Milliy tadqiqot universiteti



Yüklə 291,4 Kb.
səhifə1/10
tarix30.12.2023
ölçüsü291,4 Kb.
#165965
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi rentabellik


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUXANDISLARI”


MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

Suv xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish”


fakulteti yo‘nalishi:


Sirtqi ta’lim

Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi




«Iqtisodiy tahlil» fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Rentabellikka ta`sir etuvchi omillar tahlili

Bajardi: Sirtqi ta’lim 4-kurs 426-guruh talabasi
Karimova (Usmonova) Tillaxon

Qabul qildi: D. Tolipova

2023- yil
TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUXANDISLARI”
MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI


Reja:

  1. Kirish.

  2. Rentabellikka ta’sir etuvchi omillar tahlili.

  3. Rentabellik ko’rsatkichlari tahlili.

  4. Korxona aktivlari rentabelligi tahlili.

  5. Ishlab chiqarish rentabelligi tahlili.

  6. Foydalanilgan adabiyotlar.


KIRISH
Rentabellik (nemischa rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligidir. Rentabellik korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. Rentabellik foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashina-uskuna, binolar, inshootlar, xom-ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun Rentabellikning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy oʻsishning intensiv omillarini kuchaytirish asosida rentabellikni oshirishga, foydani maksimumlashtirishga zarur shart-sharoitlar yaratiladi. Bozor talab qilgan xaridorgir tovarlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, xom-ashyo va materiallar sarfini qisqartirish, resurslarni tejab-tergab ishlatish asosida joriy harajatlarni kamaytirish, mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish, kapital tarkibini shakllantirish (aylanma kapital), mehnat motivatsiyasini kuchaytirish (ishchi-xizmatchilar mehnatini ragʻbatlantirish mehnat unumdorligini oshirishga, tejamkorlikni taʼminlashga intilishni paydo etadi) rentabellikni oʻstirishning asosiy omillaridir. Bu omillarni qoʻllash korxona darajasida boshqarib boriladi. Shu maqsadda rentabellik monitoringga yuritiladi.



Yüklə 291,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə