1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə8/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19

Borliq,

mavjudlik

va reallik
Borliq voqelikning eng umumiy, ichki va tashqi, mohiyati va mazmuniga aloqador barcha jihatlarini aks ettirsa, mavjudlik esa voqelikning tashqi, ko‘zga tashlanadigan, shakliga aloqador va tajriba vositasida bilib olinadigan tomonini ifodalaydi. Borliq esa voqelikning chuqur mohiyatini ham qamrab olib, aql vositasidagina bilib olinadi, deyiladi. Mavjudlik so‘zi lotinchada ex(s)istentia deb atalib, bu so‘z lotincha - ex(s)isto dan olingan bo‘lib - mavjudman degan ma’noni anglatadi. Ekzistensializm – mavjudlik falsafasi shu so‘zdan olingan. Reallik esa borliqning muayyan ob’ektda mavjud bo‘lgan mujassamlashgan qismini ifodalaydi. Reallik borliqning ayni paytdagi mavjud qismidir.

M
Борлиқнинг шакллари
oddiy va g‘oyaviy borliq.
Atrofimizni o‘rab turgan dunyo ikki xil reallikdan tashkil topgandir. Ob’ektiv reallik va sub’ektiv reallik. Ongimizdan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan reallik ob’ektiv reallik deyiladi. Bu tushunchani materialistlar materiya tushunchasi bilan aynan bir ma’noda ishlatishadi. Reallikning inson ongi bilan bog‘liq bo‘lgan va ongning mahsuli hisoblangan qismi sub’ektiv reallik deyiladi. Ob’ektiv reallik moddiy borliq tushunchasiga mos kelsa, sub’ektiv reallik esa borliqning g‘oyaviy shakliga muvofiq keladi. Materializm vakillari borliqning g‘oyaviy shakli moddiy shaklining maxsuli, deb hisoblashadi. Idealizm vakillari esa moddiylik g‘oyaviylikning ijodi yoki g‘oyaviylikning namoyon bo‘lish shaklidir.

Aktual va potensial borliq. Aktual borliq borliqning ayni paytda va shu joydagi voqelikda namoyon bo‘lib turgan va shu voqelik bilan aloqadorlikdagi qismi. Bu ob’ektiv reallik tushunchasiga mos keladi, chunki ob’ektiv reallik borliqning shu joyda berilgan va shu onda amal qilayotgan qismidir. Dunyoning hamma tomoni birdan berilgan emas. Biz borliqning hozirgi zamonga tegishli qismi bilangina aloqadamiz. Bu qismi o‘tmishga aylanib, uning o‘rnini kelajakdagi qismi egallaydi. Hozirgi zamonda kelgusi voqelikning kurtaklari mujassamlashgan bo‘ladi. Aktual borliqning hali voqelikka aylanmagan va kelgusida voqelikka aylanadigan murtak holidagi qismi potensial borliq deyiladi. Potensial borliq hali voqelikka aylanishga ulgurmagan, salohiyotdagi aktual borliqdir.

Real va virtual borliq. Borliqning biz uchun mavjud qismi real borliq deyiladi. Real borliqni naqd borliq ham deyish mumkin. Ammo borliqning shunday qismi ham borki, uning bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Borliqning bunday qismi ehtimoliy mazmunga ega. U hali reallikdan uzoqda. Mana shunday mazmundagi borliq virtual (lot. virtuales - ehtimol) borliq deyiladi.

Tabiiy va ijtimoiy borliq. Tabiiy borliq deganda odatda atrofimizdagi jismoniy narsalar (jismlar), jarayonlar, tabiatning holatlari nazarda tutiladi. Tabiiy borliq ikki qismga ajraladi: birinchisi - azaliy tabiiy borliq, ya’ni tabiatning tabiiy borlig‘i. U insondan ilgari insonning ishtirokisiz mavjud bo‘lgan. Buni birlamchi tabiat deb ham atashadi; ikkinchisi - inson ishtiroki bilan vujudga kelgan narsalar (jismlar), hodisa va jarayonlarni o‘z ichiga oluvchi xosilaviy tabiiy borliq. Uni ikkilamchi tabiat deb ham atash mumkin.

Ikkilamchi tabiat doirasida borliqning quyidagi ko‘rinishlarini kuzatish mumkin:

- inson borlig‘i - insonning narsalar dunyosidagi borlig‘i va maxsus insoniy borliqdan iborat;

- ma’naviy borliq - individuallashgan va ob’ektivlashgan (individuallikdan tashqaridagi) ma’naviy borliqdan iborat;

- sotsial borliq - ayrim odamning jamiyatdagi va tarix jarayonidagi borlig‘i hamda jamiyatning borlig‘i - ijtimoiy borliq.

Olamda nimaiki mavjud bo‘lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma’noda «yaxlit dunyo»ni tashkil etadi va uni ba’zan «haqiqiy borliq» deb ham atashadi. Forobiy barcha mav­jud narsalarning yig‘indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma narsaning umumiy jinsi olamdir»54 va «olamdan tashqarida hech nima yo‘qdir»55 deb hisoblagan. Yaxlit holda butun dunyoning asosida nima yotadi? Bu savolga javob berishda faylasuflar turli xil konsepsiyalarda fikr yuritishadi. Bu joyda asosan uch xil muhim konsepsiyani ko‘rsatish mumkin. Ularga monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar kiradi.



3-§. Borliqqa yonda­shuvning asosiy konsepsiyalari
M
Монизм
onizm
(yunon. monos - bitta) konsepsiyasi vakillari dunyoning asosida bitta manba (bitta substansiya) yotadi deb hisoblashadi. Materialistik monizm tarafdorlari bu manba moddiy manbadir deb aytishsa, idealistik monizm tarafdorlari dunyoning asosida bitta g‘oyaviy negiz, g‘oyaviy, ma’naviy, ilohiy substansiya yotadi deyishadi.


Дуализм


Dualizm (lot.dualis - ikkilangan) vakillarining fikricha, dunyoning asosida ikkita mustaqil negiz: ham moddiy, ham g‘oyaviy (ma’naviy, ilohiy) negiz yotadi, deb hisoblashadi. Arastu dualist bo‘lgan, uning fikricha, dunyoning asosida materiya va shakl yotadi, materiya passiv va inert negiz bo‘lsa, shakl esa faol, aktiv, yaratuvchan negizdir.

P
Плюрализм
lyuralizm
(lot. pluralis - ko‘pchilik) vakillarining aytishicha, borliqning asosida ko‘plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g‘oyaviy negizlar yotadi. Ayrim plyuralistlar moddiy negizlarga urg‘u berishadi. Ularni materialistik plyuralizm vakillari deyish mumkin. Masalan, qadimgi xitoy, qadimgi hind, qadimgi yunon materialistlari borliq olov, suv, havo va tuproqdan tashkil topgan deyishgan. Boshqa yo‘nalishdagi plyuralistlar esa ma’naviy, g‘oyaviy substansiyalarga ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plyuralizm vakillari deyishadi). Masalan, Max va Avenarius dunyoning asosida yotuvchi elementlar turli shakldagi sezgilardan iboratdir, deb hisoblaydi. Shuningdek, dunyoning asosida ko‘plab ham moddiy, ham ma’naviy (bir xil darajada) elementlar yotadi (Demokritda bu elementlar atomlar, Leybnisda g‘oyaviy monadalar) deb hisoblovchi plyuralistlar ham bor.
2-bob. BORLIQNING MAVJUDLIK USULLARI VA ShAKLLARI

(HARAKAT, FAZO, VAQT)
1-§. Harakat – borliqning asosiy mavjudlik usuli

Harakat
Borliqning mavjudligi undagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Agar o‘zgarish bo‘lmasa, borliqning bor yoki yo‘qligi noma’lumligicha qolardi. Har qanday o‘zgarish - harakatdir. O‘zgarishlar na faqat moddiy ob’ektlarga, balki ma’naviy, g‘oyaviy ob’ektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki g‘oyaviy) ob’ektning mavjudligi undagi harakat va o‘zgarishlar tufayli namoyon bo‘ladi. Shu sababli harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko‘rsatishadi: 1) moddiy harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug‘likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jarayonlar kiradi); 4) biologik harakat (hayotiy jarayonlar); 5) sotsial (yoki ijtimoiy) harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo‘lishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ideal, g‘oyaviy, ma’naviy ko‘rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir.

Harakatning eng sodda shakli mexanik harakat bo‘lib, uning manbai tashqi ta’sirda, harakatning murakkab shaklla­rining manbai esa ichki aloqadorliklarda. Faylasuflar qadimdan harakat va uning manbalari haqida xilma-xil kon­sepsiyalarni ilgari surib kelishadi. Ayrim faylasuflar hatto harakatning mavjudligini ham inkor etgan. Ioniya mak­tabiga mansub faylasuflardan Eleylik Zenon harakatning yo‘qligini o‘zining «Axill va toshbaqa», «Dixatomiya», «Uchayotgan kamon o‘qi» kabi mashhur aporiya (yunon. aporia - ilojsiz vaziyat)larida harakatning yo‘qligini isbotlashga uringan. Buni dastlab, Arastu yaxshi tushunib yetdi. Sharq falsafasida esa Forobiy­ning falsafiy risolalarida bu muammo yaxshi asoslab beril­gan. Yangi davr falsafasida G.Xegel harakatning mohiyatini formal mantiq vositasida ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina asoslash mumkin­ligini ta’kidlagan.


2-§. Fazo va vaqt – borliqning tuzilishi sifatida
Borliq tuzilishga ega, ya’ni u strukturali. Borliqning asosiy tuzilishi shakli (strukturaviy shakli) uning fazo va vaqtda mavjudligi bilan izohlanadi.

Inson o‘zining kundalik hayotida «masofa», «uzunlik», «joy», «o‘rni», «ko‘lami», «miqyosi», «makoni», «balandligi», «eni», «bo‘yi», «baland», «past», «yuqori», «quyi», «ichi», «tashqarisi», «o‘ng»,«chap», «oldi», «orqasi», «o‘ngi», «teskarisi», «chuqur», «sayoz», «tubi», «yuzasi», «satxi», «osti», «usti», «yoni», «tevarak atrofi», «yaqin», «uzoq» singari fazoga oid, «lahza», «payt», «davr», «zamon», «fasl», «kecha», «bugun», «ertaga», «indin», «o‘tgan payt», «oldin», «hozir», «shu payt», «shu on», «keyin», «endi», «o‘tmish», «kelajak», «davomiylik», «erta», «kech», «azaliylik», «abadiylik», «mangulik» kabi vaqtga oid tushunchalarga duch keladi. Bu tushunchalar voqea va hodisalarga nisbatan qo‘llaniladi. Fanda hodisa deb fazo va vaqt nuqtasiga, ya’ni «shu on» va «shu joy»ga aytiladi. Shu jihatdan dunyo «shu joy» va «shu on»lar majmuasidan iborat. Fazo - vaqtning muayyan lahzasida bu dunyoni tashkil etgan nuqtalarning o‘zaro joylashish tartibini ifodalasa, vaqt esa - fazoning har bir nuqtasida ro‘y beruvchi hodisalarning ketma-ketligi, davomiyligi tartibini ifodalaydi56. Shu tarzda fazoni vaqt bilan, vaqtni fazo bilan belgilash mumkin.



Fazo va vaqt - borliqning umumiy yashash shakllari bo‘lib, fazo dunyoni tashkil etuvchi ob’ektlar va ularning tarkibiy nuqtalarining o‘zaro joylashish tartibi, ko‘lami va miqyosini ifoda etadi, vaqt esa dunyoda sodir bo‘luvchi hodisa va jarayonlarning ro‘y berish ketma-ketligi tartibi va davomiyligini ifodalaydi. O‘zbek tilidagi adabiyotlarda arab tilidan kirgan makon va zamon atamalari ham ishlatiladi. Fazo va vaqtning tabiati va mohiyati haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil nuqtai nazarlarni ilgari surib kelishadi. Ularni umumlashtirib, ikki yirik konsepsiyaga ajratish mumkin. Bu konsepsiyalar substansial va relyatsion konsepsiyalar deb ataladi.

Substansial konsepsiyada fazo va vaqtning absolyut jihatlari, relyatsion konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari absolyutlashti­riladi. Substansial konsepsiya tarafdorlari (Demokrit, Aflotun, Eronshahri, Zakariyo ar Roziy, Beruniy, Patrisiy, Kampanella, Gassendi, Nyuton, Eyler, Mopertyui va boshqalar) fikricha, fazo - materiya va moddiy aloqadorliklardan tashqarida, ularga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan mustaqil substansiyadir; fazo - moddiy ob’ektlar uchun joylashish makoni, u absolyutdir. Vaqt esa borliqqa, fazo va harakatga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi; vaqt munosabatlari absolyutdir, ya’ni vaqt hamma hisob sistemalarida bir xilda o‘tadi. Fazo va vaqtni ular mustaqil substansiya deb hisoblaganliklari tufayli bunday yondashuv substansial konsepsiya deb fanga kirgan.

Relyatsion konsepsiya vakillari(Arastu, Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosiri Xisrov, Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart, Leybnis, Toland, Boshkovich, Yum, Fixte, Kant, Xegel)ning fikricha, fazo - moddiy dunyoning tarkibiy tuzilishi tartibining namoyon bo‘lishi, jismlarning o‘zaro joylashish o‘rinlari va moddiy narsalarning mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo - juz’iy holda ham, umumiy holda ham moddiy dunyoning holatiga bog‘liqdir; materiya fazoning mavjudligi uchun asosiy vositadir; fazo - nisbiydir. Vaqt esa materiyaning atributi (ajralmas xususiyati), u materiyadan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas, vaqt munosabatlari nisbiydir, vaqtning davomiyligi moddiy ob’ektlarning o‘zaro aloqadorligiga, hisob sistemasiga bog‘liqdir. Hozirgi zamonda borliqning turli tashkiliy struktura darajalariga aloqador bo‘lgan fizik, ximiyaviy, geologik, biologik, fiziologik, ijtimoiy (sotsiologik), psixologik fazo va vaqt haqidagi konsepsiyalar ham yaratilmoqda. Bunday konsepsiyalarda olamning tuzilishi jihatdan xilma-xilligi va birligi, ko‘p qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi va nihoyasizligi asoslanmoqda. XX asr oxiri va X1X asrning boshlarida nazariy fizika, topologiya, chiziqli algebra, kvant fizikasi, qora tuynuklar fizikasi, relyativistik kosmologiya fanlarining rivojlanishi fazo va vaqt haqidagi tasavvurlarni jiddiy o‘zgartirdi. Ayniqsa, konseptual fazo (vaqt)ni informasion texnologiya vositalarida modellashtirish yo‘llari osonlashgach, fazo va vaqtning turli-tuman modellarini tadqiq etish imkoniyatiga keng yo‘l ochildi. Bu tadqiqotlar olamdagi yagona, eng umumiy, universal va fundamental aloqadorlik - bu fazo - vaqt aloqadorligidir deb xulosa chiqarishga to‘liq asos berdi.
ONGNING TUZILIShI
1-§. Psixika va ong
S
Психика

haxsning asosiy tuzilmaviy elementi psixikadir. Ongning o‘zi esa psixikaning oliy ko‘rinishidir, chunki oliy hayvonlarda materiya tuzilishining biologik darajasida vujudga kelgan psixikaning o‘zi murakkab tuzilishga egadir va tadrijiy evolyusiya natijasida borliq tuzilishining sifat jihatidan boshqacha, ijtimoiy darajasida ongni keltirib chiqaradi.

Oliy hayvonlar psixikasi darajasida juda murakkab xatti-harakat, tashqi sharoitga moslashuv, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat ifodalanadi, taxminiy-tadqiqiy faoliyat elementlari shakllanadi, aql-idrok elementlari va boy, rivojlangan xotira paydo bo‘ladi. Agar murakkab psixikali oliy hayvonlarda atrofdagi muhit bilan o‘zaro ta’sir usuli, asosan, ularning tana tuzilishi, fiziologiyasi va anatomiyasi bilan aniqlansa, odamning ongi - psixika ko‘rinishining oliy shaklifaqat odamning o‘ziga o‘xshaganlar bilan aloqasi natijasida, ya’ni bevosita inson borlig‘ining ijtimoiy tashkiloti ta’siri ostida rivojlanadi. Odamning psixikasi shaxsning psixik tuzilishini, uning xarakterini, temperamentini, qobiliyatlarini, qadriyat mo‘ljallarini, o‘zini-o‘zi tahlil qilish va baholashini, individual fikrlash uslubi va turmush tarzini belgilab beradi. Inson psixikasi ongni ham, inson ichki dunyosining ong nazoratidan tashqarida bo‘lgan qatlamini, ya’ni ongostini ham o‘z ichiga oladi.

I
Онг


nson ongi shaxsning ichki ruhiy dunyosi, sub’ektiv reallik sifatida murakkab ichki tuzilishga, bir-biri bilan uzviy bog‘langan tiplar, darajalar va shakllarning bir butun ierar-

xiyasiga egadir. Umuman ongning tuzilishi shaxs ruhiy dunyosining amaldagi murakkab tizimidir. Odam individining ruhiy hayotidagi hissiy, irodaviy, mantiqiy, emotsional jarayonlarning majmui kabi elementlarni ong tuzilishiga kiritmoq kerak. Ong shaxs ma’naviyatini, uning emotsiyalari, kechinmalari, tashvish va orzu-umidlarini, fantaziya va xayollarini, insonning sub’ektiv, ichki borlig‘i dunyosini, uning ruhini keltirib chiqaradi va shakllantiradi.

O
Онгнинг тузилиши
ng yaxlit bir tizim, murakkab tuzilma sifatida gnoseologik (bilish jarayoniga oid), aksiologik (qadriyatlarga oid), irodaviy va kommunikativ (ya’ni ijtimoiy) elementlar birligidir. Haqiqatda ong tuzilmasining bironta ham elementi o‘z-o‘zicha amal qilmaydi, hammasi qolgan elementlar bilan o‘zaro bog‘langan, ular bilan va umuman butun ong tizimi bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Masalan, tafakkur xotira, emotsiya va idroklarning normal ishlashini ta’minlaydi. Kishining, aytaylik, biron-bir voqeani boshidan kechirishi esa uning taqqoslashini, o‘ylashini, ideallashtirishini, abstraktlashtirishini, chalg‘ishini, ya’ni tafakkur amaliyotidan foydalanishini bildiradi.

Ongga, birbutun bog‘langan tizim sifatida, uning sezgi, fikr, emotsiya, iroda va xotira kabi ajralmas elementlari kiradi. Birbutunlik ongning tizimiy sifati bo‘lib, ong fenomeni mohiyatining o‘ziga xosligi uning tarkibiy qismlarining har qandayiga nisbatan mutlaqo zarurligini bildiradi.



Sezgi. Inson sezgilari tashqi dunyo haqidagi axborotlarni asosiy yetkazib beruvchilardir. Ko‘rib, ushlab, hidlab, eshitib va ta’mga qarab sezishlar sub’ektga dunyoni bilishga, o‘zini qiziqtirgan ob’ektni topishga, u turgan joyni aniqlashga, uning rangi, hidi, ta’mi, qattiq yo yumshoqligi, xarorati va boshqa sifatlari haqida axborot olishga imkon beradi.

Idrok. Ibn Sino idrok haqida bunday deb yozgan: «Odamning xususiyati shundayki, u kamyob narsalarni idrok qilganida unda ajablanish degan refleks paydo bo‘ladi, shundan keyin kulgi keladi. Zararli narsalarni idrok qilish esa qo‘rquv deb atalgan refleksni keltirib chiqaradi, shundan keyin yig‘i keladi... Demak, odam umumiy qarash qobiliyatiga egadir hamda ayrim narsalar haqida: u foydali yoki zararli narsani qilishi lozimmi yoki lozim emasligi, bu xavflimi yoki xavfsiz, yaxshimi yoki yomon ekanligi haqida o‘ylab ko‘rish qobiliyatiga egadir»57.

Idroksub’ektning axborotni qayta ishlashida sezgidan keyingi bosqichdir. Bu bosqich davomida ob’ekt, uning zamon va makoniy tavsifi yaxlit holda anglab olinadi va ideal obraz unga taalluqli moddiy ob’ektning o‘zi bilan, ya’ni idrok ob’ektining o‘zi bilan taqqoslanadi. Tafakkur tufayli sezgi va idrok natijalariga ma’no va mazmun beriladi, munosib va tushunish qulay shakl izlab topiladi.



Emotsiya. Ong tuzilishining emotsional komponenti hodisalar va voqealarga ijobiy yoki salbiy munosabat (umid, quvonch, qo‘rquv, umidsizlik va sh.k.) yoki loqaydlikni keltirib chiqaradi. Shaxsni baxslashish, tashvishlanish, emotsional shok, affekt holatida bo‘lishga (rashq qilish, nafratlanish, yomon ko‘rishga) undaydi, uning stress yoki frustratsiya (gangirab qolish, ruhiy ezilish) holatida bo‘lishiga, quvonishi yoki g‘azablanishiga sabab bo‘ladi. Kechinmalar va emotsiyalarning axborot jihatidan muhim tomoni sub’ektning ob’ektga bergan bahosidan iborat (yaxshi - yomon, yaxshiroq - yomonroq va hokazo).

Iroda. Emotsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish sub’ektning irodasi bilan uzviy bog‘liqdir. Sub’ekt faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektiv sharoit bilan uni amalga oshirishning sub’ektiv imkoniyatlari tafovut qilib qolganda sub’ekt faoliyatini iroda yordamida tiklash, tartibga solish zarur bo‘ladi. Shaxs avval yechim tanlab, qaror qabul qilib, so‘ngra uni amalga oshirishi zarur bo‘lib qolgan hayotiy vaziyatda iroda ishga solinadi. Irodaning ishtirokisiz ong hech bir ish qilolmaydi, iroda odamning xatti-harakatini tartibga solib turadi, uni istalgan maqsadga erishishga yo‘naltiradi. Bu yerda sub’ektning ishning ko‘zini bilib qaror qabul qila olishi alohida rol o‘ynaydi, bu esa iroda erkinligini bildiradi.

Xotira. Ong tizimida xotira tajribaning integral yig‘uvchisi va ifodachisi bo‘lib xizmat qiladi. Xotira - kishining yoki kishilik jamiyatining o‘zining yoki o‘zganing o‘tgan zamondagi faoliyatini hozirgi zamonda saqlab qolish va tiklash layoqatidir. Xotira shunday bir yo‘naltiruvchiki, u tufayli sub’ekt vaqtda ham, makonda ham muvaffaqiyatli yo‘nalish oladi, bu esa uning faoliyat rejalari, sxemalari va dasturlarini tuzishida ifodalanadi. Xotiraning boshqa bir funksiyasi – o‘tmishdagi voqelikni tafakkuriy qayta tiklashdir. Xotira insonga tarixiy o‘tmishni va istiqbolni ko‘rishga, kelajakni oldindan ko‘rishga imkon beradi.

Tafakkur. Tafakkurning o‘zi emas, balki odam fikrlaydi. Odamning tafakkuri hamisha g‘oyat shaxsiy va individualdir va sub’ektning qurshab turgan dunyodagi ob’ektiv aloqalar va munosabatlarni muayyan maqsadni ko‘zlab, umumiy va vositali tarzda bilishini, sub’ektning ijodiy, bunyodkorlik faoliyatini, sodir bo‘layotgan hodisalar va voqealarni aks ettirishdan oldin prognoz qilishni, yangi g‘oyalar, qarashlar, farazlar va nazariyalar yaratishni o‘z ichiga oladi. Tafakkur odamning dunyoqarashini, uning dunyoni his qilishi va idrok etishini, odamning o‘z borlig‘iga, o‘z qilmishlariga, orzu-umidlariga o‘zi bergan bahoni doimo kengaytirib boradi. Odamning tafakkuri murakkab va faol jarayondir, u abstraktlashtirish va umumlashtirish, analiz, sintez, taqqoslash, o‘xshatishni, o‘zining murakkabligi, xarakteri va mazmuni jihatidan g‘oyat xilma-xil bo‘lgan vazifalarni oqilona o‘rtaga qo‘yish va hal etishni o‘z ichiga oladi. Fikrlovchi odam mantiqiy natija va xulosalar chiqarishga, hayotiy tajribaga, mehnat va kasb malakasi va mahoratiga ega bo‘la oladi, u biron-bir masala bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini isbotlashga, dalillar bilan asoslab berishga va himoya qilishga layoqatli bo‘ladi.
2-§. Ong va ongosti
Ongdan tashqari, odamning xatti-harakatiga, uning butun ruhiy olamiga g‘ayrishuuriy jihatlar va ongosti katta ta’sir qiladi. Shu ikki komponent - ong va ongosti - bir-biriga kuchli ta’sir o‘tkazadi, ular ajralmasdir va, ifodali qilib aytganda, qattiq o‘zaro nazorat va ta’sir ostida bo‘ladi. Hozirgi ilmiy tasavvurlarga ko‘ra, odamning ongi borib yetmagan, anglab olinmagan psixik faoliyati shunday sezgilar, idroklar va tasavvurlarni o‘z ichiga oladiki, ba’zan ularga odamning aqli yetmaydi, odam ob’ektga qaraydi-yu, uni ko‘rmaydi, payqamaydi, eshitadi-yu, eshitganini idrok etmaydi. Ongosti sohasi ruhiy borliqning tush, gipnoz holati, anglab olinmagan istak, sub’ektning hayotidagi noxush voqea arafasida oldindan his qilingan qo‘rquv kabi shakllarini qamrab oladi.

Ongostida shaxsning hayotidagi juda ko‘p hajmdagi axborotlar, uning individual turmush tajribasi o‘rnashib, yig‘ilib qoladi. Inson tomonidan avtomatik, instinktiv tarzda sodir etiladigan, himoya mexanizmi rolini bajaradigan va miyani doimiy zo‘riqishdan himoya qiladigan ko‘pgina harakatlar ongosti tomonidan nazorat qilinadi va boshqariladi. G‘ayrishuuriylik, bu - ham hayotiy yo‘l-yo‘riq, ham odamning odatidir, nihoyat, bu intuisiyadir – miyaning o‘rtada turgan vazifalarni ilgari olingan va xotirada saqlanayotgan ma’lumotlar asosida hal qilish bo‘yicha anglanmagan, g‘ayrimantiqiy ishining natijasidir.

Ongostini falsafiy va psixik analiz qilishga Zigmund Freyd, Karl Yung, Erix Fromm katta e’tibor berdilar. Masalan, Freyd nazariyasi ongostini kishilar xatti-harakatining, ular axloqi, san’ati va butun ma’naviy madaniyatining asosi, bosh omili deb biladi. K.Yung «individual ongsizlik» tushunchasi bilan bir qatorda «kollektiv ongsizlik» tushunchasini ham ilmiy muomalaga kiritdi; uning nuqtai nazaricha, ongosti nafaqat ong doirasidan siqib chiqarilgan sub’ektivlik va individuallikni, balki, eng avvalo, ildizlari uzoq o‘tmishga borib taqaladigan va Yung konsepsiyasida arxetiplar deb atalgan kollektiv va shaxssiz psixologik mazmunni ham o‘z ichiga oladi. Individual ongsizlik bilan kollektiv ongsizlikning o‘zaro aloqasidan foydalangan E.Fromm sub’ektning individual psixikasi bilan jamiyatning sotsial tuzilishi o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in, vosita sifatida «sotsial xarakter» tushunchasini kiritadi, ongostining hozirgi zamondagi iste’molchilar jamiyatining qiymatiy, aksiologik rejalariga ta’sirini o‘rganadi.
3-bob. ONGNING ShAKLLARI VA FUNKSIYaLARI
1-§. Ongning shakllari
O
Фикр

ng muayyan shakllarda, ya’ni fikr, shubha, e’tiqod, bilim va ishonch shakllarida mavjud bo‘lib, bular «ongning epistemik shakllari (grekcha episteme – bilim) nomini olgan.

Kishining yoki kishilar guruhining fikri ularning u yoki bu masala bo‘yicha nuqtai nazarlarini bildiradi va sub’ektning hayot yo‘liga, dunyoni his qilishga, dunyoqarashiga asoslangan, u ayrim shaxslarning individual tajribasi va butun sotsiumning kollektiv tajribasi bilan, shuningdek insonning va insoniyatning xotirasi bilan uzviy bog‘liqdir. Kishilar katta guruhlarining, butun ijtimoiy qatlamlarning ommaviy ongida ijtimoiy fikr mavjud bo‘lib, u jamiyat ehtiyojlariga va manfaatlariga oid jamiyat hayotining faktlari, voqealari va hodisalariga nisbatan ijtimoiy munosabatni bildiradi.

O


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə