi. Chunki mutaxassislar fikrlarilaridan ham

anglashilib turganidek, har bir o‗quvchida o‗ziga yarasha qobiliyat va iqtidor mujassam. Ularni kashf etib, foydali hayotga yo‗naltirish uchun esa barcha birday mas‘uldir!


Shu tariqa, shaxsning yetukligi faoliyatlar, shaxsiy xususiyatlarni namoyon etuvchi motivlar tizimini boshqarish, uning ehtiyojlari asosida amalga oshadi. Ta‘lim- tarbiya jarayonida bolada o‗qishga bo‘lgan motivatsiyasining shakllanishi, eng avvalo, shaxsning ichki ehtiyojlari orqali amalga oshishi mumkin.Yana shuni ham ta‘kidlab o‘tish kerakki, o‘quv motivini to‘g‘ri shakllantirish o‘qituvchidan ham

katta mas‘uliyatni talab etadi. Uning qanchalik ziyraklik va zukkolik bilan ish olib borishi o‘quvchilarda o‘qishga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi.


So‘zimni taniqli psixolog Maslouning fikri bilan yakunlamoqchiman:‖Tashqi o‗qish jarayoni — bu shunchaki yana bir bilimni o‗zlashtirish yoki yangisini

o‗rganishdir. Bilim sohasida eng zukko bilimdon bo‗lish esa inson imkoniyatlariga va ichki intilishiga bog‗liqdir. Keyingi har qanday o‗qish, o‗rganish yo‗lidagi


ta‘limiy maqsadlar — bu insonni kelajakda kim bo‗lishini belgilovchi kasbiy faoliyatiga ko‗maklashish yo‗li va usulidir‖.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
KarimovI.A.‖Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. Toshkent. 1997.
2.
G‘oziev E.G`. ―Pedagogik psixologiya asoslari‖. Toshkent. 1997.
3.
V.Karimova. ―Psixologiya‖. Toshkent. 2000. 4.G`oziyevE.G`.Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi).T.,O`qituvchi, 1994.
5.
Davletshin M.G.,Do`stmuxamedova Sh.A., To`ychiyeva S.M., Mavlonov M. ―Yosh davrlari va pedagogik psixologiya‖. T.: TDPU, 2004 y.
6.
Ibragimov X.I.,Yo`ldoshevU.A., Bobomirzayev X.

―Pedagogik psixologiya‖. T.: 2010 y.


5.
www.ziyonet.uz
6.
www.google.ru

http://fayllar.org
Yüklə 278,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə