Зиёдулла Давронов



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

Iqtisodiy raqobat
- bu xo‘jalik yuritishning yaxshi sharoitlari, mahsulot
ishlab chiqarish va uni realizatsiya qilishning eng foydali shartlari, maksimal
daromad olish uchun tadbirkorlarning raqobati, kurashi demakdir. F. fon
Xayekning gipotezasi raqobatga jamiyatning asosiy iqtisodiy kuchi deb qaraydi,
chunki raqobatga tayangan jamiyat o‘z maqsadlariga boshqalarga qaraganda
muvaffaqiyatliroq erishadi. Demokratik jamiyatda raqobat bu jadal o‘zgaruvchi
yashash sharoitlariga jamiyatda muttasil, uzluksiz o‘zini o‘zi moslashtirish,
demakdir. Bozor yoki katallaktika tadbirkorlar ijodiy faoliyatini jadallashtiradi,
raqobat esa bozor iqtisodining rivojlanishini butun jamiyat uchun zarur


145
tomonga yo‘naltiradi. Raqobat sharoitlarida biznesmen, menejer har qanday
kutilmagan hodisalarga tayyor turishi kerak, zotan, muammolar va
qiyinchiliklarni tan olish o‘ziga, o‘z kuchiga ishonch, ulardan o‘zini olib qochish
— zaiflik va qo‘rqoqlik alomatidir. Bozor raqobat mexanizmi orqali tovar va
xizmatlar harakatini tartibga soladi, resurslar, g‘oyalar va texnologiyalardan
foydalanishni maqbullashtiradi. Binobarin, bozor iqtisodida raqobat fandagi
tadqiqot va kashfiyotga o‘xshaydi - u bozor resurslarini jamiyat uchun muhim
maqsadlarga yo‘naltiradi.
F. fon Xayek bozor raqobati negiziga qurilgan iqtisodiy Katallaktika
haqidagi gipotezani hozirgi zamon liberalizmi yo‘nalishida rivojlantirdi. Hozirgi
zamon liberalizmi g‘oyalarining konseptual o‘zagini to‘rt asosiy element tashkil
etadi:
• qonun oldida barchaning tengligi g‘oyasi;
• ratsionallik g‘oyasi (fon Xayek o‘z gipotezasini ilgari surishda mana shu
g‘oyaga tayangan);
• bag‘rikenglik (tolerantlik) g‘oyasi;
• tarixiylik g‘oyasi, ya’ni muammolarni kelajakda (kommu-
nizm) yoki o‘tmishda (traditsionalizm) emas, shu bugun, hozir
hal qilishga intilish.
Xozirgi zamon liberalizmining klassik namoyandasi R. Dvorkin yuqorida sanab
o‘tilgan liberal g‘oyalar majmui, shu jumladan bozor iqtisodi (yoki
«katallaktika»)ni «liberal dasturlar o‘zagining tub prinsipi» hisoblanuvchi tenglik
konsepsiyasi (yoki gipotezasi)ning hosilasi, deb e’tirof etadi.
F. fon Xayekning mashhur ustozi Lyudvig fon Mizes iqtisodiy liberalizmning
bosh nazariyotchisidir. U iqtisodiy liberalizm nazariyasida ilgari surgan teran
gipotezaga asosan, kishilik jamiyatida ijtimoiy borliqning iqtisod sohasidagi
absolyut asoslari quyidagilardir:
-mehnatning bo‘linishi;
-shaxsiy mulkdorlik;
-erkin ayirboshlash.


146
L. fon Mizesning fikricha, liberalizmgina birdan-bir aqlga muvofiq iqtisodiy
siyosatdir. Bozor xo‘jalik yuritishning eng samarali tizimi sifatida iqtisodiy
o‘sish uchun eng qulay sharoitlar yaratadi.
Klassik iqtisod nazariyasi foydalilikning eng katta darajasini ko‘rib chiqishda
tovar qiymatini aniqlash uchun insonning buyumga munosabatini, har xil
ne’matlarning foydaliligiga shaxs tomonidan berilgan sub’yektiv bahoni tanladi.
Iqtisod nazariyasida bunday yondashuv

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə