Microsoft Word Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va tushunchasi



Yüklə 220,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix15.04.2023
ölçüsü220,75 Kb.
#105713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
shaxina




Samaradorlikning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
va tushunchasi
Rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatniig iqtisodiy strategiyasi 
uzoq vaqtga mo’ljallangan fundamental maqsadlarni o’rtaga qo’yish bilan bir 
qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo’llarini belgilashni ham o’z ichiga 
oladi. Bular orasida ishlab chiqarish samaradorligini to’xtovsiz oshirib borish asosiy 
o’rinda turadi. Har qanday jamiyatda ham ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish iqtisodiy taraqqiyotning asosini yaratadi.
O’zbekiston davlatining qudratini mustahkamlash, aholining moddiy va 
ma’naviy ne’matlarga bo’lgan ehtiyojlarini to’laroq qondirish, kelajakda esa, ularni 
mo’l-ko’l yaratish, iqtisodiy va ilmiy-texnika sohasida eng rivojlangan davlatlar 
qatoridan joy olish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir.
SHu sababli ham, iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitida ishlab 
chiqarishning samaradorligini oshirish jiddiy masalalalardan biri hisoblanadi. 
Hozirgi paytda ko’pgina resurslar chegaralangan, ularning aksariyati (metall, 
qurilish materiallari va boshqalar) xorijdan keltiriladi. SHuning uchun mavjud 
resurslardan oqilona foydalanishga, mehnat unumdorligini oshirish, milliy va xorijiy 
sarmoyalarni ustuvor sohalarga joylashtirish kabi samaradorlikni oshirish 
vositalariga yetarli darajada e’tibor berish talab qilinadi.
Mustakillikka erishilganligi, qudratli iqtisodiy va ilmiy-texnik salohiyatni
yaratilayotganligi, iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarning takomillashayotganligi 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish masalalarini birinchi o’ringa ko’ydi.
Binobarin, 
Respublika 
Prezidentining 
ma’ruza 
va 
nutqlarida, 
Vazirlar 
Mahkamasining qarorlarida ishlab chiqarishning, jumladan, korxona ishlab 
chiqarishi 
samaradorligini 
oshirishning 
mohiyati 
va 
ahamiyati, 
dolzarb 
muammolari, iqtisodiyotni ekstensiv va intensiv taraqqiyot yo’liga o’tkazish 
munosabati bilan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar chuqur va har tomonlama tahlil 
etib berilmoqda.



Ma’lumki, ishlab chiqarishni rivojlantirishda ikki xil omil- mikdor va sifat, 
ekstensiv va intensiv, ya’ni kengaytiruvchi (uzaytiruvchi) va zo’r beruvchi, 
kuchaytiruvchi omillar harakatda bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar ishlab 
chiqarish sohasi kengaytirilsa, ekstensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish 
bo’ladi; agar yana ham ko’proq samara beradigan ishlab chiqarish vositalari 
qo’llaniladigan bo’lsa, intensiv suratda kengaygan takror ishlab chiqarish yuzaga 
keladi.
O’zbekiston korxonaida ana shu ikki yo’ldan oqilona foydalanish natijasida 
ishlab chiqarishning samaradorligi bosqichma-bosqich o’sib bormoqda.
Samaradorlik - eng ko’p uchraydigan umumiy tushunchapardan biri bo’lib, 
iktisodiy - ijtimoiy taraqqiyotning xilma-xil sohalarida juda keng ishlatiladi. 
Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat samaradorligi, o’qish
va o’qitish samaradorligi, davolash va davolanish samaradorligi, qabul 
qilingan qonun va qoidalar hamda yechimlarning samaradorligi va hokazolar.
"Samaradorlik" so’zi ―natijaǁ degan ma’noni beradi. Korxonalar 
iqtisodiyotiga, bag’ishlangan aksariyat adabiyotlarda ishlab chiqarishning faqatgina 
iqtisodiy-samaradorligi haqida so’z ketadi. Holbuki, mamlakatda ro’y beraetgan 
ijtimoiy o’zgarishlar kishilarning e’tiborini jalb qilmoqda va ijtimoiyiqtisodiy 
jarayonlarni o’rganish va ularga baho berish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi
kunda ishlab chiqarishning ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samaradorligini o’rganish 
o’ta muhimdir. Ular o’zaro uzviy bog’liq va bir-birini taqozo etadigan 
kategoriyalardir.
Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatining "ko’zgusi"
hisoblanadi. Bu «ko’zgu»da ishlab chiqarishning barcha natijalarini ko’rish 
mumkin. Ma’lumki, har bir tarmoq, korxona, qolaversa, har bir shaxs o’z ishlab 
chiqarysh faoliyatida maksimum foyda olishga intiladi. Buning uchun ma’lum 
xarajatlar qiladi. Ana shu foyda bilan xarajatlar o’rtasidagi farq tarmoq va korxona 
faoliyatining «ko’zgusi» bo’lgan samaradorlikda ko’zga tashlanadi. Ishlab 
chiqarishning eng yuqori samaradorligi ishlab chiqarish xarajatlarini minimum 
darajaga keltirishdan iborat.



Bozor munosabatlari sharoitida samaradorlikning alohida o’rni mavjud.
Bozor iqtisodiyoti natijalilikni, foydalilikni taqozo etadi. Tartibli bozorga 
asoslangan iktisodiyotda eng kam resurs sarflab, ko’p natijaga erishish zarur. 
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida 5 turdagi resurslar tizimi harakatda bo’ladi:
a) moddiy resurslar; b) mehnat resurslari; v) moliyaviy resurslar; g) energetik 
resurslar; d) axborot resurslari; ya’ni informatsion resurslar.
Mana shu resurslardan oqilona foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini 
oshirish mumkin. Bunday faoliyat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
yo’nalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona ishlab chiqarishi samaradorligini 
oshirishning aniq-ravshan yo’nalishlari Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan 
qonunlar, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlarida ko’rsatib 
berilgan.
Samaradorlik — bu, foydalilik, natijalilikdir. Ma’lumki, qandaydir natija olish 
uchun mehnat qilish, ishlash, mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish va 
ma’lum miqdorda xarajat qilish kerak.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi 
tushunchadir. U "samara" toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab 
va majmua tavsifiga ega.
Samaradorlikni aniqlash uchun natijani shu natijaga erishishga sarflangan
xarajatlar yoki resurslar bilan taqqoslash kerak. Demak,
samaradorlik ishlab chiqarish faoliyati natijalar bilan ularga erishish uchun 
sarflangan mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning o’zaro nisbatidir.
Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iktisodiy, loyiha va xo’jalik 
qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va 
investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi. Iqtisodiy 
samaradorlik samaradorlikka qaraganda, bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul 
qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi 
hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar (ishlab 
chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniklanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa 



(mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy 
samaradorlik ham ortadi.
S = natija / xarajatlar = natija / mehnat,moddiy va moliyaviy resurslar
Ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradordigini farklaydilar.
Samaradorlikni iqtisodiy va ijtimoiy turlarga bo’lish shartli bo’linish 
hisoblanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va mehnat 
xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan natijalarning hammasini iqtisodiy va ma’lum 
ma’noda, ijtimoiy samara deb aytish mumkin.
Bu yerda shuni eslatib o’tish kerakki, iqtisodiy va ijtimoiy tushunchalarning 
sun’iy bo’linishi haqida bahslashish mumkin. Lekin, iqtisod ijtimoiy hayotdan 
tashqarida bo’lmagani kabi, ijtimoiy hayot ham iqtisodsiz bo’lmaydi. Demak, ularni 
bir-biridan ajratib bo’lmaydi. CHunki amalga oshirilgan har bir ishni ayni vaqtda 
ham iqtisodiy, ham ijtimoiy samara keltiradi.
Iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarishning iqtisodiy natijasini ko’rsatadi. 
Masalan, mahsulot ishlab chiqarish — boshqaruv, yangi texnika va texnologiyani 
joriy etish, mehnat sifatini oshirish va hokazolarning natijasi. Iqtisodiy samara — 
material, mehnat, pul va boshqa resurslarni tejash tufayli erishilgan miqdor. U 
vaqtni tejash, qurilish muddatlarini qisqartirish, mehnat sarfini tejash, ish vaqtining 
zoe ketishini kamaytirish, mablag’lar oborotini tezlashtirish, maxsulot yetishtirish 
hajmini o’stirish, ishlar sifatini yaxshilash va boshqa natijalar bilan tavsiflanadi.
Ijtimoiy samaradorlik shaxsning har tomonlama kamol topishiga yordam 
beradigan tadbirlarni amalga oshirish samaradorligini ifodalaydi. U mehnat va 
turmush sharoitlari yaxshilanishida, xodimlar malakasini oshirishda aks etadi va 
asosiy oziq-ovqat, korxona tovarlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi
ijtimoiy iste’mol fondlaridan beriladigan nafaqa va imtiyozlar, kadrlar tayyorlash 
bo’yicha xarajatlarning o’sishi bilan tavsiflanadi. Ushbu samaralar ishlab 
chiqarishning o’zida vujudga kelayotganini va birlashib bajarilgan mehnat tufayli 
ishlovchilar o’rtasidagi munosabatlar ta’riflanishini nazarda tutsak, ularni 
ijtimoiyiqtisodiy samara deb atasak bo’ladi.



Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi 
hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqtsor ko’rsatkichlarini, shuningdek, 
buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi 
munosabatni ifodalaydi.
Afsuski, bozor sharoitlarida "samaradorlik" tushunchasi, garchi, daromad 
olish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat samaradorligining o’sishi, fond qaytimi, 
rentabellik va hokazolar samaradorlik tabiatiga mos kelib, bozor iqtisodiyoti 
talablariga zid kelmasada, baho, foyda, daromad, xarajat kabi tushunchalarga 
qaraganda kam ko’llanilmokda. Samarali ishlash degani o’z mohiyatiga ko’ra, 
mo’ljallangan (rejalashtirilgan) foydani olish, noishlab chiqarish xarajatlari va 
yo’qotishlarni kamaytirish, ishlab chiqarish kuvvatlari va ishchi kuchidan yaxshiroq 
foydalanish, mehnat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
sifatini yaxshilashni anglatadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat 
sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat 
o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy 
samaradorlik bir vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, 
korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi 
va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. 
Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va 
madaniyatining o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining 
uzayishida aks ettiriladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarning qondirilishi - inson kamolotining yuksalishi, 
moddiy va ijtimoiy farovonligining o’sishi, madaniy va ma’naviy jihatdan 
rivojlanishida ko’rinadi. Inson farovonligi hamda kamoloti naqadar yuksalsa, shu 
kadar yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka erishgan bo’ladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi 
hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga 
yordamlashadi. Masalan, foydaning o’sishi, jamg’armalarning ortishi korxonaga 
ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi. Biroq 



samaradorlik va uning asosiy ko’rsatkichi - foyda (daromad) o’z-o’zidan, avtomatik 
ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun 
mavjud ishlab chiqarish kuvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqkan xolda, 
turli vosita va yo’llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka 
qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo’ljallash, asosiy rollardan birini o’ynaydi. 
Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini 
yaxshilashni mablag’ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va 
modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayottan mablag’larni 
kamaytirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, 
foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o’rnini yo’qotishi 
natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Xorijiy firma va korxonalar o’z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun 
ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirshdan tashqari, 
mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Yukorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan 
kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda fakatina pul ko’rinishida o’lchanmaydi. 
Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan,

Yüklə 220,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə