1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə10/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19

Рационал билиш шакллари

asional bilishning asosiy shakli tushunchadir. Tushuncha – bu tajriba ma’lumotlarini umumlashtirish natijasidir, dunyoni o‘rganish yakunidir. Tushunchalarning paydo bo‘lish jarayoni o‘rganilayotgan predmetning bir qator ikkinchi darajali alomatlari va xossalarini e’tiborga, hisobga olmaslik, ulardan chalg‘ishdir, abstraktlashishdir. Tushunchaga ta’rif berish – torroq tushunchani kengroq tushuncha ostiga qo‘yishdir. Masalan: olma - meva, fil - hayvon, Erkin - odam, terak - daraxt va hakozo. Tushunchalarning paydo bo‘lishi – bu biluvchi inson ongi faoliyatining oliy maxsulidir. Bilish jarayonida tushunchalarni ifodalabgina qolmasdan, balki ularni qo‘llay bilish ham kerak. Tushunchalarni qo‘shib biz hukm shakllantiramiz, hukmlarni bir-biri bilan qo‘shib ulardan aqliy xulosa chiqaramiz.



Hukm tafakkurning shunday shakliki, unda inson narsani uning aloqalari va munosabatlarida ifodalaydi. Gnoseologik nuqtai nazardan, hukm – bu biron bir narsani tasdiqlash yoki inkor etish yo‘li bilan voqelikni aks ettirish shaklidir. Shu boisdan hukm tasdiqlovchi («hozir yomg‘ir yog‘moqda» kabi) yoki inkor etuvchi («bugun yomg‘ir yog‘maydi» kabi) hukmlarga bo‘linadi. Agar biz ikki yoki bundan ko‘proq hukmni bir-biri bilan tenglashtirib, taqqoslab, solishtirib ko‘rsak, u holda biz yangi hukmga ega bo‘lishimiz, ya’ni aqliy xulosa chiqarishimiz mumkin.

Aqliy xulosaning, mantiqiy natijaning chinakam to‘g‘ri bo‘lishi uchun ikki shart zarur. Birinchisi: mantiq ilmida asoslar deb atalgan dastlabki hukmlar haqiqiy bo‘lmog‘i, ya’ni voqelikka mos kelmog‘i lozim. Ikkinchisi: boshlang‘ich asoslardan aqliy xulosa chiqarish jarayonining o‘zi mantiq ilmining qonunlariga muvofiq to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim.

Mantiq ilmining asoschisi Aristotel sillogizmga klassik misol keltiradi:

Hamma odamlar o‘ladi} asos

Suqrot odam} asos

Suqrot o‘ladi – aqliy xulosa

Agar biz mantiq qonuniga amal qilsagu, lekin boshlang‘ich hukm haqiqiy bo‘lmasa, u holda sillogizm ham haqiqiy bo‘lmaydi, balki soxta bo‘ladi. Masalan:

Suqrot – odam

Hamma odamlar o‘lmaydi

Suqrot o‘lmaydi – soxta aqliy xulosa


3-§. Intuitiv bilish
Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi zo‘r berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning uzluksiz qizg‘in g‘ayrishuuriy faoliyat ko‘rsatishini ham taqozo etadi. Insonning g‘ayrishuuriy bilish faoliyati intuitiv bilish nomini oldi, intuisiyaning o‘zi esa - bu bilish ob’ektining muayyan sharoitda boshqacha yo‘l bilan asoslab berish mumkin bo‘lmagan xossalarini bevosita, g‘ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir. Intuisiya sezgi va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning xissiy va rasional jihatlari bilan birgalikda chiqib ularni to‘ldiradi.

Inson biron-bir hodisani g‘ayrishuuriy tarzda oldindan sezgan oddiy, kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada uzoq vaqt adashib toliqib yurganidan keyin to‘satdan uning ko‘z o‘ngida yorishish, insayt sodir bo‘lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham intuisiyaning roli juda kattadir. Akademik N.N.Moiseyev hozirgi ilmiy bilishda intuisiyaning roliga yuqori baho berib, mantiqiy va matematik bilish metodlari qanchalik mukammal bo‘lmasin, ular intuisiya, tusmol, faraz, sezgirlik, yorishish o‘rnini bosolmaydi, deydi.

Intuisiya tasavvur bilan uzviy bog‘liqdir, chunki biz biror narsani tasavvur qilar ekanmiz shu tasavvur qilinayotgan obrazga ilgari bilib olingan ob’ektlar belgilarini, tomonlarini intuitiv tarzda nisbat beramiz.

Tasavvur - xissiylik, mantiqiylik va intuitivlikning qotishmasidir, bunda tafakkur xissiy obrazlarni umumlashtiradi va ularga ma’no beradi. Bilishga yangi g‘oyalar kerak, ammo birgina empirik materialning o‘zi buning uchun aslo yetarli emas, rivojlangan intuisiya, tasavvur, fantaziya kerak. Intuisiya fenomeni uzoq o‘tmishdan boshlab o‘ziga e’tiborni tortib kelgan. Ved yaratuvchilari, Pifagor va uning izdoshlari, Aflotun va Aristotel o‘zlari bevosita bilish deb tushungan intuisiya jumbog‘ini ochib berishga uringanlar.

XVII asrda R.Dekart intellektual intuisiya haqida ta’limot yaratadi. Dekartning fikricha, ilmiy bilish asosida yotgan boshlang‘ich g‘oyalarning haqiqatligi intuitiv tarzda anglab yetiladi, bilish sub’ektining aqli bilan bevosita aniqlab olinadi. Intuitiv bilimga o‘z-o‘zidan ravshanlik, aniqlik nisbat berilgan. Dekart intuisiya inson aqlining tug‘ma qobiliyati, intuitivlik bilan rasionallik bir-biri bilan bog‘lik, lekin intuitivlik birinchi o‘rinda turadi va bilishning oliy shaklidir deb hisoblagan.

Intuitiv bilishning to‘satdan, yorishish yo‘li bilan paydo bo‘lishi, natijaning aniqligi, uni mavjud ma’lumotlardan chiqarib bo‘lmasligi, muammo yechimining to‘g‘riligiga ishonch va uni mantiqiy asoslash zarurligini tushunish xissi kabi o‘ziga xos belgilarini qayd etmoq lozim. Fanda ko‘pgina kashfiyotlar intuitiv tarzda amalga oshirilgan. Hozirgi zamon matematikasida yaxlit bir yo‘nalish: intuisionizm mavjud. Unga nemis filosofi I.Kant, fransuz matematigi va faylasufi A.Puankare va gollandiyalik matematik L.Brauer asos solganlar.

Geometriyada intuisionizmni asoslab bergan Puankarening fikricha, bilish jarayonida ijod qilish intuisiyani, g‘ayrishuuriy ishni albatta o‘z ichiga oladi. Bilish quyidagi bosqichlardan tarkib topadi: birinchi urinishda jo‘yali hech nimaga erishib bo‘lmaydi, so‘ngra ozdir-ko‘pdir uzoqroq tanaffus boshlanadi, uning davomida g‘ayrishuuriy ish qilinadi, shundan keyin ongli ishning yangi bosqichi boshlanadi, u ham natijasizdek tuyuladi, lekin to‘satdan yorishish sodir bo‘ladi, hal qiluvchi fikr tug‘iladi, so‘nggi zaruriy bosqich - vazifaning olingan yechimini tekshirib ko‘rish. G‘ayrishuuriy intuitiv ish faqat undan oldin va undan keyin ongli ish bo‘lgan taqdirdagina samarali bo‘lishi mumkin. Puankare bilish natijalarini ularning aniq bo‘lib tuyulishiga va intuitiv aniqligiga qaramay, albatta tekshirib ko‘rish zarur deydi.

Intuitiv yorishish, tusmollab bilish tegishli muammoni hal qilishga olib kelgan yo‘llarni insonning o‘zi aniq anglamagan holda o‘z-o‘zidan, bexosdan, to‘satdan amalga oshadi. Bunda turli kishilarda turli sharoitlarda intuisiya ongdan turli darajada uzoqlashgan bo‘ladi. Intuisiya olingan natijaning mazmuni, harakteri, o‘rganilayotgan hodisaning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borishi, sub’ekt uchun shaxsiy ahamiyati bo‘yicha o‘zining individual xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu bilan birga intuisiya nafaqat hissiy bilishdan, nafaqat abstrakt mantiqiy bilishdan iborat. Unda bilishning shu ikkala jihati mavjud, lekin ular doirasidan tashqariga chiquvchi narsa ham borki, bu intuisiyani shu shakllardan birontasiga ham mansub deb qarashga imkon bermaydi. Shuning uchun hozirgi zamon bilish nazariyasida intuitiv bilim hissiy bilishga ham, rasional bilishga ham teng ahamiyatli bo‘lgan o‘rin egallaydi.


3-bob. GNOSEOLOGIYaDA HAQIQAT MUAMMOSI
1-§. Haqiqat
B
Фалсафада ћаќиќат тушунчаси
ilishning bosh vazifasi haqiqat izlashdir. Haqiqat masalasi butun bilish nazariyasining eng muhim vazifasidir. Faylasuflar orasida haqiqat va uning bilishdagi roli to‘g‘risida yagona fikr yo‘q.

Sub’ektiv idealizm uchun haqiqat sub’ektiv narsadir. Masalan, nimaiki foydali bo‘lsa u haqiqat deb da’vo qiluvchi pragmatizmda, yoki hamma e’tirof etgan, hamma uchun ahamiyatli bo‘lgan narsa haqiqatdir deb hisoblovchi konvensionalizm va neopozitivizmda ham haqiqat sub’ektiv narsadir. Materializm uchun haqiqat – bu tashqi dunyoning ongimizda adekvat, to‘g‘ri aks etishidir.

Haqiqat, bu – bizning dunyo to‘g‘risidagi bilimlarimiz va tasavvurlarimizning dunyoning o‘ziga, ob’ektiv reallikka muvofiq kelishidir. Haqiqatni nohaqiqatdan, yanglishuvdan, yolg‘ondan farqlashtirish, ajratish uchun bizning bilimimiz ob’ektiv voqelikka, uning yashash va rivojlanish qonunlariga qanchalik mos kelishini aniqlab olmoq kerak. Aristotel haqiqatning «klassik» konsepsiyasi muallifidir. Bu konsepsiya haqiqatni fikrning, bilimning voqelikka mos kelishi deb, yolg‘onni esa fikrning real ahvolga mos kelmasligi deb talqin qiladi. U o‘zining «Metafizika» sida bunday deb yozadi: «Bor narsani yo‘q deyish yoki yo‘q narsani bor deyish yolg‘on gapirishdir; borni bor va yo‘qni yo‘q deyish esa haqiqatni gapirishdir»59.

Hozirgi zamon falsafiy va ilmiy adabiyotida ob’ektiv haqiqat tushunchasi tez-tez uchrab turadi. Ob’ektiv haqiqat – bu bilimlarimizning shunday mazmuniki, u bir kishiga ham, butun insoniyatga ham bog‘liq emas. Haqiqatning ob’ektivligini u mavjud olamning in’ikosi bo‘lishi belgilaydi.

A
Абсолют ва нисбий ћаќиќатлар
bsolyut haqiqat – bu bilish ob’ekti haqidagi inkor etib bo‘lmaydigan to‘liq va tugal bilimdir, nisbiy haqiqat esa – bilish predmeti to‘g‘risidagi noto‘liq va notugal bilimdir
. Absolyut haqiqat to‘liq hajmdagi ob’ektiv haqiqatdan boshqa narsa emas, nisbiy haqiqat esa – notugal shakldagi, notuliq hajmdagi ob’ektiv haqiqatdir. Har bir nisbiy haqiqatda absolyut haqiqat jihati bor, chunki har qanday nisbiy haqiqat ob’ektivligi sababli, unda doimiy bilim jihati bor. 1913 yilda XX asrning eng yirik fizigi Nils Bor o‘zining mashhur to‘ldiruvchanlik prinsipini ta’riflab berdi. Bu prinsipga ko‘ra, haqiqatligi muayyan hodisalar guruhi uchun aniqlangan va tasdiqlangan bilim va nazariyalar yanada kengroq predmet sohasini qamrab olgan yangi, yanada chuqurroq bilim va nazariyalar paydo bo‘lishi bilan mutlaqo noto‘g‘ri deb uloqtirib tashlanmaydi, balki nisbiy haqiqat sifatida bu yangi nazariyalarning chegaraviy shakli yoki xususiy holati sifatida saqlanib qoladi. Klassik mexanika bilan nisbiylik nazariyasi, moddalar ximik tuzilishining klassik va hozirgi zamon nazariyasi va ko‘p boshqa nazariyalar o‘zaro ana shunday munosabatda bo‘ladi.

Absolyut haqiqatni absolyutlashtirish dogmatizmga, nisbiy haqiqatni absolyutlashtirish relyativizmga olib keladi. Relyativizm va dogmatizmning cheklanganligiga sabab ularda absolyut haqiqat bilan nisbiy haqiqat bir-biridan ajratib olinganligi va qarama-qarshi qilib qo‘yilganligidadir. Bizning bilimlarimiz ayni bir vaqtning o‘zida ham absolyut, ham nisbiydir. Egallagan bilimlarimiz va tajribamiz asosida biz bilib olgan va tasvirlay oladigan narsa, sodir bo‘lgan, inkor etib bo‘lmaydigan narsa bizning bilimlarimizning absolyut jihatini tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, biz har bir bosqichda hamma narsani ham bilavermaymiz. Bizning bilimlarimiz ayni bir vaqtning o‘zida uzluksiz kengayib va chuqurlashib boradi. Shu ma’noda ular absolyut emas, balki nisbiydir, shu boisdan absolyut haqiqatning o‘zi nisbiy haqiqatlar yig‘indisidan tarkib topishini e’tirof etmoq kerak. Rivojlanishning har bir bosqichida bilimlarimizning chegaralari vaqtinchadir, lekin, bilimlarimiz tobora to‘lib va chuqurlashib borgan sari biz absolyut haqiqatga yaqinlashib boramiz, ammo uni hech qachon to‘la-to‘kis egallay va tushunchada ifodalay olmaymiz, chunki tabiatning o‘zi bilish ob’ekti sifatida kengligi jihatidan ham, chuqurligi jihatidan ham cheksizdir.

B
Конкрет ва абстракт ћаќиќат
ilimlarimizning haqiqat yoki yolg‘onligini, ularning absolyutlik va nisbiylik darajasini konkret joy va vaqt sharoiti belgilab beradi.
Joy va vaqt sharoiti almashinib, o‘zgarib turadigan omil ekanligi sababli bir sharoitda haqiqat bo‘lgan narsa o‘zgargan sharoitda yanglish yoki yolg‘on bo‘lib chiqadi.

Joy va vaqt sharoitini har tomonlama hisobga olish talabi biluvchi sub’ektni dogmatik xatolardan ehtiyot qiladi. Joy va vaqt sharoitining o‘zgarishi yetilgan vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashuvni zarur qilib qo‘yadi, zarur bo‘lib qolganda o‘rtaga qo‘yilgan maqsadga erishish taktikasi, metodi va usullarini o‘zgartira bilishni taqozo etadi. Shu boisdan ham bilishning u yoki bu shakllari, metodlari va usullarini absolyutlashtirish mumkin emas, eskirgan xulosalar va formulalarni o‘z vaqtida yangilari, o‘zgargan sharoitga mos keladiganlari bilan almashtirish zarur, chunki ayni bir xil qonuniyatlar turli tarixiy sharoitda turli natijalarga olib keladi.

Agar haqiqatga jarayon deb qarab unga uning rivojlanishi nuqtai nazaridan yondashiladigan bo‘lsa, bu holda konkret haqiqatga abstrakt haqiqat qarama-qarshi qo‘yiladi. Abstrakt haqiqat – bu to‘liq bo‘lmagan, rivojlanmagan, birtomonlama haqiqat, konkret haqiqat esa, aksincha, - to‘liq, rivojlangan, ko‘ptomonlama haqiqat. Har qanday haqiqat, u bilish jarayonida rivojlanib borganligi sababli, abstraktlikni ham, konkretlikni ham o‘z ichiga oladi. Haqiqat o‘z rivojining keyingi bosqichiga nisbatan abstrakt va ilgarigi rivojlanish bosqichiga nisbatan konkretdir. Haqiqatga darhol erishib bo‘lmaydi; unga erishish bilishning qiyin, ko‘p bosqichli jarayonidir.

2-§. Amaliyot va bilish
Dunyoni bilish – bu nafaqat nazariy, balki hayotiy, amaliy jarayondir. Falsafiy nuqtai nazardan qaraganda, insoniyatning amaliyoti – bu insoniyatning tabiatni ongli ravishda va maqsadga muvofiq tarzda o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatidir, bu insoniyatning ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan birga qaralgan mehnat jarayonidir. Amaliyot hamisha ijtimoiy harakterda bo‘ladi, kishilar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarsiz amaliyot bo‘lishi mumkin emas. Amaliyot tarixiydir, u qurshab turgan tabiatni ham, insonning o‘zini ham, kishilarning turmush sharoitini ham o‘zgartirishdan iborat.

Gnoseologik kategoriya sifatida amaliyot sub’ekt bilan ob’ekt o‘rtasidagi shunday munosabatni ifodalaydiki, bunda sub’ekt ob’ektni biron-bir jihatdan o‘zgartirish maqsadida unga ongli ravishda ta’sir ko‘rsatadi. Amaliy faoliyat jarayonida, ob’ektning o‘zgarishi ta’siri ostida sub’ekt ham o‘zgaradi, uning amaliy qobiliyati va malakasi chuqurlashadi, fikrlash doirasi kengayadi, ongi va xotirasi boyiydi, dunyoqarashi o‘zgaradi.

Bilish jarayoni ijtimoiy-tarixiy amaliyot natijasida va vositasida sodir bo‘ladi. Kishilarning amaliy faoliyati o‘zi o‘zgartirishga qaratilgan ob’ektga va o‘zi erishmoqchi bo‘lgan maqsadga bog‘liq holda turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Eng keng, falsafiy ma’noda, amaliy faoliyatdagi kishilarning ob’ektga nisbatan konkret-tarixiy birligi bo‘lgan jamiyat amaliyot sub’ekti bo‘lib chiqadi. Bunda ob’ektiv reallikning odamlar ta’sir o‘tkazadigan tomoni esa amaliyot ob’ekti bo‘ladi. Moddiy ishlab chiqarish va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi amaliyotning eng muhim shakllaridir.

Amaliyot nazariy bilimdan yuqori turadi. U nafaqat umumiylik, balki bevosita voqelik hislatiga ega. Amaliyotda asosiy qarama-qarshiliklar – ideal qarama-qarshilik (sub’ektiv reallik sifatida) va moddiy qarama-qarshilik (ob’ektiv reallik sifatida) – birga qo‘shilishadi. Amaliyot – bu voqelikni insoniyat oldida turgan maqsadlarga muvofiq tarzda uzluksiz o‘zgartirish jarayonidir. Agar jamiyatda biron-bir amaliy ehtiyoj paydo bo‘lsa, bu bilish jarayoniga o‘nlab universitetlarga qaraganda ko‘proq asos bo‘ladi, chunki amaliyot ehtiyojlari ilmiy bilishning o‘zini olg‘a siljitadi.

Amaliyot bilish jarayoniga boshidan oxirigacha «amaliyot – nazariya, yana amaliyot – yana nazariya» tarzidagi formula bo‘yicha kirib borib uni boyitadi. Amaliyotdan ajralgan bilish bo‘lishi mumkin emas. Faqat amaliyotgina u yoki bu nazariyaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ko‘rsatib beradi. Amaliyot o‘zgarmas emas, fan yutuqlari tufayli u doimo takomillashib, boyib va rivojlanib boradi. Bilish va amaliyot bir-biridan ajralmasdir. Amaliyot bilish haqiqatligining asosiy nuqtasi, harakatlantiruvchi kuchi, maqsadi va mezonidir.
. INSON FALSAFASI (ANTROPOLOGIYa)
1-bob. INSONNING KELIB ChIQIShI
1-§. Insonning kelib chiqishi haqidagi nazariya
Insonning kelib chiqishi eng murakkab va jumboqli fenomenlardan biri hisoblanadi. Qadim zamonlardan boshlab ushbu fenomenni tushuntirishda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan ikki paradigma mavjud: insonning xudo tomonidan yaratilganligi g‘oyasi va tabiiy tarixiy evolyusiya g‘oyasi.


Yaratish nazariyasi


Ibtidoiy miflarda odamlarning kelib chiqishi ko‘pincha mifik qahramonlarning transformatsiyasi, totem ajdodlar, butun mavjudot yaratilgan mifik davrdagi personajlarning transformatsiyasi natijasi yoki ularning ijod mahsuli sifatida tasavvur etiladi. Ayrim miflarda odamlarning paydo bo‘lishi tasodifiy xususiyatga ega bo‘lsa, boshqalarida demiurglar – totem ajdodlarning ongli ishi sifatida aks ettiriladi.

Yangi Gvineyadagi papuaslarning tangu qabilasi miflarida afsonaviy qahramon odamlarni qapqonga ilingan to‘ng‘izlarning mayda­lan­gan bo‘laklaridan yaratadi. Tasmaniyaliklarning tasavvur­lariga ko‘ra dastlabki odamlar Mopxerni nomli mifik mavjudot tomonidan dumli, bo‘g‘insiz oyoqlarga ega bo‘lgan hayvon qiyofasida yaratilgan. Keyinchalik boshqa bir afsonaviy mavjudot Drumerdim ularning dumlarini kesib tashlagan va yog‘lar yordamida tizzalarini bo‘kiladigan qilgan. Avstraliya aborigenlari va Yangi Gvineyadagi papuaslarning marind-anim qabilasining afsonalariga ko‘ra odamlar dastlab yarim odam, yarim hayvon qiyofasida, ko‘zlarsiz va og‘izsiz, oyoq-qo‘llarining uchlari yopishgan holda mavjud bo‘lgan. Demiurglar pichoqlar yordamida ularni hozirgi holatga keltirganlar.

Ancha keyinroq paydo bo‘lgan miflarda birinchi odamning paydo bo‘lishi xudolar tomonidan yaratilish g‘oyasi bilan bog‘lanadi. Jahon dinlarida mavjud bo‘lgan yaratilish aktining barcha tasvirlari o‘z ildizlariga ko‘ra aynan mifologiyaga borib taqaladi. Masalan, jahon dinlarida keng tarqalgan insonning xudo tomonidan loydan yaratilganligi haqidagi tasavvurning mifologik ildizlarga ega ekanligi yaqqol ko‘rinib turadi. Vavilonda yaratilgan poema - "Enum Elish»da tasvirlanishicha dastlabki odam tartib xudolari va tartibsizlik (xaos) xudolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urushdan so‘ng loy va qondan paydo bo‘lgan. Qadimgi Misrdagi afsonalardan birida Xnum degan xudo odamni kulolchilik charxi yordamida loydan yasalganligi aytildi. Ayolning erkak kishining qovurg‘asidan yasalganligi motivi Mesopotamiyada yaratilgan miflarga borib taqaladi. Insonning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi paradigma har doim diniy e’ti­qodlar va ishonchlarga asoslangan. Fan antropogenez jarayonini yoritib bera boshlashi va dindan bu sohani tortib olishi munosabati bilan kreasianizm o‘z mavqeini mustahkamlay boshladi. Bu hol te­gish­li institularning yaratilishi, ilmiy anjumanlar o‘tkazilishi, krea­si­nistik adabiyotlar va filmlarning paydo bo‘lishida o‘z aksini topdi.

Hozirgi zamon kreasianizmi quyidagi yondashuvlarga asoslanadi.

Birinchidan, bu odamning azaldan mavjud bo‘lganligi g‘oyasidir va u odamning eng qadimgi davrlarga oid qazib topilgan hayvonlar (masalan, dinozavrlar) bilan bir paytda mavjud bo‘lganligini isbotlovchi dalillarni qidirib topishda ifodalangan. XX asr 60-80 yillarda Texasdagi Palluks daryosi havzasida topilgan 120 million yil ilgari qoldirilgan bir izni ana shunday dalillardan (insonning eng qadimgi davrdagi izi) biri sifatida ko‘rsatishga urinishlar bo‘lgan edi. Ammo keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, u qadimgi kaltakesakning izi ekan.

Ikkinchidan, bu insonning va qazilmalar orqali topilgan primatlarning tadrijiy taraqqiyotida qandaydir oraliq bo‘g‘inlar bo‘lganligini inkor etishdan iborat. Kreasianistlarning fikricha, qazilmalar chog‘ida topilgan barcha suyaklarni yoki odamniki, yohud maymunniki sifatida tasnif qilish lozim. Boshqacha qilib aytganda xudo hamma turlarni ular qanday bo‘lsa shunday yaratgan va odam ham avval boshdanoq odam bo‘lgan. Biroq, fanga ma’lum barcha qazilmalar chog‘ida topilgan gominidlar bunday bir xillikka ega emas, chunki ularda maymunlarga xos xususiyatlar bilan odamga xos xususiyatlar birlashib ketgan.

Uchinchidan, bu - yetarli ma’lumotlar bo‘lmaganligi uchun gipoteza sifatida qaraluvchi antropogenezga oid bir qator nazariyalarning tanqid qilinishidir.

Kreasianizm bugungi kunda ham keng tarqalgan. Bir qator mamlakat(davlat)larda insonning kelib chiqishi haqidagi kreasianistik va evolyusion qarashlarni maktablarda o‘qitish masalasida keskin kurash bormoqda. 1925 yilda (AQShning) Tennesi shtatidagi Dayton shahrida o‘qituvchi Djon Skops ustidan o‘tkazilgan sud bugungi kunda barchaga ma’lum. U o‘quvchilarga Darvin nazariyasi va uning odamning maymundan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezasi xususida so‘zlab bergan edi. 1986 yilda esa Mobayla shahri sudi Alabama shtatining ta’lim boshqarmasiga qarshi da’vo bilan ish qo‘zg‘adi. Bunga ta’lim boshqarmasining «dinga va xudoga qarshi mazmundagi 45 darslikdan o‘rta maktablarda foydalanishga ruxsat berganligi»60 sabab bo‘lgan edi. Kaliforniyaning ayrim shaharlarida evolyusiya nazariyasini o‘z ichiga olgan darsliklardan foydalanish taqiqlangan.

Shu sababli yaqinda amerikalik yirik 72 ta olimlar - Nobel mukofotining sovrindorlari kreasianistlarning insonning xudo tomonidan yaratilganligi g‘oyasi va evolyusiya nazariyasini «teng huquqli» ravishda o‘quv dasturlariga kiritish va o‘qitish uchun urinishlariga qarshi chiqdilar. Bironta boshqa hujjat shunchalik ko‘p sonli Nobel mukofoti sovrindorlari tomonidan nizolanmagan edi. Ularning mazkur qadami shu bilan taqozo etilgan ediki, zamonaviy, ilmiy bilishning yutuqlariga asoslangan ta’lim fan mezonlariga javob bera oladigan nazariyalarga asoslanadi. Bu eng avvalo, tegishli tarzda asoslab berish va isbotlashdir, kreasianizm esa o‘zining haqligini ko‘rsatuvchi isbot-dalillarga ega emas.

Keyingi paytda «kosmik tajriba» nazariyalari paydo bo‘ldiki, ularning markazida ham odamning yaratilganligi haqidagi g‘oya turadi. Diniy talqinlardan farqli o‘laroq, ushbu nazariyalarda inson qandaydir o‘zga planetaga mansub sivilizatsiya tomonida yaratilgan deb tasdiqlanadi.

Ushbu konsepsiyaga ko‘ra, Yerdagi ko‘plab noyob inshootlar (Misr ehromlari, Pasxa orolidagi toshdan yasalgan ulkan haykallar, faqat tepada qaraganda ko‘rinadigan benihoyat ulkan rasmlar va hokazo) ana shu o‘zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan deb hisoblanadi.

Fan o‘zga sayyoralarda sivilizatsiyaning mavjudligini va ular Yerga kelgan bo‘lishlari mumkinligini prinsip jihatidan inkor etmaydi. Biroq, insonning o‘zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan­li­gi­ni tasdiqlovchi hech qanday dalillar mavjud emas. Bu mavzuga oid barcha mulohazalar hozirga qadar mushohada-gipoteza bo‘lib qolmoqda.


Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi haqidagi nazariya
Eng qadimgi miflardayoq, odamning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi g‘oya bilan bir qatorda antropogenezni tabiiy-tarixiy idrok etish unsurlari ham mavjud edi. Insonlarning paydo bo‘lishi ularda mo‘’jizali shakliga ega, ammo ushbu tasavvurlarda inson­ning xudo tomonidan yaratilganligi akti mavjud emas. To‘g‘ri, mif­lar­da ko‘pincha tabiiy-tarixiy va diniy elementlar shunchalik qorishib ketadiki, aks hollarda ularni bir-biridan ajratish qiyin bo‘ladi.

Avstraliyadagi dieri qabilasining afsonasida odamlarning kelib chiqishi shunday bayon qilinadi. Perigundi ko‘lining o‘rtasida yer yorilib u yerdan mardu deb ataluvchi totem mavjudotlar chiqqan. Ular kuchga kirib olgunlariga qadar oftobda yotdilar, keyin esa odamlarga aylanib yer yuziga tarqaldilar. Keraki qabilasida mavjud tasavvurlarga ko‘ra odamlarni hech kim yaratmagan: afsonaviy qahramon Kambel daraxt kesayotib, ularni urug‘lari bilan yashayotgan joyidan topib olgan. Qadimgi xitoy mifologiyasiga ko‘ra esa, odamlar Pan-Gu deb ataluvchi kosmik odamning jasadi ustida o‘rmalab yurgan parazitlardan kelib chiqqan.

Qadimgi falsafiy tasavvurlarda ham insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi haqidagi gipotezani uchratish mumkin. Hind faylasuflari charvak-lokayatlar ta’limotiga ko‘ra ongga ega bo‘lgan tirik tan ham butun dunyo singari to‘rt unsurning, ya’ni yer, olov, havo va suvning qo‘shilishdan paydo bo‘lgan.

Odamning tabiiy ravishda kelib chiqqanligi g‘oyasi qadimgi yunon falsafasida ham o‘z aksini topgan. Odamning hayvondan kelib chiqqanligi haqidagi gipotezani birinchi bo‘lib Anaksimandr oldinga surgan edi. Uning ta’limotiga ko‘ra odamlar baliqlar qornida paydo bo‘lgan va xuddi akulalar singari parvarish qilingan. Ular kuchga kirib o‘zlarini eplay oladigan bo‘lganlaridan so‘ng tashqariga chiqqanlar va yerga yetib borganlar. Qadimgi yunon faylasufi Empedokl dastlab inson tanasining ayrim qismlari: boshlar, qo‘llar va h.k. paydo bo‘lgan deb hisoblagan. Birlashtirish va ajratish qudratiga molik bo‘lgan sevgi kuchlarining dunyoda ustuvor bo‘lishi bilan turli xil qismlar bir-biri bilan qo‘shila boshlagan. Buning natijasida turli kombinatsiyalar yuzaga kelgan: ikki boshli odamlar, ho‘kizpeshona odamlar, inson boshi singari boshga ega bo‘lgan ho‘kizlar, ayollarga xos belgilarga ega bo‘lgan erkaklar va hokazl. Ular orasidan mukammallikka ega bo‘lganlari yashab qolgan, qolganlari esa qirilib bitgan, shu jumladan yuqorida sanab o‘tilganlar tipidagi mavjudotlar ham yo‘qolib ham ketgan. Atomizmning asoschisi bo‘lgan Demokrit esa inson loy va suvdan paydo bo‘lgan deb hisoblar edi. Yer paydo bo‘lgandan so‘ng uning loyqasimon yuzasida plyonka bilan qoplangan pufaklar (badbo‘y va suvli) yuzaga kelgan. Ularni kunduzi quyosh qizdirar, tunda esa namlikni o‘zlariga singdirar edilar. Ular shu tariqa ko‘payib borgan va so‘ngra yorila boshlagan hamda ulardan odamlar va hayvonlar paydo bo‘lgan.

Insonning tabiiy-tarixiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi falsafiy konsepsiyalar to XIX asrning oxiriga qadar faqat mushohadalardan iborat bo‘lib, hech qanday isbot-dalillarga ega emas edi. Biroq ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi bilan mazkur yondashuv ilmiy hamjamiyatda tobora ko‘proq ustunlikka ega bo‘la boshladi.

Insonning hayvonlarga o‘xshab ketishini odamlar juda qadimgi zamonlardayoq payqaganlar. Antik fanning paydo bo‘lishi bilan inson va hayvonlarni qiyosiy tahlil qilish yo‘lidagi dastlabki urinishlar ham yuzaga keldi. Bunday harakatlarning dastlabkilaridan birini Qadimgi Gresiyada Arastu amalga oshirdi, Qadimgi Rimda yashagan vrach va anatom Klavdiy Galen esa birinchilardan bo‘lib odam bilan maymun o‘rtasidagi o‘xshashliklarni tavsiflab berdi.

1610 yilda faylasuf va olim Lyuchilio Vanini odam va maymunning qarindoshligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi va buning uchun gulxanda kuydirildi. 1699 yilda esa ingliz anatomi E.Tayzon «Orangutan yoki o‘rmon odami: maymun, pigmey va insonning qiyosiy anatomiyasi» nomli asarini e’lon qildi.

XVIII asrga kelib olimlar endi inson va hayvonlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni shunchaki qayd etish bilan cheklanib qolmadilar. Tirik organizmlarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan shved olimi Karl Linney (1707-1778), garchi insonning xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi g‘oyani tan olsada, o‘z tasnifida uni hayvonlar dunyosining boshqa vakillari orasiga joylashtirgan va bunda u Homo turini alohida ajratgan edi. J.B.Monboddo va J.E.Doornikning ilmiy ishlaridan boshlab odamlarning insonga o‘xshash maymunlardan kelib chiqqanligini haqidagi fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiq etiladi.

Antropogenezning tadrijiy xususiyati haqidagi tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishida Jan Lamarkning (1744-1829) «Zoologiya falsafasi» deb atalgan va 1809 yilda e’lon qilingan asari muhim bosqichni tashkil etdi. Lamarkning fikriga ko‘ra qadimgi maymunlar o‘rmonlarning kamayib ketishi natijasida daraxtlardan tushib yerda yashashga va tik turib yurishga majbur bo‘lganlar. Bu ularning umurtqa pog‘onalari, oyoq kaftlari, qo‘l bo‘g‘inlari, jag‘lari, tishlari va bosh miyalarining o‘zgarishiga olib kelgan. To‘da-to‘da bo‘lib ijtimoiy hayot kechirish sharoitlarida esa ularda nutq rivojlana boshlagan. 1818 yilda esa Bilenshtedning asari dunyoga keldi, unda muallif inson va ungacha bo‘lgan hayvoniy shakllarni bir butun evolyusion zanjirga bog‘lovchi oraliq shakllar mavjud bo‘lganligi haqidagi fikrni bayon qildi.

Odamning kelib chiqishi haqidagi tabiiy-ilmiy qarashlarning uzil-kesil tasdiqlanishida Ch.Darvinning «Tabiiy tanlanish natijasida turlarning kelib chiqishi» (1859) va «Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlanish» (1871) kabi asarlarida bayon etilgan evolyusiya nazariyasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.

XIX asrning o‘rtalariga qadar atnropogenezning talqinlari tabiiy-ilmiy xususiyatga ega bo‘ldi, ya’ni antropogenez faqat tabiiy fanlar (anatomiya,embriologiya, evolyusiya nazariyasi va boshqalar) doirasida izohlandi. Shunga muvofiq antropogenezning harakatga keltiruvchi kuchlari sifatida tabiiy-biologik olimlar tushunilar edi. Antropogenez jarayonida ijtimoiy olimlarning roli F.Engels antropogenezning mehnat nazariyasida («Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli», 1873-1876) o‘z aksini topdi. Uning mohiyati «Mehnat -insonni yaratdi» degan formulada ifoda etilgan edi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə