1. O’yin texnikasi. Darvozabon o‘yinining texnikasi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə10/10
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ma\'ruza 5

Chalg’itishlar (fint). Bu usulni to’psiz va to’p bilan bajarish mumkin. To’psiz chalg’itishlardan ko’proq uni qarshiliksiz qabul qilish uchun himoyachilarning yaqinida turganda ta’qibdan qutilish maqsadida foyda-laniladi. To’p bilan chalg’itishlar uzatishni, otishni yoki erga urib yurishni qarshiliksiz bajarish uchun qo’llaniladi.
Chalg’itishlar murakkab harakatlar yordamida baja-riladi, hammasidan ko’proq bir-biriga bog’liq bo’lgan bosqich (faza): anchagina sekin chalg’itish xarakati texnik usulining qulay paytida qo’llanilishi va tez asosiy usulni amalga oshirishga bog’liqdir.
Ikki va undan ortiq usullardan tashkil topgan chalg’itishlar ikki turga bo’linadi: oddiy va murakkab. Bir harakatdan ikkinchi harakatga o’tishda qancha kam vaqt sarflansa, raqibni aldab o’tishga shuncha imkoniyat yaratiladi.
To’pni uzatishda usullarni o’zgartirib to’p yo’nali-shini va to’p uzatishda to’xtab qolish paytlarida chalg’itishlar qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan chalg’itish-bu to’pni otmoqchi bo’lib, so’ng to’pni uzatishdir (bosh orqasidan, orqa va yon tomondan).
To’p otishda to’pni uzatayotganday harakat qilish yoki bir usulda to’p otmoqchi bo’lib, ikkinchi usuldan foydalanish, sakrab to’p otmoqchi bo’lib erga tushib himoyachini aldab o’tish juda foydalidir.
Chalg’itishlarni, ayniqsa, himoyachini aldab o’tishda qo’llash muhimdir. Bu bir va ikki qadamli harakat bo’lishi mumkin. Chalg’itish sifatida qadam qo’yish, hamla qilish va to’p uzatishlardan foydalaniladi.
To’siq. Bu hujumchilarning himoyachilar panohidan qutulishi uchun qo’llaniladigan foydali vositadir. Qo’l to’pi o’yinida to’siqlar yakka holda va o’yinchilar guruhi tomonidan qo’yilishi mumkin.
Guruh bo’lib to’siq qo’yish 9 metrli erkin to’p tashlash chizig’idan to’p otishda qo’llaniladi, bu bir necha hujumchining bir-biriga yaqin turib, to’p egallamoqchi bo’lgan hujumchiga peshvoz chiqayotgan himoyachilar yo’lini to’sishdan iboratdir.


O’z-o’zini tekshirish uchun savol va topshiriqlar
1. Gandbol o’yini texnikasining tasniflanishi haqida so’zlab bering.
2. Himoya o’yini texnikasi usullarini sanab bering.
3. Hujum o’yini texnikasi nima?
4. Darvozabon o’yini texnikasi to’g’risida nimalarni bilasiz?
5. Darvozaga to’p otish turlariga tavsif bering.
6. Aldab o’tish turlarini aytib bering.
7. To’pni ilish va uzatish turlari.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Gandbol.Sh.Pavlov.F.Abduraxmanov.J.Akramov.Jismoniy tarbiya instituti va jismoniy tarbiya fakulteti talabalari uchun darslik.Toshkent-2007y.
PavlovSh.K. Qo’l to’pi.Darslik.-T,1990.
PavlovSh.K. Gandbol:Jismoniy tarbiya instituti uchun dastur.-T.1998.
Shestakov M.P.Gandbol.Takticheskaya podgotovka-M.Akademiya.2001.
Matveev L.P. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturo’. M., 1991.
PavlovSh.K Qo’l to’pi. Musobaqalar qoidalari.-T 1987y.
Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə