BALIQLARNING EKOLOGIYASI
Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o`tadi. Ular
suvdan chiqarib olinsa, tezda jabralari qurib, bo`g’ilib o`lib qoladi. Kamdan-kam
baliq turlarigina maxsus moslama organlarining bo`lishi bilan suvdan tashqarida
bir necha soatgacha tirik tura olishi mumkin.
Umuman, hozirgi vaqtda yer sharining, ya`ni planetamizning kattaligi 510
mln kv km bo`lsa, shundan 361 mln kv km yoki 71% i okean va dengiz suvlari
bilan qoplangan. Shundan 51% da baliqlar yashaydi. Okeanlarning eng chuqur
joylari 11 km ga yetadi. Okeanlarning 3 km dan ortiq chuqur joylari barcha dengiz
suvlarining taxminan 51-58% ga to`g’ri keladi. Yer sharining 2,5 mln kv km gina,
ya`ni 0,5% gina ichki suvliklardan iborat.
Baliqlar baland tog’lardagi suvliklarda, ya`ni dengiz sathidan 6000 ming m
balandlikda ham va okeanlarning 10000 m lik chuqurliklarda ham yashaydi. Suv
atmosfera havosini erita oladi va aynan baliqlar suvda erigan kislorod bilan nafas
oladi. Suv kuchli erituvchi bo`lgani uchun ko`plab organik va anorganik
moddalarni ham eritib yaroqli holga keltiradi. Suvning issiqlik sig’imi yuqori
bo`ladi, shuning uchun ham suv havzalarida daqiqalar, soatlar, kecha-kunduzlar,
oylar va yil fasllariga qarab suv harorati atmosfera haroratiga nisbatan kam
o`zgaradi. Suv sovuqda muzlaydi, muz suvdan yengil bo`lganligi uchun suv
yuzasiga ko`tariladi. Suvning solishtirma og’irligi havoning solishtirma
og’irligidan biroz ko`p bo`lib, baliqlar tanasining solishtirma og’irligiga yaqin
bo`ladi.
Ma`lumki, baliqlarning hayotida suvning oqimi, harorati, suvdagi kislorod
va tuzlar miqdori katta ahamiyatga ega. Suv muhitining harakati daryo, dengiz va
yopiq suv havzalarida doim bo`lib turadigan oqimlar bilan bog’liq. Suvning isishi
suv qatlamlarini vertikal yo`nalishda harakatga olib keladi. Suvning harakati
odatda baliqlarning passiv ko`chishini ta`minlaydi. Masalan: Skandinaviyaning
g’arbiy qirg’oqlarida tuxumdan chiqqan Norvegiya seldining lichinkalarini
Golfstrim oqimining bir tarmog’i 3 oy mobaynida qirg’oq bo`ylab 1000 km ga olib
ketadi. Yirik daryolarning yuqori qismida uvildiriqdan chiqqan losos baliqlarining
lichinkalari hayotining ko`p qismini dengizda o`tkazadi. Daryodan dengizga o`tish
ma`lum darajada passiv, ya`ni daryo oqimi yordamida sodir bo`ladi. Nihoyat
baliqlar harakatini ma`lum darajada belgilovchi oziq ob`yektlari – planktonlarning
harakati ham oqim yordamida vujudga keladi.
Baliqlar sovuqqonli hayvonlar hisoblanadi, ya`ni ularning tana harorati
doimiy emas, balki to`g’ridan-to`g’ri atrof-muhit haroratiga qarab o`zgarib turadi.
Bu esa organizmning fiziologik xususiyatiga bog’liq, jumladan, issiqlik hosil qilish
jarayoniga bog’liq. Baliqlarda issiqlik hosil qilish jarayoni juda sekinlik bilan
boradi. Umumiy qoidaga muvofiq, suv harorati ko`tarilsa, baliqlar ko`p oziq yeydi,
gazlar almashinuvi kuchayadi, baliqlarning o`sish sur`ati, jinsiy mahsulotlarning
yetilishi tezlashadi. Shuni aytish kerakki, har bir tur baliq uchun ma`lum harorat
chegarasi bor. Ko`pgina tropik baliqlar suvning harorati +31
0
C bo`lganda bemalol
yashaydi, ayrimlari +45
0
C gacha bo`lgan issiq buloqlarda hayot kechiradi.
Kaliforniyada +52
0
C bo`lgan buloq suvida Syprinodon avlodiga mansub baliqlar
bemalol yashashligi kuzatilgan. Ba`zi bir baliq turlari muzlashga ham chidaydi.
Demak, ayrim baliq turlari suvda haroratning o`zgarishiga chidab, yashashni
davom ettiradi, bunday baliqlar evriterm hayvonlar guruhiga kiradi, boshqa bir tur
baliqlar esa suvning harorati salga o`zgarsa ham halok bo`ladi, bular stenoterm
hayvonlar guruhiga kiradi. Evriterm baliqlar guruhiga chuchuk suvlarda
yashaydigan olabug’a, cho`rtan, toshbosh, nalim va dengizlarning qirg’oqqa yaqin
joylarida yashaydigan ko`pgina baliqlar kiradi. Stenoterm baliqlar guruhiga esa
barcha qutb baliqlari va ko`pgina tropik baliqlari kiradi. Baliqlar turlari orasida
issiqsevar baliqlar (laqqalar, zog’ara baliqlarning ko`plab turlari) va sovuqsevar
baliqlar (lososlar, treskalar) bor. Ba`zan issiqsevar baliqlar yashaydigan suv
harorati birdan pasayib ketishi natijasida ko`plab baliqlar nobud bo`ladi. Masalan:
1930 yili oktyabr oyida Primorye o`lkasi suvlarida kuchli dovuldan keyin suv
harorati +12
0
C dan +6,2
0
C ga tushib qolishi natijasida issiqsevar baliqlardan
seldlar ko`plab nobud bo`lgan. Lekin o`rta kengliklarda yashaydigan issiqsevar
baliqlar, qishda suvning sovushiga moslashib, bir joyga to`planib uyquga ketadi.
Buni baliq o`rasi deyiladi. Bu erda ular shilimshiqqa o`ralib, oylab (Volga
daryosida-5 oy) yotadi. Bunday o`rachi baliqlarga – oqcha baliq, zog’ora baliq,
vobla, sla, karas, laqqa va baqra kabi baliqlar kiradi.
Dengiz suvlari odatda kislorodga to`yingan bo`ladi, ba`zi dengiz suvlari
kislorodga o`ta to`yingan bo`ladi. Buning aksicha, qit`alar ichidagi suvlarda
kislorod miqdori turlicha. Shuning uchun chuchuk suv baliqlari orasida kislorodga
turlicha ehtiyoj sezadigan turlari bor
.
Baliqlar kislorodga bo`lgan talabini hisobga olib to`rtta guruhga bo`linadi.
1. Kislorodni juda ko`p talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 7-11 sm
3
kislorod bo`lgan suvlarda yashaydigan baliqlarga, asosan gulmoy, kumja, peskar,
nalim va golyan kabilar kiradi. Bu baliqlar suvi sovuq va tez oqar daryolarda
yashaydi.Tez oqar tog’ daryolardagi suvlar hamma vaqt havo bilan to`yingan
bo`ladi.
2. Ko`p kislorod talab qiluvchi baliqlar,
ya`ni 1 litr suvda 5-7 sm
3
kislorod
bo`lgan suvlarda, asosan xarius, golavl, toshbaliq, peskar kabilar yashayadi.
3. Nisbatan kam kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 4 sm
3
kislorod bo`lgan suvlarda, asosan chaboq baliq, plotva, olabug’a va toshbaliqlar
yashaydi.
4. O`ta kam kislorod talab qiluvchi baliqlar. Ular kislorodi juda kam bo`lgan
oqmas suvlarda yashaydi, ya`ni bunday suvlarning 1 litrida 0,5 sm
3
kislorod
bo`ladi. Bunday suvlarda zog’ora baliq, lin va tobon baliqlar yashaydi. Bu baliqlar
suvda erigan kislorod yetishmay qolganda tezda suvning yuzasiga chiqib, og’iz
orqali atmosfera havosini yutib, jabra bo`shlig’iga kiruvchi suvni shu havo bilan
boyitadi. Yana vyun degan baliq turi borki, u daryoning eski o`zanida va kichik
ko`llarda yashab, yuqoridagi baliqlarga o`xshab to`g’ridan-to`g’ri havodan nafas
olmay, balki atmosfera havosini ichagiga yutadi, havo baliq ichagi orqali o`tar
ekan, kislorodning bir qismini yo`qotib, anal teshigidan chiqadi, bu kislorod
ichakning qalin kapillyarlar bilan ta`minlangan o`rta va keyingi bo`limlarida
yutiladi. Ayrim chuchuk suv baliqlari ham shu tariqa ichakdan nafas oladi.
Suv havzalarida mavsumiy muz qoplamining hosil bo`lishi baliqlar uchun
ham ijobiy, ham salbiy rol o`ynaydi. Avvalo, muz qoplami suvning pastki
qatlamlarini havoning sovuq haroratidan himoya qiladi, suvning tubigacha
muzlashiga to`sqinlik qiladi. Bu holat baliqlarni qishda havo harorati nihoyatda
past bo`lgan joylarga tarqalishiga imkon beradi. Muz qoplamining ijobiy tomoni
shundan iborat. Muz qoplamining baliqlar hayotidagi salbiy tomoni esa, avvalo
muz qoplami suvning havodan kislorod bilan to`yinishini keskin kamaytiradi. Qish
vaqtida ko`pgina suv havzalarida chirish jarayonlari natijasida kislorod miqdori
juda ham kamayib ketib, baliqlarni nafasi bo`g’ilib, ko`plab nobud bo`ladi. Bunday
hodisalar MDHning ko`pgina oqmaydigan va sekin oqadigan suv havzalarida tez-
tez bo`lib turadi. Bu hodisani o`lat (zamor) deyiladi. Odatda, zamor qishda suv
muzlaganda ro`y beradi, ya`ni muz qatlami suvga atmosferadan kislorodning
o`tishiga to`sqinlik qiladi, suvdagi bor kislorod esa chiriyotgan organik
moddalarning oksidlanishiga sarf bo`ladi. Shuning uchun ham qishki zamor bilan
kurashish uchun ko`llarda va hovuzlarda muzlar teshib qo`yiladi. MDHda G’arbiy
Sibir daryolarida, shu jumladan, Ob daryosida katta zamorlar bo`lib turadi. Odatda,
zamorlar dekabr oyining oxiridan mart oyining boshlarigacha davom etadi. Suvda
vodorod sulfid yig’ilib qolishidan ham baliqlar ko`plab halok bo`ladi. Bunday
gazlar suv havzalarida kislorod yetishmaganida organik moddalarning chirishidan
hosil bo`ladi. O`rta dengizdan sayoz to`siq orqali ajralgan Qora dengiz alohida
diqqatga sazovordir. Qora dengizning ustki qatlami suvlari tozalanib turiladi.
Lekin bu dengizning 200 m dan pastki qismidagi suvi vodorod sulfid bilan
zaharlangan bo`ladi. Shuning uchun ham Qora dengizning chuqur joylarida,
kislorodsiz muhitda yashaydigan sulfabakteriyalarni hisobga olmaganda hech
qanday hayot yo`q.
Dostları ilə paylaş: |