V. V. Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем"



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix05.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#104445
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
L 111



 
 
 
Reja: 
 
1. Landshaftshunoslikka oid g„oyalarning vujudga kelishi. 
2. Landshaft tushunchasi va landshaftshunoslikning rivojlanish tarixi. 
3. O„zbekistonda landshaftshunoslikning rivojlanishi. 
4. Landshaftshunoslik fanida tarkibiy-genetik va funksional-dinamik yo„nalishlar. 
5. Landshaftshunoslik fanida landshaftlar geokimyosi va geofizikaviy 
yo„nalishlar.
6. Landshaftshunoslik fanida tizimli va ekologik yo„nalishlar. 
Tayanch tushunchalar: 
Landshaft, V.V.Dokuchayev va uning ilmiy maktabi, 
geografik zonallik qonuniyati, tabiiy geografik komplekslar, landshaft zonalari, 
landshaftshunoslikning rivojlanish bosqichlari va davrlari, Landshaftshunoslik 
fanining tarkibiy-genetik yo‘nalishi, funksional-dinamik yo‘nalish, landshaftlar 
geofizikasi va geokimyosi yo‘nalishi, tizimli yondashuv, ekologik yo‘nalishi, estetik 
landshaft yo‘nalishi, geokimyoviy landshaft, ekotizim. 
 
1. Landshaftshunoslikka oid g‘oyalarning vujudga kelishi.
Landshaft-
shunoslikka oid eng dastlabki fikrlarning manbai Peterburg universitetining 
professori V.V.Dokuchaev (1846-1903) va uning ilmiy maktabiga mansub bo„lgan 
tabiatshunos olimlarning izlanishlariga borib taqaladi. Tuproqshunos va geograf 
olim, geografik zonallik qonuniyatini birinchi bor ilmiy asoslab bergan 
V.V.Dokuchayev o„zining 1883-yilda nashrdan chiqqan "Русский чернозем" 
nomli asarida yangi tabiiy jism, ya‟ni tuproqni kashf qildi. Uning bu kashfiyoti 
yangi fanning, tuproqshunoslik fanining tug„ilishiga sabab bo„ldi.
V.V.Dokuchayevning ta‟kidlashicha, tabiatda bir jism, kuch yoki hodisa, 
ikkinchisi bilan doimo o„zaro murakkab aloqada bo„ladi va bu aloqadorlik vaqt 
o„tishi bilan o„zgarib turishi mumkin. U tabiatni bir butun deb, qaysiki uning ayrim 
qismlari doimiy o„zaro ta‟sirda va rivojlanishda deb qaraydi. Uning fikricha, tabiiy 
komponentlar va hodisalar alohida-alohida holda emas, balki bir butun majmua 
sifatida o„rganilishi kerak. Tabiat zonalari iqlim, tuproq, o„simlik, hayvonot 
dunyosi va boshqa tabiiy omillar o„zaro ta‟sir va aloqada bo„lgan murakkab tabiiy 
komplekslardir. Bu hozirgi zamon tabiiy geografiyasining fundamental 
tushunchalaridan biri bo„lgan tabiiy geografik komplekslar haqidagi g„oyaning 
yuzaga kelishi edi. 
V.V.Dokuchayev tabiatning barcha jonli va jonsiz komponentlari orasidagi 
o„zaro nisbatlar va aloqadorliklarni hamda ularning birgalikda rivojlanish 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə