X 0 thpahhmycta X, k a m /l a ujhhh r


MIyanI MUntAzAM MAShq qIlDIRISH KERAK



Yüklə 6,05 Mb.
səhifə3/60
tarix23.12.2023
ölçüsü6,05 Mb.
#156683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
(Lotin) Fenomenal xotira (1)

MIyanI MUntAzAM MAShq qIlDIRISH KERAK


Miya tanamizni tashkil qi- luvchi boshqa aʼzolar kabi par- varishga muhtojdir. U tana umumiy vaznining 2 foizini tashkil qilsa-da, butun tana- mizga zarur bo‘lgan quvvatning 20 foizini sarflaydi.
Nafaqat tana, balki miya ham mashq qi- lish va yaxshi holatda bo‘lishga muhtojdir. Doimiy harakat inson tanasining mushak- larini mustahkamlaydi. Miyani mashq qil- dirganingizda esa uning tezkor xotirasini yangilaysiz va fikrlashini tezlashtirasiz.
Miya mashqi ko‘p narsa talab qilmaydi. Buning uchun dunyoviy bilimlar, favqulodda qobiliyatlar yoki maxsus sharoitlar yaratish ham shart emas. Muntazam ravishda har kuni
o‘tkaziladigan o‘n daqiqalik mashg‘ulotning o‘zi yetarli bo‘ladi.
Biz bosh miyani, yaʼni tana va ruhni bir- lashtiruvchi bu aʼzoni mashq qildirishning naqadar muhim ekanligini tushunishin- gizni istar edik. Aqliy markazsiz gavda- miz jonsiz, harakatsiz tanaga aylanadi. U yurolmaydi, o‘tirolmaydi, ovqatlana olmay- di, suv icholmaydi, hayot kechirishi uchun za- rur bo‘lgan harakatlarni qila olmaydi. Xud- di shunday gapni ruhiy holat haqida ham aytish mumkin: agar siz ruhiy holatingiz tetik, yaxshi bo‘lishini istasangiz, miyangiz- ni mashq qildirishga jiddiy ahamiyat beri- shingiz kerak. Chunki faqat shu yo‘l bilan- gina ruhni tetik va sog‘lom saqlash mumkin. Miyani mashq qildirish organizmning ish- chanlik qobiliyatini ko‘taradi, psixologik moʻtadillik va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Bu amaliyotda sinalgan. Miyani mashq qildi- rish uchun biz taklif qilayotgan usullardan
foydalanishingiz mumkin.



Ushbu kitobda ajoyib samara beruvchi ko‘p- lab usullar tavsiya etilgan. Ularni muntazam bajarish natijasida siz faqat aniq-ti- niq xotiragagina ega bo‘lib qolmasdan, balki zavqlanish hissini ham tuyasiz.


KO‘p bIlISH zARAR qIlMAyDI


Hayotning qadriga yetib, umr yo‘lingizni kuzatib borsangiz- gina, sizga yomon illatlar xavf solmaydi. Ko‘p kuzatish va o‘r- ganish natijalari – faqat kasbdagina emas, balki shaxsiy hayotingizda ham yutuqlarga eri- shishingizni ko‘rsatmoqda.
Miya va xotiraning cheklanmagan qo- biliyat, to‘g‘rirog‘i, imkoniyatlaridan keng foydalanib, bilim olish, o‘qib-o‘rganish- ni maroqli bolalar o‘yiniga aylantirish mumkin. Shunday qilib, hech bir mubolag‘a- siz aytish o‘rinliki, miya va xotira mashqi xatti-harakatlarning haqiqiy va man- tiqiy asoslanishiga zamin yaratadi.
Biz sizga tavsiya qilmoqchi bo‘lgan usul- larni butun umr davomida qo‘llash lozim. Bundan tashqari, quyidagi tamoyillarni doimo yodingizda tutib, ularga rioya etsan- giz, siz hayotda tom maʼnoda omad va mu- vaffaqiyatga erishgan odamlar qatorida turasiz.
Bir umr o‘qish, o‘rganish: xotira- ni mashq qildirish, fantaziya, man- tiqiy fikrlashni, jismoniy qo- biliyatlarni rivojlantirish, este- tikani tushunish va turli foydali aloqalarni tiklashga intilish.
Atrofdagilar bilan muloqot qilib yashashga odatlanish: o‘z yaqin- lari, ularning tarixi, anʼanalari- ni tushunishga va shu bilan birga, ularning aqliy qobiliyatlarini ri- vojlantirishga intilish.
Ishlashga o‘rganish: o‘z ishini rasmiyatchilik uchun emas, ijodiy ba- jarish, o‘z oldiga yangi vazifalarni qo‘yish, ularni amalga oshirishning rejalarini ishlab chiqish, jamoa- viy mehnat qilish qobiliyatlarini namoyon etish.
Bilimga chanqoqlik: keng ko‘lamda- gi bilimlarni egallashga intilish – bu ongning doimo yosh bo‘lishi kali- tidir.



Yüklə 6,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə