1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə7/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19

«Hayot falsafasi»
Hayot falsafasi» XIX asrning 60-70-yillarida mexanistik tabiatshunoslik va mumtoz rasionalizmning tanazzuli, pozitivizm, empiriokritisizm, yangi kantchilikda ifodalangan spentizm, metodologizm va gnoseologizm zo‘ravonligiga qarshi aksil amal sifatida paydo bo‘ldiyu hayot falsafasining o‘ziga xos belgilari volyuntarizm, irrasionalizm va intuitivizm edi. U eng katta ta’sirga XX asrning birinchi choragida erishdi. Bu yo‘nalishning ko‘zga ko‘ringan vakillari falsafada Fridrix Nisshe (1844-1900), Vilgelm Diltey (1833-1911), Georg Zimmel (1858-1918), O.Shpenglar (1880-1936), Anri Bergson (1859-1941) edilar.

Hayot falsafasining bosh tushunchasi – «hayotdir». Bu tushuncha juda ham tarqoq bo‘lib, aniq va tushunarli ifodaga ega emas. U turli faylasuflar qarashlarida o‘ziga xos xususiyatga ega. Nisshe nuqtai nazarida hayot tirik, tabiiy, «kuchlarni to‘plovchi iroda»ga va hokimiyatga intiluvchi narsadir. Diltey va Zimmel uchun hayot – bu «yuz bergan narsalarning irodasi, turtki va his-tuyg‘usi», «boshdan kechirilgan afsus-nadomat»dir; Bergson qarashlariga muvofiq hayot – bu «uzunlik», «hayotiy jo‘shqinlik», «to‘xtovsiz ijod», «oqim»dir. Hayot uzluksiz oqim sifatida bo‘lib, uni aql, mantiq, nazariya vositasida bilib bo‘lmaydi, faqat bevosita, ichki tuyg‘u bilangina idrok etish mumkin.

Hayot falsafasining asoschisi va eng yirik vakili F.Nisshe hisoblanadi. Nisshe falsafasida hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda haqidagi ta’limot markaziy o‘rinda turadi. «Nima yaxshi? – deb so‘raydi Nisshe, - insondagi kuchga, hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda va qudratga nisbatan bo‘ladigan his-tuyg‘uni oshirib boruvchi hamma narsa. Nima yomon? Zaiflikdan kelib chiqadigan hamma narsa. Baxt-saodat nima? – Kuch va hokimiyatning oshib borishiga nisbatan bo‘lgan tuyg‘u, hamda yangi to‘siqni bartaraf qilinganligi sezgisi»40. Tirik mavjudot dunyosida yashash uchun kurash ham, hokimiyat uchun kurash tarzi sifatida talqin etilgan. Jismoniy jarayonlar asosida ham hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda yotadi. Nisshe tortilish va itarish kuchlari agar hokimiyatga nisbatan bo‘lgan iroda nuqtai nazaridan qarab chiqilmas ekan, unda ularning barchasi ma’noga ega bo‘lmagan «uydirma» bo‘lib chiqadi.

Jismoniy jarayonlar va hodisalarni soxta deb e’lon qilib, Nisshe «substansiya», «modda», «ruh», «sub’ekt», «ob’ekt» tushunchalarini taxminiy mohiyatlar sifatida rad etadi. Uning uchun «ashyoning mohiyati faqat ashyo haqidagi fikrdir». Nisshe dunyoni talqin qilishda «ashyoviylik» va «moddiylik» tushunchalaridan ozod bo‘lishni talab qiladi. Ammo unday bo‘lsa dunyoning o‘zi nima? Nisshe bizga hodisa sifatidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan dunyo va tartibsiz his-tuyg‘u dunyosini bir-biridan farq qiladi. O‘zining «Hokimiyatga bo‘lgan iroda» asarida u yozadi: «Hodisalar» dunyosi qayta ishlangan dunyo bo‘lib, biz uni vrqeylik sifatida sezamiz… bu hodisalar dunyosiga qarama-qarshi bo‘lgan dunyo «haqiqiy dunyo» bo‘lmasdan, balki shakli bo‘lmagan, ifoda qilib bo‘lmaydigan tartibsizlikni sezuvchi dunyodir…»41.

«Ashyolarni» va ularning xususiyatlarini sub’ektiv uydirma sifatida inkor etilishi Nisshe bilish nazariyasining relyativistlik va agnostlik xususiyatini belgilab berdi. Bilish faqat «hokimiyatga bo‘lgan intilish irodasi»ning vositasi bo‘lib, foydanigini ko‘zlaydigan xususiyatga ega. Shunga bog‘liq ravishda Nisshe haqiqatni bahosi haqidagi masalani o‘rtaga qo‘yadiki, u narsa uning fikricha, foyda, manfaat (agar ular foydali bo‘lsa, xatto adashish, anglishish va yolg‘on bilan ham) bilan tenglashtiriladi va voqeylikni aks ettirishga uning aloqasi bo‘lmaydi. Bu bilan Nisshe haqiqatning pragmatik nazariyasiga asos soladi. Nisshe mantiq va fan, umuman aqliy tafakkurning tanqid ostiga oladi. Uning uchun mantiq qonunlari-«o‘ydirma mohiyatlariga» taalluqli bo‘lgan soxta narsalardir. Nisshe dinni, avvalo, xristianlikni alohida tanqid ostiga oladi. Xristianlik raxm qilishni tashviq qilib ojizlarni qo‘llab-quvvatlaydiki, bu «hokimiyatga nisbatan bo‘lgan irodaga», o‘z hokimiyatini yoyish uchun bo‘ladigan kurash sifatidagi hayot mohiyatiga qarama-qarshidir.

Boshqatdan baholash, shu jumladan, hukmron xristianlik axloqni ham Nisshe Yevropa sivilizatsiyasi asosidagi xristianlikni rad etib «barcha qadriyatlarni» kerakligini e’lon qiladi. Nisshe ikki xil axloqni ya’ni asosiy axloqiy tushuncha bo‘lgan «yaxshilik» va «yomonlik»ni «xo‘jayinlar axloqi» va «qullar axloqi» kabi bir-biriga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshi nuqtai nazaridan talqin qiluvchi axloqni ajratib ko‘rsatadi. Xo‘jayinlar axloqida «xayrli ish», «yaxshilik» «aslzoda», «olijanob», «kuchli» degan ma’nolarga teng, «yomon», «qabohat» esa «past», «plebeylik» tushunchalariga teng. «Barcha qadriyatlarni qayta baholash» nobarobarlik qoidasidan kelib chiqadigan «xo‘jayinlar axloqi»ni tiklashga qaratilgan edi. Tengsizlik o‘zining barcha xilma-xilliklari va yuksalib borishi bilan barcha hayot mohiyatida yashiringandir. «Kishilar barobar emaslar, deydi Nisshe, va ular teng ham bo‘lmasliklari kerak»42. Tenglikni targ‘ib qilish hasad, o‘ch olish istagi va hokimiyatga ega bo‘lmaslikdan kelib chiqadi. «Xo‘jayinlar axloqi» yangi qadriyatlar tomon yo‘naltirilishi lozim: «kimki buyura olmas ekan, bo‘ysunishi lozim», «o‘zingni yaqiningga shafqat qilma», «yiqilayotganni itarib yubor», «yaxshi narsa hukmron bo‘lishi lozim», «xayrli ishlar qiluvchilar va taqvodorlarni daf’ etish lozim», «eng xayrli narsa – hammadan qattiqdir» va hokazo.

«Yangi axloq» va qadriyatning sub’ekti kelajakdagi «Zabarmard kishi» (Sverxchelovek)dir. Nisshe tasavvuricha, kishilar o‘z to‘dalarida notavon, yolg‘onchi, hasadchi, qo‘rqoq, ikki yuzlamachi, shahvatron, injiq, qalbaki, nochor, sarosimachi, abgor va iflosdirlar. Ular uning uchun «poda», «bozor pashshalari»dirlar. Zabarmard kishi bilan solishtirganda oddiy odam maymunga o‘xshaydi. «Zabarmard» siymosini Nisshe Gomer qahramonlarida, vikinglar, Rim, arab, yapon va nemis aslzodalarida, Sezar, Napoleon va Makiavelli kabi tarixiy shaxslarda ko‘radi. «Zabarmard» siymosi – bu ilgarigi axloqdan, sarqitlardan mutlaqo ozod bo‘lgan «yirtqich hayvon»dir.


Pragmatizm falsafasi


Pragmatizm asoschisi mashhur Amerika matematigi, mantiqshunosi va faylasufi Charlz Pirs (1839-1914) edi. Pragmatizm asosida «shubha – din» nazariyasi yotadi. O‘z hayoti jarayonida inson qandaydir birlamchi xildagi faoliyatlarni ishlab chiqadi. Bizning barcha fikrlarimiz ushbu faoliyatlar ko‘nikmasini ishlab chiqishga qaratilgandirlar. Pirs aqidasicha, bu maqsadga nimaiki taalluqli bo‘lmasa, ularning barchasi fikrga qadaladi, ammo uning o‘zi yoki uning qismi bo‘la olmaydi. Bilish jarayonida bizning barchamiz qandaydir ishonchga (nimalargadir shonamiz) va qandydir shubhalarga yetib kelamiz. Bizning ishonchimiz yoki e’tiqodimiz (nimagalargadir ishonish) – bu muayyan sharoitlarda ishlab chiqilgan ko‘nikmalar asosida muayyan tarzda faoliyat ko‘rsatishga tayyorligimizdadir. E’tiqod – bu inson intilgan narsaga aqlning qoniqqan holatidir. Shubha esa –qoniqtirmaydigan holatdirki, inson undan qutilishga harakat qiladi. Pirs fikricha, har qanday, shu jumladan ilmiy tafakkurning ham maqsadi barqaror e’tiqodga (qat’iy fikrga) erishishdir. Haqiqat shunday narsadirki, biz uning borligiga ishonamiz.

Shubhadan ishonchga o‘tish uch bosqichni bosib o‘tadi: abduksiya (gipotezani, taxminni o‘rtaga surish), deduksiya (taxmindan oqibatni keltirib chiqarish va uning aniqligini tekshirish) va induksiya (oqibatlarni tajribaviy tekshirish). Hosil qilingan ishonch to‘rtta vosita orqali mustahkamlanishi mumkin.



Tirishqoqlik usuli. Tirishqoqlikka amal qilgan kishi tanqid va dalillarga qarmay o‘z qarashlarida sobit turadi. Obro‘ga e’tibor usuli. Bu usul qoidasiga binoan ba’zi ishonchlar qo‘llab-quvvatlanadi, ba’zilariga esa taqiqlar qo‘yilgan. Ma’qul ko‘rilgan ishonchlar boshqa fikrdagilarni taqiq qilish yordamida o‘rnatiladi. Ushbu usul o‘rta asrlar davrida keng tarqalgan edi. Aprior usul. Bunda barqaror ishonchlarning shakllanishi metafizik nazariyalarning tug‘ilish jarayonida o‘z ifodasini topadi. Bu nazariyalarning yaratuvchilari ko‘p hollarda o‘z e’tiqodlarini aql bilan muvofiqlikda turgan deb tasavvur qiladilar.


«Postpozitivizm»


Yangi pozitivistcha ta’limotning parchalanishi umumiy nomda birlashgan «postpozitivizm» deb atalagan bir qator fan falsafasining prinsiplarini vujudga kelishiga olib keldi. Bu yo‘nalishning asoschisi «kritik rasionalizm» ijodkori Karl Popper (1902-1988) edi. Postpositivizmga I.Lakatos, T.Kun, S.Tulmin, D.Agassi, P.Feyerbend kabi yirik g‘arb fan faylasuflarining qarashlari taalluqlidir. Bu faylasuflarning asosiy vazifasi fan falsafasida pozitivistcha uslubdagi tafakkurni bartaraf etish edi.

30-nchi yillardayoq Popper yangi pozitivizmning iduktivizmi, ma’noning verifikatsiyachilik nazariyasi, fan asosini tajribaviy tabiatni hodisa sifatida talqin qilishni qattiq tanqid ostiga olgan edi. U ilmiy bilishda metafizikaning o‘rni va metafizik (an’anaviy falsafiy) muammoni oqlash masalasini qo‘ygan edi. U shuni ko‘rsatadiki, metafizikada aytilgan hukmlarni hissiy ma’lumotlarga tadbiq qilib bo‘lmasligi asosida uni rad etish, mantiqiy jihatdan fundamental fanlarning butun nazariy asoslarini rad etishga olib keladi. «O‘zlarining metafizikani barbod qilish intilishlarida, - deb yozadi K.Popper, - pozitivistlar u bilan birgalikda tabiiy fanlarni ham yakson qiladilar, negaki, ilm-fan qonunlari aynan, metafizik hukmlarga o‘xshash bo‘lib, ularni hissiy tajriba haqidagi oddiy ifodalarga taalluqli deb bo‘lmaydi. Ma’noni tushunishda agar izchil ravishda Vitgenshteyncha mezonlar qo‘llanilsa, u vaqtda o‘sha tabiat qonunlarini ahamiyatsiz narsa sifatida uloqtirishga to‘g‘ri keladiki, Eynshteyn ta’biricha, ularni qidirish «fizikaning oliy vazifasi» dir43.

Ilmiy va g‘ayri ilmiy bilimlarni ajratish mezoni sifatidagi pozitivistcha verifikatsiya qoidasini tanqid qilib, Popper haqli ravishda ko‘rsatib o‘tadiki, «nazariyani hech qachon tajribaviy jixatdan verifikatsiya qilib bo‘lmaydi»44. Ilmiy haqiqatga erishish vositasi sifatida intuktiv mantiqni mutlaqlashtirishni ham Popper haqli ravishda tanqid qiladi. Ma’lumki, o‘z vaqtida D.Yum induksiyani mantiqiy asoslash muammoli ekanligini ko‘rsatib o‘tgan edi. Shu munosabat bilan Popper yozadi: «Induksiya qoidasini oqlash uchun, biz uchun induktiv xulosalarni qo‘llashga tug‘ri keladi, ularni oqlash uchun esa, yuqoriroq darajada turgan induktiv qoidani kiritish lozim, va hokazo shu ruhda davom etish zarur. Demak, tajribadan kelib chiqib, induksiya qoidasini asoslashga urinish, zaruriy ravishda yemirilishga duchor bo‘ladi, negaki, u muqarrar ravishda cheksiz (regress) tanazzulga olib keladi»45.

Yangi pozitivistcha ta’limotga qarshi o‘laroq, Popper o‘zining verifikatsiyalar (tasdiqlash) nazariyalariga emas, balki ularning falsifikatsiya qilish (soxtalash) jihatlariga asoslangan ilmiy bilim uslubini tavsiya qiladi. Ilmiy usulning mantiqiy asosi sifatida Popper induktiv emas, balki deduktiv mantiqni ko‘radi, aniqroq aytganda esa, uning qoidasi bo‘lgan modus tollensni nazarda tutadi. Popper nazaridagi ilmiy nazariyalarni tanlash va tekshirishning umumiy tasviri quyidagicha ko‘rinishga ega: taxminlar o‘rtacha qo‘yilgandan keyin mantiqiy deduksiya yordamida ulardan qandaydir xulosalar keltirib chiqariladiki, ularni tajribada tekshirishdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Agar xulosalardan biri tasdiqlanib qolsa, biz ham taxminning haqiqiyligi haqida hukm yurita olmaymiz. Ammo agar ana shunday xulosalardan biri rad etilsa, undan shu narsa kelib chiqadiki, taxmin yolg‘on bo‘ladi. Bundan Popper shunday xulosaga keladiki, «nazariyaning ilmiy maqomining mezoni uning soxtalash mumkinligi va raddiyaligidir»46.

Popper fikricha, ilmiy bilim asosan faraziy xususiyatga ega: «Biz bilmaymiz- biz faqat faraz qilishimiz mumkin»47. Popper «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» deb atalgan mashhur kitobning muallifi bo‘lib, unda totalitar davlat tuzumlarini tanqid ostiga olib, ularga liberal qadriyatlarni qarama-qarshi qo‘ydi.

.
Borliqning_mazmuni'>3-MAVZU: ONTOLOGIYA – BORLIQ HAQIDGI TA’LIMOT


2-§. Borliq kategoriyasi

Borliqning mazmuni
Borliqning o‘zi nima? Bu savolga javob berish uchun borliqning inson va insonlar hayoti bilan bog‘liq ildizlariga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. Kishilar qadimdan o‘zlarini qurshab turgan tabiat va jamiyat, inson va insoniyat haqida o‘ylar ekan, atrofida sodir bo‘lib turgan narsalar va hodisalarni, o‘zgarishlarni kuzatishgan. Ba’zi narsalar hozir mavjud, keyinchalik esa yo‘qolib ketadi, kecha yo‘q bo‘lgan ba’zi narsalar esa bugun paydo bo‘ladi. Shular asosida kishilarda mavjudlik va yo‘qlik haqida tasavvurlar, qarashlar vujudga kelgan.

Kishilar o‘zlarining ham dunyoga kelishi (tug‘ilishi), yashashi va nihoyat vafot etishi (o‘lishi), «yo‘qlikka aylanishi» haqida o‘ylay boshlashadi. Shu asosda kishilarning «bu dunyo» va «u dunyo» (narigi dunyo), ya’ni odamning vafotidan so‘ng uning ruhi ko‘chib o‘tadigan «dunyolar» haqidagi tasavvurlari paydo bo‘lgan. Kishilar o‘zlarining kundalik tajribalari asosida atrofidagi dunyoning hozir mavjudligi, o‘zlari tug‘ilmasdan ilgari ham mavjud bo‘lganligiga va keyinchalik ham mavjud bo‘lib qolishiga ishonishgan. Shu tarzda ularda «borliq» va «yo‘qlik» haqida tasavvurlar shakllangan.


Borliqning

ta’riflanishi
Borliq turli konsepsiyalarda turlicha talqin etiladi. Ayrim tadqiqotchilar uni muayyan moddiy jism, moddiy borliq sifatida tushuntirishadi, boshqalar esa uni g‘oyaviy, ma’naviy, ruhiy, ilohiy mohiyat shaklida tushunishadi. Abu Nasr Foro­biy yagona borliqni 6 bosqichdan iborat deb hisoblagan: 1-ilk sabab (sababi-avval) - xudo; 2-sabab - (sababi- soniy) - samoviy jismlar borlig‘i; 3-sabab - faol aql (al-aql al-faol); 4-sabab - jon (an-nafs); 5-sabab - shakl (as-surat); 6-sabab - modda (al-modda)48. Bu bosqichlar bir-biri bilan sababiy bog‘langan bo‘lib, ular barcha mavjudlikning boshlang‘ichi hisoblanadi.

Borliq tushunchasi atrofida faylasuflar har doim keskin munozaralar, tortishuvlar, bahslar olib borishgan va bu bahslar haligacha davom etmoqda. Xullas, «borliq» falsafadagi eng umumiy tushunchadir. Borliqqa aksil tushuncha sifatida «yo‘qlik» tushunchasini ishlatishadi. Yo‘qlik hech nimani, ya’ni nazarda tutilgan joyda hech nima mavjud emasligini anglatadi.

Borliq ilgari mavjud bo‘lgan, hozir mavjud va kelajakda mavjud bo‘ladigan ob’ektiv hamda sub’ektiv reallikni ham o‘ziga qamrab oladi. Ya’ni tabiat, inson, fikrlar, g‘oyalar, jamiyat hammasi turli shakllarda mavjuddir. Ularning barchasi mavjud bo‘lganligi uchun ham yaxlit yagona borliqni tashkil etadi.

Ko‘pincha borliqni inson ongidan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lgan reallikni ifodalovchi falsafiy kategoriya sifatida ta’riflashadi. Bunday ta’rif­ning kamchiligi shundaki, bu ta’rifda borliq ob’ektiv reallik tushunchasi bilan aynanlashib qolgan.

Aslida esa borliq kategoriyasi umumiylashgan abstraksiya bo‘lib mavjudlik belgisi bo‘yicha turli xil hodisalar, predmetlar va jarayonlarni o‘zida birlashtiradi. Tabiiy ob’ektlar, ularning xossalari, aloqadorliklari va munosabatlari, kishilar jamoasi va ayrim odamlar, ijtimoiy tashkilotlar, inson ongining holati va boshqalar ham borliq tushunchasiga kiradi. Borliq nafaqat predmetlarni, jismlarni, ob’ektiv reallikni, balki, ma’naviy hodisalarni, ruhiyatni, ong va tasavvurni, sub’ektiv reallikni ham o‘ziga qamrab oladi.

Borliqning asosiy sohalariga tabiat, jamiyat va ong kiradi. Bu sohalar uchun umumiy jihat - ularning mavjudligidadir. A.G.Spirkin shunday yozadi «Barcha mavjud narsalar borliqqa mansubdir. Ularga moddiy jismlar ham, barcha (fizik, ximik, geologik, biologik, ijtimoiy, psixologik, ma’naviy) jarayonlar ham, ularning xossalari, aloqalari va munosabatlari ham kiradi. U chyqur hayolotning mevasi bo‘lgan ertak va afsonalar, hatto bemorning xayolidagi alahsirashlar ham, borliqning qismi bo‘lgan ma’naviy reallik sifatida mavjuddir»49. Shunday qilib «ruh va materiya, hech bo‘lmaganda mavjudlik sifatida umumiylikka egadir» (I.Disgen). Shubhasiz, ular bir-­birlaridan farq ham qilishadi. Agar moddiylik va ma’naviylikni bir­­-biriga taqqoslasak, moddiylik sub’ektdan mustaqil ravishda, ma’naviylik esa unga bog‘liq ravishda mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, borliq mohiyat jihatidan moddiy borliq va ma’naviy borliqqa bo‘linadi.


Substansiya va substrat
Falsafaga oid bir darslikda haqli ravishda shunday deb yozilgan: «Borliq - bu tushunishni talab qiladigan va tushunish asosida yuzaga chiqadigan, shakllanadigan narsa. Borliq - bu predmetlarning ko‘rinishi yoki shakllaridan biri emas, predmetlar sinfining umumiy tushunchasi ham emas, borliq - bu mavjudlikning borlig‘idir. Borliq - bu borliqni anglashda nima kutilayotgan va tushunilayotgan bo‘lsa, o‘shanig o‘zidir»50. Bu ta’rifdan, borliqqa qaysi jihatdan yondashsak - u o‘sha xususi­yatni o‘zida mujassamlashtiradi, nimaiki voqiy bo‘lsa, borliq ularning hammasini o‘ziga qamrab oladi, degan ma’no kelib chiqadi. Shu jihatdan tadqiqotchilar borliqni turli shakllarga bo‘lib o‘rganishadi.

Borliqni shakllarga ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga e’tibor qaratish lozim. Shu tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotin. substantia - mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyat.

Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat ang­langan. O‘rta asr Sharq falsafasi namoyandalari al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida substansiya deb hamma narsaning moddiy yoki ma’naviy asosi, mohiyati tushunilgan. Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha «aksidensiya» deb atalgan. Aksidensiya (lot. accidentia - o‘tkinchi, tasodifiy) narsa va hodisalarning o‘tkinchi sifatlarini ifodalaydi. Forobiyning yozishicha, «olamda substansiya va aksidensiya hamda ularni yaratuvchi marhamatli ijodkordan boshqa hech narsa yo‘qdir»51; «Aksidensiyani sezgilar oqrali his etish mumkin, substansiyani esa faqat aql anglab yetadi»52; «Masalan, olma - substansiya bo‘lsa, uning qizilligi esa aksidensiyadir»53. Substansiyani talqin etishda falsafada ikki xil - ontologik va gnoseologik yo‘nalish bor. Ontologik yo‘nalish bo‘yicha F.Bekon substansiya borliqning eng tub asosida yotadi deb hisoblagan va substansiyani muayyan narsalarning shakli bilan aynanlashtirgan. R.Dekart borliqning asosida ikki xil mustaqil substansiya: moddiy va ma’naviy substansiya yotadi deydi. Moddiy substansiya borliqning ko‘lami bilan, ma’naviy substansiya esa tafakkur bilan belgilanadi. B.Spinoza esa tafakkur va ko‘lam - ikki xil mustaqil substansiya emas, balki yagona substansiyaning ikki xil atributidir (atribut - ajralmas xususiyati degani). G.Leybnisning fikricha, olamning asosida ko‘plab mustaqil substansiyalar (monadalar) yotadi.

Gnoseologik yo‘nalish bo‘yicha, substansiya olamning asosida yotuvchi shartli g‘oyalardan iboratdir (J.Lokk). J.Berkli esa ham moddiy, ham ma’naviy substansiyaning mavjudligini inkor etgan va u substansiya deb dunyoni idrok qilishning gipotetik assotsiatsiyasini anglagan. I.Kantning nuqtai nazaricha, «u shunday bir doimiy narsaki, faqat unga nisbatangina hamma vaqtinchalik, o‘tkinchi hodisalarni aniqlash mumkin». Xegel «absolyut g‘oya», «absolyut ruh»ni substansiya deb qarab, uni narsalarning muhim, o‘zgaruvchan, rivojlanuvchi tomonlarining yaxlitligidir, deb hisoblaydi. Ba’zi bir hozirgi zamon falsafiy konsepsiyalarida substansiya kategoriyasiga nisbatan salbiy munosabatlarni kuzatish mumkin. Masalan, neopozitivistlar substansiya odamlarning dunyo to‘g‘risidagi tasavvurlarini qo‘pollashtiradi, deb hisoblashadi. Ularning fikricha, bu kategoriya borliqning mohiyatini sodda va jaydari ko‘rinishda tushunish natijasida paydo bo‘lgan.

Olamning tuzilishini tushunish yana bir tushuncha «substrat» kategoriyasi bilan ham bog‘langandir. Substrat (lot. substratun - asos, to‘shama, taglik) narsa va hodisalarning umumiy moddiy asosi; nisbatan oddiy va sifat jihatdan elementar bo‘lgan moddiy yoki g‘oyaviy tuzilmalar majmuasi. Ayrim falsafiy konsepsiyalarda substrat deb dunyoni tashkil etuvchi mutlaq elementar va bo‘linmas asoslar tushunilgan. Masalan, qadimgi Hind falsafasida olamning asosida to‘rtta bo‘linmas unsur - suv, havo, tuproq va olov yotadi deb ta’lim beriladi. Bunday qarash Markaziy Osiyoda yaratilgan «Avesto» da ham uchraydi. Qadimgi Yunon falsafasida Levkipp, Demokrit, Epikur, Lukresiy fikricha, dunyo atomlar va bo‘shliqdan tashkil topgan, Anaksimandr - apeyrondan, Aflotun - g‘oya, ruhdan, Fales - suvdan, Geraklit - olovdan iborat deb ta’lim bergan. Forobiyning yozishicha, qadimgi yunon faylasuflari har qanday narsa qandaydir bir substratdan tashkil topganligini uqtirish bilan bir qatorda, uning absolyut va o‘zgarmasligini ta’kidlashgan. Xullas, har qanday ob’ektning nimalardan tashkil topganligi, sistemaning asosida shu sistemani tashkil etuvchi asosni axtarish - substratni axtarishdir. Masalan, RNK, DNK va oqsillar biologik organizmlar uchun substrat bo‘lsa, EHMlarning asosida axborotlar almashuvi jarayoni substrat bo‘lib keladi. Borliqning asosida yotuvchi birlamchi mohiyatni axtarish - substansial yondashuv bo‘lsa, har qanday sistemaning, umuman borliqning nimalardan bunyod qilinganligini, tarkib topgan­ligini, tashkil topganligini, «qurilganligini» axtarish substrakt yondashuvdir.

Har ikkala yondashuvda ham birmuncha biryoqlamalik, voqelikni substansiya yoki substratga bog‘lab qo‘yish, uning murakkabligi va xilma-xilligini e’tibordan chetlashtirish ko‘zga tashlanadi. Aslida borliqqa yanada kengroq, umumiyroq nuqtai nazardan yondashish maqsadga muvofiqdir. Bunday yondashish borliqni yo‘qlik, ya’ni «hech nima» orqali ifodalash bilan bog‘langandir.


Borliq va yo‘qlik
Borliq tushunchasiga qarama-qarshi tushuncha - bu yo‘qlikdir. Agar borliq tushunchasi nimaningdir mavjudligini ifodalasa, yo‘qlik tushunchasi esa o‘sha joyda nimaningdir mavjud emasli­gini anglatib, «nima»ning aksi bo‘lgan «hech nima»ni aks ettiradi. Borliq, yuqorida qayd etganimizdek, absolyut mazmunga ega bo‘lib, muayyan (konkret) narsalar shaklida va nisbatan muayyan sifatiy holda mavjud bo‘lgan yaxlit ob’ektiv va sub’ektiv reallikni o‘ziga qamrab oladi.

Yo‘qlik esa nisbiy mazmundagi tushuncha bo‘lib, qaerdadir yoki nimadadir, nimaningdir ayni paytda mavjud emasligini ifodalaydi. Masalan, yo‘qlik deb o‘tmishdagi va kelajakdagi hodisalarning hozirgi zamonda (ayni shu vaqtda) yo‘qligini aytishadi. Bugungi hodisa kecha hali yo‘q edi, ammo potensial (imkoniyatdagi) borliq sifatida mavjud edi. Ertangi hodisa ham hozircha yo‘qlik, ammo potensial borliqdir. Biz o‘tmishni bugungi kunda qoldirgan iziga qarab, kelajakni esa bugungi hodisalardagi o‘zgarish sur’ati (tempi) va tendensiyalariga qarab baholaymiz. Bugungi voqelik ertaga yo‘qlikka aylanadi, ko‘pgina tirik jonivorlar ertaga o‘lik bo‘ladi, ya’ni hayot o‘limga aylanadi. O‘lim - bu hayotning yo‘qligidir. Olingan individning hayotiy borlig‘i u o‘lgach, yo‘qlikka aylanadi. Ammo, uning qoldiqlari, tanasi birdan yo‘qolmasligi mumkin. Ular ham yo‘qolgach, odamlar xotirasida uning siymosi qolishi mumkin. Xullas, absolyut (mutlaq) yo‘qlikning o‘zi yo‘qdir. Yo‘qlik shu ma’noda nisbiy mazmun kasb etadi.

Yo‘qlik(hech nima)ni gnoseologik ma’noda ham tushunish mumkin. Biz yo‘q deb hisoblagan ob’ektlar hozircha bizning fikr doiramizdan (bilish chegarasidan) chetda qolgan bo‘lishi ham mumkin. Voqelikning muayyan joyida ma’lum bir sinfga mansub ob’ektlar, ularning munosabat va aloqadorliklarining uchramasligini ham yo‘qlik deyish mumkin. Masalan, fizik vakuumda bizga ma’lum bo‘lgan biror fizik ob’ekt uchramaydi. Aslida, u joyda ham biz hali bilmaydigan shakldagi gipotetik olamlar va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari, qonuniyatlari mavjuddir. O‘tgan asrlarda elektromagnit maydoni, ko‘pgina elementar zarrachalarning mavjudligi haqidagi tasavvurlar yo‘q edi. Aniqrog‘i, biz ularning mavjudligini bilmas edik. Ular biz uchun «yo‘qlik» hisoblanar edi. Mana shunga «borliq va yo‘qlikni gnoseologik tushunish» deyiladi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə