1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja


Таsavvuf nazariyotchilari. Таsavvuf falsafasi va uning Markaziy Osiyodagi oqimlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə5/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Таsavvuf nazariyotchilari. Таsavvuf falsafasi va uning Markaziy Osiyodagi oqimlari

Tasavvuf islom olamidagi xalqlarning ijtimoiy-falsafiy, madaniy-ma’naviy hayotida keng tarqalgan, eng murakab hamda o‘zaro ziddiyatlarga to‘la g‘oyaviy oqimlardan biri sanalib, paydo bo‘lishining birinchi asrlarida (IX-X) bid’at ta’limotlar qatoriga qo‘yilgan, uning targ‘ibotchi va tashviqotchilari beayov quvg‘in etilgan, ba’zilari shafqatsiz qatl etilgan.

Ko‘pchilik mualliflarning fikricha, tasavvuf, arabcha «suf» so‘zidan sufiy so‘zi yasalgan. Sufiylar – aksar qo‘y junidan to‘qilgan chakmon yoki po‘stin kiyib yuruvchi darveshlardir.

Tasavvufning yirik nazariyotchilari orasida quyidagilar alohida o‘rin tutadilar: Robi’a (VIII asr), Ibrohim ibn Adham (VIII asr), Boyazid Tayfur al-Bistomiy (vaf. 875-878), Abu Bakr ash-Shibli (X asr), Husayn ibn Mansur al-Halloj (922 y. qatl et.), Farididdin Attor (vaf. 1230), Jaloliddin Rumiy (XIII asr), Qodiriya tarikatining asoschisi Abdul Qodir al-Jiloniy yoki Giloniy (1077-1166), Kubraviya tariqatining asoschisi Nadmiddin al-Kubro (1145-1221), Ibn al-Arabiy (vaf.1260) va boshqalar.

Taqvodorlar yuragi billur kabi shaffof, «gunohkorlar» yuragi esa «zang» bilan qoplangan va haqiqatni eshitishga kar. Yuraklarni «rahmdil» qilish yo‘li, ularni ilohiy bilimlarni qabul qilishga va dunyoviy hirslardan, istaklardan nafratlanishga tayyorlash tasavvufning bilish nazariyasi, ruhshunosligi va amaliyotining mavzusini tashkil etadi. Payg‘ambar risolati haqidagi ta’limotda (nubuvvat) «Muhammad qalbi» (shuningdek, keyingi davr tasavvufida «Muhammad ruhi») nur chiqaruvchi manba bo‘lib, odamlar hali badan shakliga kirmasdan oldin, ular ruhini nurafshon qilgan.

Yurak (qalb) tushunchasi tasavvufda zikr bilan yaqindan bog‘liqdir: haqiqiy zikrning quroli faqat til (zikr al-lison)gina emas, balki inson badanining butun a’zolari bo‘lib, oxirida ulardan eng muhimi sifatida yurak (zikr al-qalb) tan olinadi. Qalb orqali amalga oshiriladigan zikr natijasida Alloh sufiy yuragidan «joy oladi» va uning barcha hatti-harakatlarining yagona kuyiga aylanadi; sufiy ilohiy siymoga aylanadi. Yurak (qalb) dunyoda Xudoni sig‘dirishga qodir bo‘lgan yagona mohiyat hisoblanadi.

«Qalbshunoslik»ning tasavvufiy unsurlarini umumlashtirgan G‘azzoliy, ayni bir vaqtda yurakni tabiiy badan (lahm) sifatida ham ifodaladi, ya’ni kalb o‘zida inson tabiatining oliy va quyi jihatlarini birlashtiradi. Bir tomondan, istak va ehtiroslar, ikkinchidan badan qismlari, yurak yashashini qo‘llab-qo‘ltiqlash uchun zarur va shuning uchun «qalb qo‘shig‘ini» (junud al-qalb) deb ataydilar. G‘azzoliy qalbni insonning hatti-harakatini aks ettiruvchi ko‘zguga o‘xshatadi: ezgu ishlar qalbni «sayqallashtiradi», uni Xudoni mushohada qilishga va u bilan aloqa bog‘lashga yaqinlashtiradi, buning aksi o‘laroq, yomon ishlar uni «xiralashtiradi» va uzoqlashtiradi. Ibn Arabiy fikricha, inson yuragi shunday joyki, yagona ilohiy Mutlaqning ikki bir-biriga keskin karama-karshi bo‘lgan tomonlari: ruhiy va moddiy uchrashadilar.

Ba’zi sufiylar hamda shialar yurakda Qur’ondagi ma’nolar «yashiringan» vahiy va his-tuyg‘udan yuqori turgan bilimlarni anglash a’zosini ko‘rdilar. Shialar «qalbiy bilim»ni (ma’rifai qalbiya) o‘z imomlarining afzalligi hisobladilar, boshqa sufiylar esa – «sirli qutb» va muqaddas sufiylar (avliyo) qalbi deb bildilar1.

Tasavvuf Markaziy Osiyoda keng tarqalgan edi. U ayniqsa G‘azzoliy, Ahmad Yassaviy (XI asr), Sulaymon Boqirg‘oniy (XII asr), Bahouddin Naqshband va boshqalar nomi bilan bog‘langan.

Temur va Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr

(XIV-XV asrlar)
Mavoraunnahr mo‘g‘ullardan ozod bo‘lgandan keyin, 1370 yildan boshlab mamlakatda Amir Temur (1336-1405) hukmron bo‘ladi. Buyuk Temur kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Feodal tarqoqlikka chek qo‘yildi, ishlab chiqarish kuchlari, qo‘shni mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari rivojlandi, yer ishlari va shahar hunarmandchiligida yuqoriga ko‘tarilish kuzatildi. Qadimgi dunyo madaniyati, Mavoraunnah, Hindiston, arab mamlakatlari xalqlarining ilk o‘rta asrdagi falsafiy merosiga qiziqish ortib bordi. Bu davrning falsafiy fikri uchun xos narsa dunyoviy va diniy fanlarga murojaat, tabiatni o‘rganishga intilish, inson aqli va qobiliyatlarining ko‘tarilishi, insonning axloqiy sifatlarini qadrlash, insonparvalik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish edi.

X
Ulug’bek


V olimlaridan biri Amir Temurning nevarasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) edi. Movaraunnahr hukmdori bo‘lgan sulton Ulug‘bek, Fan va madaniyat taraqqiyotiga kata e’tibor qaratdi. Uning ilmiy qiziqishlari riyoziyot, astronomiya, geometriya, kimyo, tarix va boshqa fan sohalarini qamrab olgan edi. Mutafakkir dunyoqarashining shakllanishida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy va boshqa olimlarning asarlari katta o‘rin tutdi.

1428 yilda Ulug‘bek boshchiligida Samarqandda o‘sha zamondagi eng katta rasadxona qurildi. U 1437 yilda o‘zining astronomiya sohasidagi asari bo‘lgan «Zije Ko‘ragoniy» («Ko‘ragoniyning yulduzlar jadvali») risolasini yozib tugatdi. Ushbu risolada yil hisobi, sayyoralar nazariyasi, astronomiya muammolari bayon etilgan bo‘lib, 1018 yulduzning jadvali ham berilgan edi. Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi» nomli asari ham borki, unda mo‘g‘ullar imperiyasining tarixi bayon etilgan. Bundan tashqari, Ulug‘bek mantiq, fiqh, musiqa nazariyasi va adabiy uslub nazariyasini yaxshi bilar edi.

Ulug‘bekning tadqiqotlari astronomiya taraqqiyotida muhim davr ochdi. U Yer yuzining har qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va oy tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o‘tish qoidalari, yil fasllari o‘zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar harakatining qonunlarini tushuntirishga harakat qildi. Asosiy kuzatish vositasi sifatida sekstant (burchak o‘lchash asboblaridan biri) xizmat qildi. Masalan, ushbu asbob yordamida quyosh yilining aniq miqdori o‘lchandi -365 kecha va kunduz 6 soat 10 daqiqa 8 soniya.

Ulug‘bek tomonidan asos solingan astronomiya maktabi o‘sha zamon ilmiy qarashlari shakllanishida katta o‘rin tutdi. Boshqa mamlakatlardan astronomiya bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislarni taklif qilgan Ulug‘bek, o‘z atrofiga iste’dodli olimlarni to‘pladi. Eronning Koshon shahridan yirik riyozidon va astronom bo‘lgan G‘iyosuddin Jamshid al-Koshiy (vaf. 1430) taklif qilingan edi. O‘nli kasrni kashfiyoti al-Koshiyga mansubdir. Chunonchi, undan keyingina, XVI asrdan boshlab, Ovrupo riyozidonlari asarlarida o‘nli kasr qo‘llanila boshladi. Ulug‘bek o‘ldirilgandan keyin uning ishini shogirdlari davom ettirdilar. Ulardan eng mashhuri - mashhur riyozidon va astronom Ali Qushchi (1403-1474) edi. Uning asosiy asari – «Astronomiya haqida risola» edi. Ali Qushchi ob’ektiv dunyoning mavjudligiga, moddiy Ashe va hodisalarning o‘zaro bog‘liqligi, ularning soddadan murakkabga o‘tib turishligiga ishonar edi.

U
Аlisher Navoiy
lug‘ o‘zbek shoiri, davlat arbobi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-1501) Hirotda tavallud topadi. Maktabda u Xurosonning bo‘lajak hukmdori Husayn Boyqaro bilan tahsil oladi. Shoir turli davrlarda Iroq, Mashhad va Samarqandda yashaydi. 1469 yili taxtga Husayn Boyqaro o‘tirgandan so‘ng, Navoiy Hirotga qaytib keladi. 1472 yili ul zot bosh vazir etib tayinlanadi. Navoiy vazirlik davrida shoiru olimlarga homiylik qiladi, jamg‘argan boyligini ilm-fan, madaniyat va obodonchilik ishlariga sarflaydi, beva -bechora va muhtojlarga xayr-ehson qiladi, rabotlar, suv inshootlari, kasalxonalar qurdiradi, kanallar o‘tkazadi.

She’riyat mulkining sultoni bo‘lmish bu adib 30 ga yaqin asarlar muallifidir. Ular adabiyot, nasr va nazm, falsafa, axloqshunoslik, pedagogika, tilshunoslik, musiqa, nafosatshunoslik, tarix, tabiiy fanlar muammolariga bag‘ishlangan. Navoiy asarlari jumlasiga «Xazoyinul-maoniy», «Devoni foniy», «Lisonut-tayr», «Majolis un-nafois», «Holoti Sayid Hasan Ardasher», «Vaqfiya», «Munshaot», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug‘atayn», «Tarixi muluki Ajam» va boshqalar kiradi. Mutafakkirning shoh asari «Xamsa» besh dostondan iborat: «Layli va Majnun», «Sab’ayi sayyor», «Xayrat ul-abror», «Farhod va Shirin» va «Saddi Iskandariy».

Navoiy falsafiy qarashlari vahdati-vujud va tasavvuf ta’limotiga asoslangan. Mutafakkir o‘zining dunyoqarashida Olloh, tabiat va inson birligidan kelib chiqadi. Uning e’tiqodiga ko‘ra, inson baxt-saodatiga bu dunyoda erishishi mumkin. Buning uchun u tinmay mehnat qilishi, kasb-hunar egallashi, tabiatning siru asrorini idrok qilishi, uning noz-ne’matlaridan foydalanishi darkor. Xudo, allomaning fikricha, borliqning, shu jumladan insonning yaratuvchisidir. Mavjudotlarning eng yaxshisi, a’losi va gultojisi insondir.

Mutafakkir dunyoqarashida gnoseologik masalalar ham muhim o‘rinni egallaydi. U sezgi va aql yordamida zohiriy narsalarni, murakkab jarayonlarni idrok qilish mumkinligini qayd qildi. Uning aqidasiga ko‘ra, aql tufayli hissiyot bergan ma’lumotlar umumlashtiriladi, hodisalardagi umumiy va muhim narsalar bilib olinadi. Aql uningcha, Alloh in’om etgan bebaho gavhardir, u hamma boyliklardan afzaldir. Shuning uchun Navoiy bu gavharni egallashga chaqiradi.

Ko‘nglungga xirad yo‘lin padidor ayla,

Bu naqdqa joningni xaridor ayla,

Har ishda xiradni o‘zungga yor ayla,

Jurmung tarkidin xirad izhor ayla18.

Navoiy kishilarni bu dunyo noz-ne’matlari, go‘zalliklaridan kishilarni bahramand bo‘lishga, hayotni sevishga chaqirdi.

Navoiy buyuk insonparvar shoir edi. Ul zot asarlarining markazida inson va uning fazilatlarini kuylash turar edi. Uning aytishicha, odam o‘zining aqli, qobiliyati, nutqi, xulq-odobi, ongli xatti-harakati, shirinsuhanligi bilan boshka tirik mavjudotlardan ajralib turadi.

Navoiy o‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida hukmdorning faoliyatiga katta e’tibor berdi. U mamlakatni odil va ma’rifatli shoh boshkarishi lozim, deb hisoblaydi. Bunday hukmdor o‘z qul ostidagilarga odilona munosabatda bo‘lishi, ularga g‘amxo‘rlik qilishi lozim. Mutafakkirning gumanistik va umuminsoniy qarashlari tinchlik va urush masalasiga munosabatida yorqin namoyon bo‘ladi. U butun umri davomida bosqinchilik urushlari va zo‘ravonlikka qarshi kurashdi, xalqlarni tinch-totuv yashashga, do‘stlikka da’vat etdi:

Navoiy kishilar o‘rtasidagi do‘stlik va ahillikni kuyladi. Uning qahramonlari turli xalq va elatlarga mansub edi. Iskandar – yunon, Majnun – arab, Shirin – arman, Shopur – eroniy, Farhod – xitoy va hokazo. Navoiy tasvirlagan badiiy timsollar bilimdonligi, zukkoligi, jasurligi, qahramonligi, mehr va muruvvatliligi, sahovatpeshaligi, odamiyligi bilan ajralib turadi.

Navoiy islom qonun-qoidalari, Qur’on va shariatga qattiq rioya qildi. U tasavvufning naqshbandiylik sulukiga rioya qilib, ko‘prok uning amaliy tomonlariga e’tibor qaratdi. Alloma fikricha, solik Alloh vasliga yetishish uchun bu dunyoda poklanish, xayrli ishlar bilan mashg‘ul bo‘lishi, tinmay mehnat qilishi, o‘zgalarga yordam berishi, salbiy illatlarga qarshi kurash olib borishi lozim.

Mutafakkirning ijtimoiy-falsafiy, siyosiy va axloqiy qarashlari insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan, uning adolat, ilm-fan, ma’rifat, kasb-hunarni egallash, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari hozirgi mustaqillik sharoitida ma’naviy-axloqiy yuksalishga xizmat qilmoqda.



Мirzo Bedilning ijtimoiy-falsafiy qarashlari
Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) Hindistonning Azimobod shahrida tug‘ildi. Uning hayoti va ijodi Boburiylar sulolasi hukmronligi davriga tug‘ri keldi. Bedil ko‘p asarlar yozib qoldirdi: «Chor unsur» («To‘rt unsur»), «Nukot» («Askiya»), «Irfon» («ma’rifat»), «Ruboiyot» («Ruboiylar») va boshqalar.

Borliq haqida ta’limot. Bedil Sharq mashoiyunlari (Arastu izidan boruvchilar) an’anasini davom ettirdi. Uning fikricha, moddaning ibtidosi ham, intihosi ham (boshi va oxiri) yo‘q. U panteistik aqidaga ega bo‘lib, «Vahdati mavjud» - borliqning yagonaligi nuqtai nazarida turar edi. Barcha narsalar zaruriyat yuzasidan vujudga keladi: - «Barcha ashyolarda ularning bo‘lakchalari o‘zgarganligi sababli, yangi narsa kelib chiqadi: - bu ajoyib sirli hodisa zaruriyat yuzasidan ro‘y beradi, bu zaruriyat ashyolarning o‘zida va ular orasidagi o‘zaro munosabtalarda mavjud bo‘ladi. Masalan, yog‘, pilik, va olovning bir-biriga qo‘shilishidan zaruriy ravishda yorug‘lik kelib chiqadi»19. Dunyo o‘zgarishda va doimiy harakatdadir. Dunyoni asosi sifatida Bedil havoni oladi.

Bedil fikricha, modda va shakl birlik holatidadirlar: - «Agar modda shaklsiz bo‘lsa, shakl qaerdan kelib chiqadi, agar shakl – har narsaga qodir bo‘lsa, modda qanday kiyim kiyadi?»20. Bedil ozodlik va zaruriyat haqidagi masalaga ham to‘xtaydi. Uning fikricha, inson o‘z hatti -harakatlarida erkindir. Uning o‘zi qanday ish tutishligini belgilashi lozim. Bedil tabiiy zaruriyatni, tabiat qonunlarini tan oladi. Ikkinchi tomondan, u zaruriyatni ilohiy irodaning namoyon bo‘lishi, deb qaraydi. Bedil sufiylarning tarki dunyochilik g‘oyalarini, taqdiri azalga ishonish nazariyasini tanqid qiladi. U Hindistonda keng tarqalgan tanosux - ruhni ko‘chib yurishi haqidagi aqidaga tanqidiy munosabat bildiradi, dinning ba’zi qoidalariga shubha bilan qaraydi. Bedil fikricha, dunyoning va insonning kelib chiqishi quyidagicha: -

Xudo tuproq, suv va olovni birga qo‘shdi,

Hazillashib tartibga soldi.

Undan o‘simlik o‘sib chiqdi.

Rivojlanishda davom etib hayvonga aylandi,

Og‘izni nutq uchun ochib-inson bo‘lib qoldi.

Bilish nazariyasi. Bilishning birinchi bosqichi tashqi his-tuyg‘u yordamida amalga oshadi. Aql, tafakkur bilishning mukammalroq bosqichidir. Faylasuf hissiy va aqliy bilishni yagonalikda va o‘zaro aloqadorlikda qaraydi. U aqlga katta ahamiyat beradi: «Tafakkur sirli ma’noni tushundi, hukm ishning kelib chiqish va oqibatini idrok etdi. Agar aql uni ozmagan bo‘lsa, hech kim hech narsani ko‘rmadi»21. Aql bilan bilib olingan barcha narsa, insonga berkdir». Dunyoni aqlan bilishda ilm-fan katta ahamiyatga ega:

Ilm qalamini qo‘lingga olmaguningcha,

Hech qanday ashyoning tasvirini chiza olmaysan.

Ilmdan boshqa nimaiki yozilgan bo‘lsa,

Be’manilikdan boshqa hech narsani anglatmaydi.

Ilm hamma yerda –aqliy me’yorlarga kafillikdir,

G‘alaba – faoliyat dalilidir22.

Borliqni tushunib yetishda, tabiat sirlarini bilishda falsafa muhim o‘rin tutadi. Falsafa –bu hikmat, u ilm-fan sirlarini ochadi, ruhning ashyolarga bo‘lgan munosbaatini o‘rganadi.


Маshrab
Boborahim Mashrab (1657-1711) yirik o‘zbek shoiri va mutafakkiri edi. U Namanganda tavallud topdi. U Qashg‘ar, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Qarshi va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida, Hindiston va Yaqin Sharqda bo‘ldi.

Shoir qaerda bo‘lmasin, dinning va tasavvufning asosiy qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan hatti - harakatlarini keskin tanqid ostiga olib, o‘z she’rlarida ular ustidan kulganligi uchun ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchradi.

Mashrab hayotining so‘ngggi yillarida Balx shahriga (hozirgi Afg‘onistonda) keladi. O‘zining hur fikrligi va hukmron doiralarni tanqid qilganligi uchun 1711 yilda Balx hukmdori Mahmudxon farmoniga binoan qatl etiladi. Uning qabri Xonobod shahrining janubidagi Ishkoshim qishlog‘idadir (Afg‘oniston). Boborahim Mashrab katta ijodiy meros qoldirdi. Unga taalluqli «Mabdai nur» («Nur asosi») dostoni, «Devoni Mashrab» to‘plami, ko‘plab ruboiylar, g‘azallar, muxammaslar, musaddaslar xalq orasida keng tarqalgan.

Boborahim Mashrab mumtoz adabiyotimiz buyuk namoyandalarining ilg‘or an’anlarini o‘rganib yirik shoir bo‘lib shakllandi, kamolga yetdi. U qoldirgan merosda, birinchi navbatda, ishqiy mavzudagi g‘azal-muxammaslardan ana shu an’analarning barakali ta’sirini aniq kuzatish mumkin. Mashrabning ijodiy kamolotida, ayniqsa, Navoiy merosining ijobiy ta’siri katta bo‘ldi.

Bobrahim Mashrab qoldirgan ijodiy merosda diniy va tasavvufiy g‘oyalar ham, o‘sha zamonda keng tarqalgan qalandarlik tariqatining ayrim ohanglari ham sezilarli o‘rin egallaydi. Mutafakkir islomning asosiy nazariy qoidalarini shubhasiz qabul etadi. Ammo, ayni zamonda, islom ta’limotining bir qator zohiriy belgilarini, birlamchi deb hisoblagan qonun-qoidalarini, shariatning ayrim ko‘rsatma-talablarini, farz-sunnatlarini tan olmaslik va past nazar bilan qarash ham ko‘zga tashlanadi, ayrim diniy rukn-tushuncha va muqaddas deb bilingan marosim va odatlarga, talqin va aqidalarga shubha bilan qarash, hatto, ochiqdan-ochiq mensimaslik va masxaraomuz munosabat ancha-muncha uchraydi.

Turli-tuman shakl va talqinlarda jilovlanuvchi bu dunyoqarashning butun mohiyat-mag‘zi shoirning quyidagi qat’iy e’tirofida nihoyatda yaqqol va lo‘nda ifodalangan:

-Bir Xudodin o‘zgasi barcha g‘alatdur, Mashrabo,

Gul agar bo‘lmasa ilkimda tikonni na qilay?!

Mashrab qoldirgan ijodiy merosda hayotiylik, tirik inson va uning insoniy kechinmalarini ifodalash, xislat-fazilatlarini ta’riflash, orzu-umidlari, shodlik-kuvonchlari va g‘am-tashvishlarini haqqoniy tasvirlash ishq-muxabbatni ulug‘lash, go‘zal yorni-ma’shuqa xusnu latofatini ta’riflash, oshiqning sevgi-sadoqatini ishonchli tasvirlash jarayonida tahlil etiladi.

I


Ilk davr ma’rifatparvarligi
slohotchilik va ma’rifatparvarlik yangi falsafasining shakllanishida qomusiy bilim sohibi, tabiiy va aniq fanlarni chuqur bilishi tufayli muhandis deb ulug‘langan Ahmad Donish (1827-1897) (To‘liq ismi - Ahmad ibn Mir Nosir ibn Yusuf al-Hanafiy as-Siddiqiy al-Buxoriy) alohida o‘rin tutadi. U astronomiya va kosmologiya sohalaridagina tadqiqotlar olib borib qolmay, falsafa, tarix, adabiyot, musiqa san’ati va xattotlik fanlarida ham yetuk edi. Uning nafaqat davlatchilik tarixi haqidagi bilimlar va masalaning falsafiy jihatlari, balki amaliy tajribaga ham asoslangan davlatning qanday bo‘lishi to‘g‘risidagi falsafiy xulosalari jamiyatga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. XIX asr 50-yillarining o‘rtalarida Amir Nasrullo saroyiga bosh xattot va musavvir sifatida xizmatga kirgan Ahmad Donish bu yerdagi muhit uning adolatli davlat tuzumi haqidagi tasavvurlariga to‘g‘ri kelmagani uchun o‘z ixtiyori bilan saroy xizmatini tark etadi. Qo‘shin va hukmdorlarga xizmatda tartibning yo‘qligi menga og‘ir va samarasiz tuyuldi, deb yozadi u, shuning uchun meni taklif etganlari va ta’na qilganlariga qaramay, quruq nonga qanoat qilib, madrasaga o‘rnashib oldim23. Chuqur bilimini hisobga olib, Buxoro amirlari uni uch marta (1857, 1869, 1874) Rossiyaga jo‘natilgan elchilar tarkibiga qo‘shadilar. O‘sha vaqtda Buxoroga qaraganda rivojlangan mamlakatga qilingan safarlar uning hukmron doiralarga bo‘lgan munosabatini yanada keskinlashtirdi - chunki u boshqaruv shakllarining eskirganligi va qoloqligi sabablarini anglab yetdi. Donishning umumiy tenglik to‘g‘risidagi «Franklar nazariyasi» bilan tanishligini taxmin qilish mumkin. 1869 yili Peterburgda bo‘lganida u rus olimlari, jumladan, N.G. Chernishevskiy, N.A.Dobrolyubov va Rossiyaning demokratik kayfiyatdagi boshqa ziyolilari bilan aloqada bo‘lgan mashhur sayyoh P.I.Pashino bilan uchrashadi24. Ehtimol, bu nazariya bilan u ana shu uchrashuvda tanishgandir.

Donishning siyosiy, ijtimoiy va falsafiy qarashlari uning «Navodir ul-vaqoe» («Nodir voqealar») kitobida o‘zining nisbatan to‘liq ifodasini topgan*. Risolada u falsafa, axloq, ijtimoiy hayotning turli masalalari, davlat qurilishi va odamlarning o‘zaro munosabatlari to‘g‘risida mulohaza yuritadi, mavjud idora usulini tanqid qilib, Buxoro xonligining davlat boshqaruvini isloh qilishni taklif etadi. «Risolai muxtasare - tarixi saltanati xonadoni tarixi mang‘itiya» («Mang‘itlar sulolasi saltanati tarixi haqida muxtasar risola») asarida mamlakatdagi vaziyat, boshqaruv tizimi, xalqning ahvoli shuningdek, Rossiya bilan urush o‘zining yorqin ifodasini topgan25.

.

M
Маhmudxo’ja



Behbudiy
a’rifatparvar, adabiyotshunos, dramaturg, faylasuf, siyosiy arbob madaniyatshunoslik nazariyotchisi va amaliyotchisi Mahmudxo‘ja Behbudiy (1874-1919) jadidchilik harakatining yirik rahnamo va nazariyotchilaridan biri edi. "O‘sha davr Turkiston jadidlaridan birortasi siyosiy, ijtimoiy faoliyati hamda bilim doirasining keng va chuqurligi jihatidan unga tenglasha olmas edi"26, - deb yozgan edi. F.Xo‘jaev. Keksa sharqshunos L.Azizzoda esa ham 1926 yildayoq uni Sharqning eng buyuk gumanistlari va mutafakkirlari bilan bir qatorga qo‘ygan edi: "Agar O‘zbekistonda fan va madaniyat sohasida Ulug‘bek va Navoiydan keyin uchinchi bir shaxsning nomini abadiylashtirish kerak bo‘lsa, bu shubhasiz Behbudiyga o‘rnatilgan yodgorlik bo‘lishi kerak"27.

M.Behbudiy falsafada faqat islomiy an’analarning bilimdoni emas edi. U o‘z asarlarida tez-tez O.Kant merosiga murojaat qiladi, pozitivizm, neokantchilik, neoxegelchilik, maxizm kabi Yevropa falsafasining yangi oqimlari bilan jiddiy qiziqadi.

Behbudiyning maorif masalasidan tortib mustaqillik mavzuigacha bo‘lgan barcha asarlari - Turkistonning taqdirini belgilaydigan muhim muammolarga bag‘ishlangan. Uning barcha fikrlarini jamiyat va mamlakatni rivojlantirishning izchil nazariy konsepsiyasi sifatida kurish mumkin. Albatta, u quruq nazariya bilan cheklanmay, yangiliklarni hayotga joriy etishning amaliy usullarini ham ishlab chiqqan.

.

J


Аbdurauf Fitrat
adidchilikning yana bir yorqin namoyandasi M.Behbudiyning kichik zamondoshi Abdurauf Fitrat (1886-1937) edi. Forobiy, Beruniy va Ibn Sino an’analarini davom ettirib, A.Fitrat islom dinini dunyoviy fanlar yutuqlari bilan mustahkamlash g‘oyasiga asoslangan holda, ilmlar tasnifini ishlab chiqdi. Olim barcha ilmlarni nazariy va tajribaga asoslangan ilmlarga bo‘ladi. Diniy va dunyoviy fanlarni u alohida tasnif qiladi. Diniy ilmlarga u Muhammad alayhissalom hadislari, hadislar talqini, fiqh va ilohiyotni kiritadi. Dunyoviy fanlarga esa falsafa, fizika, mexanika, algebra, optika, musiqa, astronomiya, geometriya, tibbiyot, geografiya, tarix va tilshunoslikni qo‘shadi. Falsafa fanining predmeti haqida fikr yuritar ekan, Fitrat ong, axloq, ilohiyot va tafakkurni bilishni uning asosiy vazifasi sifatida qayd etadi.

O


Abdulla Avloniy
dob-axloq masalalari Sharq falsafasida hamisha asosiy o‘rin tutib kelgan. Ular jadidchilik doirasida ishlab chiqilgan shaklda Abdulla Avloniy (1878-1934) ijodi, birinchi navbatda, uning «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida28 o‘z aksini topdi.

Avloniy uchun axloq hammadan avval amaliy-pedagogik yo‘nalishni kasb etadi. U «Insonlarni yaxshilikg‘a chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdur». Bu ilm «Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar» yordamida ifodalashga asoslanishi kerak29.

Avloniy yorqin kelajakni yaxshi xulqli insonni tarbiyalab yetishtirishdan ayri holda tasavvur qilolmasdi. Shuning uchun ham, insoniy faoliyatning turli ko‘rinishlari va inson fe’l-atvorining belgilarini axloqiy mezonlar nuqtai nazaridan qarab chiqadi. Jumladan, bilish va bilmaslik uning uchun shunchaki bilish faolligi va bilish nazariyasi tushunchasi hodisalaridan iborat emas. Ilm «bizga yaxshini yomondan, ezgulikni yovuzlikdan, joizni nojoizdan, pokni nopokdan xatosiz farqlash imkonini beradi, ayni paytda, nodonlik - yomon xulqlar, xudbinlik va yovuzlikning ibtidosi»30.

A.Avloniy bu xulosalarga qadimgi yunon falsafasi (Suqrot, Arastu va Aflotun), shuningdek, Ibn Sino, Rumiy, Bedil asarlariga tayangan holda keladi. Bir qaraganda, bu narsalarga asosiy qoidasi itoat qilish bo‘lgan musulmoncha maslak bilan yevropacha erkin qarash o‘rtasida biror-bir mushtaraklik yo‘qday tuyuladi. Lekin Avloniy bu manbalarning to‘g‘riligini Qur’on vositasida isbotlab bera oldi va shu asosda musulmonlar uchun ilg‘or axloq qoidalarini ishlab chiqdi. U umuminsoniy insonparvarlik axloqi asosida shakllanishi, amaliy yo‘nalishga ega bo‘lishi va taraqqiyotga oqilona xizmat qilishi kerak. Avloniy «sabr», «sadoqat», «olihimmatlilik», «hilm», «intizom», «vijdon», «adolat», «anoniyat» (xudbinlik) «rahovat» (dangasalik) «atolat» (yalqovlik) kabi insonning axloqiy-ruhiy tavsifini beradi. Shu bilan birga, ushbu kategoriyalar tahlili asar muallifi tomonidan jamiyat talablariga javob beradigan yosh avlodni tarbiyalash masalalari orqali amalga oshiriladi. Chunonchi, intizom to‘g‘risida gapirar ekan, A.Avloniy uni alohida bir kishining xususiyati emas, balki birmuncha keng-jamiyatdagi ishlarning ahvoli nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadi. U «har bir millatning taraqqiy va taoliysi ishlarini vaqtida nizomdan chiqarmay, tartibi ila yuritmakg‘a bog‘lidur»31.


4-bob. O‘RTA ASRLAR VA YaNGI DAVRDA G‘ARB FALSAFASI RIVOJINING ASOSIY BOSQIChLARI
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə