1. O’yin texnikasi. Darvozabon o‘yinining texnikasi


Maydon o‘yinchisi texnikasi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ma\'ruza 5

Maydon o‘yinchisi texnikasi.
Davozabon texnikasi.


Har qaysi bo‘lim harakatlanish texnikasi va to‘pni boshqarish texnikasi bo‘limchalariga ajratiladi. Kichik bo‘limlar turli usullarda ijro etiladigan aniq texnik usullardan harakatlanish texnikasi uslublari va usullaridan iborat. Bulardan maydon o‘yinchilari va darvozabon foydalanadi. Usul va turlarda harakatning asosiy mexanizmi umumiy bo‘lib, detallari bilangina farqlanadi. Har xil usulni ijro etish shartlari gandbol texnikasini yanada turli tuman qiladi.
O‘rganilayotgan materialni surunkalashtirish usul turlarini tuzukroq tushunishga, ularni to‘g‘ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Hujum va himoya texnikasining tasniflanishi hujum o‘yin texnikasi
To‘pni egallagan hujumchi vujudi bilan raqiblar darvozasiga to‘p kiritishga intiladi. Raqiblarning qarama-qarshiligini faqat maxsus usullar yordamida yengishi mumkun.
O‘yin texnikasining bu qismiga to‘pni ilish, ushlash, to‘pni yerga urib olib yurish va egallab olish, chalg‘itish (fint) va to‘siq (zaslon) qo‘yish usullari kiradi.





To‘pni ilish. Bu to‘pni egallashga imkon beruvchi usul. To‘pni bir-ikki qo‘llab ilish mumkin. To‘pni ikki qo‘llab ilishda qo‘llarning panjalari bir-biriga yaqinlashtirilib voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to‘pga tekkanidan so‘ng, uchib kelgan to‘p tezligini pasaytirish uchun qo‘llar bukiladi.
To‘pni bir qo‘lda ilish juda murakkab. Ilish va keyingi qo‘lni silkitish ko‘pincha bunday holatda turish harakatni tashkil etadi.
To‘p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to‘g‘ri ushlash lozim. Agar o‘yinchi uni ikki qo‘llab ushlasa to‘p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to‘pni bir qo‘llab yuqoridan yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to‘pni qattiq siqib ushlamaslik lozim, chunki bu qo‘lning panja bo‘g‘imlari qotishiga olib keladi.
To‘pni uzatish asosiy texnik usul hisoblanadi. To‘p uzatish ko‘p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko‘proq yuqoridan va qo‘l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to‘p otish usulida ham farq qiladi.
Qo‘llarni tirsak qismida bukkan holda yuqoridan to‘pni uzatish – gandbolda to‘p uzatishning asosiy usulidir.
Keyingi vaqtlarda yashirin holda orqadan, bosh ortidan, oyoqlar orasidan to‘p uzatish ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. To‘p uzatish panjalarning faol ishlashi natijasida bajariladi. Qo‘l panjalari yordamida uzatilgan to‘p aniqlik va tezlikdan yutadi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə