1. O’yin texnikasi. Darvozabon o‘yinining texnikasi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ma\'ruza 5

To‘pni ilish darvozabon o‘yin texnikasining eng muhim unsurlaridan biridir. Kuchli otilgan to‘pni ilish imkoni yo‘q bo‘lsa ham uni qaytargandan so‘ng egallab olish muhimroqdir, chunki qarshi hujumga o‘tish boshlanishi kerak. Shuning uchun darvozabon to‘pni ilib olgani ma’qul, lekin eng yaxshi yo‘li-to‘pni ikki qo‘llab ilib olish.
To‘pni ushlash darvozabon harakatlaridagi asosiy o‘rinni egallaydi. Muhimi, otilgan to‘pni “amortizatsiya” qilib ushlay bilish kerak. Buning uchun to‘p urilganda, qo‘l kaft va barmoqlarini ozgina orqaga yuborish maqsadga muvofiqdir. Yaqin masofadan sapchib kelgan to‘pni darvozabon ushlab olmog‘i lozim.
To‘pni qaytarishda, ushlab olishda darvozabon bir yoki ikkala qo‘lni ishlatishi, baravariga oyoq va qo‘l bilan yoki gavda bilan ham to‘pni qaytarishi mumkin.
Yuqoridan kelayotgan to‘pni darvozabon bir yoki ikki qo‘llab ushlaydi. Agar to‘p qaysi tarafdan kelayotgan bo‘lsa, unda darvozabon to‘p kiritish burchagini kamaytirish uchun shu tarafga yoki oldinga bir qadam tashlaydi yohud sakraydi va to‘pni ushlashni o‘sha tomondagi qo‘l barmoqlari yoki kafti bilan bajaradi. Ba’zan bu usul sakrab yiqilgan holda ham bajariladi, lekin bu maqsadga muvofiq emas, chunki bunday usulni bajarishga ko‘p vaqt sarflanadi, oqibatda, to‘pni qaytargandan so‘ng darvozabon o‘zining mo‘ljalini yo‘qotadi. Bunday harakatlarni bajarishda muvozanat yo‘qotishga kam vaqt sarflab, asosiy holatda turishni saqlagan ma’qul.
Darvozaning pastki qismiga otilgan to‘p oyoq bilan qaytariladi. To‘p kelayotgan tomon aniqlanib, darvozabon shu tomonga oyoq kaftlarini to‘g‘rilab, maydonga yaqin keng qadamga hamla qilishga intiladi. Bunda son va boldir orasidagi burchak 90° tashkil etadi. Shu tarafga oyoq bilan birga ehtiyotdan o‘sha tomondagi qo‘l ham cho‘ziladi: boshqa qo‘l esa muvozanat saqlash uchun yuqoriga ko‘tariladi. Hamla qilish oxirida oyoq to‘liq to‘g‘irlanadi va darvozabon to‘g‘ri chiziq bo‘ylab oyoqlarini yozib, “shpagat” holatini oladi yoki ikkinchi oyoq tizzasiga tushadi, so‘ng tez asosiy holatda turishga qaytadi.
Eng chekka pozitsiyadan darvozaning uzoq pastki burchagiga yo‘naltirilgan to‘pni darvozabon shu tarafdagi qo‘l va oyog‘ini barobariga siltab yoki hamla qilib ushlaydi.
To‘pni uzatish. Darvozabon tomonidan tez va aniq uzatilgan to‘p jamoaning hujumga o‘tishi uchun muhim sharoit yaratishining garovidir. Shuning uchun darvozabonning baland traektoriya bilan yoki uzoq masofalarga to‘pni yuqoridan qo‘lni bukib uzatishni qo‘llashi qoida tusiga kirib qolgan. To‘pni egallaganidan so‘ng darvozabon, uni uzatish uchun qulay tarafni tanlaydi.
Darvozabonning harakati samarali bo‘lishi uchun eng to‘g‘ri pozitsiyasi – darvoza o‘rtasi hisoblanadi. Darvoza oldida uning markazidan bir metrgacha masofa bo‘ylab harakat qiluvchi darvozabon baland “traektoriya”da keladigan to‘pni egallashga doim tayyor bo‘lishi lozim. To‘p otilishini boshlashini aniqlagach, darvozabon darvoza maydoniga to‘p kiritish imkoniyatini kamaytirish uchun oldinga chiqadi. Otilayotgan to‘p 30°dan kichik burchak ostida bo‘lsa, u holda darvozabon darvoza ustunlari yonidan joy oladi.
Darvozabon hech vaqt to‘pni nazoratsiz qoldirmasligi va o‘z vaqtida hujumchining to‘p otish usulini bu harakat boshlanishidan oldinroq aniqlashi juda muhimdir.
Agar uning jamoasi hujum qilayotgan bo‘lsa, unda u 9 metrli chiziq yonida joylashadi, tasodifan jamoasi to‘pdan ajrab qolib, raqiblar tez yorib o‘tish hujumini amalga oshirsalar o‘yinga qo‘shilishga tayyor turadi. Bunday holda u to‘pni egallash uchun maydonga chiqishi mumkin. Urinishi muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, unda orqaga chekinadi va darvozada turib, tez yorib o‘tib to‘pni darvozaga otayotgan hujumchining to‘pini qaytarishga harakat qiladi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə