Zbekiston respublikasi


Fanning oʻquv rejadagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə5/191
tarix13.12.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#149400
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
8383 Математика ўитиш махсус методикаси

Fanning oʻquv rejadagi boshqa fanlar bilan oʻzaro bogʻliqligi
va uslubiy jihatdan uzviy ketma – ketligi

Matematika oʻqitish maxsus metodikasi fani ixtisoslik fani hisoblanib, 5 – 6 – semestrlarda oʻqitiladi. Dasturni amalga oshirish oʻquv rejasida rejalashtirilgan «Oligofrenopedagogika», «Surdopedagogika», «Oligofrenopsixologiya», «Surdopsixologiya», «Ona tili oʻqitish maxsus metodikasi», «Pedagogik mahorat», «Pedagogik texnologiya», «Tarbiyaviy ishlar maxsus metodikasi» kabi fanlar boʻyicha talabalardan etarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlik talab etiladi.




Fanning ta`limdagi oʻrni

Talabalar nazariyada olgan bilim, malaka va koʻnikmalarini rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus maktab, maktab-internatlaridagi amaliyotda takomillashtiradilar. Nazariy bilimlarini ilk bor hayotga tatbiq etish koʻnikmalari hosil qilinadi. SHuning uchun ushbu fan asosiy ixtisoslik fani hisoblanadi, defektolog kadrlarni tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga egadir.




Fanni oʻqitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning matematika oʻqitish maxsus metodikasi fanini oʻzlashtirishlari uchun oʻqitishning ilgʻor va zamonaviy usullaridan foydalanish, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Matematika oʻqitish maxsus metodikasi kursini oʻrganishda talabalarning oʻrta maktabda olgan bilimlariga tayaniladi va matematika asoslarini mustaqil ravishda takrorlash nazarda tutiladi. Mazkur fanni oʻqitish jarayonida zamonaviy metodlar, pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarini qoʻllanilishi nazarda tutilgan.


- maxsus pedagogika yoʻnalishlari boʻyicha ma`ruzalar darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezeptatsion va elektoron texnologiyalar;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish, shakllari, usullari, tamoyillari boʻyicha mavzularda oʻtkaziladigan amaliy mashgʻulotlarda «Aqliy hujum», «BBB» kabi pedagogik texnologiyalardan;
- rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar maxsus korrektsion mashgʻulotlar tashkil etish usullarini aniqlash, tahlil etish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarda kichik guruh munosabatlari, «PMK», «FSMU», «Elkan», «3 bosqichli intervyu», «Gamburger» texnologiyalarini qoʻllash nazarda tutiladi.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə