Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети Инглиз тили 3-факультети


O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish



Yüklə 278,59 Kb.
səhifə6/10
tarix19.10.2023
ölçüsü278,59 Kb.
#128180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turli yosh davrlarida o’quv motivlarini to’g’ri shakllantirish-fayllar.org

O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish tartibsiz, rejasiz amalga oshirilishi mumkin emas, shu boisdan ushbu jarayonni boshqarishni o‗quv yilining dastlabki daqiqalaridan rivojlantirish lozim, chunki shaxs ulg‗aygan sari uning o‗quv faoliyati motivlari ham o‗zgarib boradi.
Hozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni nisbatan ichki ehtiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan xulq-atvorini birmuncha boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta‘kidlaydi. Shuning bilan birga o‗quvchi (o‗smir)da barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga alohida e‘tibor qilinadi. Darhaqiqat barqaror bilishga qiziqishlar qo‗zg‗atuvchi turtki (kuch) sifatida o‗quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatli o‗zlashtirishni ta‘minlaashga xizmat qiladi. O‗quvchi yoki o‗smirda bilimlarning muayyan sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishning tug‗ilishi ko‗p jihatdan shaxsni qay tariqa shakllanish imkoniyatini belgilaydi.
Ana shu boisdan o‗qituvchi o‗z o‗quv faniga nisbatan o‗quvchi va o‗smirlarda qiziqishni o‗stirish tarafdori bo‗lishi shart, chunki xuddi shuning negizida o‗quv
materiali va o‗quv dasturini yuksak darajada o‗zlashtirish muammosi yotadi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bilishga qiziqish alohidalik emas, balki u boshqa motiv doirasida o‗sadi, o‗zaro ta‘sir etadi, ular bilan uzviy bog‗lanib ketadi.
Ma‘lumki, o‗quvchi (o‗smir) bilim dargohida ilm olishdan tashqari tengdoshlari jamoasi ichiga kirib boradi va hayotida qatnashadi, shu boisdan unda o‗z o‗rtoqlari, o‗qituvchilarga nisbatan muayyan munosabat shakli vujudga keladi. Uning o‗quv faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir qatorda boshqacha xususiyatli xulq-atvor motivlari ham mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‗lish istagini anglatib, uning hayotida ishtirok etish xohishini o‗zida aks ettiradi.
O‗quvchi va o‗smirlar o‗quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa odamlar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji bilan uzviy bog‗liq bo‗lib, ularni baholash, quvvatlash, tengdoshlari jamoasida muayyan joy egallash singari talablarda o‗z aksini topadi. Mazkur motivlaar o‗quv faoliyatining mohiyati bilan bog‗liq bo‗lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni anglatadi. Ammo ushbu motivlar o‗quvchi va o‗smir o‗qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi.
Ijtimoiy motivlarni tahlil qilishda davom etsak, ular bevosita jamoa burchi, qarindoshlar va yaqin kishilar oldidagi burch, o‗qishni umuminsoniy madaniyat, qadriyat, ma‘naviyatni egallash tasavvuri bilan bog‗liq vosita, ushbu vosita odamlarga foydali shaxs tariqasida namoyon bo‗lish, o‗z imkoniyatini ro‗yobga chiqarish, ezgu niyatini ushatishga intilish funksiyasini bajarishi mumkin. Turtki, undovchi usul vazifasini bajaruvchi qo‗zg‗atuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab, u yoki bu darajada aks etadi, ammo ular har doim ham anglashilgan shaklga ega emas, shuning uchun ifodalanish darajasi nursizdir. O‗smirlik va o‗spirinlik davrlarida ijtimoiy motivlar anglashinilgan ahamiyat kasb etuvchi bosqichga o‗sib o‗tadi. Bunday motivatsiyani har tomonlama qo‗llab-quvvatlash, rag‗batlantirish bilan birga va bir davrning o‗zida bilishga qiziqishiga aloqador boshqa o‗quv faoliyati motivlarini shakllantirish lozim.
Ijtimoiy motivlar o‗quvchi va o‗smirlarning tor ma‘nodagi shaxsiy intilishlari bilan ham aloqador bo‗lishi mumkin, jumladan, ularda o‗qishga nisbatan qiziqish yo‗q bo‗lsa-da, lekin barcha topshiriqlarni yuksak darajada bajaradi, chunki o‗qituvchi ularning ―a‘lo‖ baholashi, sinf yoki kurs peshqadami qilib tayinlashi, hech qanday shubha bilan qaramasligi ehtimol. O‗quv jarayoni bunday xususiyatli odamlarga shaxsiy muvaffaqiyat yoki yutuqqa erishishning, nufuz (obro‗- e‘tibor)ning, yalovbardorlikning birdan-bir yo‗li deb tasavvur qilinadi. Bunday yo‗lni tanlash vijdonga xilof xatti-harakatlarga olib boradi, shaxsni shakllanish jarayoniga salbiy ta‘sir etadi. Shu boisdan ijtimoiy deb qabul qilingan motivlar jamoa ehtiyojini qamrab oladi, goho ular shaxsiyatparastlik, tor saviyali shaxs xususiyatini mujassamlashtiradi.
Ularning hayotida o‗z tengdoshlari va do‗stlari bilan muomalaga kirishish, do‗stlikka sodiqlik, bergan va‘dasi (so‗zi)ni uddasidan chiqish, hamkor bo‗lish ehtiyoji muhim o‗rin egallaydi. O‗qituvchi mashg‗ulotlarda o‗quv faoliyatining zarur motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud ehtiyojlariga tayanib ish tutsa, o‗quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi.Majbur qilish yo‗li bilan o‗qishga ijobiy munosabatni vujudga keltirib bo‗lmaydi. Shuning uchun ularning oldiga o‗ta
ahamiyatli, keng ko‗lamli maqsad qo‗yish, unga erishish yo‗llarini bosqichma- bosqich tushuntirish orqali intilishga turtkini yuzaga keltirsa bo‗ladi.
O‗smirlar xatti-harakatining yetakchi motivi ularni o‗z tengdoshlari jamoasida muhim joy egallash ehtiyoji hisoblanib, ular bilan muomala qilish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Agarda kichik maktab o‗quvchisi sinfda o‗zini qisilganday noxush his qilsa ham bunday holatga ko‗nikib ketadi, ammo o‗smir xoh xulq-atvor qoidalariga rioya qilib, goho unga zid bo‗lgan vositalar yordamida o‗z ehtiyojini qondirishga qaror qiladi.
Ijtimoiy turmush va faoliyatning ko‗rsatishiga qaraganda, har qaysi shaxsda o‗z qadr-qiymatini his etish tuyg‗usini shakllantirish maqsadga muvofiq. Shuni unitmaslik lozimki, butun diqqat-e‘tiborni o‗quvchi va o‗smirlar nuqsonlariga qaratish, kuchsiz, bo‗sh zvenolarini tanqid qilish va shu orqali ularni qayta tarbiyalashga bag‗ishlamog‗i lozim. Ularga nisbatan o‗qituvchining gumanistik munosabati va pedagogik odobi (takti) muhim ahamiyat kasb etadi, shuning bilan birga o‗z xatti-harakati natijasini oldindan ko‗ra bilish ko‗nikmasi bu borada muhim turtki vazifasini bajaradi. Pedagogik odob qoidalari va muomala qilish, ta‘sir o‗tkazish mexanizmlariga rioya qilish shaxslararo munosabatni barqarorlashtiradi.
Shaxsning barcha psixologik jarayonlari, xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, asosan faoliyat doirasida yuzaga keladi (bu yerda ongsizlik, ostonglilik holatlari istisno tariqasida olib qaralmoqda). Xuddi mana shu sababdan shaxsning ijtimoiylashuvi, uning xususiyati va fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishni ta‘minlash o‗quv faoliyati zimmasiga tushadi. Ammo har qanday o‗quv faoliyati ham ularni rivojlantirish imkoniyatiga ega emas, agarda u shaxsga shug‗ullanish xohishi va undan qoniqish tuyg‗usini vujudga keltirsa bunday faoliyat rivojlantiruvchi funksiyani bajargan bo‗ladi.
Bilim oluvchi o‗quvchi yoki o‗smir o‗quv faoliyatiga nisbatan qiziqish his qilsa,bu borada shaxs o‗quv materialni egallashga muayyan yutuqqa erishsa, bunday faoliyat bilan shug‗ullanish istagi tug‗iladi. Mabodo o‗quv faoliyatiga nisbatan qiziqish takomillashib, turg‗unlashib borsa, u taqdirda motivga, keyinchalik motivatsiyaga o‗sib o‗tadi, aksincha u butunlay yo‗qolib, susayib ketishi mumkin. O‗qishga nisbatan ijobiy motiv, motivatsiyani vujudga kelishi, barqarorlashuvi o‗quvchi va o‗smirlar tomonidan fan asoslarini o‗zlashtirish muvaffaqiyati, shaxsni shakllantirish garovidir.
Shuning uchun qiziqish, shaxsning xatti-harakati ichki regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojni qondirish, xohish-istak, ezgu niyat, orzu tilakni amaliyotda ro‗yobga chiqarishning bosh omili bo‗lib hisoblanadi. O‗smirlar o‗quv faoliyatini shaklantirish va rivojlantirishning o‗ziga xos xususiyatlariularning fanlarga nisbatan va uquv faoliyatiga nisbatan munosabatlari kuyidagi jadvalda ko‗rish mumkin.O‗smir o‗quv faoliyatiga yo‗naltiruvchi sabab yoki motivlar faqat bilimlarni o‗zlashtirish, o‗quv ko‗nikmalari va malakalarini egallash bilan cheklanib qolmasdan, balki shaxsni xulq-atvori, ya‘ni shaxsga oid xususiyatlarning namoyon bo‗lishini ham izohlashga xizmat qiladi.
Bola kun sayin o‗sib, ulg‗ayadi. 1- va 4- sinf o‗quvchisi o‗rtasida jismoniy, ruhiy va aqliy tafovutni bilish kerak. Aks holda, bola yoshiga nomutanosib talab va vazifalar bilan ularni «ezib» qo‗yish mumkin. Shuning uchun ularning yosh
xususiyatlarini inobatga olgan holda ularda o‘quv motivlarini shakllantirish lozim. Qutida berilgan holatlarda mutaxassislar yordamida boshlang‗ich sinf o‗quvchilarining yosh xususiyatlari tavsifi keltirib o‘tilgan.

Yüklə 278,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə