Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети Инглиз тили 3-факультети



Yüklə 278,59 Kb.
səhifə9/10
tarix19.10.2023
ölçüsü278,59 Kb.
#128180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turli yosh davrlarida o’quv motivlarini to’g’ri shakllantirish-fayllar.org

Mavqeini yo‘qotishdan qo‘rqadi



Sakkiz yoshdagi holat
2.
sinf o‘quvchisi ustozi qarashlaridan yo‘naltirish kutadi. Bolalar bilan do‘st tutinadi. Bilimlarini hayotda qo‘llay boshlaydi. Biroz mustaqil bo‘lishga urinadi. Vazifalarini kattalar ko‘magida ado etishga intiladi.
8 yosh o‗quvchi o‗zini oila, maktab, sinfning to‗laqonli a‘zosidek his qiladi. Endi uning har joyda o‗z o‗rni bor. Bu mavqeini yo‗qotib qo‗yishdan qo‗rqadi va o‗qish uchun barcha talablarni bo‗yniga oladi. Qiyinchiliklarni yengish uchun irodasini

charxlaydi. Olaylik, besh banddan ortiq she‘r yodlashni mashaqqat deb biladigan bola o‗n bandni yodlashga o‗zini majburlay oladi. O‗z o‗rnini topish uchun jon- jahdi bilan kurashadi.


Psixolog Ra‘no Rahimova 8 yoshlilarni shunday ta‘riflaydi:

  • Bu davrda bolaning «Men shuni xohlayman» motividan «Men shuni bajarishim kerak» motivi ustunlik qiladi. Birinchi sinfdagi ruhiy zo‗riqish o‗rnini irodaviy faollik egallaydi. Jumlalarni murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Biroq nutqiga boshqalar e‘tiborini tortish mayli unchalik kuchli bo‗lmaydi. Yozma nutqi shakllanib, to‗g‗ri tuzish va yozishga ma‘lum talablar qo‗yilgani, so‗zlar qanday


eshitilsa, shundayligicha yozilmasligini biladi. Unda ijod istagi tug‗iladi. Biroq mustaqil ijodiy ish bajarishga qiynalgani uchun kattalar ko‗magi zarur. Aql-idrok, sezgirlik, kuzatuvchanlik, eslab qolish, esga tushirish, hisoblash malakalari rivojlanadi.


«Men to‘polonchi emasman»



To‘qqiz yoshdagi holat


O‘qituvchining nazaridan qolmaslikka intiladi. Sinfdoshlari orasida tayin do‘stlari bo‘ladi. O‘rganayotganlari kundalik hayotda kerak bo‘lishini anglaydi. Vazifalarni mustaqil bajara oladi. O‘quvchilik burchlarini sekin-asta tushunib yetadi.
2.
sinfda o‗zini ancha dadil his qiladi. Alohida qobiliyatini namoyish etishga urinadi. Jamoadagi o‗rnini mustahkamlash uchun o‗z qiziqishlari, iqtidorini oshkor qila boshlaydi. Bilimi kengaygan sari o‗qishga munosabati kuchayadi. Ijodiy izlanishda ham mustaqillashadi.

  • Ayni yoshdagi bola idroki aniq va ravonligi bilan avvalgi davridan farq qiladi,


  • deydi Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 281- maktab boshlang‗ich sinf o‗qituvchisi Nigora Azimova. — Sinchkovlikka o‗rganadi. Ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilar unga yosh boladek emas, balki o‗z vazifalari, majburiyatlari bor, o‗z xususiyatlariga ko‗ra hurmatga sazovor shaxs deya munosabatda bo‗lishlarini istaydi. O‗z-o‗zini boshqarish malakasini egallay boshlaydi, vaziyatga qarab ish yuritadi. O‗ziga baho bera oladi. «Men yaxshi bolaman» yoki «Men to‗polonchi emasman» kabi fikrlarini isbotlashga urinadi. Yana bir xususiyati, faqatgina o‗z fikrini bayon etibgina qolmay, suhbatdoshining diqqatini o‗ziga jalb qilishga ham urinadi.





Yüklə 278,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə