1. O’yin texnikasi. Darvozabon o‘yinining texnikasi



Yüklə 2,03 Mb.
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü2,03 Mb.
#136167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Ma\'ruza 5

4-rasm. Yuqoridan qo‘lni bukib otish
To‘p otayotgan o‘yinchi qadam qo‘yishda gavdaning og‘irligini darhol oldingi oyoqqa o‘tkazadi va gavdani darvoza tomon burib, qo‘l tirsagini bukkan holda to‘pni keskin oldinga yuboradi.
Qo‘lni yuqorida bukib, sakrab (yuqoriga) to‘p otish uzoq masofadan (10 -12m) darvozaga hujum qilishda qo‘llaniladi. Qo‘lni siltash va to‘pni qo‘ldan chiqarish havoda bajariladi. Depsinish keyinchalik oyoqda bajarilishi kerak. To‘p otayotgan o‘yinchi to‘p ushlagan qo‘lini orqa tomonga yuborib, to‘psiz qo‘lini oldinga chiqaradi, gavdaning yuqori qismini otayotgan tomonga burib, depsinishdan bo‘sh oyog‘ini bukishi lozim.



5-rasm. Yuqorida qo‘lni bukib, to‘xtab to‘p otish

6-rasm. Qo‘lni yuqorida bukib, sakrab to‘p otish
To‘pni darvozaga otish o‘yinchining sakragandan keyingi par­vo­zining eng yuqori nuqtasida, ko‘krak darvoza tomon burilib, oyoqlarning orasi keng ochilib bajariladi.
Ba’zan qo‘lning aylanma harakatini (oldinga–pastga-orqaga) sekinlantirgan va ularni ikki tomonga yozgan holatida himoyachilar tomonidan qo‘yilgan to‘siq yonidan to‘p otishga ijozat beriladi.
O‘yinda yiqilib otish zaruriyati tez-tez vujudga keladi. Bu to‘p otayotgan o‘yinchiga himoyachilardan qutilish, yo bo‘lmasa o‘zi bilan darvoza orasidagi masofani yaqinlashtirish imkonini beradi.
To‘pni tayangan holda yiqilib darvozaga otish sakrab–yiqilib darvozaga to‘p otishdan farq qiladi. Birinchisi berk vaziyatdan hujum boshlashda qo‘llanilib, ikkinchisi olti metrlik chiziqdan hujum qilishda ishlatiladi.
Darvozaga bunday xilma-xil usulda to‘p otish muvozanat saqlash munosabatida anchagina murakkabdir, chunki o‘yinchi to‘pni muvozanatini yo‘qotgan holda darvozaga otadi. Buning ustiga, o‘yinchi yiqilishining yo‘nalishi har xil – oldinga va yon taraflarga bo‘lishi mumkin.
Yuqorida qo‘lni bukkan holda yon tarafga egilib va yiqilib to‘p otish berk vaziyatda hujum qilishga imkon beradi.
Yon tomonga egilib bir yoki ikki oyoqqa tayangan holda bajariladi. Himoya qo‘llari bilan yon tomonidan qo‘ygan to‘siqdan qutilish uchun hujumchi to‘p otishni bajarishda gavdasini to‘psiz qo‘li tomonga egib, to‘pni boshi ustidan va himoyachilar qo‘llari yonidan darvozaga yo‘naltiradi.
Yon tarafga yiqilib to‘p otish. Bu usulni o‘yinchi to‘p otish vaqtida himoyachidan uzoqroq ketish imkoniyatini yaratish uchun qo‘llaydi. Bunga “yolg‘on” to‘p otishda qo‘llaniladigan aldov (fint)lar yordam beradi. Hujumchi chalg‘itishdan so‘ng oldinga bir qadam qo‘yib, tayanch oyoqlarini himoyachi oyog‘ini darvozaga to‘p otayotgan tomonga yaqinroq qo‘yishi kerak. Shundan so‘ng gavda og‘irligi oldingi egilgan oyoqqa o‘tkaziladi. Gavda yon tomoni bilan darvoza tarafiga buriladi, to‘p bilan bo‘lgan qo‘l esa to‘p otishning oxirgi holatiga ko‘tariladi. O‘yinchi tayanch bo‘lmagan bo‘sh oyog‘ini oldinga ko‘tarib, bo‘sh qo‘l tomon egiladi va himoyachi belidan sirpanganga o‘xshab yiqiladi. U gorizontal holatga yaqinlashganda, darvoza tomonga ko‘kragini qaratib, to‘pni boshining orqasidan darvozaning ko‘zlangan joyiga yuboradi, so‘ng bo‘sh qo‘lini yerga tekkizib yiqiladi (7-rasm).
Bunday to‘p otish usulini to‘p otayotgan qo‘l tomondan ham bajarish mumkin, lekin bunday holatda tayanch oyoq ish bajarayotgan qo‘l tarafdagi oyoq bo‘lishi kerak.
Yuqorida qo‘lni bukib, sakrab, yon tomonga egilgan holda yiqilib to‘p otish usulidan asosan, chiziq bo‘ylab va burchakdan hujum qiladigan o‘yinchilar foydalanadilar. O‘yinchi to‘pni ikki qo‘l bilan egallab, tez olti metrli chiziqqa yaqinlashadi, tayanch oyoq kaftlarini shu chiziqqa parallel qo‘yib “zonaga” sakraydi va to‘pni havoda to‘p otadigan qo‘lga o‘tkazib, darvozaga otadi. To‘p ushlagan qo‘l tomondagi oyoq depsinganda, yiqilish shu tarafga bajariladi va o‘yinchi yerga depsingan oyoqda, keyin qo‘llarga tushadi: boshqa oyoq bilan depsinganda esa oldin bo‘sh qo‘lga va keyin depsinishdan bo‘sh oyoqqa tushadi. O‘yinchi yelkalari orqali aylanib o‘rnidan turadi.

7-rasm. Yuqorida qo‘lni bukib, yon tarafga egilgan holda yiqilib to‘p otish

8-rasm. Yuqorida qo‘lni bukib, yon tomonga egilgan holda yiqilib to‘p otish.

9-rasm. Yon tomondan qo‘lni bukib to‘p otish.
Qo‘lni yozib yon tomondan to‘p otish-berk vaziyatda ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir. Uni bel, son, tizza balandligida bajarish mumkin. Siltash yuqoridan to‘p otishdagiday bajariladi. Chalishtirma harakat qilgandan so‘ng o‘yinchi to‘p otishning dastlabki holatiga keladi: oyoqlar keng qo‘yilgan gandbol bilan orqa tomonga o‘tkazilgan, gavda darvozaga yon tomon bilan burilib, to‘p otadigan qo‘l tomon egilgan bo‘lishi kerak. Shundan keyin gavdaning og‘irligi oldinda turgan oyoqqa o‘tkaziladi, ko‘krak darvoza tomon buriladi, qo‘l tirsak bo‘g‘inida bukilib, maydonga parallel oldinga cho‘ziladi. Keyinchalik qo‘l silkitish harakati tufayli to‘g‘rilanadi, unga yelka harakati qo‘shilib, to‘p darvozaga yuboriladi (8-rasm).
Himoyachidan to‘pni uzoqroq olib ketish uchun o‘yinchining oldingi tayanch oyog‘ini, himoyachi oyog‘ining sirtqi tomoniga qo‘yishi maqsadga muvofiqdir.
Gavdaning yuqori qismini burish yordamida qo‘lni bukmasdan to‘g‘ri to‘p otishni bajarish mumkin. To‘p ushlagan qo‘l tomonidagi oyoq bilan depsinish himoyachilardan to‘pni yanada uzoqroq olib ketishiga imkon beradi. Ko‘pincha bunday to‘p otishlar yuqoriga va yon tomonga sakragan holda bajariladi. Balandga sakrab, odatdagiday yuqoridan to‘p otmoqchidan harakat qilgan hujumchi oxirida to‘p otayotgan qo‘li harakatini o‘zgartirib, to‘pni yuqoridan emas, balki himoyachilar gavdasi yoki qo‘llari bilan qo‘ygan to‘siqlar yonidan darvozaga yuboradi.
Darvozadan qaytgan to‘pni qayta urish. Darvoza ustunlariga urilib yoki darvozabondan qaytgan to‘pni bir yoki ikki qo‘llab darvozaga otish mumkin. Bu harakat sakrab, keyin esa yiqilgan holda bajariladi.
Keyingi vaqtlarda darvozabonning to‘p otayotgan o‘yinchiga peshvoz chiqishi amalda ko‘p qo‘llanilmoqda. Bunday holatda, depsinib, yuqoridan baland traektoriyada to‘p otishlar (darvozabon ustidan oshirib) ma’lum bo‘lishicha, juda sermahsul hisoblanadi. To‘p otishning bajarilishi odatdagi usulda boshlanib, oxirida esa to‘pning traektoriyasi o‘zgartiriladi.
To‘pni yerga urib sapchitib otish – darvozabonlar uchun eng murakkab to‘p otishdir. Ayniqsa, otgandan so‘ng sapchib, aylanib, o‘z traektoriyasini o‘zgartiradigan to‘pni olish darvozabonlar uchun juda katta qiyinchilik tug‘diradi. Odatda, bu usul burchakdan hujum qilish paytida qo‘llaniladi. To‘pni otilish joyiga qarab o‘ngga yoki chapga aylantirib otish mumkin. To‘pni aylantirishga bilak va kaftning tezkor harakatlari va barmoqlarning faolligi tufayli erishiladi.

Yüklə 2,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə