X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə1/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)


X 0 T H P A H H M Y C T A X, K A M /l A UJ H H H r


X O T H P A





TOIJJKEHT 2016






X
KIRISH


otirasi o‘tkir, miyasi kuchli, ham- ma narsani eslab qoladi-ya, kabi gaplarni tez-tez eshitish mum-
kin. Bu odamlar xotiraning kundalik hayot va kasbiy faoliyat uchun katta ahamiyatga ega ekanligini anglab yetganlaridan dalo- latdir. Barcha kasbiy faoliyatlarda xotira juda qimmatli vositadir. Yaʼni o‘rtacha da- rajadan baland bo‘lgan xotiraga ega kishi- lar boshqalarga nisbatan afzalliklarga ega- dirlar. Favqulodda yaxshi xotiraga ega kishi- lar bilan bir qatorda, haqiqatan ham xotira- si nihoyatda yomon odamlar kam bo‘lsa-da, uchrab turadi. Zero, xotira hammada bor. Faqat uni qanday ishlatishni bilish kerak, xolos.
Darhaqiqat, hammamiz xotiraga egamiz. Agar ayrimlar o‘z ixtiyorlari bilan xotira- si yomonligini tan olgan bo‘lsalar, bu ular- ning xotiradan foydalana olmasliklarini anglatadi. Biz ancha miqdordagi g‘oyalar, da- lillar, maʼlumotlarni eslab qolamiz. Busiz, hatto, yashash mumkin bo‘lmay qolardi. Unda nima uchun biz ayrim odamlarni eslab qola- mizu, boshqalarining nomlari yodimizda qol- maydi. Baʼzi uchrashuvlarni osongina eslab qolamizu, boshqalarini yozib olishga majbur-
miz. Bir xil topshiriqlarni bajaramizu, bosh- qalari haqida mutlaqo unutib qo‘yamiz. Ayrim maʼlumotlarni yodlab olamizu, boshqalarini esa tezda unutib yuboramiz. Bu jumboqning javobi juda oddiy. Nimadir yodimizda muhr- lanib qolsa, biz eslab qolishning samarali usullarini ongli yoki ongsiz ravishda qo‘lla- gan bo‘lamiz. Agarda xotiramizda nimanidir saqlab qololmagan bo‘lsak, demak, eslab qolish jarayoni noto‘g‘ri o‘tgan bo‘ladi.
Aqliy mashg‘ulot o‘tkazish faqat qariya- largagina emas, balki yoshlar uchun ham zarur.
«Yotgan tosh ostidan suv oqmaydi» iborasi xo- tiraga ham tegishli. Uni muntazam ravishda mustahkamlab borish ijodiy salohiyat, umr faoliyatiga ijobiy taʼsir qiladi.
Bosh miya insonning o‘ziga xos biologik kompyuteridir. U bizning ongimizni, shu- ningdek, feʼl-atvorimizni boshqaruvchi asosiy mexanizm hisoblanadi. Miyamiz tu- fayli biz ish va o‘qishda yoshimiz hamda individual qobiliyatimizga qarab maʼlum bir natijalarga erishamiz. U bizning ta- namizni, qobiliyatimizni boshqaradi. Miya ishlab turganida nimalarnidir o‘rganib, o‘z qiziquvchanligimizni namoyon qilishimiz, irodamizni belgilangan maqsadlarga qara- tishimiz, yo‘naltirishimiz mumkin.
Agar atrofda ro‘y berayotgan barcha voqea- hodisalar bilan qiziqib borilsa, xatti-ha- rakatlar asoslantirilsa va muntazam ra- vishda o‘qib, o‘rganish davom ettirilsa, na- faqat yoshlarga, balki keksa odamlarga ham muvaffaqiyat doim yor bo‘ladi. Bunda yoshga
oid xastaliklarni aniqlovchi va majmuaviy davolash yordamida ularning oldini oluvchi usullar juda samarali hisoblanadi.
Ushbu kitobdan xotirani mashq qildi- rish va uning ishchanligini saqlab qolishga yordam beruvchi usullar bilan tanishibgina qolmay, ushbu jarayondan zavqlanish hissi- ni ham tuyasiz. Bundan tashqari, ushbu usul- lar yordamida maʼnan takomilga ham yetasiz. Agar axborotlar oqimi ichidan eng asosiyla- ri, muhimlarini ajratib olishga o‘rgansan- giz, u sizga bosim o‘tkaza olmaydi. Ushbu ki- tobda bayon etilganlarning hammasini ong- li ravishda qabul qilishga harakat qiling. Mabodo natijalar darrov ko‘rinmasa, haf- salangiz pir bo‘lmasin. O‘quv jarayonidan katta qoniqish hosil qilib, qisqa fursatda ijobiy natijalarga erishasiz. Agar birdan xotirangiz yaxshilanayotganiga amin bo‘lsan- giz, bu hali imkoniyatlaringizning chegarasi emasligini bilib qo‘ying.
Kitobni o‘qish davomida siz inson o‘r- tacha olganda o‘z aqliy qobiliyatlarining juda kam foizini ishlatadi xolos, degan fikrga kelasiz. Ammo xotiraning ajoyib imkoniyatlarini kengaytirish uchun hech qa- chon kech emas. Sizga yangilikni o‘zlashtirish, qabul qilish uchun juda qarib qolganingizni uqtira boshlashlari yoki xotirangiz haddan tashqari yomon ekanligini taʼkidlashlari bilan sizning fikrlash qobiliyatlaringiz darhol pasaya boshlaydi. Shu bilan bir vaqt- ning o‘zida Iogann Volfgang Gyote dahosi juda keksaygan yoshda ham mehnat unumdorli-
gining maksimal darajasiga erishish mum- kinligini isbotlab beradi. Chunki u «Faust» asarining ikkinchi qismini 80 yoshdan osh- ganida yozgan edi. Shoirning jamiyat bilan doimo qiziqib turgani asarning bu qismi yaratilishi uchun quvvat va turtki bo‘lgan.
Insonning yosh yoki qari ekanligi bosh miyadagi to‘qimalar katakchalari soni bi- lan belgilanmaydi. Bu jarayonda biologik kompyuter – miyasining moslanuvchanligi, his-hayajonlarga javob bera olish qobiliya- ti va jismoniy holati hal qiluvchi rol o‘y- naydi. Bu xususiyatlarni rivojlantirish uchun miyaning yangi hududlari, qismlariga kirib borishga yordam beruvchi maxsus ishlab chiqilgan usullarni o‘zlashtirib olish ke- rak degani. Ushbu kitobda siz o‘z miyangizga foydali usullarni qo‘llash uchun zarur bo‘l- gan manbani topasiz va o‘zingizning ijodiy imkoniyatlaringizni yuzaga chiqara olasiz.
Dastlab siz o‘z xotirangizni tahlil qilib oling va uning yordamida o‘z qobiliyatlaringiz- ni aniqlang. Keyin siz hayotda tez-tez to‘qnash kelib turadigan oddiy qoidalarning bir nech- tasi bilan tanishasiz. Kelgusida xotirangiz- ning bundan murakkabroq xizmatlaridan foy- dalanishingiz osonroq bo‘lishi uchun bu qoi- dalarni yaxshi o‘zlashtirib olishingiz zarur.
Har bir odam buyuk qobiliyatlarga ega, faqat o‘zi buni bilmaydi, xolos. Kitobni o‘qiyotganingizda siz o‘z xotirangizning ku- tilmagan imkoniyatlarini ochib, o‘zingizni yaxshiroq bilib olasiz.

Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə