Korparativ boshqaruv



Yüklə 220,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix12.04.2023
ölçüsü220,92 Kb.
#105169
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Korparativ boshqaruv



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAHSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INISTITUTI
«AVTOMATLASHTIRISH, BOSHQARUV VA MATBAA» fakulteti
“KORPARATIV BOSHQARUV”
Kafedrasi:

Menejment
” fanidan
KURS ISHI
MAVZU:Yengil sanoat korxonalari faoliyatini boshqarishda xorijiy
investitsiyalarning ro’li
Bajardi:
13-14 guruh talabasi
Almatov Temurmalik
Rahbar:
T.S. Saidmuradova
Kaf. Mud. dots.
S.G. Kadirov
Toshkent - 2016


2
REJA :
Kirish
I. Asosiy qism :Yengil sanoat korxonalari investitsiyalarini nazariy asoslsri
1.1 Investitsiya haqida tushuncha va uning shakllari.
1.2 Investitsiya kiritish manbaalari va yo’nalishlari.
1.3.Yengil sanoat korxonalarida investitsiyani baholash.
II. Amaliy qism: Yengil sanoat korxonalarida xorijiy investitsiyaning ro’li
2.1. O’zbekiston Yengil sanoatiga kiritilgan investitsiyalar.
2.3. To‘qimachilik sanoatiga investitsiyalarni jalb qilishning korxona
raqobatbardoshligini oshirishdagi roli
2.2. To‘qimachilik sanoati korxonalarida investitsion loyihalarni boshqarish
samaradorligi
Xulosa.


3
Kirish
O`zbekistonning jahon xo`jaligi aloqalarining globallashuvi sharoitida, global
iqtisodiy makonga kirishi, milliy iqtisodiyotni, ishlab chiqarishning
internatsionallashuvi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi hamda homashyo
va tayyor mahsulotlar bozoridagi transkontinental raqobat sharoiti malakali etuk
menejer rahbarlarni talab qiladi.
Bunday vazifani hal etishda Prezidentimiz I. Karimov boshchiligida ishlab
chiqilgan O`zbekistonda ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning
ajralmas qismi sifatida tashqi iqtisodiy rivojlanish strategiyasining ahamiyati juda
katta. I. Karimov “rivojlangan eksport quvvatisiz O`zbekistonning kelajagi yo`q…”
deya ta`kidlaydi. Bu degani, Respublikamiz to`qimachilik korxonalarining xalqaro
bozorlardagi eksport faoliyati samaradorligini oshirishga faol ta`sir etuvchi
omillarning ilmiy jihatdan tadqiq etilishi dolzarb masala bo`lib hisoblanadi. [3]
Bozorda ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilayotgan mahsulotlarning
ko‘p ekanligi ularning raqobatbardosh bo‘lishini taqozo etmoqda. Natijada yuqori
texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishga talab oshib bormoqdaki, bu yanada
murakkab bo‘lgan bozor munosabatlarining vujudga kelishini ta’minlamoqda.
So‘ngi yillarda hukumatimiz tomondan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar,
xususan, ishlab chiqarish korxonalarining modernizatsiyalash, texnik va texnologik
yangilash chora-tadbirlari sekin o‘zining ijobiy samarasini bera boshlamoqda.
Buning natijasida jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan mahsulotlarning
yaratilishiga zamin yaratilmoqda.
Bugungi kunda tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish masalasi
ustuvor vazifa etib belgilangan, bunday chora tadbirlarni hukumatimiz tomonidan
rag‘batlantirilayotganligini esda tutish hamda shunga munosib aniq maqsadlarni o‘z
ichiga olgan samarador dasturlarni taklif etish lozim.
Bu shundan kelib chiqmoqdaki, hozirgi vaqtda ko‘pgina korxonalar ishlab chiqarishni
qayta jihozlash va emirilgan dastgohlarni almashtirishni o‘z hisobiga bajarishga loyiq


4
emas. Shuning uchun ularning samarali faoliyati va rivojlanishi investitsiya va
kreditlarni jalb etish masalalarining echimiga bog‘liq.
Tarmoqda xosil bo‘lgan holatni inobatga olib O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi «Engil va mahalliy sanoatni
rivojlantirishda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida» qaror qabul
qildi. Bu qarorga asosan bir nechta korxonalarga kredit ajratildi. Shuningdek,
Respublikada qulay investitsion iqlim yaratildi. Ko‘pgina xorij kompaniyalari
«O‘zbekengilsanoat» uyushmasi bilan qo‘shma korxoanalar tuzishda jadal ishlar olib
bormoqdalar va to‘qimachilik sanoatiga kapital kiritmoqdalar. Buning natijasida oxirgi
yillarda qo‘shma korxona tashkil qilindi.
Bunday sharoitlarda mamlakat iqtisodiyotining islox qilinishi innovatsiya –
investitsiya taraqqiyotisiz, yangicha raqobatbardosh asosda asosiy kapitalni
yangilamay amalga oshirib bo‘lmaydi.
Bu masalaga Prezidentimiz o‘zining mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng
muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruzasida ham katta e’tibor qaratilishini ta’kidlab o‘tgan.
[3]
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy o‘zgartirish, tarmoqlarni modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun
investitsiyalarni jalb qilish borasida bajarilayotgan ishlar alohida e’tiborga loyiq.
2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15
milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‘zlashtirildi.
Bu 2014-yilga nisbatan 9,5 foiz ko‘p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300
million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning
73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir.
Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga
yo‘naltirildi. Bu esa 2015-yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‘lgan
158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish
imkonini berdi.


5

Yüklə 220,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə