Zbekiston respublikasi



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə3/191
tarix13.12.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#149400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
8383 Математика ўитиш махсус методикаси

Kirish


Ushbu dastur aqli zaif va eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar maxsus ta`lim muassasalarida matematika oʻqitish maxsus metodikasi kursining umumiy masalalari, ya`ni fanning predmeti, maqsad va vazifalari, oʻqitishning umumiy va maxsus didaktik tamoyillari, ta`limni tashkil etish shakllari va ta`limni rejalashtirish vosita va metodlari, shuningdek, aqli zaif va eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarga matematikani oʻqitish jarayonida korrektsion-pedagogik ishlarni olib borish xususiyatlari hamda matematika oʻqitish maxsus metodikasi kursining xususiy masalalari kabi masalalarini qamraydi.




Oʻquv fanining maqsadi va vazifalari

Matematika oʻqitish maxsus metodikasi kursini oʻqitishdan maqsad- talabalarda aqli zaif va eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarga maxsus ta`lim muassasalarida matematika oʻqitishning umumiy va xususiy masalalari haqidagi bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat.


Matematika oʻqitish maxsus metodikasi kursi Defektologiya fakulteti talabalarini kar va zaif eshituvchi bolalar maktablarining boshlangʻich sinflarda hamda yordamchi mehnat ta`limi maktablarida matematika oʻqitishni amalga oshirish uchun tayyorlashga moʻljallangan.

Dastur ikki boʻlimdan iborat:


I boʻlim. Matematika asoslari va yordamchi mehnat ta`limi maktabida matematika oʻqitish maxsus metodikasi.
II boʻlim. Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar maktablarida matematika oʻqitish maxsus metodikasi.

I boʻlim quyidagilarni oʻz ichiga oladi. Matematika asoslari va yordamchi mexnat ta`limi maktabda matematika oʻqitish maxsus metodikasi kursining maqsadi - defektolog talabalarga matematika asoslarini oʻrgatish, qaysiki, bu bilimlar ularga matematika oʻqitish metodikasini ancha ongli oʻzlashtirishga koʻmaklashadi; yordamchi mexnat ta`limi maktab oʻquvchilarining matematik tasavvurlarini tarkib toptirish xususiyatlarini ochib berish, aqli zaif bolalarning matematik bilim, koʻnikma va malakalarni egallashdagi qiyinchiliklarni koʻrsatish va bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish yoʻllarini topishga yordam berishdan iborat.


II boʻlim quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalar maktablarida matematika fan sifatida oʻqishning barcha yillarida oʻrganilishi munosabati bilan mazkur kursni har bir defektolog oʻquv va oʻqishdan tashqari ishlarda uni olib borish uchun bilishi shart.
Mazkur kursning asosiy vazifasi quyidagilardir:

  • Talabalarni «Matematika oʻqitish maxsus metodikasi» boʻlimlari yuzasidan defektolog uchun zarur boʻlgan nazariy va uslubiy bilimlar bilan qurollantirish.


Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə