Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/30
tarix27.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#162483
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Metall materiallar



POʻLATLAR 
Tarkibida 0 dan 1,14% gacha uglerod saqlaydigan temir-uglerod qotishmalari 
poʻlatlar deb ataladi. Poʻlat, bu mashina va asbobsozlikda, qurilishda, shuningdek 
turli asboblar tayyorlashda ishlatiladigan asosiy materialdir. Poʻlatlar nisbatan arzon 
boʻlib, koʻp miqdorda ishlab chiqariladi. Poʻlat muhim mexanik, fizik-ximiyaviy va 
texnologik xossalar kompleksiga ega. Poʻlatlar ximiyaviy tarkibi, vazifasi, sifati, 
oksidsizlantirish darajasi va strukturasiga koʻra klassifikatsiyalanadi. Metallurgiya 
sanoati ishlab chiqarayotgan navli prokatlar shakllari quyidagi rasmda keltirilgan: 
Prokatlangan poʻlat mahsulotlar: 
1-davriy dumaloqlangan poʻlat (armatura); 2-quvurlar; 3-toʻrtburchak profilli ichi
boʻsh prokat; 4-burchaklik (teng tomonli emas); 5-poʻlat polosa; 6-varaqli poʻlat 
(listovoye); 7-oltiburchakli profil (shestigrannik); 8-yaxlit toʻrtburchak profil 
(kvadrat); 9-shveller; 10-doira (kruglyak).
Bulardan tashqari metallurgiya sanoatida qoʻshtavrli toʻsinlar (
-simon 
balkalar), relslar, tavrli (T-simon), Z-simon, teng tomonli burchaklik, uchburchak va 
boshqa shakldor prokatlar ishlab chiqariladi (pastdagi rasmga qarang): 
Kimyoviy tarkibiga koʻra poʻlatlarning tasniflanishi. 
 
Kimyoviy tarkibiga koʻra poʻlatlar uglerodli va legirlangan xillarga 
boʻlinadi. Xossalari asosan uglerod miqdoriga borliq boʻlgan 
poʻlat u g l e r o d l i poʻlat deb ataladi. Uglerodli poʻlatlar uglerod 


miqdoriga qarab kam uglerodli (0,25% gacha S), urtacha uglerodli 
(0,25- 0,6% S) va koʻp uglerodli (0,6% dan koʻp) xillarga boʻlinadi. 
L e g i r l a n g a n p o ʻ l a t
deb, kerakli xossali poʻlat olish uchun tarkibiga 
maxsus elementlar qushilgan poʻlatga aytiladi. Qoʻshilgan legirlovchi 
elementlar miqdoriga karab legirlangan poʻlat uchta gruppaga boʻlinadi: 
kam legirlangan (legirlovchi elementlarining umumiy miqdori 2,5% gacha 
boʻlgan), oʻrtacha legirlangan (legirlovchi elementlari 2,5 dan 10% gacha 
boʻlgan) va yuqori legirlangan (legirlovchi elementlari 10% dan ortiq boʻlgan) 
poʻlat.
Kiritilgan elementlarga qarab poʻlatlar xromli, marganesli, xrom-nikelli va 
hokazo xillarga boʻlinadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə