X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


xOtIRA IMKOnIyatlARIDAn UnUMlI FOyDAlAnIng



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə4/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

xOtIRA IMKOnIyatlARIDAn UnUMlI FOyDAlAnIng


Yosh o‘tib borgan sari xotira yomonlashishi ko‘p kuzatiladigan xol. O‘z miyasini mashq qildi- radigan keksa odamlar esa asab to‘qimalari bir-biri bilangina emas, balki organizmning bosh- qa to‘qimalari bilan ham o‘za- ro faol harakat qila olishini isbotladilar.
Balki sizning xotirangiz o‘zingizga qat- tiq ishonganingizda yaxshi bo‘lib qolar?! Agar bo‘sh vaqtingizda biz taklif qilayotgan mashqlar bilan shug‘ullansangiz, miyangizni xatlovdan o‘tkazishingiz va axborotni qabul qilishning qaysi yo‘li siz uchun xos ekanli- gini aniqlab olishingiz mumkin.
O‘z qobiliyatingizni tahlil qilib oli- shingiz uchun siz maxsus nazorat topshi- riqlarini bajarishingiz kerak bo‘ladi. Ular sizga qobiliyatingizning (vizual, au- ditiv, motorli yoki emotsional), xotiran- gizning (semantik, epi-
zodik, protsessual yoki orttirilgan) va stress- ning salbiy yoki ijobiy ekanligini aniqlashin- gizga yordam beradi.

AStOyDIl qIlIngAn ISH SAMARA bERADI


Biz tavsiya etayotgan topshi- riqlarni bajarishga kirishar ekansiz, hammasiga birdan qo‘l urmang. Ayniqsa, bu topshi- riqlarni bir vaqtning o‘zida bajarish yaramaydi.
Eng oddiy misollar bilan cheklanib, o‘zin- gizga to‘g‘ri kelsa, bundan taʼbingiz xira bo‘lmasin. Chunki sizning o‘qish, o‘rganishin- giz endi boshlanyapti-ku. Zafar qozonganin- gizni sezganingiz zahoti siz yaxshi tuyg‘ular- ni ham tuya boshlaysiz.
Ushbu kitobni o‘qir ekansiz, stresslarsiz va ortiqcha kuch sarflamay o‘z xotirangizni mustahkamlashingiz mumkin bo‘lgan ko‘plab usullarni o‘rganasiz.
Endi esa qo‘lingizga qalam va yon daftarni oling. topshiriqlarni bajarish jarayonida sizning tezkor xotirangiz sinab ko‘riladi. Shuning uchun har bir mashqdan so‘ng qisqa- cha tushuntirish beriladi. Shuni ham nazar- da tutingki, bu imtihon emas, balki sizga o‘z imkoniyatlaringizning chegarasini bili- shingiz uchun yana bir qulay fursatdir.
Kerak bo‘lsa, bu jarayonda o‘zingizga baʼzan tanaffus qilishga ruxsat ham bering. Faol- likdagi hamda dam olishdagi o‘zgarishlarni tartiblab, aqliy qobiliyatlaringizni had-
dan ziyod taranglashtirmang. Mashqlarni yangi kuch bilan bajarishga harakat qiling.
taklif qilingan va izchillikda joy- lashtirilgan 12 ta so‘zning har biri usti- da 2-3 soniya diqqatni jamlab, ularni o‘qib chiqing.



  1. Kuntug‘mish

  2. Qozon

  3. Gugurt

  4. Ovchi

  5. Mustaqillik maydoni

  6. G‘afur G‘ulom

  7. Xiva

  8. Yo‘lchiroq

  9. Shudring

  10. Metro

  11. toshkent teleminorasi

  12. Ketmon

Kitobni yopib, chalg‘ish uchun savollarni teskari tartibda 12 dan 1 gacha sanang.


Endi esda qolgan har bir so‘zni 1 dan 12 gacha to‘g‘ri tartibda yozib chiqing.
Quyida berilgan so‘zlarni o‘qib chiqing va oradan besh daqiqa o‘tgandan so‘ng ular ishti- rokida kichik bir hikoyacha tuzing:
Anor, bolta, chodir, qarmoq, to‘lin oy, uy, piyola, maktab, qushlar, sarimsoqpiyoz, tele- fon, kitob, samolyot, qalam, tulpor, kavush, qozon, olov, daraxt, kungaboqar, bodom, ko‘y- lak, chiroq, mashina, tog‘, raketa.
Quyidagi sonlarni ular joylashtirilgan tartibda eslab qolishga harakat qiling (har bir raqamga ko‘pi bilan 5 soniya ajrating).

9564 85 20 17 2397 46 82 15 96


3982 73 96 51 0658 74 45 23 52

Kitobni yoping va chalg‘ish uchun ko‘payti- rish jadvalining to‘rtinchi qismini yoddan ayting.


Shundan so‘ng yuqorida keltirilgan raqam- larni qog‘oz bilan berkitib, ularni to‘g‘ri tartibda joylashtirishga harakat qiling.
Sochilgan sochingday sochilsa siring, Anor yuzlaringni kimga tutasan? O‘zing-ku, «ularda vafo yo‘q!» deding, Nimaga ularni tag‘in kutasan?

Kitobni yoping. Chalg‘ish uchun A alifboda nechanchi o‘rinda kelishini eslang. Albatta, birinchi-da, deysizmi, endi J va K harfla- ri qaysi o‘rinda kelishini eslab ko‘ring.


So‘ng yuqorida Cho‘lpon ijodidan keltiril- gan to‘rt qator sheʼrni biror narsa yoki kaf- tingiz bilan berkitib turib, uning yodin- gizda qolgan misralarini yozing.
Quyida berilgan o‘zbek aktyorlarining nomlarini o‘qib chiqing va har biriga 3 so- niya diqqat bilan qarang. Co‘ng qog‘ozga ular- dan yodingizda qolganlarini yozing. Imkon qadar aktyorlar ijro etgan rollarni ham sa- nab o‘tsangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ki- tobni yoping. S va P harflari alifboning nechanchi o‘rnida keladi? Eslang.



  1. Hamza Umarov

  2. Lutfixonim Sarimsoqova

  3. G‘ani Aʼzamov

  4. Shukur Burhonov

  1. to‘ti Yusupova

  2. Rixsi Ibrohimova

  3. Hojiakbar Nurmatov 6.Zaynab Sadriyeva 7.Rimma Ahmedova 8.Obid Yunusov 9.Manzura Yo‘ldosheva 10.tesha Mo‘minov

Quyidagi sanalar va ularga mos keluvchi hodisalarga diqqat bilan qarang. Asosli


bu materialni eslab qolish uchun sizga ikki daqiqa beriladi.

15 may – Butunjahon oila kuni


5 iyun – Jahon tabiatni muhofaza qilish kuni 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish
kuni
19 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni
1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni 17 noyabr – Butunjahon talabalar kuni 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

Kitobni yoping. Chalg‘ish uchun eslang, haftaning qaysi kunida tug‘ilgansiz? Ay- ting-chi, 2015 yilning 1 marti haftaning qaysi kuni edi?


Yuqoridagi maʼlumotlarni bir qo‘lingiz- ning kafti bilan berkitib turgan holda esingizda qolganlarini yozing.
taklif qilinayotgan undosh harflar ishti- rokida so‘z tuzishga harakat qilib ko‘ring. Ularning ketma-ket kelishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda ularni faqat unli harflar bilangina to‘ldirish mumkin.
t va M harflari bilan, masalan, matras, atom, tom, tramvay so‘zlarini tuzish mumkin. Siz esa quyida berilgan undoshlar ishtiro- kida beshtadan so‘z tuzishingiz kerak. Ular- ning har biriga 30 soniya vaqt sarflanishi mumkin.


Maʼlum bir tushunchalarga to‘qnash kelga- ningizda nimalar haqida o‘ylaysiz?
Agar siz «qizil» so‘zini eshitayotganingiz- da, ehtimol, sizda svetofor, qon, qizg‘aldoq kabi tushunchalar tug‘ilar? Quyidagi so‘zlar- ni eshitganingizda tasavvuringizda tug‘il- gan beshtadan tushunchalarni qog‘ozga tu- shiring. Har bir guruhga 30 soniyadan vaqt ajrating.


Balandlik, suv, kuchli, ajoyib, shirin, nordon, g‘adir-budur, qor, angishvona, sigir.

Xitoy iyerogliflaridan birortasini olib, unga 30 soniya tikilib turing. top- shiriqni bajarish chog‘ida ko‘zingiz oldi- da paydo bo‘lgan hamma timsollarni yozib oling.


Agar qisqa vaqt ichida xotirangizda hech qanday maʼlumotni saqlab qolmagan bo‘l- sangiz, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq- likni topishga harakat qilib ko‘ring.
Shunday qilganingizda xotirangiz jon- lanadi, o‘zini namoyon qiladi. Miyangiz
Bu va keyingi mashqlarni bajarishingiz uchun sizga sherik kerak bo‘ladi.
Sherigingizga taxminan 30 soniya davomi- da istalgan 10 ta tushunchani o‘qing.

Masalan: stepler, qalam, yondirgich, pi- choq, qaychi, soat, finjon, kitob, CD disk, batareyka.


Chalg‘ish uchun ko‘paytirish jadvalining 8 karrali qatorini aytib bering.


Endi o‘zingiz o‘qigan 10 ta tushunchani bi- ron narsa bilan yopib turib, esingizda qol- ganini yozing.

Sherigingizga 30 soniya ichida ikkita raqamdan iborat bo‘lgan 10 ta sonni ayting.




Masalan: 80, 93, 36, 72, 37, 89, 54, 90,
21, 63.

Chalg‘ish uchun U harfi alifboda nechanchi bo‘lib kelishini eslang. So‘ng aytib o‘til- gan 10 ta sonning esingizda qolganlarini yozing. Bunda yuqorida keltirilgan raqam-


tinglash uchun radio yoki musiqa yozilgan CD diskini tanlashingiz mumkin. televi- deniyening musiqiy dasturlari ham bo‘la- veradi (bunda ekranga qarash kerak emas, chunki gap – eshitib eslab qolish haqida ketmoqda). topshiriqni sherik bilan bir- ga bajarish lozim. U mazkur topshiriqni tayyorlaydi, yozib oladi va keyin tekshirib ko‘rish mumkin.
5 daqiqa davomida 10 ta qo‘shiq tinglang.
Chalg‘ish uchun ushbu sahifada S harfi necha marta takrorlanishini hisoblab chiqing.
Qo‘shiq tinglash davomida sizning esin- gizda qolgan so‘zni xarakterlovchi 10 ta so‘z- ni yozing.


Sherigingiz o‘tkir hid chiqaruvchi 10 ta predmetni burningizga navbati bilan tutsin. Bular piyoz, atir, charm sumka, xushbo‘y narsa- lar, yangi uzilgan gullar bo‘lishi mumkin.
Har bir predmetning hidini (albatta, ko‘- zingiz bog‘langan holda) 3 soniya ichida ilg‘ab olishga harakat qiling).
Chalg‘ish uchun ko‘paytirish jadvalining 9 karrasini aytib bering.



Suratga razm soling. Unga istaganingizcha tikilib turing. Hamma narsani eslab qol- ganingizga ishonch hosil qilganingizdan ke- yin esa suratdan ko‘zingizni oling va quyi- dagi savollarga javob bering.




Suratda nechta uchta gulbargli gul tasvirlangan?
Nechta qora rangli gul tasvirlangan?
Nechta gul beshta gulbargli, lekin boshqa qo‘shimchalari yo‘q?
Yuqoridagi mashqlar sizga shunchaki er- makdek tuyulgan bo‘lsa, mana bunisi haqiqiy boshqotirmaning o‘zi. Bu maxfiy shifrni eslab qolish uchun ikki daqiqa vaqt bera- miz. So‘ngra esa suratga qaramasdan quyi- dagi uchta suratda qanday so‘zlar yozilganini toping.

Eʼtiborli bo‘ling. Sport bilan shug‘ulla- ning. tartib-intizomga rioya qiling. Qo‘- shiqlar kuylang, sheʼrlar yodlang, kitob o‘qing. Boshqotirmalar yeching, aqlni charxlov- chi o‘yinlar o‘ynang. Siz albatta mustahkam xotiraga ega bo‘lasiz.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə